en
Feedback
Azizbek Mamatqulov

Azizbek Mamatqulov

Open in Telegram

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
200
Subscribers
-124 hours
-17 days
-330 days

Data loading in progress...

Similar Channels
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
Oct '26
October '260
in 0 channels
September '26
+16
in 0 channels
Get PRO
August '260
in 1 channels
Get PRO
July '260
in 2 channels
Get PRO
June '260
in 0 channels
Get PRO
May '26
+18
in 1 channels
Get PRO
April '260
in 0 channels
Get PRO
March '26
+121
in 1 channels
Get PRO
February '260
in 0 channels
Get PRO
January '26
+57
in 1 channels
Date
Subscriber Growth
Mentions
Channels
05 October0
04 October0
03 October0
02 October0
01 October0
Channel Posts
Shayton va Iblis Oʻzbek tilida shayton va iblis soʻzlari koʻpincha sinonim sifatida ishlatiladi. Biroq ularning kelib chiqish yoʻli, maʼno doirasi va qoʻllanish tarzi bir-biridan sezilarli farq qiladi. Eng qiziq jihati shundaki, bu ikki soʻz ikki xil tildan kelgan boʻlsa-da, aslida bir tushunchaning ikki xil tarjimasidir. Shayton soʻzining ildizi qadimgi ibroniy tilidagi śāṭān soʻziga borib taqaladi. U "raqib, qarshi chiquvchi, ayblovchi" maʼnosini anglatgan va ś-ṭ-n ("qarshilik koʻrsatmoq, ayblamoq") ildizidan yasalgan. Tavrotning ilk qismlarida bu soʻz hali atoqli ot emas, yoʻlni toʻsuvchi yoki ayblov qoʻyuvchi har qanday kimsaga nisbatan qoʻllangan. Keyinchalik u yovuzlik timsoli boʻlgan muayyan mavjudotning nomiga aylangan. Arab tiliga soʻz, ehtimol, oromiy (sāṭānā) yoki habash (sayṭān) tillari orqali šayṭān shaklida kirgan. Arab tilshunoslari uni š-ṭ-n ("uzoqlashmoq", yaʼni haqdan uzoqlashgan) yoki š-y-ṭ ("kuymoq", yaʼni olovdan yaralgan) ildizlari bilan izohlashga uringan. Zamonaviy tilshunoslik esa bu izohlarni keyingi davr xalq etimologiyasi deb baholaydi. Iblis soʻzining tarixi boshqacha yoʻldan kechgan. Gʻarb sharqshunoslarining aksariyati, xususan Artur Jefri, uni yunoncha diabolos soʻzidan keltirib chiqaradi. Bu soʻz "tuhmatchi, oraga nifoq soluvchi" maʼnosini beradi va dia-ballō ("oraga tashlamoq") feʼlidan yasalgan. Muhim jihati shundaki, miloddan avvalgi asrlarda Tavrot yunon tiliga tarjima qilinganda (Septuaginta) ibroniycha śāṭān aynan diabolos deb oʻgirilgan. Demak, yunoncha soʻz ibroniycha tushunchaning tarjimasi edi. U suryoniy nasroniylar orqali arablarga yetib kelganda boshidagi di- boʻgʻini tushib qolgan va soʻz iblīs shakliga kirgan. Arab lugʻatshunoslari esa iblisni b-l-s ildiziga bogʻlaydi: ablasa "umidsizlandi, rahmatdan noumid boʻldi" demakdir. Shunday qilib, bir ibroniycha tushuncha ikki yoʻl bilan, biri bevosita, ikkinchisi yunon tili orqali, arab tilida qayta uchrashgan. Turkiy tillarga har ikki soʻz islom bilan birga kirgan. Undan avval qadimgi turkiy matnlarda yek ("yovuz ruh, jin") soʻzi, moniy va buddaviy uygʻur yodgorliklarida esa soʻgʻd tilidan oʻzlashgan šimnu soʻzi qoʻllangan. Bugungi oʻzbek tilida ham ikki soʻzning maʼno doirasi farqlanadi. Shayton xalq tilida keng qoʻllanadi va unumli soʻz yasaydi: shaytonlamoq, shayton yoʻldan urdi, shaytonga hay bermoq. Iblis esa koʻproq kitobiy va kuchli salbiy boʻyoqqa ega: iblis odam deganda shunchaki gunohkor emas, yovuzlikning timsoliga aylangan kimsa nazarda tutiladi.

2
Bizning alifbo ustidagi islohlarimiz, muammoni hal etishga emas, balki yangicha muammo yaratishga xizmat qilib kelgan.
