Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района
Open in Telegram
Yangihayot tuman hokimligi matbuot xizamatining rasmiy telegram kanali 100102 Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 1-daha, 25a-uy Web-site — https://gov.uz/oz/yangihayot
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
4 720
Subscribers
-924 hours
-637 days
-1 73830 days
Posts Archive
+5
🇺🇿 Aholiga qulay va sifatli xizmat ko’rsatish borasida vazifalar belgilab olindi
🔸️ Bugun erta tongdan Yangihayot tumani hokimi, tuman prokurori, tuman IIO FMB boshlig‘i, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i, tuman hokimi o‘rinbosarlari, kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari, boshqaruv servis kompaniyalari, "mahalla yettiligi" vakillari hamda barcha tegishli idora va tashkilotlar mas’ullari ishtirokida saf yig‘ini bo‘lib o‘tdi.
📌 Saf yig‘ini davomida kunlik bajarilishi lozim bo’lgan mahallalarda, tozalash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tizimli hamda yuqori saviyada tashkil etish, aholidan tushayotgan murojaatlarni o’z vaqtida sifatli bartaraf etish hamda tuman aholisiga qulaylik yaratish borasida amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar yuzasidan mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berildi.
Тelegram | Instagram |Facebook | YouTube | Web-site
#YangihayotAI
#Mustaqilligimizning35Yilligi
🦒 Yangihayotda Markaziy Osiyodagi ilk tematik safari parki faoliyat yuritadi
🇺🇿 Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan "Yangihayot AI" loyihasi doirasida Yangihayot tumani haqida 35 ta fakt ruknini davom ettiramiz.
🇺🇿 8-fakt. Bilarmidingiz? Yangihayot tumanida "Magic Safari" tematik safari parki faoliyat yuritadi. U Markaziy Osiyodagi ilk tematik safari parki bo‘lib, 2025-yilda o‘z tashrif buyuruvchilariga eshiklarini ochgan.
👍 Bizni kuzatishda davom eting! Ushbu loyiha orqali tumanimizning tarixi, buguni, bunyodkorlik ishlari va rivojlanish yo‘li haqida qiziqarli ma’lumotlarni siz bilan baham ko‘ramiz.
✂️ THAY ko‘chasi bo‘ylab tozalash ishlari olib borilmoqda
🇺🇿 Yangihayot tumanida Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan keng ko‘lamli tozalash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.
📍 Xususan, bugun obodonlashtirish xodimlari tomonidan Toshkent halqa avtomobil yo‘lining Yangihayot tumanidan o‘tgan qismida yo‘l bo‘ylari, piyodalar yo‘laklari va bordyurlar atrofi tozalanmoqda. Shu bilan birga, yo‘l chetidagi daraxtlar parvarishlanib, yashil maydonlar ko‘kalamzorlashtirilmoqda.
🗑 Bundan tashqari, ishlar davomida to‘plangan shox-shabbalar va maishiy chiqindilar maxsus texnikalar yordamida olib chiqib ketilmoqda.
🇺🇿 Mahallalarda tozalash ishlari qizg‘in davom etmoqda
🧹 Yangihayot tumani mahallalarida tozalash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.
✂️Xususan, bugun “Yorqinhayot” mahallasida boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan ko‘p qavatli uylar atrofi, ko‘chalar, yo‘laklar va bolalar maydonchalari tozalanmoqda. Shuningdek, bolalar maydonchalari ta’mirlanib, o‘rindiqlar va arg‘imchoqlar bo‘yalmoqda.
❗️ Hurmatli yangihayotliklar!
⚙️ 110-yuqori kuchlanishli shahar elektr energiya tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelganligi sababli, tumanimizning "Chortoq" mahallasi hamda Yo'ldosh mavsezining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minoti to'xtatildi. Hozirda ta'mirlash ishlari olib borilmoqda
Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.
✨ Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida mehr-saxovat tadbirlari davom etmoqda
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yangihayot tumanida mehr-saxovat tadbirlari amalga oshirilmoqda.
🕌 Xususan, bugun Toshkent shahar bosh imomi, tegishli idora mas’ullari hamda tuman din ishlari bo‘yicha bosh mutaxassisi tomonidan tuman mahallalarida istiqomat qiluvchi ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari to‘plami va o‘quv qurollari jamlanmasi topshirildi.
💫 Bunday xayrli tashabbuslar jamiyatimizda mehr-oqibat, saxovat va inson qadri ulug‘lanayotganining yana bir amaliy ifodasidir.
