Nilufar Matkarimova | Rasmiy
Open in Telegram
🇺🇿O'zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo'mitasi raisining Yoshlar va xotin-qizlar masalalari bo'yicha o'rinbosari 🇺🇿Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 🇺🇿 Instagram: https://www.instagram.com/n.b.matkarimova
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
6 753
Subscribers
No data24 hours
+1 6937 days
+3 54630 days
Posts Archive
+3
🔴 #Live
#Fraksiya_yigilishi
Mehnat munosabatlarida tenglik va himoya kafolatlari kuchaytirilmoqda
📌 Shuningdek, fraksiyamizning bugungi yig‘ilishida "Xalqaro mehnat standartlari milliy qonunchilikka implementatsiya qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida"gi qonunchilik taklifi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Mazkur qonunchilik taklifi xalqaro mehnat standartlarini milliy qonunchilikka joriy etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga muvofiq Oliy Majlis Senati tomonidan ishlab chiqilgan.
Qonun loyihasi 4 ta moddadan iborat bo‘lib, unda Mehnat kodeksiga qator muhim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.
✅ Jumladan: 🔹 mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitish sifatida baholanadigan holatlar doirasi kengaytirilib, "terisining rangi" hamda "siyosiy qarashlari" kabi belgilar bilan to‘ldirilmoqda; 🔹 mehnat jamoalarida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmasligi, ish beruvchining esa bunday holatlardan xoli xavfsiz va sog‘lom muhitni yaratish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishi majburiyati belgilanmoqda.📝 Muhokamalar davomida mazkur qonunchilik taklifining xodimlarning huquq va manfaatlarini yanada ishonchli himoya qilish, mehnat munosabatlarida tenglik va adolat tamoyillarini mustahkamlash hamda milliy qonunchilikni xalqaro mehnat standartlariga uyg‘unlashtirishdagi ahamiyati alohida qayd etildi. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
+3
🔴 #Live
#Fraksiya_yigilishi
📌 Fraksiyamizning bugungi yig‘ilishida "Xalqaro fuqaro aviatsiyasi to‘g‘risidagi konvensiyaga kiritilgan o‘zgartirishlar bilan bog‘liq bayonnomalarni (Monreal, 2016-yil 6-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi birinchi o‘qishda muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, keyingi yillarda Konvensiyaga a’zo davlatlar soni sezilarli darajada ortgan. Shu munosabat bilan ratifikatsiya qilinayotgan bayonnomalarda ham tashkilot faoliyatini zamon talablariga mos ravishda takomillashtirish, a’zo davlatlar manfaatlarini yanada samarali ifoda etish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.📋 Muhokamalar davomida qonun loyihasining xalqaro fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, mamlakatimizning xalqaro majburiyatlarini samarali bajarish hamda ushbu yo‘nalishdagi huquqiy bazani takomillashtirishdagi ahamiyati qayd etildi. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Buxoro viloyatida partiyaning viloyat, shahar va tuman tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuv tashkil etildi.
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, Ekologik fraksiya rahbari o‘rinbosari Raximov Oybek Raimovich hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari Nilufar Matkarimova ishtirokida o‘tkazilgan muloqot davomida hududlarda amalga oshirilayotgan ekologik loyihalar, aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish hamda partiya faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.🌱 Uchrashuv davomida Buxoro viloyatida ekologik muammolarni hal etish, yangi loyihalarni amalga oshirish hamda istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.
🟢Bugun Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Buxoro viloyatining tuman va shahar Kengashlari raislari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir davomida tizimda yoshlar va xotin-qizlar yoʻnalishida amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi tashabbuslar hamda zamonaviy yondashuvlar yuzasidan maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, 5-iyun — Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan partiya tizimida fidokorona mehnat qilayotgan, ekologik madaniyatni yuksaltirish va jamoatchilik bilan ishlashda faol ishtirok etib kelayotgan bir guruh xodimlar munosib taqdirlandi.
Atrof-muhitni asrash — barchamizning umumiy burchimiz!
+5
📍Buxoro viloyatida joylashgan Buxoro ixtisoslashtirilgan "Jayron" pitomnigidan lavhalar
Tabiat uchun birlashaylik !
+3
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi hamda 5-iyun — Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan Buxoro viloyati yoshlari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Muloqotda:
- Raximov Oybek Raimovich - O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, Ekologik fraksiya rahbari o‘rinbosari; - Matkarimova Nilufar Boqijon qizi - O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisining Yoshlar va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari; - Abdullayev Jasurberk Ubaydullayevich - Viloyat Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi boshlig‘i.Shuningdek, yoshlarning ekologiya sohasidagi taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, ekologik ta’lim va tarbiyani yanada rivojlantirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.
🔝Buxoro yoshlari, ekologik tashabbuslarning drayveri bo‘lishga tayyormisiz?