185
3
"Beshik" so'zining etimologiyasi Beshik turkiy tillarning eng qadimgi qatlamiga mansub so'z. U Mahmud Koshg'ariyning "Devonu
"Beshik" so'zining etimologiyasi Beshik turkiy tillarning eng qadimgi qatlamiga mansub so'z. U Mahmud Koshg'ariyning "Devonu lug'otit turk" asarida bešik shaklida "beshik" ma'nosida qayd etilgan. So'z deyarli barcha turkiy tillarda qonuniy tovush o'zgarishlari bilan saqlangan: turk va ozarbayjon tillarida beşik, qozoqchada besik, qirg'izchada beşik, tatar va boshqird tillarida bişek, yoqut tilida biһik, uyg'ur tilida böshük. So'zning kelib chiqishi haqida turli qarashlar mavjud. Ularni bėš- tarzida tiklangan, lekin yozma manbalarda uchramaydigan fe'l o'zagi bilan bog'lash farazlari ishonchli dalilga ega emas. "Besh" soni bilan bog'lash esa xalq etimologiyasidir. Bizningcha, eng asosli talqin so'zni belamoq (qad. turk. bėle- "yo'rgaklamoq, chaqaloqni o'rab bog'lamoq") fe'li bilan bog'lashdir. Semantik jihatdan bu tabiiy: beshik chaqaloq belanadigan joy. Buni o'g'ur tarmog'i ma'lumotlari fonetik jihatdan ham qo'llab-quvvatlaydi. Lambdatsizm nazariyasiga ko'ra, umumturkiy š o'rnida chuvash tilida l keladi.
180
4
Venesuela Dunyo davlatlari nomlarining kelib chiqishi ko‘pincha tarixiy voqealar, geografik xususiyatlar yoki mahalliy xalqlarning tillari bilan bog‘liq bo‘ladi. Janubiy Amerikadagi Venesuela davlatining nomi ham ana shunday qiziqarli etimologik tarixga ega. “Venesuela” (Venezuela) nomining eng mashhur talqiniga ko‘ra, u italyanchadagi Venezia — Venetsiya nomi bilan bog‘liq. XV asr oxirida ispan dengizchilari Janubiy Amerikaning shimoliy qirg‘oqlariga yetib kelganlarida, hozirgi Venesuela hududidagi Marakaybo ko‘li atrofi manzarasiga duch kelishadi. Bu yerda suv ustiga yoki suv bo‘yiga qoziqlar yordamida qurilgan ko‘plab mahalliy uylar mavjud edi. Yevropalik sayyohlarga bu manzara suvlar orasida joylashgan Venetsiya shahrini eslatgan. Shu sababli hudud Venezuela deb atalgan va bu nom odatda ispan tilidagi kichraytirish shakli orqali “kichik Venetsiya” yoki “Venetsiyacha kichik joy” tarzida izohlanadi. Ya’ni nomning shakllanishi taxminan Venezia → Venezuela tarzida tushuntiriladi. Biroq masalaning yana bir muhim tomoni bor. “Venezuela” nomining aynan “kichik Venetsiya” ma’nosida paydo bo‘lgani haqidagi qarash juda mashhur bo‘lsa-da, uning etimologiyasi mutlaq ravishda hal qilingan masala emas. Ayrim tadqiqotchilar nomning mahalliy tubjoy tillar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini ham taxmin qilganlar. Demak, ilmiy nuqtayi nazardan “Venesuela — kichik Venetsiya” degan izohni eng mashhur tarixiy etimologik talqin sifatida ko‘rsatish to‘g‘riroq bo‘ladi. Shunday qilib, bugungi kunda dunyoga mashhur bo‘lgan Venesuela nomi ortida Yevropa dengizchilari ko‘rgan Janubiy Amerika manzarasi va Venetsiya shahri bilan bog‘langan qiziqarli tarixiy voqea yotadi. Davlat nomlari oddiy geografik belgilar emas — ularning har biri muayyan xalq, til, tarix va madaniyatning izlarini saqlab qolgan kichik bir “til yodgorligi”dir.
