Falsafiy umr 🍃
Open in Telegram
Hayotda hech narsa tasodif emas. Siz aynan kerakli vaqtda, kerakli joydasiz! 📚 «Falsafiy Umr” - Hayot o‘rgatadi, lekin biz bilan tezroq.! Founder: @Waxnozam
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
2 605
Subscribers
-1824 hours
-1587 days
-82330 days
Loading data
Similar Channels
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
November '26Nov '26
November '26
+17
in 2 channels
October '26
+703
in 129 channels
Get PRO
September '26
+1 930
in 96 channels
Get PRO
August '26
+4 290
in 128 channels
Get PRO
July '26
+1 820
in 45 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 19 November | 0 | |||
| 18 November | +1 | |||
| 17 November | 0 | |||
| 16 November | 0 | |||
| 15 November | 0 | |||
| 14 November | +1 | |||
| 13 November | 0 | |||
| 12 November | 0 | |||
| 11 November | 0 | |||
| 10 November | 0 | |||
| 09 November | 0 | |||
| 08 November | +1 | |||
| 07 November | 0 | |||
| 06 November | +1 | |||
| 05 November | 0 | |||
| 04 November | 0 | |||
| 03 November | 0 | |||
| 02 November | +3 | |||
| 01 November | +10 |
Channel Posts
🌿 Otalar Jannatdan umidvor boʻlib duo qilsa, Alloh ularga “ Jannat” ning kalitini tuhfa qilar ekan....
Oxiratda faqatgina qiz farzandgina - “Otamni jannatga kirgizmaguningcha, men xam kirmayman” - der ekan...
Uyingizdagi gul-rayxonlaringizni avaylang....
@falsafiy_umr 🍃
19 Nov, 08:31
| 2 | 🌿 Diqqat: hovli sotiladi!
• Darvozalari: sakkizta.
• Kaliti: «Laa ilaaha illalloh».
• Oltin va kumush g‘ishtdan qurilgan.
• Maydoni: Yer va osmon oralig‘icha.
• Narxi: Allohga hech narsani sherik qilmaslik.
• Xarid sanasi: Qiyomat kuni.
• Xususiy egasi: taqvodorlar.
• Manzili: Firdavs.
• Nomi: Jannat.
Alloh taolo barchamizni ana shu makon ahlidan qilsin!
@falsafiy_umr 🍃 | 145 |
| 3 | 🌿 Ishq bir hasratdir..
Hojar onamizdek bir goʻdak bilan choʻllarda Allohga omonat yashamoqdir.
🌿 Ishq ishonchdir...
Ibrohim Xalilullohdek eng sevganini eng sevganiga ikrom qilmoqdir.
🌿 Ishq hayodir..
Odam Atodek gunohlardan uyalib qirq yil osmonga qaray olmasdan yigʻlab, avf soʻramoqdir.
🌿 Ishq fidoyilikdir..
Yaʼqub alayhissalom kabi Allohga qilgan birgina xatosi uchun eng suyganining firoqida hijronda yashamoqdir.
🌿 Ishq fidokorlikdir.. Xuddiki bor davlatini din uchun fido qilgan Xadicha onamizdek.
🌿 Ishq rashkdir..
Xuddiki Oisha onamizdek, vafot etgan boʻlsalar ham sevganlarini Xadicha onamizdan qizgʻanib koʻz yosh toʻkkandek.
🌿 Ishq kechirishdir..
Yusuf alayhissalomdek oʻziga minglarcha xiyonatlarga sevgi bilan javob bergandek.
🌿Ishq yigʻlamoqdir.. Tanimaydigan ummatining gunohlari uchun yigʻlamoq kabi..
🌿Ishq Alloh uchun moʻminni sevmoqdir...Xuddiki Sevimlisi Hamzaning jigarini sugʻurib olgan Vahshiydan moʻmin boʻlgani uchun nafratlanmagan Habibimiz (s.a.v)dir..!
@falsafiy_umr 🕊 | 201 |
| 4 | 🌿...
... Bir tanishim aytib qoldi:
— Ertalab bomdoddan oldin aeroportda arab mehmonlarni kutib oldim...
