Quruvchilarga
Open in Telegram
🏗Kanal quruvchilarga savdosini oshirish uchun yordam beradi 📌 @Islambekov_binox tomonidan yuritiladi
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
413
Subscribers
-124 hours
-27 days
-530 days
Data loading in progress...
Similar Channels
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+2
in 0 channels
August '26
+429
in 1 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 10 September | 0 | |||
| 09 September | 0 | |||
| 08 September | 0 | |||
| 07 September | 0 | |||
| 06 September | +1 | |||
| 05 September | 0 | |||
| 04 September | 0 | |||
| 03 September | +1 | |||
| 02 September | 0 | |||
| 01 September | 0 |
Channel Posts
Ba’zi marketologlarni qiladigan reklamalari hayotga mos kelmaydi)
Apartatel (Resort) qurayotgan kompaniyalar ko’paygan, nima deb o’ylaysiz ularni mijozi kimlar?
Albatta investorlar, resort qurayotgan ba’zi kompaniyalarni led ekran va bannerlardagi ba’zi reklamalarini ko’rib qoldim. Barchasida o’zini loyihasida yashashni afzaliklari va qulayliklari haqida reklama ketyabdi.
Loyihani konsepsiyasi bo’lsa yashash uchun emas balki ijaraga berib foyda qiladigan qilib ishlangan.
Sotuv bo’limiga borsez kunlik dam oluvchilarga ijaraga qo’yib daromad qilishiz mumkinligi haqida gapirishadi.
Nega endi shuni reklamada gapirishmas ekan, konsepsiyaga mos bo’magan reklamalar orqali mijoz jalb qilmoqchi bo’lishadi.
Investorlarga qancha pul tikib qancha foyda olishi qiziq, kvartira bilan solishtirish qiziq. Shuni reklamada ko’rsatish kerak. Oyiga qancha daromad qilish mumkinligini, qancha vaqtda pulini chiqarib olishi mumkinligini, mulk har yili narxi qanchaga oshishi mukinligini reklama qilish kerak emasmi……..
Iltimos marketologlar pulni havoga uchirishdan to’xtelar:)
@quruvchilarga
| 2 | Showroom qilish kerakmi?
Byudjeti bor bo’gan hamma quruvchilarga showroom qilishni tavsiya qilaman. (byudejeti yo’q odam quruvchi bo’lmaydiku)
Sababi siz kotlovandan boshlab sotuvni ochasiz mijoz yo’q narsaga kelib pul to’laydi. Agar showroom qilib qo’ysangiz ko’zi bilan uyi qanaqa bo’lishini ko’rsa qisman ishonchi ortadi.
Ba’zi quruvchilar men korobka topshiramanu shartmi manga ham deydi.
Karobka topshirsangiz ham kerak, showroomni remont qilib mebel texnikalar bilan to’ldirib qo’yasiz va mijozga kelajakda uyiz shunaqa bo’ladi remontini o’ziz qivolasiz deysiz.
Mijoz ko’rgandan keyin olishga bo’gan hohishi, emotsiyasi kuchayib ketadi, ikkilanib turgan odamni ham olaman diyishiga turtki bervoradi.
Buni effekti bo’lganini ko’p kompaniyalarda sezganman
Moshina sotib olmoqchi bo’lsangiz videoda yoki rasmda ko’rsatsa oddiy qabul qilasiz emotsiya bo’midi, lekin borib ichiga o’tirib ozgina haydab ko’rsez emotsiya qo’shilib ogiz keb qoladi.
Showroom ham shu vazifani bajarib beradi.
@quruvchilarga | 216 |
| 3 | Tavsiya uchun
Tavsiya qilgan mijozni rag’batlantirish orqali ancha ko’p savdolarni qilsa bo’ladi.
Ayniqsa viloyatlarda bu narsa yaxshi ishlaydi, sababi viloyatda ko’pchilik bir birini taniydi, bitta tanishi uy olsa aniq o’sha odamni maslaxatiga amal qilishadi.