259
5
NABIY, RASUL, PAYG'AMBAR Nabiy so'zi arab tilidagi "naba" — "xabar" ildizidan yasalgan bo'lib, semantik jihatdan "xabar keltiruvchi" ma'nosini anglatadi. Islom terminologiyasida bu atama Allohdan vahiy oluvchi shaxsni bildiradi, biroq bunda yangi din yoki muqaddas kitob keltirish shart emas. Odatda nabiy o'zidan oldingi payg'ambar qoldirgan shariatni davom ettiruvchi, xalqni to'g'ri yo'lga da'vat qiluvchi missiyani bajaradi. Rasul so'zi esa arabcha "irsol" — "jo'natmoq, yubormoq" fe'lidan kelib chiqqan bo'lib, "yuborilgan elchi" ma'nosini bildiradi. Terminologik farq shunda: rasul nabiylik vazifasidan tashqari qo'shimcha vakolat  yangi shariat yoki yangi kitob yetkazish vazifasini ham bajaradi.  Shu sababli islom ilmida qat'iy mantiqiy nisbat mavjud: har bir rasul  nabiydir, ammo har bir nabiy  rasul emas. Rivoyatlarda nabiylar soni yuz minglab deb keltirilsa-da, rasul martabasiga ko'tarilganlar soni bir necha yuztadan oshmaydi. Payg'ambar so'zi esa kelib chiqishi jihatidan arabcha emas, balki forscha qo'shma so'zdir: "payom" (xabar) va "bar" (olib yuruvchi — "burdan", ya'ni ko'tarmoq fe'lidan) qismlaridan tashkil topgan. So'zma-so'z tarjimada "xabar tashuvchi" degan ma'noni beradi va mazmunan arabcha "nabiy" tushunchasiga yaqin turadi. Fors-turkiy til muhitida shakllangan musulmon xalqlar, jumladan turkiy xalqlar, arab tilidagi ikki alohida atama nabiy va rasul o'rniga yagona umumlashtiruvchi terminni qabul qilishgan, natijada payg'ambar so'zi kontekstga qarab ikkala ma'noni ham qamrab oluvchi funktsional ekvivalentga aylangan.
309
6
YEVROPA NOMI QAYERDAN KELGAN? Bugungi Yevropa nomi qadimgi yunoncha Εὐρώπη — Eurṓpē shakliga, undan lotincha Europa va keyinchalik Yevropa tillaridagi Europe shakliga borib taqaladi. Ammo bu nomning asl etimologiyasi hanuzgacha bahsli. Eng mashhur qarashlardan biri uni qadimgi yunoncha eurýs — “keng” va ōps — “ko‘z, yuz, qiyofa” so‘zlari bilan bog‘laydi. Shu asosda Eurṓpē “keng yuzli” yoki “keng nigohli” deb talqin qilinadi. Biroq bu izohning tarixiy-lingvistik asoslari to‘liq ishonchli deb hisoblanmaydi. Yana bir muhim nazariya Semit tillari bilan bog‘liq. Qadimgi Akkad tilidagi erebu “botmoq”, xususan, quyoshning botishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Shimoli-g‘arbiy Semit tillaridagi ʿrb / ʿereb ildizi esa “kechqurun”, “quyosh botishi”, “g‘arb” ma’nolarini anglatgan. Shundan kelib chiqib, Eurṓpē qadimgi Semit tillaridagi “g‘arb, quyosh botadigan tomon” ma’nosidagi atama bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinadi. Qizig‘i, Europa yunon mifologiyasidagi mashhur qahramon nomi hamdir. Rivoyatga ko‘ra, Zeus oq ho‘kiz qiyofasida Finikiya malikasi Europani Kritga olib ketadi. U keyinchalik Krit podshosi Minosning onasi sifatida tasvirlanadi. Qit’a nomining aynan shu mifologik qahramon nomidan kelib chiqqani haqidagi qarash qadimdan mavjud.
359
7
DACHA (ДАЧА) «Dacha» so‘zi juda qadimiy va qiziqarli ma’noga ega bo‘lib, «дать» (bermoq) va «давать» (berib turmoq) fe’llari bilan bog‘liq. Ya’ni, dastlab bu so‘z «tuhfa, hadya» degan ma’noni anglatgan. Bundan 300 yil avval «dacha» so‘zi podsho tomonidan hadya qilingan yer maydonini bildirgan. Ya’ni podsho davlat oldidagi xizmatlari va alohida xizmatlari uchun kishiga yerning bir qismini mukofot sifatida berishi mumkin edi. 150 yil avval esa «dacha» deganda allaqachon kichik zodagonlar qo‘rg‘oni yoki yozgi dam olish uchun mo‘ljallangan shahar tashqarisidagi uy tushunilgan. Faqat o‘tgan asrda, yozgi dachalardan aholining turli qatlamlari foydalana boshlagach, «dacha» so‘zi bugungi kundagi ma’nosini — shahar tashqarisidagi yozgi dam olish uyi yoki hovli-joy ma’nosini kasb etdi.