Aeroportdan mashinada mehmonxona taraf yo‘l oldik... Arab shayx to‘satdan yo‘laklarni supurayotgan ayollarni ko‘rib, “Bular kimlar..?” deb savol berib qoldi...
Men ahamiyat bermasdan “Ha shu ko‘cha supuruvchilari...”, dedim...
Shayx “Ular musulmonmi..?” dedi...
Men “Ha alhamdulillah...” desam, Shayx ho‘ngrab yig‘lab yubordi, “Nahot biz musulmonlar onalarimizni shu holatga solib qo‘ygan bo‘lsak..?! O‘z onalarini ko‘cha supuruvchilari qilib qo‘ygan qavm qaydan najot topsin..?!”
Uni yig‘laganini ko‘rib men terlab ketdim, shuncha vaqt o‘sha ayollarga ahamiyat bermagan ekanman, deydi...
@falsafiy_umr 🍃 | 230 |
| 5 | 🌿 Og‘ir mexnat qilib farzandlariga xalol luqma yedirayotgan birodarlarim.
Xech qachon Allohning taqdiridan nolimang....
Agar tushkunlikka tushsangiz mana shu suratga bir qarab qo‘ying va alhamdulillah deyishni unutmang...
@falsafiy_umr 🍃 | 233 |
| 6 | Haqiqiy sevgida nihoya boʻlmaydi. Kelishmovchilik, ayriliq, jahl, hatto yoʻllarning ajralib ketishi ham boʻladi. Lekin sevgi qalbning bir chekkasida yashayveradi, yoʻq boʻlib ketmaydi...!
@falsafiy_umr 🍃 | 271 |
| 7 | 🌿 Bu odam dunyoning eng buyuk shaxslaridan biri!
Bu insonning qilgan xayrli ishlarining hisobini yolg‘iz Alloh biladi. Ammo biz ulardan ba’zi namunalarni keltiramiz:
🍃 Afrika qit’asida Islom dinini yoyish uchun qilgan 29 yillik davomli xizmatlari natijasida qo‘lida 11.200.000 dan ortiq odam musulmon bo‘lgan.
🍃 Xayoti davomida 5700 ga yaqin masjd bino qilgan.
🍃 U odam 15000 yetimni o‘z qaramog‘iga olgan.
🍃 Afrika bo‘ylab 9500ga yaqin artizan qudug‘i qazdirgan.
🍃 860 madrasa qurdirgan.
🍃 4 ta universitet ochgan.
🍃 204 ta islomiy markaz ochgan.
🍃 124 ta shifoxona, tibbiy markaz qurgan.
🍃 840 ta qorixona barpo qilgan.
🍃 95000 tolibi ilmni maosh bilan taminlagan.
🍃 6.000.000 nusxa Qur’oni Karimni chop qildirib, yangi musulmon bo‘lganlarga tarqatgan.
🍃40 qa yaqin davlatda iftorliklar uyushtirib, milliondan ortiq ro‘zadorlarga xizmat ko‘rsatgan.
Bilasizmi bu odam kim?
U kuvaytlik Abdurrahmon Sumayt! Alloh u kishining xayrli amallari savobini ziyoda qilsin!
@falsafiy_umr 🍃 | 461 |
| 8 | 🌿 Bir odam dala hovlisida o‘tirganda oyoqlari bilan hayvon go‘ngidan to‘pcha qilayotgan qo‘ng‘izga ko‘zi tushdi. Uning oyoqlaridagi go‘ngni ko‘rib xayolidan birrov shunday fikr o‘tadi: hamma narsani mukammal va go‘zal yaratgan Alloh shu qo‘ng‘izni go‘ng titish uchun yaratganmi!?
Vaqtlar o‘tib o‘sha odam og‘ir dardga chalinadi. Medisina unga shifo topolmaydi. Nihoyat, bir kuni katta bir tabib unga go‘ng titadigan qo‘ngizning oyoqlariga ilashgan narsalardan 40 kun yeyishini buyuradi. U rostdan ham shifo topib ketadi.
