Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района
Open in Telegram
Yangihayot tuman hokimligi matbuot xizamatining rasmiy telegram kanali 100102 Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 1-daha, 25a-uy Web-site — https://gov.uz/oz/yangihayot
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
4 732
Subscribers
-224 hours
-697 days
-1 73030 days
Posts Archive
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Ikkinchi milliy dastur xalqimizning sog‘lom bo‘lishi va uzoq umr ko‘rishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Aholi salomatligi bilan bog‘liq davlat xarajatlari kelgusi besh yilda yalpi ichki mahsulotga nisbatan 5 foizga yetkaziladi.
Tibbiyotda profilaktikani kuchaytirish orqali salomatlikni asrash modeliga o‘tiladi.
Davlat tibbiy sug‘urtasi mamlakatning barcha xonadonlariga kirib boradi.
Ixtisoslashgan tibbiyotda raqobat muhitini kuchaytirish maqsadida dunyoning eng nufuzli kamida 5 ta klinikasi olib kelinadi.
Yurtimiz zamonaviy tibbiyot, farmatsevtika, biotexnologiyalar va tibbiy ta’lim taraqqiy etgan maskanga aylantiriladi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Barcha maktablar xalqaro baholash dasturlari bilan to‘liq qamrab olinadi.
Yurtimizdagi texnikumlarda xalqaro ta’lim standartlari joriy etiladi.
Ularda yoshlarni yuqori daromadli kasblarga o‘qitish yo‘lga qo‘yilib, qamrov 1 millionga yetkaziladi.
– Bir so‘z bilan aytganda, Yangi O‘zbekistonda kasb egallamagan birorta yigit-qiz qolmaydi,– dedi Prezidentimiz. Kelgusida kamida 10 ta universitetni TOP mingtalikka kiritish katta marra sifatida belgilandi. Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezidentimiz bugun mamlakatimiz tarixning yanada mas’uliyatli va hal qiluvchi pallasida turganini, taraqqiyotning mutlaqo yangi davriga qadam qo‘yayotganini ta’kidladi.
– Kelgusi o‘n yillik biz uchun milliy yuksalish davri bo‘ladi,– dedi davlatimiz rahbari. Mazkur davrni faqat xalqimizning aql-zakovati, mehnati va birdamligi orqali bunyod etish mumkinligi qayd etildi. Shu maqsadda kelgusi yillarda inson qadrini yanada yuksaltiradigan 7 ta milliy dastur amalga oshiriladi. Birinchi milliy dastur bilim va malakani kelgusi taraqqiyotimizning asosiy kapitaliga aylantirishga qaratilgan. Bolalarning 6 yoshli tayyorlov guruhlariga qamrovi qisqa muddatda 100 foizga yetkaziladi. Xususiy bog‘cha tashkil qilish bo‘yicha mavjud imtiyozlar saqlab qolinadi. Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
– Bizning eng katta boyligimiz – ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchi bo‘lgan Yangi O‘zbekiston yoshlaridir,– dedi davlatimiz rahbari. Intiluvchan va tirishqoq o‘g‘il-qizlarimizni qo‘llab-quvvatlash uchun har yili 20-25 trillion so‘m ajratilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizdagi biznes vakillarining 35 foizini yosh tadbirkorlar tashkil etmoqda. Tokio va Parij Olimpiya hamda Paralimpiya o‘yinlarida, dunyo maydonlarida yosh sportchilarimiz erishgan tarixiy yutuqlar xalqimizga cheksiz iftixor bag‘ishlagani ta’kidlandi. Futbolchilarimiz ilk bor jahon chempionatida ishtirok etib, o‘zbek sporti tarixida yangi sahifa ochdi. Ular boshlagan yo‘l davomli va zafarli bo‘lishiga ishonch bildirildi. Yaqin kunlarda Samarqandda Jahon shaxmat olimpiadasi boshlanadi, noyabr oyida esa grossmeyster Javohir Sindorov jahon shaxmat toji uchun kurashga kirishadi. Prezidentimiz shaxmatchi o‘g‘il-qizlarimizga ulkan zafarlar tiladi.
– Sizlarni Yangi O‘zbekiston yulduzlari, kelajak bunyodkorlari deb bilaman! Oldinga qarab intilishdan va doimiy izlanishdan hech qachon to‘xtamang, aziz farzandlarim!– deya yoshlarga murojaat qildi davlatimiz rahbari. Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
O‘tgan davrda yurtimizda 652 ta yangi tibbiyot muassasasi barpo etildi va xususiy sektorga keng imkoniyat berildi. Buning natijasida tibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oshdi.
Yuqori malakali shifokorlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilib, ular uchun munosib sharoitlar yaratildi. Ilgari xorijda amalga oshirilgan 100 dan ziyod murakkab diagnostika va davolash usullari bugun yurtimizda ham mukammal bajarilmoqda.
– Aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 1991-yildagi 66,4 yoshdan 2025-yilda 75,4 yoshga yetgani, go‘daklar va onalar o‘limi ko‘rsatkichi 4 barobar kamaygani sohadagi islohotlarimizning eng muhim natijasidir,– dedi Prezidentimiz. Davlatimiz rahbari jonajon Vatanimiz azaldan ulug‘ mutafakkirlar, aziz avliyolar va buyuk allomalar yurti bo‘lib kelganini ta’kidladi. Bu bebaho merosga munosib ravishda Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy va Burhoniddin Marg‘inoniy yodgorlik majmualari kabi betakror ilmiy-ma’rifiy dargohlar barpo etildi. Ushbu muhtasham va tabarruk maskanlar nafaqat yurtimiz va islom olami, balki butun jahon ahlining haqli e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda. Bunday bunyodkorlik ishlari jadal davom ettiriladi. Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Ta’lim bilan bir qatorda ilm-fan, zamonaviy texnologiya va innovatsiyalar taraqqiyotimizning hal qiluvchi omili sifatida belgilandi.
AT, sun’iy intellekt va kreativ iqtisodiyot rivojiga yangi ruh berilib, 10 million yoshni raqamli industriya va kelajak kasblariga olib kirish maqsad qilindi.
Istiqlol bayrami arafasida xitoylik hamkorlar bilan “Samarqand – 2028” sun’iy yo‘ldoshi fazoga uchirilgani alohida g‘urur bilan qayd etildi.
– Mening niyatim: O‘zbekiston texnologiya sohalarida jahonga ilg‘or tashabbuslarni taklif qiladigan markazga aylanishi zarur. O‘zbek tili raqamli dunyoda ilm va texnologiya yaratiladigan til bo‘lishi lozim,– dedi davlatimiz rahbari. Inson qadri haqida so‘z yuritganda, aholi salomatligiga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlandi. So‘nggi yillarda sohaga ajratilayotgan mablag‘ 8 karradan ziyod oshirilib, sifatli tibbiy xizmat olish imkoniyati markazda ham, hududlarda ham yaratildi. Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezidentimiz dunyo hamjamiyatida munosib o‘rin egallash uchun bilimli, kelajak kasblarini puxta egallagan va mustaqil fikrlaydigan yangi avlod mutaxassislari zarurligini ta’kidladi.
Shu bois, ta’limga sifat va mazmun olib kirilib, muallimning obro‘-e’tibori tiklanmoqda, daromadi oshirib borilmoqda.
O‘tgan o‘n yilda aholi 8 millionga ko‘paygan sharoitda ham maktabgacha ta’lim qamrovi 78 foizga yetkazildi. Maktablarda 1,5 million qo‘shimcha o‘quvchi o‘rni yaratildi.
Prezident, ijod va ixtisoslashgan maktablar tashkil etilgani farzandlarimizga yetakchi xorijiy ta’lim maskanlaridan kam bo‘lmagan darajada chuqur bilim olish imkonini berdi. Yoshlarga xorijiy tillar va kasb-hunar o‘rganishlari uchun munosib sharoitlar yaratildi.
Oliygohlarda o‘qish uchun qulay sharoitlar kengayishi hisobiga talabalar soni 1 million 600 ming nafarga yetdi. Yoshlarda bilim olishga ishtiyoq kuchayib, ota-onalar uchun farzandini oliy ma’lumotli qilish faqat orzu emas, erishsa bo‘ladigan maqsadga aylandi.
– Talabalarning yarmidan ko‘pini xotin-qizlar tashkil etayotgani – Uchinchi Renessansning o‘ziga xos qiyofasi. Bilimli qizlar – bilimli oila, bilimli avlod va ma’rifatli jamiyat deganidir,– dedi davlatimiz rahbari. Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
– Yangi davrda zamonaviy uy-joyga ega bo‘lgan 650 mingdan ziyod oilaning quvonchini so‘z bilan ta’riflab bo‘ladimi?– dedi davlatimiz rahbari. Minglab mahallalarimizga Yangi O‘zbekiston qiyofasi kirib borayotgani ta’kidlandi. Kambag‘allik masalasi ochiq tan olinib, uni keskin qisqartirish bo‘yicha Yangi O‘zbekiston tajribasi yaratildi. Ehtiyojmand oilalarning daromadi, kasbi, salomatligi, farzandlarining ta’lim olishi va yashash sharoitini yaxshilash bo‘yicha “mahallabay” ishlash tizimi yo‘lga qo‘yildi. Izchil sa’y-harakatlar tufayli kambag‘allik darajasi 2017-yildagi 35 foizdan 4 foizga tushirildi. Ushbu raqamlar zamirida ro‘zg‘origa baraka kirib, turmush sifati yaxshilangan 10 million insonning quvonchi va shukronalik tuyg‘ulari mujassam ekani qayd etildi. Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Katta siyosiy iroda bilan O‘zbekiston dunyoga keng ochildi, chegara muammolari hal qilinib, qo‘shnilar bilan do‘stlik va hamkorlik mustahkamlandi.
