en
Feedback
Sevara Shakirova

Sevara Shakirova

Open in Telegram

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirovaning rasmiy sahifalari: • https://taplink.cc/sevarashakirova

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
5 662
Subscribers
-1624 hours
-577 days
-48630 days
Posts Archive
#avgust_kengashi 🌿 Kelajakni yaratayotgan maktablar kuchli liderlardan boshlanadi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslasht
+9
#avgust_kengashi 🌿 Kelajakni yaratayotgan maktablar kuchli liderlardan boshlanadi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Kelajakni yaratayotgan maktablar: liderlik, innovatsiya va natija” mavzusida tashkil etilgan ikki kunlik Avgust kengashi — o‘quv-seminarini yakunladik. Unda Agentligimiz tizimidagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablar, maktab-internatlar hamda yangi tashkil etilgan muhandislik maktablari direktorlari bilan 2026/2027-o‘quv yilidagi ustuvor vazifalar, ta’lim sifatini oshirish va maktab boshqaruvini yanada takomillashtirish bo‘yicha oldimizda turgan muhim masalalarni atroflicha muhokama qildik.
Bu yilgi kengashning asosiy g‘oyasi — kuchli maktab kuchli liderlikdan boshlanadi.
❗ Seminar davomida Prezident maktablarining ilg‘or tajribalarini ixtisoslashtirilgan maktablarga integratsiya qilish, moliyaviy-xo‘jalik faoliyati va inventarizatsiya jarayonlarini raqamlashtirish, ta’lim sifatini monitoring qilish va tahlil etish, ishonchli ma’lumotlar bazasini shakllantirish, xolis reyting va natijadorlikni oshirish mexanizmlari bo‘yicha fikr va tajriba almashdik. ❗ Shuningdek, HR siyosati va pedagoglarni boshqarishda ijtimoiy muloqot instrumentlaridan samarali foydalanish, ta’lim va sport integratsiyasi, zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar, ta’lim muassasalarida sog‘lom ma’naviy muhitni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratdik. ❗ Maktab rahbarlari bilan huquqni qo‘llash va shartnomaviy-huquqiy munosabatlarda uchraydigan muammolar hamda ularning yechimlari, korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha ham muhim masalalarni ko‘rib chiqdik. ❗ Shu bilan birga, ta’lim muassasalari faoliyatini samarali tashkil etish, o‘quv reja va tarifikatsiyani shakllantirish, kelajak maktablari uchun rahbar va pedagog kadrlarni saralashning zamonaviy mexanizmlari hamda ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab oldik.
Mazkur yo‘nalishlarning har biri bo‘yicha Agentligimizning tegishli boshqarma va bo‘limlari mas’ullari tomonidan seminar mashg‘ulotlari tashkil etilib, maktab direktorlari bilan mavjud muammolar, amaliy tajribalar va ularning yechimlari yuzasidan ochiq muloqot olib borildi. Eng muhimi, bu uchrashuvlar faqat ma’lumot berish bilan cheklanmay, joylardagi muammolarni bevosita rahbarlarning o‘zidan eshitish, fikr va takliflarni muhokama qilish hamda kelgusidagi vazifalarni birgalikda belgilab olish uchun amaliy maydon bo‘ldi. Men uchun maktab direktori — faqat ta’lim jarayonini boshqaruvchi rahbar emas. U jamoani bir maqsad atrofida birlashtira oladigan, yangilikka ochiq, tashabbus ko‘rsatadigan va eng muhimi, natija uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladigan liderdir.
Ikki kun davomida ushbu kengashni mazmunli tashkil etish, har bir yo‘nalish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni tayyorlash va o‘tkazishga hissa qo‘shgan Agentligimiz jamoasi, boshqarma va bo‘limlarimiz mas’ullariga, shuningdek, o‘z tajribasi, fikr va takliflari bilan faol ishtirok etgan barcha maktab direktorlariga minnatdorlik bildiraman.
🖌 Oldimizda yangi o‘quv yili va katta vazifalar turibdi. Ishonamanki, bir jamoa bo‘lib, aniq maqsad va mas’uliyat bilan harakat qilsak, ta’lim sifatini yanada yuqori bosqichga olib chiqamiz.Rasmiy sahifalar