Shu kompaniya yaxshi ekan sen ham shu yerdan ol uyni degan birgina so’z, qaysidur kompaniyani reklamaga sarflayotgan millionlarini havoga uchuradi.
Tavsiya uchun rag’batlantirishni yo’llari ko’p, yaxshi ishlagan bittasini aytmoqchiman
Hamma quruvchi ma’lum foizda chegirma beradi hamma mijozga. Masalan 5% deb tassavur qilaylik.
Sizdan uy olgan odamga aytasiz agar bizni tanishlarizga tavsiya qilsangiz, har bir kelib uy sotib olgan tanishingiz uchun biz sizni uyizga 2% chegirma berib boramiz deysiz.
O’sha odam olib kelgan mijozga 3% chegirma berasiz, 2% tavsiya qilgani uchun unga qo’shib berasiz.
Foydalanib ko’ring:)
@quruvchilarga | 293 |
| 4 | Qanday qilib reklama budjetini 2x ga kamaytirib savdoni tushish o’rniga oshiryabmiz
Oxirgi 6 oyda 5 ta SMM komandalar bilan ishlab ko’rdim.
Deyarli barchasida natija o’xshash bo’ldi, raqamlarda o’lchasak.
Lid narxi: 1.5$ atrofida
Lid sifati: 30% atrofida
Bu natija mani qoniqtirmasligi aniq.
Keyin bitta supermen jamoani topdim, to’g’ri marketing strategiya qilib chiqdik.
Hozirgi kundagi natijalar:
Lid narxi: 1$ atrofida
Lid sifati: 50% dan baland
P.s: Hozirgi kunda Rossiyada sifatli lidni narxi 400$ ekan, bizni boshimizga shu kunlar kelsa nima qilarkanmiza quruvchilar:)
@quruvchilarga | 287 |
| 5 | Qurish boshqa, yurgizish boshqa
Ba’zi roplar bor oldin zo’r natijalar qilgan bo’ladi, lekin sizga kelganda hech nima qila olmay qoladi.
Buni asosiy sababi qurish bilan tayyor ishlab turgan sotuv bo’limini yurgazib ketishda farq bor.
• Jamoani yig’ish
• Ularni o’qitish
• Motivatsiya tizimini to'g'ri ishlab chiqish
• Tizim qurish
Bu narsalar hammaning ham qo’lidan kelavermaydi, ko’pchilik ishlab, yurib turgan sotuv bo’limiga kelib yaxshi davom etirib ketadi.
0 dan yurgizib yuborish hammaning ham qo’lidan kelavermaydi.
ROP olayotganda siz qanaqa holatda ekanligiz va uni qaysi holatda yaxshi natija ko’rsatganini tekshirib oling
@quruvchilarga | 281 |
| 6 | Aziz quruvchilar.
Siz uchun eng qimmat unsur bu pul emas, vaqt. Sababi qurilishingiz to’xtagan har bir kun, uni bitishini hafta yoki oyga kechiktirishi mumkin.
Qurilish to’xtamasligi uchun sotuv yaxshi bo’lishi va yetarli tushum bo’lishi kerak.
Hozir juda ko’p quruvchilar uylarini o’zi sotmayabdi, sotib beradigan jamoalarga topshiryabdi.
Ba’zi yangi yoki tajribasi kamroq bo’lgan quruvchilar sotib beradigan jamoalarni tajribasi ilmiga emas hizmat haqini qanchalik arzonligiga uchib ketishmoqda.
Ba’zi sotuv jamoalari juda arzonga ishlashadi, qilgan loyihalarini surishtirsangiz hech bir loyihada sotuvlar zo’r bo’lmagan.
Sotuvdan 1 so’m ekonom qilaman deb, qurilishingiz kechikani uchun 100 so’m zarar ko’rib qolishingiz mumkin.
Qurilishni kechikishi sizga qancha zarar keltirishini ham hisoblab ko’ring, qurilish materiallarini narxi oshadi, soliqlar ko’proq bo’ladi va hokazo.
Sotuv jamolarni filterdan o’tkazib olish haqida ham yozganman, agar shu filterga to’g’ri kelsa arzon bo’lsa ham ishlayvering.