Valyuta, soliq, bojxona va investitsiya siyosatida tub o‘zgarishlar amalga oshirildi.
Natijada mamlakatimizning Iqtisodiy erkinlik indeksidagi o‘rni 80 pog‘ona yaxshilanib, O‘zbekiston iqtisodiyoti mo‘tadil erkin davlatlar qatoridan joy oldi.
Ilgari iqtisodiyotimizga yiliga 2-3 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilingan bo‘lsa, hozir mazkur ko‘rsatkich 40-50 milliard dollarni tashkil etmoqda. Investitsiyalar bilan birga ilg‘or texnologiyalar, zamonaviy bilim va yangi iqtisodiy imkoniyatlar ham kirib kelmoqda.
Uch yil oldin 2030-yilda yalpi ichki mahsulot hajmini 160 milliard dollarga yetkazish reja qilingan edi. Global logistikadagi uzilishlar va dunyodagi notinch vaziyatga qaramasdan, ushbu marra joriy yilning o‘zida ortig‘i bilan bajarilib, O‘zbekiston daromadi o‘rtachadan yuqori davlatlar qatoriga kiradi.
– Bunday yuksak natijalarga xalqimizning fidokorona mehnati, intellektual salohiyati hamda millat va davlat birdamligi tufayli erishyapmiz. Ijobiy o‘zgarishlarni har bir inson, har bir oila o‘z hayotida chuqur his etyapti,– dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Bugungi erkin hayot uchun jonini fido qilgan ulug‘ ajdodlarimiz va jadidlar xotirasiga hurmat bajo keltirildi.
O‘tgan 35 yil davomida mustaqilligimizni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shgan barcha marhum yurtdoshlarimizning fidokorona mehnati va jasorati e’tirof qilindi.
Birinchi Prezidentimiz, atoqli davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimovning yorqin xotirasi ehtirom bilan yod etildi.
Prezidentimiz mustaqillikning buyuk ahamiyati, avvalo, inson qadri va erkin hayotida namoyon bo‘lishini ta’kidladi. Islohotlarning birinchi kunlaridan xalqning qalbiga quloq solish va aholining dardiga darmon bo‘lish asosiy maqsad etib belgilandi.
“Inson qadri uchun” g‘oyasi davlat siyosatining markaziga olib chiqildi. Birinchi galda “paxta qulligi”, majburiy va bolalar mehnati, konvertatsiya cheklovi hamda “propiska” kabi odamlarni yillar davomida qiynab kelgan muammolarga barham berildi.
– Eng asosiysi, fuqarolarimiz yuragidagi qo‘rquv va hadik o‘rnini ishonch va xotirjamlik egalladi. Har bir inson erkin va farovon yashaydigan jamiyat barpo etish uchun keyingi o‘n yilda tinimsiz izlandik, qattiq mehnat qildik,– dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev. Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Davlatimiz rahbari 1991-yilda xalqimizning xohish-irodasi va qat’iyati bilan davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilganini ta’kidladi.
Buyuk istiqlolimiz ildizlari uch ming yildan ziyod davlatchilik an’analarimiz va qadimiy sivilizatsiyamiz tarixiga borib taqaladi.
Birinchi va Ikkinchi Renessans davrida Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek va Mir Alisher Navoiy kabi buyuk allomalarimiz bashariyat tafakkuri xazinasini boyitgani qayd etildi.
Sohibqiron Amir Temur bobomiz barpo etgan davlat adolat va bunyodkorlik timsoli sifatida tarix zarvaraqlaridan munosib o‘rin olgani ta’kidlandi.
– Vatan ozodligi va milliy istiqlol yo‘lida jonini fido qilgan Behbudiy, Munavvarqori, Fitrat, Qodiriy, Cho‘lpon kabi jadid bobolarimizning hurriyat haqidagi orzu-niyatlari bugun Yangi O‘zbekistonda to‘liq ro‘yobga chiqmoqda. Mustaqillik bizga shon-u sharafimiz, muqaddas dinimiz, ona tilimiz va unutilayotgan milliy qadriyatlarimizni qaytarib berdi. Istiqlol tufayli biz o‘zligimizni anglab, ulug‘ ota-bobolarimizning munosib vorislari ekanimizni butun dunyoga namoyon etdik,– dedi davlatimiz rahbari. Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda nutq so‘zlamoqda.
Davlatimiz rahbari xalqimizni ayyom bilan samimiy tabrikladi. Eng ulug‘ bayramimiz Yangi Toshkentda o‘tkazilayotgani tantana shukuhini yanada oshirayotganini ta’kidladi.