#sayyor_qabul #Fargʻona_viloyati 🌿 So‘xda: ota-onalar va pedagoglar bilan yuzma-yuz muloqot So‘x tumanida tashkil etilayotga
+6
#sayyor_qabul #Fargʻona_viloyati 🌿 So‘xda: ota-onalar va pedagoglar bilan yuzma-yuz muloqot So‘x tumanida tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktab haqida batafsil ma’lumot berish maqsadida ota-onalar, pedagoglar va jamoatchilik vakillari bilan uchrashdik. Sayyor qabul davomida ularning ta’lim jarayoniga oid murojaatlari, taklif va fikrlarini bevosita tingladik. Ko‘tarilgan masalalarni joyida muhokama qilib, ularning yechimi bo‘yicha tegishli vazifalarni belgilab oldik. Uchrashuvda viloyat hokimi o‘rinbosari Sh.Polvonov, So‘x tumani hokimi S.Sayidmusayev, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi direktori N.Mannopova, pedagoglar va ota-onalar ishtirok etishdi.
Shuningdek, So‘x tumanida barpo etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktabdagi qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishdik. Bunyodkorlik ishlarining holati, o‘quv va yordamchi binolarni zamonaviy talablar asosida jihozlash, o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz ta’lim muhitini yaratish bilan bog‘liq masalalarni ko‘zdan kechirdik. Qurilish ishlarini sifatli amalga oshirish va maktabni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashdik.
Muloqotimizning asosiy mavzularidan biri — So‘xda yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktab faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish bo‘ldi. Ta’lim sifatini ta’minlash, kuchli pedagogik jamoani shakllantirish, zamonaviy ta’lim muhitini yaratish va eng muhimi, So‘xdagi iqtidorli bolalarning salohiyatini ro‘yobga chiqarishlari uchun munosib imkoniyatlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratdik. Har bir hududdagi bolaga sifatli ta’lim olish uchun teng imkoniyat yaratish — oldimizda turgan eng muhim vazifalardan biri, deb hisoblayman. Rasmiy sahifalar

📌 Xorazm viloyatidagi ta’lim muassasalarimizning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi bilan yaqindan tanishdim. 🎓 Prezident, ij
📌 Xorazm viloyatidagi ta’lim muassasalarimizning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi bilan yaqindan tanishdim. 🎓 Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘quvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar, qurilish-ta’mirlash ishlari hamda ta’lim jarayonini sifatli tashkil etish masalalarini ko‘rib chiqdik. Pedagoglar bilan muloqot qilib, ularning fikr va takliflarini ham tingladik.
Tashrif davomida Urganch shahrida yangidan tashkil etilayotgan muhandislik maktabi faoliyatiga alohida e’tibor qaratdik. Maktab Al-Xorazmiy universitetiga biriktiriladi, 10–11-sinflardagi o‘quv dasturlari universitetning 1-kurs dasturlari bilan integratsiya qilinadi. Universitet professor-o‘qituvchilari maktab o‘quvchilariga oliy ta’lim fanlaridan dars beradi. Belgilangan talablarni muvaffaqiyatli bajargan bitiruvchilar esa Al-Xorazmiy universitetida test va qo‘shimcha imtihonlarsiz, bir yillik qo‘shimcha davlat granti asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri 2-kursdan ta’limni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bu yondashuv orqali maktab va oliy ta’lim o‘rtasida uzviy tizim yaratish, yoshlarni muhandislik yo‘nalishlariga maktab davridan boshlab maqsadli tayyorlashni ko‘zlayapmiz. Eng muhimi, o‘quvchilarimiz maktabni bitirayotganidayoq kelajak kasbi uchun zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak. Yangi o‘quv yilidagi asosiy maqsadimiz ham — har bir o‘quvchi uchun sifatli ta’lim va katta imkoniyatlarga olib boradigan muhit yaratish.Rasmiy sahifalar