397
8
XUDO Bugungi o‘zbek tilida Xudo so‘zi “Tangri, Alloh, Parvardigor” ma’nolarida keng qo‘llanadi. Biroq bu so‘zning tarixi juda qadimiy bo‘lib, u eroniy tillar qatlamiga mansub. Xudo (fors. خدا — xudā) so‘zi fors tiliga o‘rta fors tilidagi xwadāy / xwatāy shakllaridan kelib, “xudo, hukmdor, egasi, sohib” kabi ma’nolarni anglatgan. Uning ildizlari esa yanada qadimgi davrlarga boradi. Avesto tilida hvadhāta, so‘g‘d tilida xwatāw, qadimgi xorazm tilida xwadēw kabi shakllar qayd etilgan. Etimologik jihatdan bu shakllarning dastlabki mazmuni “o‘ziga-o‘zi ega”, “o‘z kuchi bilan hukmron” kabi tushunchaga yaqin bo‘lgan deb qaraladi. Vaqt o‘tishi bilan “sohib, hukmdor” ma’nolari orqali “iloh, Tangri” ma’nosi shakllangan. Bu so‘zdan hosil bo‘lgan Xudovand (fors. خداوند — xudāvand) shakli ham juda qiziq. Undagi -vand qadimgi eroniy tillarda “ega, sohib, biror narsaga ega bo‘lgan” ma’nosini bildiruvchi unsurdir. Shuning uchun xudāvandni mazmunan “Xudoning egasi” deb emas, balki “ilohiy sohib”, “Parvardigor”, “barcha narsaning egasi” kabi ma’nolarda tushunish to‘g‘riroq. Xuddi shu -vand unsuri fors-tojik tilidagi boshqa so‘zlarda ham uchraydi: donishmand — “donish egasi”, hunarmand — “hunar egasi”. Demak, Xudovand tarkibidagi -vand so‘zga “sohiblik, egalik” mazmunini qo‘shadi. O‘zbek tiliga Xudo va Xudovand shakllari asosan fors-tojik tilidagi uzoq tarixiy til aloqalari orqali kirgan. Ular o‘zbek tilida nafaqat diniy termin sifatida, balki badiiy va xalq og‘zaki nutqida ham keng qo‘llanadi.
426
9
“Lavash” so‘zining etimologiyasi Lavash — bugungi kunda deyarli hammaga tanish bo‘lgan yegulik nomi. Avvalo, lavash so‘zi turkiy tillarning o‘z qatlamiga mansub emasligi ko‘rinib turadi. Chunki o‘zbek va boshqa ko‘plab turkiy tillarda so‘z boshida l, r, v, z, g‘ kabi ayrim undoshlarning kelishi tarixan cheklangan. Turk tilining katta izohli lug‘atlarida ham lavash so‘zining fors tilidan o‘zlashgani haqidagi qarash uchraydi. Biroq so‘zning bundan ham qadimgi tarixiga murojaat qilinganda, boshqa bir etimologik qarashga duch kelamiz. Unga ko‘ra, lavashning dastlabki shakli qadimgi turkiy yozma manbalarda uchraydigan liv aš birikmasi bilan bog‘liq. Liv so‘zi qadimgi uyg‘ur tilida xitoy tilidan o‘zlashgan birlik sifatida qayd etiladi. U aš — “ovqat, taom, yegulik” so‘zi bilan birikib, liv aš shaklida ishlatilgan. Bu birikma “ovqat patnisi/idishi” kabi ma’nolarni anglatgan. Qadimgi turkiy adabiy yodgorliklardan “Qutadg‘u bilig”da ham liv so‘zi bir necha o‘rinda uchraydi. Mashhur turkiyshunos Gerhard Doerfer emas, balki Sir Gerard Clausonning turkiy lug‘atshunoslikdagi tadqiqotlarida ham liv aš tarkibidagi liv komponentining xitoycha kelib chiqishi bilan bog‘liq qarashlar uchraydi. Shunga ko‘ra, bu birikma keyingi davrlarda fonetik o‘zgarishlarga uchrab, liv aš → lev aš → lavaş kabi shakllarga kelgan bo‘lishi mumkin. Demak, “lavash” so‘zining tarixini faqat fors tilidan o‘zlashma sifatida izohlash yetarli bo‘lmasligi mumkin. Ayrim etimologik qarashlarga ko‘ra, uning tarkibidagi qadimgi liv komponenti xitoy tilidan eski uyg‘ur tiliga o‘zlashgan bo‘lib, keyinchalik turkiy tillardagi aš (“ovqat”) komponenti bilan birikkan. Shu tariqa, bugungi lavaş/lavash shaklining tarixi bir necha til va madaniyatlar — xitoy, qadimgi turkiy va keyingi fors-arab til muhitlari o‘rtasidagi uzoq lingvistik aloqalarni aks ettirishi mumkin.
