en
Feedback

Don't get caught by a cheater! Telemetrio finds and tags such channels 👉 If you want to see the tag, subscribe

Ilm nuri

Ilm nuri

Open in Telegram

📚 Ilm — qalb ziyosi. 🌿 Qur’on | Hadis | Savol-javob | Nasihat 🤍 Foydali ilmni birga o‘rganamiz.

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
156
Subscribers
No data24 hours
-77 days
-1830 days
Posts Archive
🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱

Alhamdulillah ✨ Ko‘zimiz ko‘rayotgan ne’matlar uchun ham Ko‘zimiz ko‘rmayotgan yaxshiliklar uchun ham Alhamdulillah 🌸 Har to
+1
Alhamdulillah ✨ Ko‘zimiz ko‘rayotgan ne’matlar uchun ham Ko‘zimiz ko‘rmayotgan yaxshiliklar uchun ham Alhamdulillah 🌸 Har tongga uyg‘otgani Har bir nafasni bergani Har bir sinovda sabr bergani uchun Alhamdulillah 🪴

11:11 o'clock ⏰

Tavakkul, shukr va sabr ✨ Tavakkul — Allohga suyanish, Shukr — boriga rozi bo‘lish, Sabr — sinovda chiroyli turishdir. 🌙 All
Tavakkul, shukr va sabr ✨ Tavakkul — Allohga suyanish, Shukr — boriga rozi bo‘lish, Sabr — sinovda chiroyli turishdir. 🌙 Allohga tavakkul qilgan qalb xotirjam, shukr qilgan qalb boy, sabr qilgan qalb esa kuchlidir. 🤲

✨Duo اللَّهُمَّ أَعِنِّي عَلَى ذِكْرِكَ وَشُكْرِكَ وَحُسْنِ عِبَادَتِكَ Allohumma a’inni ‘ala zikrika va shukrika va husni ‘ibadatik. 🤲 Ma’nosi: «Ey Allohim! Seni zikr qilishimga, Senga shukr qilishimga va Senga go‘zal ibodat qilishimga menga yordam ber».
😀 Abu Dovud va Nasoiy rivoyati. 🌙 Ba’zan ibodat qilish uchun faqat iroda emas, Allohning yordami ham kerak. Shuning uchun bu duoni ko‘p aytaylik.

Ota-ona — hayotimizdagi eng katta ne’mat. 🩷 Ularning qadriga borida yetaylik, duolarini olishga shoshilaylik. 🌱

#ma'lumot Reaksiya bosish tekin ekan bilarmidingiz?

📚💡 Bilarmidingiz? Qur’onda «An-Naml» surasida Sulaymon alayhissalomning chumoli bilan bog‘liq mashhur voqeasi zikr qilingan. Chumoli boshqa chumolilarni ogohlantirib, ularni ehtiyot bo‘lishga chaqirgan. 📚 Ibrat: Hatto kichik jonzotdan ham ogohlantirish, tartib va mas’uliyat haqida saboq olishimiz mumkin.

Surada osmonlarning mukammal yaratilgani, unda hech qanday nuqson yo‘qligi haqida fikr yuritishga chaqiradi. Inson Alloh berg
Surada osmonlarning mukammal yaratilgani, unda hech qanday nuqson yo‘qligi haqida fikr yuritishga chaqiradi. Inson Alloh bergan ne’matlarni qadrlashi, Uning amrlariga itoat qilishi va oxirat kuni uchun tayyorgarlik ko‘rishi kerakligi eslatiladi. Mulk surasi kibrlanishdan, haqiqatni inkor etishdan ogohlantiradi va insonni Allohning rahmatiga umid qilishga, Uning azobidan qo‘rqib, yaxshi amallar qilishga undaydi. U insonning asl kuchi mol-dunyo yoki mavqeda emas, balki Allohga bo‘lgan iymon va itoatda ekanini eslatadi.

Savol Bu zot .......... roziyallohu anhu: «Soʻz doriga oʻxshaydi. Ozi foyda, kopi esa, qulatadi», degan ekanlar. * * * «Doriga oʻxshaydi gap. (Yo foyda, u yo kulfat.) Ozi keltirgaydir naf. Koʻpi qulatar albat!!». («Unvaanul bayaan») kitobidan

Savol «Albatta arab tili dindandir. Uni bilish ... va ... dir», deyilgan ekan.

Savol Dajjolga Isfahon yahudiylaridan nechtasi ergashadi ?

Savol Anas ibn Molik hazratlari aytadilar. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Moli bor odam molidan ... bor odam ....... dan, quvvati bor quvvati bilan sadaqa qilsin», dedilar.

Savol Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kimni ... ... va umriga baraka berilishi xursand etsa, silai rahm (qarindoshri bilan bordi-keldi) qilsin», degan ekanlar. (Imom al-Buxoriy hazratlaridan.)

Savol «....... ni toptashlik bu haromdir», deyilgan ekan.

Savol Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Musulmonga, musulmonning nomusi, moli va qoni haromdir. Va soʻzida davom etib, .... .... dir», dedilar. (Imomi Termiziy hazratlaridan.)

Savol Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qaysi daryolarni Jannat daryolaridandir dedilar ?

Savol Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hayotlik paytlarida Madinada fatvo bera oladigan bir necha nafar musulmonning biri. Uning ismi johiliyat davrida Abduamr bo’lgan, islomga kirgach, Payg’ambar janoblari isimlarni o'zagrtirgan sahoba kim?

Savol Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam hayotlik chog‘larida vahiy kelgandan boshlab to vafotlariga qadar aytgan so‘zlari, bajargan fe’llari, biron sahoba qilgan ishni tasdiqlaganlari yoki indamasalar-da, iqror qilgan narsalari #nima yoki #nima deyiladi ?

savol Qur'oni Karimni oson yod olishimiz va boshqa ilmlarni õrganishimiz uchun õqiladigan oyat qaysi ?