#YagonaVatan35 🌿 Mustaqillik yillarida ta’limga qaratilgan e’tiborning yana bir samarasi — yoshlarimizdan tarixiy natija! Mu
+1
#YagonaVatan35 🌿 Mustaqillik yillarida ta’limga qaratilgan e’tiborning yana bir samarasi — yoshlarimizdan tarixiy natija! Mustaqillikning 35 yilligi tantanalari arafasida xalqaro maydonlardan kelayotgan bu kabi xushxabarlar barchamizga alohida faxr va quvonch bag‘ishlaydi. 🇺🇿Milliy istiqlol yillarida, ayniqsa, so‘nggi yillarda Hurmatli Prezidentimiz tomonidan ta’lim sohasiga qaratilayotgan alohida e’tibor, iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan izchil siyosat natijasida yoshlarimiz uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning tashkil etilishi, olimpiadachilarni tizimli tayyorlash, ular uchun zamonaviy ta’lim muhiti yaratilishi hamda ilg‘or xalqaro tajribalarning joriy etilishi bugun o‘zining yuksak samaralarini bermoqda.
Xalqaro olimpiadalarda Vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘tarayotgan yoshlarimiz — ana shu yuksak e’tibor, izchil islohotlar va yaratilgan imkoniyatlarning yorqin samarasidir.
Ikki nufuzli xalqaro olimpiadada Agentligimiz tizimidagi maktablar o‘quvchilari jami 7 ta medal — 3 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi. 🇰🇷 Janubiy Koreyaning Seul shahrida o‘tkazilgan 21-Xalqaro standartlar olimpiadasida (ISO 2026) Prezident maktablari o‘quvchilari: 🥇 Asadbek Baxronov — Buxoro shahridagi Prezident maktabi; 🥇 Feruza Luqmonova — Buxoro shahridagi Prezident maktabi; 🥇 Saidakbar Jahonaliyev — Jizzax shahridagi Prezident maktabi — oltin medallarni qo‘lga kiritdi. ✨Toshkent shahrida O‘zbekiston mezbonligida o‘tkazilayotgan 38-Xalqaro informatika olimpiadasida (IOI 2026) esa: 🥈 Jaxonali Xaydaraliyev — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab; 🥉 Jahongirshoh Avazxonov — Namangan shahridagi Prezident maktabi; 🥉 Timur Kadirbergenov — Nukus shahridagi Prezident maktabi; 🥉 Ulug‘bek Rahmatullayev — Namangan shahridagi Prezident maktabi sovrindor bo‘ldi. Ushbu natija bilan O‘zbekiston terma jamoasi IOIdagi ishtiroki tarixida eng yuqori natijani qayd etdi.
Bugungi medallar — yillar davomida ta’limga qaratilgan e’tibor, yaratilgan imkoniyatlar, ustozlar mehnati va yoshlarimizning intilishlari samarasidir. Eng muhimi, bu natijalar Yangi O‘zbekiston yoshlarining salohiyati va kelajakda yanada ulkan marralarni zabt etishga qodir ekanini namoyon etmoqda.
💐 G‘olib va sovrindor o‘quvchilarimizni, ularning ustozlari hamda ota-onalarini Agentlik nomidan samimiy muborakbod etamiz!Rasmiy sahifalar

🌱 Iqtidorli yoshlar uchun yangi imkoniyatlar maydoni 🎓 Yangi Toshkentda barpo etilayotgan «Yangi O‘zbekiston» universiteti
+3
🌱 Iqtidorli yoshlar uchun yangi imkoniyatlar maydoni 🎓 Yangi Toshkentda barpo etilayotgan «Yangi O‘zbekiston» universiteti kampusi zamonaviy ta’lim va ilm-fan infratuzilmasining yirik loyihalaridan biridir. Bugun kampus qurilishi jarayoni bilan tanishib, yaratilayotgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdik.
50 gektar hududda 16 ta binoni o‘z ichiga oladigan kampusda muhandislik, agrotexnologiyalar, tibbiyot, raqamli texnologiyalar, tabiiy va gumanitar fanlar kabi ustuvor yo‘nalishlar uchun zamonaviy ta’lim va tadqiqot muhiti yaratiladi.
Innovatsion texnopark, ilg‘or texnik tadqiqotlar instituti, tibbiy ilmiy markaz va klinika esa talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot va ilmiy izlanishlar bilan uyg‘unlashtirish imkonini beradi. Universitetning Massachusetts Institute of Technology (MIT) va Technical University of Munich (TUM) bilan strategik hamkorligi ta’lim jarayonlarini xalqaro tajriba va standartlar asosida tashkil etishga xizmat qiladi. ✅ Rasmiy sahifalar

#Axborot24 🎓 Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan davlat maktabiga imtihon jarayonlari Joriy yilning 31-iyul hamda 1–2-avgust kunlari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabning 2-, 3- va 4-sinflariga hujjat topshirgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari o‘tkazildi. ✅ Rasmiy sahifalar