@quruvchilarga | 425 |
| 7 | Raqobatchilardan nima farqiz bor?
Loyiha zo’r, ofisga odam ko’p kelyabdi, lekin kegan klentlar sotib olmayabdi, sababi nimada?
Uy olaman degan odam hich qachon faqat 1 ta qurilishni ko’rib sotib olmaydi. Kamida 10 lab navastroykalarni ko’rib solishtirib keyin oladi.
Mijoz aniq boshqa loyihalar bilan sizikini solishtiradi, buni sotuvchiga ba’zida aytadi ba’zida aytmasdan o’zi solishtiradi.
Shu vaqtda sotuvchi boshqa raqobatchilardan nima afzaliklariz borligini bilsa, mijozga tushuntirib farqlab bera olsa, uyni sizdan sotib olish ehtimoli ancha oshadi.
Sotuvchi farqini tushuntirib bera olamsa, mijoz o’zi o’ylagandek tassavur qilib boshqa joyga ketib qolishi mumkin.
Bitta loyihamizda o’tgan oyni o’zida 15 ta atrofida sotuvni shunaqa raqobatchilardan farqimizni tushuntirib o’zimizga qaytardik
@quruvchilarga | 351 |
| 8 | Hullas savdo tushib ketdi nima qilish kerak?
Qiladigan ishlariz ko’p, bugun shulardan biri haqida gaplashamiz.
Bozorni o’rganish kerak, hozirgi kunda bozor kerak bo’lsa har oy o’zgarib turibdi. O’tgan oy ish bergan sotuv taklfilari bu oyda ish bermayabdi.
Sababi sizni chaqon raqobatchilar kundan kunga yangi narsalarni o’ylab topyabdi. Shu uchun hech bo’lmasa 1-2 oyda bir marta bozorni analiz qilib sotuv takliflarini qayta ko’rib chiqish kerak.
Bunda siz katta chegirmalar yoki hozirgi taklifizdan ko’ra kattaroq o’zgarishlar qilib yuboramysiz, shunchaki taklifni boshqacharoq qilib odamlarga yetkazasiz.
Bizda ham bir loyihamizda savdolar tushib ketgan edi, bozorni analiz qilsak 1 oy oldingidan ko’ra ancha boshqacha takliflar paydo bo’lib qolibdi.
Analizni qanday qilish haqida yuqorida yozgan edim)
Postni sotuvi yaxshi bo'lmayotgan quruvchilarga yuborib qo'ying✈️
@quruvchilarga | 333 |
| 9 | Uyizni sotib beraman…
Bir so’m tikmaysiz, men sizni o’rningizga xarajat qilib uyizni sotaman…
Tezroq uylarizni sotib, kassangiz nechidir million $ pul tushurib beramiz…
Hamma joyda shu kabi reklamalar aylanmoqda, buning sababi quruvchilar endi o’zi sotmayabdi. Sotuv bo’limini sotib beradigan jamolarga topshirmoqda, talab bo’lgani uchun tabiyki bu hizmatni taklif qiladiganlar ham ko’paydi.
Endi ularni ichidan yaxshi natija qilib beradigan va sizni shaningizga putur yetkazmaydigan jamoani topib ishlash qiyin masala bo’lib qoldi.
Keling men shundaylarni qanaqa qilib filterlab olishingiz mumkinligini o’rgatib qo’yaman.
Birinchidan:
Raqamlar, siz undan qanday qilib meni sotuvlarimni qilmoqchisan deb ishini qanday qilishi haqida so’rang. Raqamlarda gapirgan odam odatda ishini yaxshi qiladi, ya’ni oyiga buncha lid olib kelaman, sotuvchilarni kuniga buncha vaqt mijozlar bilan gaplashtiraman, oyiga buncha qo’n’giroq qilamiz, buncha tashrif qilamiz va sotuvchilarni o’qitamiz degan ma’noda gapirganlar. Yorvoraman, zo’r qilaman, reklama qib tashiyman degan odamlardan qoching.