Qahramonimiz bir kun kemaga o‘tirib safarga chiqibdi. Nogahon, dengizda qattiq to‘fon ko‘tarilibdi. Hamma sarosimaga tushgan, faqat u bir chetda xotirjam o‘tirarmish. Unga hozir halok bo‘lishi mumkinligini aytishsa, shunday javob beribdi: Yaratganning ishiga bir marta aralashib, 40 kun go‘ng yeganman. Men Allohning ishlariga boshqa aralashmayman. U barchasini yaxshi biladi...
@falsafiy_umr 🍃 | 256 |
| 9 | 🌿 Farosat...
- Islom tarbiyasiga ko‘ra, ko‘chadan ayol-qizlar o‘tib qolsa, erkaklar ularga teskari o‘girilishi va o‘zaro biroz baland ovozda gapirishlari lozim.
- Baland ovoz nima uchun?
- Yigit-erkaklar ayol haqida emas, boshqa mavzuda gaplashayotganlarini ma’lum qilgan holda, ayol-qizlarni xotirjam va qo‘rquvsiz o‘tib ketishlarini ta’minlash uchun...
@falsafiy_umr 🍃 | 392 |
| 10 | 🌿 “Ba’zi ayollar
Chiroyli so‘zlashni,
Ba’zilari chiroyli pardozlanishni,
Baʼzilari chiroyli kiyinishni biladi,
Ularning turli xil iste’dodlari bordir...
🌸 Ammo eng go‘zal ayol...
Hayosini......
Va odobini saqlay bilganidir...“
@falsafiy_umr 🍃 | 302 |
| 11 | 🌿 Uylanish tashvishida yurgan 25 yashar yigit, tinmay yig‘layotgan 4 yashar bolaga dedi: "Buncha yig‘laysan, maza qilib ovqatlanib, multfilm ko‘rib yotmaysanmi? Biror o‘yloving bo‘lmasa. Senga havasim kelyapti...".
Maoshini u oydan bu oyga yetkazayotgan 35 yashar erkak, uylanish tashvishida yurgan 25 yashar bo‘ydoqqa dedi: "Buncha siqilasan? Uylanarsanam, joninga ham tegar. Mana, qaragin, ahvolimni. Senga juda havasim kelyapti...".
Biznesi o‘xshamagan va bankrot bo‘lib boshi tashvishdan chiqmayotgan 55 yashar kishi, 35 yasharga dedi: "Boriga shukur qiling. Kam maosh olsangizam, qulog‘iz tinch. Mana, umrim bo‘yi borimni bergan biznesim kasodga uchrab, qulog‘imgacha qarzga botib ketdim. Sizga qanchalik havas qilayotganimni tasavvur ham qilolmaysiz..".
Uning gapini eshitib turgan 70 yashar chol dedi: "Buncha siqilasan? Menga o‘xshab, beling qaqshab, oyog‘ing qaltiramayapti-ku, o‘rningda bo‘lganimda tog‘ni urib, talqon qilardim. Havasimni keltirma...".
Qabrda yotgan marhum ularga qarab nido qildi: "Barchangizga havasim kelyapti, chunki sizda tavba qilish imkoniyati bor. Qani edi menda shunday imkoniyat bo‘lganida edi, butun hayotimni unga fido qilardim...".
@falsafiy_umr 🍃 | 277 |
| 12 | 🌿 Shu rasmni koʻrib haqiqatda bunday uylar 90-yillarda juda koʻp boʻlganini esladim.... Toʻydan oldin shuvoq qilib , ohlab qoʻyilar edi.
Ammo biz ahil edik !!! Xamma bir xil koʻylak kiygan . Yosh yigitlar velosiped minib , hech uyalmagan.
Xozir uyimizdan uyalamiz. Kiyimdan uyalamiz. Mashinamiz yoʻqligidan uyalamiz. Telefonimiz iPhone emasligidan uyalamiz. Hullas hayotdan zavqlanib yashashga shuncha vaqt, sogʻliq, umr ketar ekan. Endi rohatini koʻraman deganda sogʻliq pand berib, shifokoru, dori-darmondan ortmay qolar ekansan...
Hozir shunday ekan hayot... Xamma narsa topasan ammo ahillik topa olmaysan...
@falsafiy_umr 🍃 | 316 |
| 13 | 🌿 Duolar ijobati beriladigan kun - JUMA muborak - Qadrliklarim!