💐 Bugun men uchun unutilmas va katta mas’uliyat yuklaydigan kun bo‘ldi. 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
💐 Bugun men uchun unutilmas va katta mas’uliyat yuklaydigan kun bo‘ldi. 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tomonidan “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandim. Avvalo, menga bildirilgan ushbu yuksak e’tirof uchun samimiy minnatdorlik bildiraman.
Bu mukofotni shaxsiy yutug‘im sifatida emas, balki Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasining ko‘p yillik fidokorona mehnati, ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi izchil sa’y-harakatlarimizning e’tirofi deb qabul qilaman.
So‘nggi yillarda Agentligimiz tomonidan dunyoning yetakchi universitetlari, xalqaro ta’lim tashkilotlari va xorijiy hamkorlar bilan samarali aloqalar yo‘lga qo‘yildi. Bugun o‘quvchilarimiz dunyoning nufuzli universitetlarida tahsil olmoqda, ustozlarimiz esa ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘zlashtirib, ta’lim tizimiga tatbiq etmoqda.
Ishonamanki, ta’lim sohasidagi ana shunday hamkorlik xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro ishonchni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Shu fursatdan foydalanib, ushbu sharafli yo‘lda yelkadosh bo‘lib kelayotgan barcha hamkasblarimga, ustozlarimizga, xalqaro hamkorlarimizga, ota-onalar va aziz o‘quvchilarimizga chin dildan minnatdorlik bildiraman. ➡️ Rasmiy sahifalar

#BizningPrezident 🇺🇿Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin, Hurmatli Prezident! ➡️ Rasmiy sahifalar
#BizningPrezident 🇺🇿Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin, Hurmatli Prezident! ➡️ Rasmiy sahifalar

#IChO_2026 #Sevimli TV_"ZAMON" 📚 Markaziy Osiyo tarixida ilk bor O‘zbekistonda o‘tkazilgan 58-Xalqaro kimyo olimpiadasida bir hafta davomida dunyoning 94 ta davlatidan tashrif buyurgan mingga yaqin iqtidorli o‘quvchilar, jamoa rahbarlari va xalqaro ekspertlar nafaqat nazariy va amaliy bilimlarini sinovdan o‘tkazdi, balki o‘zaro tajriba almashib, ilmiy hamkorlikni mustahkamladilar. 🇺🇿 Yurtimizda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro olimpiadalarga tizimli tayyorlash va zamonaviy ta’lim muhitini yaratish borasida olib borilayotgan islohotlarning amaliy natijasi sifatida O‘zbekiston terma jamoasining barcha a’zolari medal bilan taqdirlandi: 🥇 Rayhona Tuymurodova – oltin medal; 🥈 Jasur Mustafoyev – kumush medal; 🥈 Azizmuhammad Hafizov – kumush medal; 🥈 Mirjalol Homidjonov – kumush medal.Rasmiy sahifalar

#IChO2026 🇺🇿 58-Xalqaro kimyo olimpiadasi muvaffaqiyatli yakunlandi. Yangi O‘zbekiston yana bir tarixiy sahifani ochdi. 📍
+9
#IChO2026 🇺🇿 58-Xalqaro kimyo olimpiadasi muvaffaqiyatli yakunlandi. Yangi O‘zbekiston yana bir tarixiy sahifani ochdi. 📍 Toshkent shahrida Markaziy Osiyo tarixida ilk bor O‘zbekiston mezbonlik qilgan 58-Xalqaro kimyo olimpiadasining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bir hafta davomida dunyoning 94 ta davlatidan tashrif buyurgan mingga yaqin iqtidorli o‘quvchilar, jamoa rahbarlari va xalqaro ekspertlar nafaqat nazariy va amaliy bilimlarini sinovdan o‘tkazdi, mamlakatimizning boy tarixi, madaniyati va mehmondo‘stligi bilan yaqindan tanishdi.
💐 Bugungi natijalar bizga alohida faxr bag‘ishlaydi. O‘zbekiston terma jamoasining barcha a’zolari medal bilan taqdirlandi: Rayhona Tuymurodova oltin medal, Jasur Mustafoyev, Azizmuhammad Hafizov va Mirjalol Homidjonov kumush medallarni qo‘lga kiritdi. Bu yutuqlar yurtimizda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro olimpiadalarga tizimli tayyorlash va zamonaviy ta’lim muhitini yaratish borasida olib borilayotgan islohotlarning amaliy samarasidir.
🧪IChO 2026 O‘zbekistonning xalqaro ilmiy-ta’lim hamjamiyatidagi nufuzini yanada mustahkamladi. Ushbu tarixiy olimpiadani yuqori saviyada tashkil etishga hissa qo‘shgan barcha hamkorlarimiz, ustozlarimiz, mutaxassislarimiz, volontyorlarimiz va fidoyi jamoamizga samimiy minnatdorlik bildiraman. Eng muhimi, bugun yoshlarimiz butun dunyoga O‘zbekiston ilm-fani va ta’limining yangi salohiyatini namoyon etdi. ✅ Rasmiy sahifalar