❗️ Hurmatli yangihayotliklar!
🛠 Elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish maqsadida ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli, bugun soat 11:00 ga "Yo‘ldosh" mavzesida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.
🇺🇿"Dolzarb 40 kunlik": “Gulshanobod” mahallasida hashar o‘tkazildi
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligini munosib kutib olish hamda “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida mahallalarni yanada obod va ozoda qilish maqsadida hududlarda hashar tadbirlari tashkil etilmoqda.
📍 Xususan, “Gulshanobod” mahallasida mahalla ahli ishtirokida hashar o‘tkazildi. Hashar davomida daraxt shoxlariga shakl berildi, qurigan o‘tlar o‘rildi hamda hudud chiqindilardan tozalandi.
👍 Jarayonlar videomizda
🇺🇿 “Yo’ldosh” mavzesida o‘rganish ishlari olib borildi
📍 Yangihayot tumani hokimi boshchiligida tumanning turli mahallalarida hududlarni obod qilish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni tezkor bartaraf etishga qaratilgan manzilli o‘rganishlar davom etmoqda.
📍 Bugungi navbatdagi manzil — “Yo’ldosh” mavzesida joylashgan “Viqor” hamda Al-Farg’oniy mahallalari.
👍 Batafsil vudeoda
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
+7
🔸️Bugun erta tongdan Yangihayot tumani hokimi, tuman IIO FMB boshlig‘i, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i, tuman hokimi o‘rinbosarlari, tuman prokuraturasi vakili, kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari, boshqaruv servis kompaniyalari, "mahalla yettiligi" vakillari hamda barcha tegishli idora va tashkilotlar mas’ullari ishtirokida saf yig‘ini bo‘lib o‘tdi.
📌 Saf yig‘ini davomida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligini munosib kutib olish hamda "Dolzarb 40 kunlik" maxsus tadbirlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida mahallalarda, tozalash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tizimli hamda yuqori saviyada tashkil etish yuzasidan mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berildi.
◻️Shundan so‘ng, mas’ullar mahallalar hududida bo‘ylab o‘rganish olib bordi.
✅ Yangihayot tumanida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi
🇺🇿 “Dolzarb 60 kun” tadbirlari doirasida Yangihayot tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan “Anglesey Food” mas’uliyati cheklangan jamiyatining mahsulotlarni saqlash va taqsimlash markazida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.
🔹 Mashg‘ulot davomida favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qilish, jabrlanganlarni qutqarish, yong‘inni bartaraf etish hamda tegishli xizmatlar o‘rtasidagi hamkorlikni amaliy jihatdan mustahkamlashga qaratilgan mashqlar bajarildi.
👍 Jarayonlar videomizda
#OAVvaBiz
#Maxsus_reportaj
🇺🇿 “Dolzarb 40 kunlik”: Obodlikka eltuvchi tashabbuslar
+9
🇺🇿 Bugun Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari hamda Prezident Administratsiyasi vakili Yangihayot tumanida o‘rganish olib bordi.
📍 Xususan, mas’ul rahbarlar “Yangi Avlod” maxsus sanoat zonasida bo‘lib, bu yerda yaratilgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar bilan tanishdi. O‘rganishlar davomida tuman hokimi o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i hamda texnopark vakillari mas’ullarga hududda faoliyat yuritayotgan korxonalar va kelgusi rejalar haqida ma’lumot berdi.
👍 Shundan so‘ng “JAC Motors Toshkent” MCHJ QK faoliyati, uning imkoniyatlari va ishlab chiqarish quvvati bilan tanishdi.
📍 Shuningdek, Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari hamda Prezident Administratsiyasi vakili “Yangihayot Industrial Texnoparki” hududida ham bo‘lib, texnopark faoliyati, korxonalar va u yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
✅️"Dolzarb 40 kunlik": “Choshtepa” mahallasida hashar o‘tkazildi
💫O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligini munosib kutib olish hamda “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida mahallalarni yanada obod va ozoda qilish maqsadida hududlarda hashar tadbirlari tashkil etilmoqda.
🌱 Xususan, “Choshtepa” mahallasida mahalla ahli ishtirokida hashar o‘tkazildi. Hashar davomida daraxt shoxlari butalanib, ularga shakl berildi, qurigan o‘tlar o‘rildi hamda hudud chiqindilardan tozalandi.