Sizlarning orangizda qalbiga Allohning nazari tushgan pokiza qalblilar bor...
Duosi mustajoblar bor...
So‘ragani qaytarilmaydiganlar bor...
Ochiq kafti - Ochiq Qur’onga hamroh insonlar bor...
DUO QILING:
Umid bilan qalban Allohga yolvorayotganlar...
Shifosini kutayotganlar...
Ko‘nglini dunyoda qoldirib ketayotganlaridan uzilishni istamayotganlar...
Shu duoyingiz sababli- yengillik topsin, huzur, shifo, osoyishtalik, sokin qalb, rozi-rizolik ularning qalbiga orom bersin...
Mahzun kishini ko‘rsangiz unga ham Allohdan baxt-saodat tilab duo qiling!
Tanigan va tanimagan kishining haqqiga duo qilavering!
Farishtalar xar duongizda
"Senga ham bo‘lsin" deb aytadi...
Mo‘min-mo‘minning duoi-jonini qiladi, qilsa-savob oladi...
O‘zi ham shu duodan unib-o‘sadi...
➥ @falsafiy_umr 🍃 | 335 |
| 14 | 🌿 Soat tongi 03:30 edi. Uning telefoni jiringlay boshladi. Yostiqdan ming mashaqqat bilan boshini koʼtarib, qoʼngʼiroqqa javob berdi:
— Eshitaman! Kimsiz?
— Menman, oʼgʼlim. Onangman!
— Uff, ona, Xudo xayringizni bersin! Koshki bilsangiz edi, ertaga qiladigan qanchalik muhim ishlarim bor.
— Haligi… Oʼgʼlim…
— Nima, ona, nima. Meni shu paytda uygʼotadigan nima muhim ishingiz bor? Ertalab qoʼngʼiroq qilsangiz ham boʼlaverardi-ku?
Ona oʼgʼlidan bu sovuq muomalani eshitib qattiq ranjidi, oʼksindi. Yigʼlamsiragan bir ovozda javob berib telefonni oʼchirdi:
— Bundan roppa-rosa oʼttiz besh yil avval shunday tun yarmida 03:30 da sen ham meni uygʼotgan eding!
Yaxshiyamki, tugʼilgan ekansan, bolam! Seni yaxshi koʼraman!
@falsafiy_umr 🕊 | 353 |
| 15 | 🌿 Qush qorni to‘ygandan keyin o‘grildi va uchib ketdi...
Qolgan donlarni o‘ylamadi...
Yonimga olib olay, zaxira qilib qo‘yaman, ertaga yeyman, demadi...
Hammayoq qor, ertaga och bo‘lsam, yegulik topolamanmi? - deb tashvishlanmadi!...
Chunki rizq beruvchisidan ko‘ngli xotirjam edi. Rizq beruvchisi uni unutib qo‘ymasligini juda yaxshi bilardi....
@falsafiy_umr 🍃 | 363 |
| 16 | 🌿 Agar bugun tunda uxlab tongda uyg'onmasam ham quyosh sharqdan chiqaveradi...
Men bormi-yo'qmi ahamiyatsiz. U yana g'arbga botaveradi...
Yer yuzida men bo'lmasam ham u o'z o'qi atrofida aylanaveradi...
Ammo men bo'lmasam , kim uchundir chiqqan quyosh ahamiyatsiz....
U inson uchun endi yer aylanadimi-yo'qmi , muhimmas...
Men ana shu kishi uchun ham o'zimni asrashim , uyg'onishim kerak..!
Har birimizda bunday inson bor...
Bu inson bizning onamiz...
🌙 Tuningiz osuda oʻtsin qadrligim ))
@falsafiy_umr 🍃 | 407 |
| 17 | 🌿 Hech kimsani oʻzingizdan past sanamang... Bilasizmi o‘sha odam katta bir tarix...
...Siz balki uning bosib o‘tgan, yaxshidek ko‘ringan tarixida xatto bir kun ham yasholmasmiz..?!
Ammo u yashadi..
Sizni esa o‘zingizgina biladigan, eslasangiz titroq bosib, yig‘lab yuboradigan yo‘lingiz bor. Undayam birov yashab berolmaydi...