#Imtihon_2026 #Sevimli TV_"ZAMON" 🇺🇿 Respublikamiz bo‘ylab Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 2-bosqichi bo‘lib o‘tdi.Rasmiy sahifalar

#Axborot24 #IChO2026 🧪58-Xalqaro kimyo olimpiadasining nazariy imtihon jarayonlaridan reportajRasmiy sahifalar

#Axborot24 | 13.07.2026 #IChO2026 🇺🇿 Toshkent dunyoning eng iqtidorli yoshlarini kutib olib, 58-xalqaro kimyo olimpiadasiga mezbonlik qilmoqda.Rasmiy sahifalar

#IChO2026 🇺🇿 Bugun O‘zbekiston dunyoning eng iqtidorli yoshlarini kutib oldi. Bu oddiy xalqaro tadbir emas. Bu mamlakatimiz
+6
#IChO2026 🇺🇿 Bugun O‘zbekiston dunyoning eng iqtidorli yoshlarini kutib oldi. Bu oddiy xalqaro tadbir emas. Bu mamlakatimizning ilm-fan va ta’lim sohasida erishayotgan natijalari, xalqaro hamjamiyatning O‘zbekistonga bo‘lgan ishonchi va ochiq hamkorlik siyosatining yorqin ifodasidir. ✨ 58-Xalqaro kimyo olimpiadasining Markaziy Osiyoda ilk bor aynan yurtimizda o‘tkazilayotgani biz uchun katta sharaf va ayni paytda ulkan mas’uliyatdir. Ishonamanki, bu kunlar davomida dunyoning turli burchaklaridan kelgan yoshlar O‘zbekistonni nafaqat zamonaviy ta’lim maskani, balki mehmondo‘st, ochiq va intiluvchan mamlakat sifatida ham kashf etadilar. Birgalikdagi mehnatimiz natijasi bugun butun dunyo nigohida namoyon bo‘lmoqda.Rasmiy sahifalar

#IChO2026 🇺🇿 Ertaga O‘zbekiston ta’limi tarixidagi muhim voqealardan biri boshlanadi ✨ Ertadan, 11-iyul kuni, Toshkent shah
#IChO2026 🇺🇿 Ertaga O‘zbekiston ta’limi tarixidagi muhim voqealardan biri boshlanadi ✨ Ertadan, 11-iyul kuni, Toshkent shahri dunyoning eng nufuzli intellektual musobaqalaridan biri — 58-Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO 2026)ga mezbonlik qiladi. Markaziy Osiyo tarixida ilk bor O‘zbekiston mezbonlik qilayotgan ushbu olimpiadada 90 dan ortiq davlatdan 1000 nafarga yaqin o‘quvchilar, jamoa rahbarlari, xalqaro ekspertlar va mehmonlar ishtirok etadi. Ushbu nufuzli tadbir ortida ikki yildan ortiq davom etgan puxta tayyorgarlik, yuzlab mutaxassislar, pedagoglar, olimlar va hamkor tashkilotlarning fidokorona mehnati mujassam. Bugun biz nafaqat xalqaro olimpiadaga mezbonlik qilish, balki mamlakatimizning ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasida erishayotgan natijalarini dunyoga namoyon etish arafasida turibmiz.
Ishonchim komilki, IChO 2026 O‘zbekistonning xalqaro ilmiy-ta’lim hamjamiyatidagi nufuzini yanada mustahkamlaydi, yoshlarimizning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi hamda dunyoning eng iqtidorli yoshlarini birlashtiruvchi muhim maydonga aylanadi.
🤝 Barcha ishtirokchilar, mehmonlar va hamkorlarimizni O‘zbekistonda samimiy qutlaymiz. Yurtimizda o‘tadigan ushbu tarixiy olimpiada barchamiz uchun unutilmas taassurotlar, yangi bilimlar va mustahkam do‘stlik rishtalarini olib kelishiga ishonaman. ✅ Rasmiy sahifalar

