Mahzunona
Open in Telegram
Манбасиз олаверинг @Barakasinibersin_a
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
799
Subscribers
-724 hours
+1267 days
+28530 days
Posts Archive
791
Баъзи гапларни гапириш билан айбдор бўласиз. Гап гапда эмас, гап уни сиз(!) гапирганингизда...
791
Аллоҳ таолодан бирор ҳожатингни сўрасанг "офият билан бер", деб сўра.
Имом Аҳмад раҳимаҳуллоҳ.
791
Инсон қачон ўзини ёлғиз ҳис қилади?
Қачонки уни эшитадиган, тушунадиган, ҳис қиладиган бири бўлмаса, ўзини тамоман ёлғиз ҳис қилади.
Ўйлаб қарасам, инсон ҳеч қачон ёлғиз қолмас экан. Чунки бизни доим кузатиб, эшитиб, ўзимиздан ҳам яхши тушуниб турган Ҳай ва Қайюм Роббимиз бор.
791
Juma muborak.
Bugun qilgan eng samimiy duoyingiz, ertangi eng go'zal xabaringiz bo'lishini Alloh nasib etsin.
791
Bu kitob har bir insonni chuqur mulohaza qilishga undaydi!
G‘azoda boy odamlar ham bor. Ular istasa, bu vayronalikni orqada qoldirib, tinch va farovon hayot sari yo‘l olishi mumkin. Lekin ular ketishmaydi. Nega? Chunki ular bu yerda faqat tirik qolish uchun emas, balki xalq bilan birga yashash, xalq bilan birga chidash, xalq bilan birga qarshilik ko‘rsatish uchun qolishmoqda. U yerda tong najot emas, xavotir bilan boshlanadi. Bolalar ko‘chalarda bemalol o‘yin o‘ynolmaydi. Ona bir bo‘lak non uchun tunlab navbat kutadi, otaning nigohida esa jimjit faryod yashiringan. Yillar davomida zulm, bosqin, ajralish va yo‘qotishlar yuraklarni ezib kelmoqda. Ammo shunga qaramay, ular tirik. Ular umidini yo‘qotmaydi.
Bu asarni shunchaki o‘qiy olmaysiz. Buning iloji yo‘q. O‘qir ekansiz Falastindagi holatni his qilasiz va kitobdagi qahramonlar bilan suhbatlashasiz. Asarni tugatgach esa vijdoningiz bilan ro‘baro‘ kelasiz.
Dunyoning yuragi mana shu yerda – Falastinda uryapti. Tarix shu yerda yozilmoqda, uning asab tolalari shu yerda va faqat shu yerda u g‘alaba qozonishi mumkin.
791
Hamma yaxshiliklarning asosi, Alloh nimani xohlasa bo'lishi va nimani xohlasa bo'lmasligini bilishingdir.
© Ibn Qayyim rahimahulloh
791
кеча сени тушимда кўрибман,
кеча сени тушимда кўрибман…
ҳамма ғам-ташвишларимни унутибман…
сени кўриб, тушимни ўнгим деб ўйлабман.
ҳатто уйғонишим иккинчи айрилиқ бўлди…
туш бизни жамлашини билганимда эди…
бир умр кўзларимни очмаган бўлардим.