Ikkichidan:
Oldin qaysi loyihalarda ishlagan va qanday natija qilgani haqida so’rang, keyin o’sha loyihalarni egasi bilan bog’lanib bu jamoa haqida fikrlarini so’rang. Quruvchi bu jamoani yomonlamasligi va maqtamasligi ham mumkin, bunday holatda ular bilan ishlashni o’ylab ko’ring. Chunki biz o’zbek halqi andishaliy halqmiz, birovlarni orqasidan yomonlashga andisha qilib yaxshi edi deb qo’yaveramiz.
Uchinchidan:
Hozirgi ishlab turgan loyihalarini so’rang va ulardan ham otziv oling. Sababi o’tmishda 1-2 ta loyihani qoyilatgan va shu bilan maqtanib yurgan, hozirgi vaqtda yaxshi natija qoila olmayotgan bo’lishi ham mumkin.
Men bilan ishlamoqchi bo’lsangiz ham bularni albatta tekshiring:)
@quruvchilarga | 317 |
| 10 | Oylik to’lovdan qarzdorlarni yig’ilib ketishi ko’p quruvchilarni og’rig’i. Bu muammodan qanday qilib qutilish mumkin.
Aslida mijozlarga vaqtida aloqaga chiqib to’lov qilshi kerakligi eslatib, ular bilan to’g’ri aloqa qilib turilsa qarzdorlik ko’paymaydi.
Lekin shunda ham to’lamaydiganlar bir muncha topiladi.
Ular bilan ishlashda eng samarali usul bu uyiga xat yuborish. Xat mazmuni, agar qarzdorlikni vaqtida to’lamasa uyini otkaz qilib, shartnomani bir tomonlama bekor qilishingiz to’g’risida bo’ladi.
Bunday holatda ko’p mijozlar to’lov qiladi, sababi u mijoz uy olgan paytdagi uylarni narxi bilan hozirgi kundagi uylarni narxi va to’lov shartlari o’rtasida katta farq bor. Agar shartnoma bekor bo’lib unga puli qaytarib berilsa, u narxga va pulga endi bunday uy qaytib ololmasligini tushunadi.
Xat qanday bo’lishi kerak, mazmuni qanaqa bo’ladi, desangiz tayyor shablon tuzib qo’yganman. Buni o’zingizga moslab olasiz, shablon uchun 👉 link
@quruvchilarga | 378 |
| 11 | Nimaga ko’p joyda savdolar tushdi?
Bir nechta tanishlarim savdo tushdimi sizdayam deb so’radi.
Hamma sohada sezon va sezon bo’lmagan davr bo’ladi, qurilishda ham shunaqa
5 yildan beri kuzatib kelaman, odatda iyul, avgust va yanvar oylarida savdo nisbatan tushadi.
Iyul va avgust oylarida issiq bo’ladi odamlar ko’chaga chiqmaydi, yanvar oyida esa yangi yildan keyin bo’lganligi uchun odatda odamlar katta xaridlarni qilmaydi.
Lekin bu umuman savdo bo’midi degani emas, faqat o’tgan oylarga nisbatan kamayadi.
@quruvchilarga | 333 |
| 12 | Quruvchilarni yomonlab chiqish orqasidan tanilish...
Navastroyka sohasida blogerlik qilayotganlar ham ko’payib ketdi.
Aksariyat qismini ko’ryabman muammoga kirib qolgan quruvchilarni yomonlab chiqib, omma orasida tanilishga harakat qilyabdi. Ular o’zini biz halqni ogohlantiryabmiz deb oqlaydi, balkim bu ishi to’g’ridur.
Lekin man bu ishni yoqlamayman, chunki ba’zi loyihasi to’xtatilgan yoki qamalgan quruvchilarni taniyman, hech biri odamlarni aldiman pulini yeb ketaman deb ishni boshlamagan. Hammasi vaqtida quraman odamlarni uyli qilaman deb, yaxshi niyat bilan ish boshlashgan.