#IChO2026 🌎 Dunyo Oʻzbekistonga kelmoqda... Ba'zan ayrim tadbirlar oddiy taqvimdagi sana emas, balki mamlakat salohiyatini d
#IChO2026 🌎 Dunyo Oʻzbekistonga kelmoqda... Ba'zan ayrim tadbirlar oddiy taqvimdagi sana emas, balki mamlakat salohiyatini dunyoga namoyon etadigan tarixiy voqeaga aylanadi.
Aynan shunday voqealardan biri — 58-Xalqaro kimyo olimpiadasi IChO 2026 ga tayyorgarlikning navbatdagi bosqichini muhokama qildik.
✅ Tashkiliy qoʻmita yigʻilishida har bir yoʻnalish bo‘yicha bajarilgan ishlarni yana bir bor tahlil qildik. Laboratoriyalardan tortib delegatsiyalarni kutib olishgacha, xavfsizlikdan media ta'minotigacha boʻlgan barcha masalalar batafsil koʻrib chiqildi. Biz uchun bu jarayonda mayda detalning oʻzi ham katta ahamiyatga ega.
Bugungi kunda 96 davlatdan 724 nafar ishtirokchi, jamoa rahbarlari, kuzatuvchilar va mehmonlar roʻyxatdan oʻtgan. Bu raqamlar ortida dunyoning Oʻzbekistonga bildirayotgan ishonchi mujassam.
✅Biz bu olimpiadani shunchaki yuqori saviyada oʻtkazishni emas, balki har bir mehmonda Oʻzbekiston haqida iliq taassurot, xalqimizning mehmondoʻstligi va ta'limga boʻlgan yuksak e'tiborini qoldirishni maqsad qilganmiz. Ishonaman, barcha hamkor vazirlik va idoralar, tashkilotlar hamda fidoyi jamoamiz bilan birgalikda bu tarixiy vazifani munosib ado etamiz.Rasmiy sahifalar

Aziz ustozlar, hamkasblar va volontyorlar! 🖌 2026–2027-oʻquv yili uchun Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi ti
+6
Aziz ustozlar, hamkasblar va volontyorlar! 🖌 2026–2027-oʻquv yili uchun Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari muvaffaqiyatli yakunlandi. Minglab yoshlarning orzu va intilishlari sinovdan oʻtgan ushbu masʼuliyatli jarayonni yuksak saviyada tashkil etishda oʻz hissasini qoʻshgan har bir insonga samimiy minnatdorligimni bildiraman.
Avvalo, imtihonlarning adolatli, shaffof va tartibli oʻtishini taʼminlash yoʻlida fidoyilik bilan mehnat qilgan ustozlarimiz, pedagoglar, nazoratchilar, volontyor yoshlarimiz, Milliy gvardiya xodimlari, tez tibbiy yordam brigadalari, ichki ishlar organlari vakillari, shuningdek, ushbu jarayonda yaqindan hamkorlik qilgan barcha vazirlik, idora va tashkilotlar jamoalariga chin dildan tashakkur aytaman. Sizlarning masʼuliyatli mehnatingiz, fidoyiligingiz va hamjihatligingiz tufayli imtihonlar yurtimizning barcha hududlarida yuqori tashkiliy darajada oʻtkazildi.
🤝 Alohida minnatdorlik soʻzlarimni farzandlarini qoʻllab-quvvatlagan ota-onalarga hamda bilim va salohiyatiga ishonib, katta orzular bilan imtihonlarda qatnashgan barcha oʻquvchilarga ham yoʻllayman. Natija qanday boʻlishidan qatʼiy nazar, sizning bugungi mehnatingiz va intilishingiz ertangi muvaffaqiyatlaringiz uchun mustahkam poydevor boʻlib xizmat qiladi. ✅ Ishonchim komilki, bugungi hamjihatligimiz va birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz yurtimiz taʼlim tizimini yanada rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va ularga munosib sharoit yaratish yoʻlidagi ezgu maqsadlarimizga xizmat qiladi. Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy farovonlik, kuch-gʻayrat va faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. ✅ Rasmiy sahifalar