Bugun g‘oya, tashabbus va motivatsiya bir nuqtada jam bo‘ldi! 🌿
🟢 O‘zbekiston Ekologik partiyasi Buxoro viloyati Kengashi tomonidan Eko-faol yoshlar hamda Yoshlar ekologik qanoti a’zolari uchun interaktiv trening tashkil etildi.
Trening davomida ekologik liderlik, jamoada ishlash, yangi tashabbuslarni ilgari surish va ekologik g‘oyalarni keng targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi.
Yoshlar - kelajakning oltin fondi!
Repost from O'zbekiston Ekologik partiyasi
+5
🔴Live
Tadbir doirasida tashkil etilgan madaniy dastur ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. O‘zbekiston Respublikasi Filarmoniyasi xonandasi, “Nihol” mukofoti sovrindori Muxlis Berdiyev, xonandalar Ilhomjon Sobirov, Shahruza, Xayitmuhammad Sobirjonov hamda Nurali Jo‘rayev rahbarligidagi “Yoshlar” guruhi tomonidan ijro etilgan qo‘shiqlar tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
Ekologik tarbiya va yoshlarda tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish maqsadida Uchtepa tumanidagi 81-maktab o‘quvchilari tomonidan "Yer sharini asraylik!" mavzusidagi chiqish hamda qayta ishlanadigan materiallardan tayyorlangan ekologik liboslar namoyishi taqdim etildi. Mazkur chiqishlar ishtirokchilarda atrof-muhit muhofazasiga oid muhim g‘oyalarni targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etdi.✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Repost from O'zbekiston Ekologik partiyasi
+4
🔴 Live
Tadbir yakunida mazkur tashabbusni amalga oshirishda faol ishtirok etgan hamkor tashkilotlar O‘zbekiston Ekologik partiyasining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
"Tabiat uchun birlashaylik" shiori ostida tashkil etilgan mazkur tadbir atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik madaniyatni yuksaltirish va jamiyatda tabiatga ehtiyotkorona munosabatni qaror toptirishga qaratilgan ezgu maqsadlarni targ‘ib qilishga xizmat qildi.✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi hamda 5-iyun — Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan Buxoro viloyatida joylashgan Buxoro ixtisoslashtirilgan "Jayron" pitomnigi faoliyati bilan tanishildi.
Pitomnikda noyob va yo‘qolib borayotgan yovvoyi hayvonlarni asrash, ko‘paytirish hamda ularning tabiiy populyatsiyasini saqlab qolish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumotlar olindi. Shuningdek, biologik xilma-xillikni muhofaza qilish, ekologik muvozanatni ta’minlash va tabiatni asrashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishildi.Jarayon davomida tabiatni asrash, noyob hayvonlarni muhofaza qilish va ekologik muammolarga e’tibor qaratish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar hamda ularning natijalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
🌍 5-iyun — Butunjahon atrof-muhit kuni
Butunjahon atrof-muhit kuni munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni, ekologiya sohasi vakillarini, partiyamiz faollarini hamda tabiatga befarq bo‘lmagan keng jamoatchilikni samimiy tabriklaymiz!
Bugungi kunda atrof-muhitni asrash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash har birimizning muhim vazifamizga aylanmoqda.
Yurtimizda “yashil taraqqiyot” tamoyillarini hayotga tatbiq etish, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda tabiatni muhofaza qilish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, yoshlarning ekologik tashabbuslari, faolligi va tabiatga daxldorlik hissi ekologik barqaror kelajakni barpo etishda muhim o‘rin tutadi.Tabiatga mehr va mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish, uning bebaho ne’matlarini asrab-avaylash hamda ekologik qadriyatlarni keng targ‘ib etish har birimizning muhim vazifamizdir. 🌱 Tabiat uchun birlashaylik !
📍 Buxoro viloyatiga xizmat safari boshlandi !
5-iyun – Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan Buxoro viloyatiga xizmat safari boshlandi.
Xizmat safari davomida ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va yoshlar o‘rtasida tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga qaratilgan qator tadbirlarda ishtirok etilishi rejalashtirilgan.
🍃 Tabiat uchun birlashaylik!
📍 Buxoro viloyatiga xizmat safari boshlandi !
5-iyun – Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan Buxoro viloyatiga xizmat safari boshlandi.
Xizmat safari davomida ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va yoshlar o‘rtasida tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga qaratilgan qator tadbirlarda ishtirok etilishi rejalashtirilgan.
🍃 Tabiat uchun birlashaylik!
📍 “Ekologik burchak” faoliyati bilan tanishildi
Tadbir doirasida Bo‘ka tumanidagi 12-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etilgan “Ekologik burchak” faoliyati bilan tanishildi.🌱Xizmat safari davomida tarbiyalanuvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish, tabiatga mehr-muhabbat va atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni rivojlantirishga qaratilgan ko‘rgazmali vositalar hamda yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. ✅Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasasida ekologik tarbiya yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar va bu boradagi tajribalar yuzasidan ma’lumotlar olindi.