Ilmi yetmasdan yoki tashqi omillar tufayli shu holga kelib qolganligida o’zlarini ham aybi bor albatta. Lekin bu degani ularni qiyin kunidan foydalanib, yomonlab tanilish kerak deganimas. Halqni ogohlantiradigan yangilik kanallari bor, undan tashqari qurilishi to’xtatilgan loyihadan odamlar shundoq ham uy olmay qo’ygan hozir
Boshqalarni boshiga tushgan sinovdan foydalanishni yaxshi narsa deb hisoblamayman!
Siz qanday fikrdasiz?
@quruvchilarga | 585 |
| 13 | Orada uzilish bo’lib qoldi, endi yana doimiy foydali mavzularni olib chiqaman Insha Alloh
Shu uzilib qolgan davrda, qanday natijalar qilganimizni silar bilan bo’lishmoqchiman
P.s: Shu raqamlar asosida qayerda muammo borligini ham aniqlab olamiz
@quruvchilarga | 380 |
| 14 | Barcha bloklardan uy sotib va shu hamma blokni qurilishini bir vaqtni o’zida qilsa bo’lmaydimi?
Bu katta hato bo’ladi, keling shuni ko’irb chiqaylik.
Hamma blokni qurishga katta mablag’ ketadi, quruvchilarda bunga yetarli mablag’ odatda bo’lmaydi. Hamma blokka pul yetkazib beraman deb harakat qilasiz, buni amalda uddalash qiyin, natijada esa qurilish sekinlashadi.
Qurilish sekinlashgani uchun mijozlarni e’tirozi va sizga talablari ko’payadi. Bu narsa ishizni yana ham orqaga tortadi.
Sizda barcha blokni qurilishni bir meyorda olib ketishga mablag’ yetarli bo’lganda ham bunday qilmaslik kerak.
Siz 4 ta blokni 2 yilda qursangiz va ikkalasini bir vaqtda qurishga mablag’ingiz yetadi deylik.
Agar shu 4 ta blokni bir vaqtda qurmasdan mablag’ni bitta yoki ikkita blokka yo’naltirsangiz, 2 yilda emas 1 yilda shu bloklarni topshirasiz.
Bu mijozlar oldida zo’r ishonoch beradi va keyingi bloklarni savdosiga ham yaxshi ta’sir qiladi.
@quruvchilarga | 860 |
| 15 | Assalomu alaykum!
Azizlar, barchamizga Qurbon hayiti muborak bo'lsin. Honadonlarimizda qut baraka doimiy bo'lsin.
Loyihalaringizni o'z vaqtida halqimiz ishonchini yo'qotmasdan topshirish nasib qilsin. | 810 |
| 16 | Ba’zi quruvchilarda qurilishni qilish uchun mablag’ bo’lmaydi va mijozlarni puliga quradi.
O’zi deyarli hamma quruvchilar mijozlarni pulidan ham qurilishga ishlatadi. Lekin ba’zilar qurilishni 70-80% ni mijozlarni puliga quradi.
Shunday quruvchilarga tavsiya.
Bu yomon narsa emas, lekin risklari ko’p. Shunga tayyor turishingiz kerak, bu postda shu risklardan birini kamaytirish haqida gaplashamiz.
Endi asosiy joyiga kelsak. Loyihangizda bir nechta bloklar bor, barcha bloklarni savdosini va qurilishini birdaniga boshlamaslik kerak.
Asosiy sabablari, savdodan boshlasak:
Barcha bloklarni sotuvini ochib qo’ysangiz hamma bloklardan bir nechtadan uy sotiladi. Oradan bir muncha muddat o’tadi va barcha bloklardagi uy olgan odamlar sizdan o’zini blokida qurilishni tezlatishingizni talab qiladi.
Bitta blokdan sotsangiz mijozlarni faqat o’sha blokni tezroq qurishingiz qiziqtiradi.
Shu sababli bitta blokni 80-90% uylarini sotib bo’lib keyin yangi blokni savdoga chiqaring.
Keyingi postda hamma bloklarni bittada qurmaslik haqida gaplashamiz
@quruvchilarga | 750 |
| 17 | O’tgan haftada loyihalarimizdagi o’rtacha konversiyalar qanday bo’ldi?