#Axborot24 #Imtihon_2026 ✅ Har safar kirish imtihonlari boshlanganida bir fikr xayolimdan o‘tadi: bugun sinovdan o‘tayotgan minglab o‘g‘il-qizlar orasida ertangi olimlar, muhandislar, shifokorlar, dasturchilar va Yangi O‘zbekiston taraqqiyotini belgilaydigan yoshlar bor.
✅ Shu bois bugun biz nafaqat imtihonlarni tashkil etyapmiz, balki kelajak uchun mustahkam poydevor yaratyapmiz. 2026/2027-o‘quv yilidan Agentlik tizimi yana-da kengayadi. Qo‘shimcha 21 ta yangi ta’lim muassasasi faoliyat boshlaydi va 5 mingdan ortiq iqtidorli o‘quvchi uchun zamonaviy ta’lim olish imkoniyati yaratiladi.
🖌 Bugungi islohotlarning eng muhim jihatlaridan biri — xalqaro tajribaga tayanayotganimizdir. Ayni kunlarda Marshall Cavendish Education tashkilotining Ta’lim yechimlari rahbari Joy Tan xonim mamlakatimizda bo‘lib, kirish imtihonlari jarayonlarini bevosita kuzatmoqda. Bu hamkorlik baholash tizimini xalqaro standartlar asosida yana-da takomillashtirish, imtihonlarning shaffofligi va xolisligini mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir. ✅ Rasmiy sahifalar

#30_iyun_Yoshlar_kuni ✨ 30-iyun – Yoshlar kuni muborak bo‘lsin! ✅ Har gal sizlarning yutuqlaringiz haqida eshitsam, Yangi O‘z
#30_iyun_Yoshlar_kuni 30-iyun – Yoshlar kuni muborak bo‘lsin! ✅ Har gal sizlarning yutuqlaringiz haqida eshitsam, Yangi O‘zbekistonning ertangi kuni ishonchli qo‘llarda ekaniga yana bir bor amin bo‘laman. Bugun Prezidentimiz yaratib berayotgan imkoniyatlar tufayli yoshlarimiz dunyoning eng nufuzli universitetlariga grant asosida o‘qishga kirayotgani, xalqaro fan olimpiadalari, sport va ijodiy tanlovlarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilayotgani barchamiz uchun cheksiz faxrdir.
🇺🇿 Joriy yilda ham bu yutuqlar yuksak e’tirof etildi. Prezidentimizning qarorlari bilan agentligimiz tizimidagi ta’lim muassasalari vakillari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Jumladan, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchisi, 58-Xalqaro kimyo olimpiadasi ilmiy qo‘mitasi a’zosi Daler Rahimov va Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Paxlavon G‘ulomov «Mard o‘g‘lon» davlat mukofotiga sazovor bo‘lishdi. Bu — bilim, mehnat va fidoyilik munosib qadrlanayotganining yana bir yorqin ifodasidir.
🌿 Aziz yoshlar, hech qachon orzu qilishdan va o‘rganishdan to‘xtamang. O‘z kuchingizga ishoning, katta maqsadlar sari dadil intiling. Sizning har bir muvaffaqiyatingiz nafaqat shaxsiy yutug‘ingiz, balki Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga qo‘shilgan munosib hissadir.
Rasmiy sahifalar

🖌 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan barcha OAV vakillari hamda blogerlarni kas
🖌 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan barcha OAV vakillari hamda blogerlarni kasb bayrami bilan samimiy tabriklayman! 👨‍💻 Mamlakatimizda so‘z erkinligi, ochiqlik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish yo‘lidagi islohotlar ommaviy axborot vositalarining faol ishtirokisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. 📕 Ta’lim sohasidagi yangiliklar, oʻquvchilarimizning yutuqlari, bizning faoliyatimizni jamoatchilikka tezkor va xolis yetkazishdagi professionallingizni yuksak qadrlaymiz! 🤝 Kasbiga sadoqat bilan xizmat qilayotgan barcha media vakillariga mustahkam sog‘liq, ijodiy barkamollik va yangi yutuqlar tilayman. Bayramingiz muborak bo‘lsin aziz do‘stlar! #27iyun #OAV ✅ Rasmiy sahifalar