684
10
BAXSHİ Bugungi o‘zbek tilida baxshi deyilganda, asosan, do‘mbira jo‘rligida doston kuylaydigan xalq ijodkori tushuniladi. Biroq bu so‘zning tarixi ancha qadimiy bo‘lib, turkiy xalqlarda shomon, tabib, ozan, dostonchi, ustoz va bilimdon kabi turli ma’nolarda qo‘llangan. Baxshi so‘zining kelib chiqishi haqida tilshunoslikda bir necha qarash mavjud. Ulardan biri uni turkiy tillardagi baq- fe’li bilan bog‘laydi. Baq- «qaramoq», «kuzatmoq», shuningdek, «fol ko‘rmoq» ma’nolarida qo‘llangan. Shu asosda baxshi qadimda «g‘aybiy narsalarni ko‘ruvchi», «fol ochuvchi» yoki shifo beruvchi shaxs ma’nosidan kelib chiqqan, degan fikr ilgari surilgan. Radloff kabi ayrim turkologlar ham shu yo‘nalishdagi qarashlarni qo‘llab-quvvatlagan. Boshqa, tarixiy-lingvistik tadqiqotlarda kengroq qabul qilingan qarashga ko‘ra, baxshi/bakshi sanskrit tilidagi bhikṣu — «buddaviy rohib» so‘zi bilan bog‘liq. Bu atama buddaviylikning Markaziy Osiyoga tarqalishi jarayonida boshqa tillarga o‘tgan. Xitoy va mo‘g‘ul tillari orqali qadimgi uyg‘ur tiliga kirib, bakşı/bahşı shakllarida «ustoz», «muallim», «bilimdon» kabi ma’nolarni anglatgan. Keyinchalik turkiy xalqlarning og‘zaki an’analarida bu atama shomonlik, musiqachilik va dostonchilik bilan ham bog‘langan. Yana bir qarash esa baxshi atamasining shakllanishida mo‘g‘ul tilidagi bagši/bakši shaklining rolini ta’kidlaydi. Shu sababli so‘zning aniq etimologiyasi borasida ilmiy adabiyotlarda yakdil fikr mavjud emas. Qizig‘i, bu so‘zning qadimgi ma’nolaridan biri ayrim hududlarda hozirgacha saqlanib qolgan. O‘zbekistonning ayrim hududlarida xalq orasida shomonlik an’analari bilan bog‘liq holda turli kasalliklarni g‘ayritabiiy usullar, marosimlar, duolar yoki dam solish orqali davolaydigan kishilar ham «baxshi» deb ataladi. Bu holat baxshi atamasining qadimgi tabib, shifo beruvchi va marosim bajaruvchi shaxs bilan bog‘liq ma’nolari xalq xotirasida saqlanib qolganini ko‘rsatadi.
0
11
NG HARFI: ALIFBODAN CHIQARISH — ILMIY JIHATDAN ASOSLIMI? O'zbek lotin alifbosi islohoti doirasida muhokama qilinayotgan masalalardan biri — ng harfining taqdiri. Bu masala boshqa harflar (Sh, Ch, O', G') o'zgarishidan alohida turadi, chunki bu yerda gap shunchaki grafik shakl haqida emas, balki tilimizdagi mustaqil bir tovushning yozuvda saqlanib qolish-qolmasligi haqida bormoqda. Avvalo, shuni ta'kidlash lozimki, ng — bu shunchaki "n" va "g" harflarining ketma-ket kelishi emas, balki o'zbek tilida mustaqil fonema maqomiga ega bo'lgan burun-til orqa tovushi (velyar nazal, [ŋ]).  Fonologiyada bir tovush mustaqil fonema deb tan olinishi uchun aynan shunday — ma'no farqlovchi — pozitsiyada uchrashi yetarli asos hisoblanadi. Demak, bu tovushni yozuvdan olib tashlash — nazariy jihatdan real fonemani yozma tildan chetlashtirish, ya'ni yozuv bilan talaffuz o'rtasida ataylab tafovut yaratish degani bo'ladi. Ikkinchidan, bu tovushning tarixiy-dialektologik ildizi ham chuqur. Qadimgi turkiy tilda ŋ tovushi mustahkam fonema bo'lgan (masalan, teŋri, meŋi kabi so'zlarda) va bu meros bugungi o'zbek tili shevalarida — xususan qipchoq va qarluq lahjalarida — hamon barqaror saqlanib qolgan. Uchinchidan — va bu, ehtimol, eng muhim argument — ng harfi bilan bog'liq real orfografik muammo mavjud emas. Bu birikma so'z ichida qorishtirilib o'qilish yoki noto'g'ri talaffuz qilinish xavfini deyarli tug'dirmaydi, chunki