Lid sifati: 57%
Ya’ni marketing tushurgan zayavkalarni qanchasi haqiqatdan uy olmoqchi va bizga mos mijozlar
Tashrif: 19%
Ya’ni shu lidlardan qanchasi ofisimizga keldi
Sotuv: 16%
Ya’ni shu kelgan mijozlarni qanchasi bizdan uy sotib oldi va to’lovni qildi
Bu raqamlarni siz ham har hafta o’lchab boring
@quruvchilarga | 577 |
| 18 | Azizlar ayni vaqtda bizda loyihalar ko’paymoqda.
Ya’ni respublikamiz bo’ylab ko’plab quruvchilarni sotuv bo’limini «под ключ» olib, sotuvlarini qilib beryabmiz
Shu sababli ham bizga sotuv bo’limi rahbarlari kerak bo’lyabdi
Agar oramizda novastroyka sotuv bo’limida ishlagan va daromad tomonlama ham, ilm tomonlama ham o’smoqchi bo’lganlar bo’lsa, bizga aloqaga chiqing.
Bog’lanish uchun👉: @HrDiora | 768 |
| 19 | Sotuv bo’limini savdodan oldin ochib qo’yish zarari haqida?
Ba’zi quruvchilar hujjatlari chiqmasdan turib sotuv bo’limini ochib qo’yadi sotmasa ham.
Gaplashsam biz sotmayabmiz shunchaki qurilish atrofini banner bilan o’rab sotuv bo’limini ochib qo’ydik. Kelgan mijozlarga yaqin kunlarda ochilamiz deb, klentlarni ehtiyojini o’rganib turibmiz deyishadi.
Buni zarari katta. Sababi loyihani banner bilan o’rab sotuv bo’limi ochilsa odamlarni aksariyati qurilish boshlanibdi sotuvlar ochilibdi deb o’ylashadi.
Siz hujjatlaringizni chiqarib keyin savdoni ochaman degan vaqtizgacha oradan 6-12 oy o’tgan bo’ladi.
Odamlar bu vaqt ichida qurilish boshlanmaganini ko’rib siz haqizda negative o’ylab qoladi.
Bu loyiha shuncha vaqtdan beri turibdi, lekin qurilish hali ham boshlanmadi. O’zi quriladimi yo’qmi degan shubhaga ham borib qolishadi.
Shuning uchun hujjatlarni tayyorlab qurilishga start berganizdan keyin, sotuv bo’limini ochib, loyihani banner bilan o’rang
@quruvchilarga | 922 |
| 20 | Nima uchun ko’p quruvchilar uy sota olmaydi?
Nima uchun aksariyat quruvchi sotuv bo’limini o’zi yuritsa uylar yaxshi sotilmaydi, kimgadur topshirsa, sotuvlar o’zi qilgandan ko’ra yaxshiroq bo’lishni boshlaydi?
Sababi oddiy, mehr berishda.
Oldinlarni raqobat kamligi uchun istalgan quruvchi sotuv bo’limi ochib qo’ysa sotilib ketavergan. Hozir raqobat yuqori, endi quruvchilar mehrni faqat qurilishga emas, sotuvga ham berishi kerak.
Bo’lmasa mijozlar uchun tanlov ko’p, boshqa sotuvga mehr berayotgan kompaniyaga ketib qoladi.
Quruvchi ham qurilishga, ham sotuvga mehr berishi bir oz qiyin masala. Buni maromida uddasidan chiqish uchun juda kuchli jamoa kerak bo’ladi. Aksariyat quruvchilarni o’zida, bunday kuchli sotuv jamoasi bo’lmaydi, uni shakllantirish uchun esa quruvchida vaqt ham, tajriba ham yo’q.
Shu sababli ham sotuv bo’limini boshqa jamoaga topshirib yuborsa sotuvlar yaxshiroq bo’ladi. U jamoani mehr beradigan ishi faqat shu, shundan pul topadi, shunda yaxshigina tajribasi bor.
Faqat bunday jamoa tanlashda adashib qolmang:)
@quruvchilarga | 715 |