Orqaga qarasangiz ...yuragingiz orqaga tortadi, to‘g‘rimi?
Qaramang.... Bo‘ldi....
Hamma chiroyli hadyalar oldinda. Aytimku o‘sha qiyin va sizni qiynagan o‘tmishga boshqa qaramang...
Haya, agar o‘zingiz yaxshi bo‘lsangiz Alloh atrofingizga o‘zingizdek yaxshilarni jamlab qo‘yadi, ishonavering. Nolimang azizim... nolimang!
@falsafiy_umr 🍃 | 400 |
| 18 | 🌿 Goʻzal gumon...
Bir ayol dedi:
“Xudo xohlasa, men albatta solih insonga turmushga chiqaman! U bilan baxtli hayot kechiraman”. Aytgani boʻldi.
Dedi:
“Men universitetda oʻqishga qabul qilinishimga ishonaman va shunga intilaman! Oʻzim istagan mutaxassislikga kiraman!” Aytgani boʻldi.
Unga dedilar:
“Yetar shuncha tuqqaning! Bolalar charchatishdan boshqasiga yarashmaydi”.
Dedi:
“Alloh yordam beradi. Farzandalarim qobil, koʻzimning quvonchi boʻlishadi”. Aytgani boʻldi.
Eri katta tuhmatga qolib qamaldi. Dedilar:
“Ering tuhmatga qolib qamaldi. Yaqin orada chiqmasa kerak. Uning faqat oʻligi chiqadi”.
Dedi:
“Yoʻq, Xudo xohlasa, albatta chiqadilar. Men ularni juda ham chiroyli kutib olaman”. Aytgani boʻldi. Erining qanday chiqqani hammani hayratda qoldirdi...!
Bir kishi dedi:
“Men ishdan haydalishdan qoʻrqaman. Shuning uchun ishsiz qoladigan kunlarimga ham pul yigʻmogʻim kerak!” Aytgani boʻldi. Ishdan boʻshatildi.
🌿 Nimaga bizning aytganlarimiz roʻyobga chiqadi?
Chunki Alloh taolo: “Bandam Meni qanday oʻylasa, shundayman!” deydi. Agar Alloh haqida chiroyli gumon qilsa, oʻziga yaxshi. Yomon oʻylasa, oʻziga yomon.
Shuning uchun ham Muso alayhissalom Nil daryosiga kelib, qochishga yoʻl qolmaganda ham Robbilari haqida chiroyli gumon qildilar. Qavmlari: “Endi qoʻlga tushdik” deyishsa ham, ular: “Yoʻq! Albatta, Robbim men bilan, U menga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatur” dedilar. Alloh ularning aytganlarini roʻyobga chiqardi. Aql bovar qilmas holda daryo qoq ikkiga boʻlindi. Yoʻl ochildi...!
Hatto arzimas narsalar haqida gapirish, oʻylashda ham diqqat qiling!
Doim nekbin (optimist) boʻling! Alloh haqida chiroyli gumon qiling! U - Kariym, U Rohiym!
Yomonlik haqida oʻylamang! Agar qiyin vaziyatga tushib qolsangiz, Muso alayhissalom aytganlaridek:
U (Muso) “Yoʻq! Albatta, Robbim Albatta, Robbim men bilan, U menga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatur”, dedi, deb ayting...!
Inshaalloh hali hammasi yaxshi boʻladi 🙂
@falsafiy_umr 🕊 | 424 |
| 19 | 🌿 Kechira olmayotgan insoningizni qanchalik sizga qiyin bo‘lmasin kechirib yuboring....
Husumatchilar Qiyomatda yuzma yuz qilib qo‘yilar ekan....
Men kechirdim, sababi ba’zi insonlar yuzini Qiyomatda ham ko‘rishni istamayman...
@falsafiy_umr 🍃 | 420 |
| 20 | Siz ayolga shoyi ko'ylak olib bermang,
Gulimsan - deng!
Afsonaviy qasr qurmang,
Dilimsan - deng!
Sensiz havosi yo'q bo'shliqman deng!
Shu so'zlarni chin ko'ngildan ayta olgan kun,
Mo'jizaga aylanadi ayol Siz uchun..!
@falsafiy_umr 🕊️ | 412 |