uning qo'llanish o'rni til tizimida aniq va barqaror. Muammosiz elementni "soddalashtirish" nomi ostida yo'qotish — islohotning o'zi qo'ygan asosiy maqsadga (imlodagi real qiyinchiliklarni bartaraf etish) zid keladi. To'rtinchidan, ba'zilar ng tovushi so'z boshida kelmasligini uni alifbodan chiqarish uchun asos sifatida ko'rsatishadi. Ammo bu argument tarixiy-tipologik jihatdan ancha zaif. Qadimgi turkiy tilning o'zida ham bir qancha undosh tovushlar so'z boshida umuman kelmagan — masalan, r va l tovushlari sof turkiy so'zlarning boshida uchramagan (bu tovushlar bilan boshlanuvchi so'zlar odatda o'zlashma bo'lgan), ŋ tovushining o'zi ham hech qachon so'z boshida kelmagan. Shunga qaramay, Urxun-Enasoy bitiktoshlari yozuvida (run yozuvi) aynan shu tovushlar — jumladan ŋ — uchun alohida belgilar mavjud bo'lgan, chunki ular so'z o'rtasi va oxirida faol qo'llanib, ma'no farqlashda muhim vazifa bajargan. Demak, bir tovushning so'z boshida kelish-kelmasligi turkiy yozuv an'anasida hech qachon unga alohida belgi berish yoki bermaslikning mezoni bo'lib xizmat qilmagan. Aksincha, tovushning so'z tarkibida qanchalik faol va ma'no farqlovchi ekanligi asosiy mezon bo'lgan — bu mezon bo'yicha esa ng bugungi o'zbek tilida ham to'liq "harf" maqomiga da'vogar bo'lishga haqli tovushdir. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, ng harfini alifbodan olib tashlash tilshunoslik jihatidan yetarlicha asoslanmagan qadam bo'lib ko'rinadi. Azizbek Mamatqulov
0
12
Cho‘mich Bu so‘zning negizida qadimgi turkiy chöm- fe’li yotadi — “suyuqlikka botirish, cho‘ktirish” ma’nosini anglatgan. Bu fe’lga -(ü)ch qo‘shimchasi qo‘shilib, chömüch shakli hosil bo‘lgan: ya’ni “botiriladigan, suyuqlikka tushiriladigan narsa”. Vaqt o‘tishi bilan unlilar torayib, so‘z bugungi cho‘mich shakliga kelgan. Qiziq tomoni shundaki, xuddi shu chöm- o‘zagidan bugungi kunda tilimizda mustaqil yashayotgan yana ikki fe’l ham tarqalgan: cho‘mmoq — “suvga botmoq, sho‘ng‘imoq” ma’nosida, o‘zakning asl harakat ma’nosini bevosita saqlab qolgan fe’l; va cho‘milish — “suvga tushib yuvinish” ma’nosida, o‘zakka fe’l yasovchi shakllarning qo‘shilishi orqali kengaygan, kundalik hayotda eng ko‘p ishlatiladigan shakl. Demak, uchala so‘z — cho‘mich (predmet), cho‘mmoq va cho‘milish (harakat) — bir-biriga begona emas, balki bitta qadimgi ma’no o‘zagining turli yo‘nalishlarda “shoxlanishi” natijasidir. Predmet nomi harakatdan tug‘ilgan: cho‘michning vazifasi aynan suyuqlikka botirilib, undan biror narsa olishdir, shu bois uning nomi ham bevosita shu harakatga bog‘liq holda shakllangan. Zamonaviy tilshunoslik nuqtayi nazaridan qaraganda, bu jarayon leksikalizatsiya bilan bog‘liq hodisa sifatida izohlanishi mumkin — fe’l asosida yuzaga kelgan yasama shakl vaqt o‘tishi bilan mustaqil ot sifatida tilda “qotib qoladi” va uni ona tili egalari asl fe’l bilan bog‘lab tasavvur qilmay qo‘yishi mumkin. Cho‘mich so‘zi ham shu jarayonni aks ettiradi: dastlab “botiriladigan narsa” mazmunidagi yasama birlik sifatida shakllangan bo‘lsa, keyinchalik oddiy idish-buyum nomi sifatida mustaqil ma’no kasb etgan. Bu hodisa turkiy tillarda so‘z yasalishining qiziqarli jihatlaridan biridir: harakat → predmet modeli orqali muayyan buyum nomlarining yuzaga kelishi tilning predmetni uning vazifasi yoki bajaradigan harakati asosida nomlash imkoniyatini ko‘rsatadi.
0
13
No text...