📹Jarayonlar videomizda
🌱 Mahallalarda hashar tadbirlari davom etmoqda
✅️ Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida hamda “Dolzarb 40 kunlik” doirasida tumanimiz mahallalarida hasharlar davom etmoqda.
📍 Xususan, “Fayzli” mahallasida ham aholi ishtirokida hashar o‘tkazildi. Hashar davomida ko‘chalar va yo‘laklar supurildi, ko‘chalarga suv sepildi hamda yashil hududlar sug‘orildi.
📹 Jarayonlar videomizda
Тelegram | Instagram |Facebook | YouTube | Web-site
🔶 Al-Farg‘oniy mahallasida hashar tashkil etildi
🌱 Hashar — xalqimizga xos ezgu an’analardan biri bo‘lib, mahallalarni obod qilish, atrof-muhitni ozoda saqlash va aholi o‘rtasidagi hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
📍Xususan, bugun Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida hamda “Dolzarb 40 kunlik” maxsus tadbirlari doirasida tumanimizning barcha mahallalarida, xususan, Al-Farg‘oniy mahallasida ham hududda yashovchi aholi ishtirokida hashar tashkil etildi.
🌱 Hashar davomida mahalla hududidagi ko‘chalar, yo‘laklar va atroflar tartibga keltirilib, tozalash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
🤝 Mahallalarimizni yanada obod va ozoda qilishda har birimizning hissamiz muhim. Yurtdoshlarimizni ham o‘z mahallalaridagi hasharlarda faol ishtirok etib, hududlarni obodonlashtirishga o‘z hissalarini qo‘shishga chorlaymiz.
Тelegram | Instagram |Facebook | YouTube | Web-site
💫“Choshtepa” mahallasidagi qabristonda obodonlashtirish ishlari olib borildi
🕌 Qabristonlar, ziyoratgohlar va xiyobonlarni tartibga keltirish, yaqinlarimizni ziyorat qilib, ularning holidan xabar olish xalqimizga xos ezgu qadriyatlardan biridir.
📍Xususan, bugun Mustaqillik bayramining 35 yilligi arafasida hamda “Dolzarb 40 kunlik” maxsus tadbirlari doirasida “Choshtepa” mahallasida joylashgan qabristonda obodonlashtirish ishlari olib borildi.
🤝 Hasharda Yoshlar ishlari agentligining tuman bo‘limi xodimlari faol ishtirok etib, qabriston hududini chiqindilardan tozalash, tartibga keltirish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirdi.
🌱 Shunday ekan, yurtdoshlarimizni ham ushbu xayrli ishlarga bosh-qosh bo‘lishga, mahallalaridagi qabristonlarni obodonlashtirishga hissa qo‘shishga chaqirib qolamiz.
🇺🇿 “Yorqinhayot” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
📍 Yangihayot tumani hokimi boshchiligida tumanning turli mahallalarida hududlarni obod qilish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni tezkor bartaraf etishga qaratilgan manzilli o‘rganishlar davom etmoqda.
📍 Bugungi navbatdagi manzil — “Yorqinhayot” mahallasi.
👍 Batafsil vudeoda
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
+8
🇺🇿 “Yorqinhayot” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
📍 Yangihayot tumani hokimi boshchiligida tumanning turli mahallalarida hududlarni obod qilish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni tezkor bartaraf etishga qaratilgan manzilli o‘rganishlar davom etmoqda.
📍 Bugungi navbatdagi manzil — “Yorqinhayot” mahallasi.
📌 Erta tongdan tuman hokimi, tuman prokurori, tuman IIO FMB boshlig‘i, hokim o‘rinbosarlari, kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari, boshqaruv servis kompaniyalari, “mahalla yettiligi” vakillari hamda tegishli tashkilotlar mas’ullari ishtirokida hududda saf yig‘ini o‘tkazildi.
🇺🇿 Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligini munosib kutib olish hamda “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida mahallaning obodonligi va sanitariya holatini yanada yaxshilash, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
🧹 Shundan so‘ng hududning har bir qismi joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi. Ko‘chalar va ichki yo‘llarning holati, ariq va lotoklar, obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari, ko‘p qavatli uylar atrofi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va aholini qiynayotgan masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
👍 O‘rganish davomida aniqlangan har bir kamchilik bo‘yicha mas’ullar belgilanib, ularni bartaraf etishning aniq muddatlari belgilandi.
👍 Batafsil keyinroq