Kelgusida ilm-fan, ta’lim va madaniyat markazi bo‘ladigan ushbu hududda kuni kecha Yangi O‘zbekiston universiteti, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti hamda O‘zbekiston milliy kutubxonasining muhtasham binolari ishga tushirildi.
Tantana ishtirokchilari huzurida ochiladigan favvora dunyodagi eng baland musiqali favvora sifatida “Ginnessning rekordlar kitobi”dan joy olgani bayram kayfiyatiga yanada baland ruh bag‘ishlashi qayd etildi.
– Bir necha yuz yillik orzular ro‘yobga chiqayotgan ushbu betakror makonda butun xalqimiz bilan hali yana ko‘plab quvonchli va tarixiy voqealarga guvoh bo‘lamiz. Aminmanki, Yangi Toshkent poytaxtimizning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib, biz barpo etayotgan Yangi O‘zbekistonning kuch-qudratini namoyon etadigan chinakam taraqqiyot markaziga aylanadi,– dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasini quyidagi havolalar orqali tomosha qiling:
—
Смотрите празднование 35-й годовщины государственной независимости Республики Узбекистан по следующим ссылкам:
Telegram
Youtube
Facebook
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Davlatimiz rahbari Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.
—
Глава нашего государства возложил цветы к Монументу независимости.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+9
🔶 122-sonli DMTTda tajriba almashish uchrashuvi tashkil etildi
📍Yangihayot tumanidagi 122-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida Surxondaryo viloyati maktabgacha ta’lim tizimi bo‘lim sho‘ba metodistlari hamda rahbarlari ishtirokida tajriba almashish uchrashuvi tashkil etildi.
🖇Uchrashuv davomida 122-sonli DMTTda yo‘lga qo‘yilgan “Pullik xizmatlarni tashkil etishning huquqiy asoslari, moddiy-texnik bazani yaxshilash va ta’lim sifatini oshirish” mavzusida taqdimot o‘tkazildi.
🔹 Shuningdek, ishtirokchilar tashkilotda faoliyat yuritayotgan turli to‘garaklar, jumladan, gimnastika va taekvondo mashg‘ulotlari bilan yaqindan tanishdi.
▫️ Uchrashuv yakunida ishtirokchilar pullik xizmatlar va to‘garaklar faoliyatini rivojlantirish hamda ta’lim sifatini yanada oshirish masalalarini muhokama qildi.
Тelegram | Instagram |Facebook | YouTube | Web-site
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Qatag‘on qurbonlari va qahramon ajdodlarimiz yod etildi.
—
Почтена память жертв репрессий и героических предков.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev "Shahidlar xotirasi" yodgorlik majmuasida qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев принял участие в церемонии поминовения жертв репрессий в мемориальном комплексе «Шахидлар хотираси».
#Mirziyoyev #marosim #shahidlar #xotira
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#YangihayotAI
#Mustaqilligimizning35Yilligi
🏢 Yangihayotda 145,8 kilometr yo‘l va yo‘laklar barpo etildi
🇺🇿 Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan "Yangihayot AI" loyihasi doirasida Yangihayot tumani haqida 35 ta fakt ruknini davom ettiramiz.
📌. 23-fakt. Bilasizmi? 2021–2026-yillar davomida Yangihayot tumanida 77 ta ichki ko‘chaga 90,8 kilometr asfalt yotqizildi, shuningdek, 55 kilometr uzunlikdagi piyodalar va veloyo‘laklar barpo etildi.
👍 Bu ishlar aholining qulay va xavfsiz harakatlanishi uchun yanada qulay sharoitlar yaratdi.
👍 Bizni kuzatishda davom eting! Ushbu loyiha orqali tumanimizning tarixi, buguni, bunyodkorlik ishlari va rivojlanish yo‘li haqida qiziqarli ma’lumotlarni siz bilan baham ko‘ramiz.
🇺🇿 “Barchangizning mehnatingiz doimo e’tirofga loyiq”, — Xayot Inogamov
🎉 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bugun Yangihayot tumani Obodonlashtirish boshqarmasining bir guruh xodimlariga oziq-ovqat mahsulotlari to‘plamlari topshirildi.
👍 Tadbirda tuman hokimi obodonlashtirish xodimlarining tuman hududlarini obod va ko‘rkam saqlash, aholi uchun qulay sharoit yaratish yo‘lidagi mehnatini alohida e’tirof etdi. Xodimlarni bayram bilan samimiy tabriklab, ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik va faoliyatlarida muvaffaqiyat tiladi.
💓 Shundan so'ng, xodimlarga bayram munosabati bilan oziq-ovqat mahsulotlari to‘plamlari topshirildi.
👍 Jarayonlar videomizda.