0
14
AL-MISOQ Al-misoq (arabcha: الميثاق — al-mīṯāq) so‘zi «qat'iy ahd», «bitim», «shartnoma», «qasam» ma'nolarini anglatadi. O‘zbek tilida bu so‘z asosan «almisoqdan beri (yoki buyon)» iborasi tarkibida qo‘llanib, «juda qadim zamonlardan beri», «azaldan» degan ma'noni bildiradi. Mazkur iboraning kelib chiqishi Islom aqidasidagi Al-Misoq — ya'ni Alloh taolo bilan insoniyat o‘rtasida ruhlar olamida tuzilgan azaliy ahd haqidagi e'tiqod bilan bog‘liq. Islom ta'limotiga ko‘ra, Alloh taolo barcha insonlarning ruhlarini jasadlar yaratilishidan oldin jamlab, ulardan O‘zining yagona Parvardigor ekanligiga iqrorlik olgan. Ana shu ahd Al-Misoq deb ataladi. Shu bois Islom e'tiqodida har bir inson Yaratganni tan olishga moyil bo‘lgan fitrat bilan dunyoga keladi. Inson keyinchalik hayot sinovlari, nafs va shayton vasvasasi sababli bu azaliy ahdni unutishi mumkin. Shu sababli Alloh taolo insonlarga o‘sha ahdni eslatish uchun payg‘ambarlar va ilohiy kitoblarni yuborgan. Shuningdek, Islom aqidasiga ko‘ra, Al-Misoq Qiyomat kunida insonlar uchun hujjat bo‘ladi. Demak, o‘zbek tilidagi «almisoqdan beri» iborasi oddiygina «juda qadimdan» degan ma'noni emas, balki Islomdagi insoniyatning eng qadimgi — ruhlar olamida tuzilgan ahdiga ishora qiluvchi diniy va madaniy qatlamni ham o‘zida mujassam etgan.
0
15
TAROQ Bugun har kuni ishlatadigan taroq so'zi aslida juda qadimiy tarixga ega. Tilshunoslarning etimologik tadqiqotlariga ko'ra, bu so'z qadimgi turkiy tar- fe'lidan yasalgan. Mazkur fe'l dastlab "ajratmoq",  "bo'lak-bo'lak qilmoq", "yoymoq", "tarqatmoq", "sochni yozmoq" kabi ma'nolarni anglatgan. Unga narsa oti yasovchi -g'aq qo'shimchasi qo'shilib, targ'aq shakli hosil bo'lgan. Keyinchalik tarixiy fonetik o'zgarishlar natijasida bu shakl taraq, so'ngra taroq ko'rinishini olgan. So'zning ichki ma'nosiga e'tibor berilsa, bu nom bejiz qo'yilmaganini ko'rish mumkin. Taroq soch tolalarini bir-biridan ajratadi, yoyadi, tartibga keltiradi. Demak, buyumning nomi uning vazifasidan kelib chiqqan. Qizig'i shundaki, qadimgi tar- fe'li bugungi o'zbek tilida ham yashashda davom etmoqda. Masalan, tarqatmoq fe'lida bir narsani turli tomonga yoyish, ajratib yuborish ma'nosi saqlangan. Tarqalmoq so'zida ham narsaning yoki hodisaning har tomonga yoyilishi ifodalanadi. Tarmoq so'zi esa asosiy qismdan ajralib chiqqan, yoyilgan bo'limni bildiradi. Xalq tilidagi suv taramoq iborasida ham suvning mayda oqimlarga ajralib, turli tomonga yoyilishi nazarda tutiladi.
0
16
No text...
0
17
"Tirsak" va "tizza" — bir ildizlimi? Tilimizda qo'ldagi bukiluvchi bo'g'imni tirsak, oyoqdagi bo'g'imni esa tiz(za) deb ataymiz. Bir qarashda bu ikki so'z o'xshash ko'rinmaydi. Ammo qiyosiy-tarixiy turkologiya nuqtayi nazaridan ular bitta qadimiy ildizning ikki tarixiy shakli bo'lishi mumkin. V. Ramstedtning rotatsizm qonuniga ko'ra (r-qonuni) turkiy tillar tarixida umumturkiy r undoshi  ko'pgina so'zlarda z  tovushiga  o'zgargan. Buni biz turkiy tillar ichida nisbatan eski bo'lgan  chuvash tilida ko'rishimiz mumkin. Chuvash tilida bizning tilimizda so'z  tarkibida z undoshi bilan keluvchi bir qancha so'z hali ham r  undoshi bilan keladi. Masalan: yüz(o'zbekcha) ~ śĕr(chuvash), qız(o'zbekcha ~ хир(chuvash). Demak, -z- va -r- ko'pincha bitta qadimiy tovushning ikki tarixiy natijasidir. Shu nuqtayi nazardan tiz va tir- (tirsak) ham o'zaro bog'liq bo'lishi ehtimoldan xoli emas. Chunki