EKOLOGIYA MAVZUSIGA BAG'ISHLANGAN "YASHIL MAKON" QO'SHIG'I KUYLANDI !
Tadbir davomida 54-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari tomonidan ekologiya mavzusiga bag‘ishlangan badiiy, she’riy va musiqiy chiqishlar namoyish etildi.
Chiqishlarda tabiatni asrash, atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda ona tabiatga mehr-muhabbat g‘oyalari tarannum etildi.Tadbir ishtirokchilari tomonidan o‘quvchilarning ijodiy chiqishlari iliq kutib olinib, yoshlarda ekologik mas’uliyatni shakllantirishda bunday tashabbuslarning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
ISHONCH YORLIQLARI TOPSHIRILDI !
Tadbir davomida O‘zbekiston Ekologik partiyasining 2-sonli texnikumdagi “Yoshlar qanoti” jamiyati hamda “Ekologiya va salomatlik ayollar” klubi faoliyatini yo‘lga qo‘yildi.
Shuningdek, partiyaning “Yoshlar qanoti” jamiyati raisi hamda “Ekologiya va salomatlik ayollar” klubi raisini saylash jarayoni o‘tkazildi. Saylov yakunlariga ko‘ra, nomzodlar jamoa tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, ularga ISHONCH YORLIQLARI topshirildi.Mazkur tashabbus yoshlar va xotin-qizlarning ekologik targ‘ibot ishlaridagi faolligini oshirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda partiya faoliyatidagi ishtirokini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
+4
4-iyun kuni Bo‘ka tumani 2-sonli texnikumida 5-iyun — Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan “Toza tabiat – sog‘lom kelajak” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.
🤝 Muloqotda:
— Bo‘ka tumani hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Odil Sobirovich Jo‘rayev, — O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi rais o‘rinbosari Nilufar Boqijonovna Matkarimova, — O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent viloyat partiya tashkiloti Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Furqatjon Rahimjonovich Axmedjanov ishtirok etdi.🌿 Tadbirning eng muhim jihati — yoshlarning faolligi bo‘ldi. Ular o‘z fikr va takliflarini ochiq bildirishdi, mavjud muammolarni ko‘tardilar va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. ♻️ Bunday uchrashuvlar yoshlarning ekologik ongini oshirish, ularni tabiatga befarq bo‘lmaslik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
🟢 Bugungi kunda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari nafaqat milliy, balki global darajadagi dolzarb muammoga aylanmoqda.
🟢 Xususan, Markaziy Osiyo mintaqasida iqlim o‘zgarishlari ta’siri keskin sezilmoqda — so‘nggi yillarda haroratning oshishi global o‘rtacha ko‘rsatkichdan ikki barobar tez kechayotgani, mintaqadagi muzliklarning qariyb uchdan bir qismi yo‘qolib borayotgani, shuningdek, 80 million gektarga yaqin yerlar degradatsiyaga uchragani qayd etilmoqda. ✔️Mazkur holat ekologik xavfsizlikni ta’minlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini yumshatish bo‘yicha tizimli va kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni talab etadi. Shu nuqtai nazardan, mamlakatimizda ekologiya sohasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. ✔️Xususan, “Toza havo”, “Yashil makon”, “Chiqindidan xoli hudud”, “Eko-madaniyat” kabi umummilliy loyihalar orqali atmosfera havosining sifatini yaxshilash, yashil hududlarni kengaytirish, chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish hamda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. ✔️Shuningdek, 2028-yilgacha hududlarda kamida 100 gektardan iborat yangi yashil va dendrologik hududlar tashkil etish, ekologik nazorat tizimini kuchaytirish hamda bu borada alohida institutsional mexanizmlarni joriy etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilangan. ✔️Yuqoridagi tashabbuslar ekologik barqarorlikni ta’minlash, aholining sog‘lom muhitda yashashini kafolatlash va kelajak avlod uchun qulay ekologik sharoit yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. ✔️Shu bois, ekologiya masalalari faqat davlat organlarining vazifasi bo‘lib qolmasdan, har bir fuqaroning kundalik hayot tarzi va mas’uliyatiga aylanishi zarur.🖥 Ayniqsa, yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni shakllantirish, ularni tabiatni asrashga faol jalb etish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biridir.
Global ekologik jamg‘armaning sakkizinchi assambleyasi ishtirokchilariga tabrik
—
Поздравление участникам восьмой ассамблеи Глобального экологического фонда
—
Message from President Shavkat Mirziyoyev to the participants of the Eighth Assembly of the Global Environment Facility
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