ikkalasi ham bukilish ma'nosini o'zida tashiydi. Shevalarimizda ko'ylakni yengini tirmoq, shimning pochasini tirmoq kabi jumlalarda tir so'zi buklash ma'nosini berishi ma'lum. "O'zbek tilining etimologik luğatida" kitobida tizza so'zi tizmoq fe'lidan olingan degan xulosa bor, lekin so'zning ma'nosiga tizmoq emas tirmoq fe'li ancha yaqin. Bu fikrni chuvash tilidagi чĕркуççи ("tizza") so'zi ham qisman qo'llab-quvvatlaydi. Uning boshidagi чĕр- qismi tir-/tiz- ildiziga fonetik jihatdan yaqin. Biroq bu murakkab tuzilishli so'z bo'lgani uchun uni yakuniy isbot emas, balki qo'shimcha dalil sifatida baholash to'g'riroq. Shuning uchun tirsak va tiz(za)ning bir ildizdan kelib chiqqanligi ilmiy jihatdan asosli gipoteza hisoblanadi, ammo hozircha umumiy qabul qilingan qat'iy fakt emas. Bu misol kundalik so'zlarimiz ortida ming yillik tarixiy qatlamlar yashiringanini ko'rsatadi. ( Azizbek Mamatqulov)
0
18
Turkiy tillarda fonetik qonuniyati
Turkiy tillarda fonetik qonuniyati
0
19
Munkar va Nakir Munkar (منكر) va Nakir (نكير) soʻzlari arab tilidagi ن-ك-ر (n-k-r) ildizidan yasalgan. Bu ildizning asosiy maʼnolari tanimaslik, notanishlik, begonalik, inkor qilish va rad etish bilan bogʻliq. Semit tillarida bitta ildizdan turli vaznlar orqali koʻplab yangi soʻzlar yasaladi. Munkar lugʻaviy jihatdan “tanilmagan”, “inkor etilgan”, Nakir esa “oʻta notanish”, “begonalikni ifodalovchi” maʼnolariga yaqin turadi. Islom olimlari qabr soʻrogʻini oluvchi farishtalarning aynan shu nom bilan atalishini ularning marhum uchun mutlaqo notanish mavjudotlar ekani yoki haqiqatni inkor etganlarni fosh etuvchi vazifasi bilan izohlaydilar. Bu diniy-tafsiriy talqin boʻlsa-da, nomlarning tanlanishi ularning lugʻaviy maʼnosi bilan uygʻunlashadi. Qizigʻi shundaki, NKR ildizi faqat arab tiliga xos emas. U qadimgi semit tillarida ham uchraydi. Masalan, yahudiy tilidagi nokrī — “begona”, ossuriy-bobil tilidagi nakru esa “dushman” maʼnosini bildiradi. Shu jihatdan bu so'z faqat arabchadan oldingi tillarfa ham faol bo'lgan, balki semit xalqlari Munkar va Nakir nomlari nafaqat diniy, balki tarixiy-lingvistik nuqtayi nazardan ham chuqur maʼnoga ega.
0
20
ALLA илмий-ижодий экспедицияси йўқолиш хавфи остидаги миллий аллаларни тўпламоқда Ҳар бир халқнинг ўзлигини намоён этувчи, авлодларни бир-бирига боғловчи маънавий хазинаси бўлади. Ўзбек халқи учун ана шундай ноёб мерослардан бири — алла. Бугунги глобаллашув шароитида айрим ҳудудларга хос оҳанг, талаффуз ва ижро услубига эга аллалар унутилиб, уларни биладиган сўнгги ижрочилар сафи тобора камайиб бормоқда. Бу эса оғзаки ижод ва маданий хотиранинг муҳим қатламини йўқотиш хавфини юзага келтирмоқда. Шу боис Болалар контентини ривожлантириш маркази буюртмаси билан ALLA илмий-ижодий экспедицияси ўз ишини бошлабди. Лойиҳа доирасида мамлакатнинг турли ҳудудларида сақланиб қолган аллалар ўзининг табиий муҳити ва асл ижрочилари ижросида аудио ҳамда видео форматларида ёзиб олинмоқда. Йиғилган намуналар Марказнинг Alla ягона миллий платформаси базасига жойлаштирилиб, илмий тадқиқотлар, таълим ва тарбия жараёнлари ҳамда ота-оналар учун ишончли манба сифатида хизмат қилади. Бу ташаббус нафақат йўқолиб бораётган номоддий маданий меросни асраш, балки болаларнинг она тили ва қадриятлар билан танишиб улғайишига хизмат қиладиган муҳим лойиҳадир. Ҳозирча ижодий гуруҳ Тошкент шаҳри ва вилоятида ишлаяпти, тез орада бошқа ҳудудларга ҳам чиқади.
0