en
Feedback
BUYUK GEOGRAFLAR | Jaloliddin Abduraximov

BUYUK GEOGRAFLAR | Jaloliddin Abduraximov

Open in Telegram

Assalomu alaykum "Buyuk Geograflar" kanaliga xush kelibsiz. 📚 Darsliklar 📘 Qòllanmalar 📕 Geografik ma'lumotlar 📗 DTM testlar 📒 Quiz testlar 🌍 Xaritalar 🎵 Audio darslar Bilan tanishasiz. Murojaat uchun: @Abduraximov_Jaloliddin

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
3 182
Subscribers
-2524 hours
+1707 days
+1 95030 days
Posts Archive
Afrika qani? 𝐊𝐚𝐧𝐚𝐥👉🏻 @geograf_bloger

❌❌❌ Xatolik!!! 🏝 Bagama orollarida umuman neft yo'q! 📚 10-sinf eski darsligidagi navbatdagi xato fakt 📌 Isbot: 1) AQSH ene
❌❌❌   Xatolik!!! 🏝   Bagama orollarida umuman neft yo'q! 📚   10-sinf eski darsligidagi navbatdagi xato fakt 📌   Isbot:    1) AQSH energetika axborot boshqarmasi  (US energy information administration)    2) AQSH markaziy razvedkasi (CIA)    3) Xalqaro energetika agentligi    4) OPEC tashkiloti Bagama orollarida neft zaxirasi yo'qligi va umuman neft qazib chiqarilmasligini tasdiqlagan ✅Kanalimiz: @Buyuk_Geograflarr

Assalomu aleykum sizlarga qiziqarli geografiya kanalini taklif qilaman. Albatta ulanib oling. Buyerda qiziqarli savollar, tes
Assalomu aleykum sizlarga qiziqarli geografiya kanalini taklif qilaman. Albatta ulanib oling. Buyerda qiziqarli savollar, test, ma'lumotlar tashlab boriladi
🗺Kanalga ulanish @geografiya_quiztest_baza 🗺Kanalga ulanish @geografiya_quiztest_baza 🗺Kanalga ulanish @geografiya_quiztest_baza

Repost from N/a
🚀 Magfi endi O‘zbekistonda! Telegram kanalingiz orqali reklama olishni boshlang! 📣 Magfi ilovasini yuklab oling, kanalingiz
🚀 Magfi endi O‘zbekistonda! Telegram kanalingiz orqali reklama olishni boshlang! 📣 Magfi ilovasini yuklab oling, kanalingizni ulang va brendlar bilan daromad toping. 💰 🔗 Ilovani yuklab oling → #reklama · Magfi Ads

#bismillah Umumta'lim fanlaridan 2026-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlariga arizalar berish bosh
#bismillah Umumta'lim fanlaridan 2026-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlariga arizalar berish boshlandi Umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash boʻyicha imtihonlar sentyabr, oktyabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi. Milliy sertifikat uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi. Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda imtihonlarda ishtirok etishlari mumkin. Milliy sertifikat imtihonlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan. Muhim eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktyabrdagi 646-son qaroriga ko‘ra, imtihon o‘tkaziladigan joy, sana hamda muayyan hudud bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari soni Bilimni baholash agentligi tomonidan belgilanadi. Shu sababli, hudud uchun belgilangan limit to‘lgach, mazkur hudud boʻyicha ro‘yxatdan o‘tish yopiladi. ☑️Obuna bo‘ling: @Buyuk_Geograflarr

📊 OʻzMU Geografiya yoʻnalishi: 2011–2026-yillar oraligʻidagi qabul va oʻtish ballari tahlili Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbeki
📊 OʻzMU Geografiya yoʻnalishi: 2011–2026-yillar oraligʻidagi qabul va oʻtish ballari tahlili Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Geografiya yoʻnalishi (kunduzgi, oʻzbek guruhi) boʻyicha soʻnggi 16 yillik koʻrsatkichlar dinamikasi: 🔹 Kvotalar oʻzgarishi: 2011–2022-yillarda jami kvota 25–40 ta oraligʻida boʻlgan boʻlsa, 2023-yildan boshlab barqaror 50 taga oshirildi. 2024–2026-yillarda Grant kvotasi 30 taga yetdi (tarixiy eng yuqori koʻrsatkich). 🔹 Oʻtish ballari: Eng yuqori koʻrsatkich 2022-yilda qayd etilgan: Grant — 84.5% (159.7 ball). Soʻnggi yillarda oʻtish ballarida pasayish kuzatilmoqda: 2026-yilda Grant 51.8% (97.8 ball), Kontrakt esa 35.5% (67 ball) ni tashkil etdi. 📌 Grafikda kvotalar soni hamda maksimal ballga nisbatan foiz koʻrsatkichlari batafsil tasvirlangan. Kanalimiz: @Buyuk_Geograflarr

#2026 | Kuz mavsumi boshlandi 〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️ ✍️ Barcha fanlardan (tegishli umumtaʼlim va maxsus fanlardan) bilish darajasin
#2026 | Kuz mavsumi boshlandi 〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️ ✍️ Barcha fanlardan (tegishli umumtaʼlim va maxsus fanlardan) bilish darajasini aniqlash va milliy sertifikatni olish uchun imtihonda qatnashishga ariza berish boshlandi. ✅️ Hozirda mavjud bo‘lgan fanlar; ➖️ Fizika ➖️ Matematika ➖️ Biologiya ➖️ Kimyo Lekin boshqa fanlar hozircha ko‘rsatilmagan, balki endi ko‘rsatilishi mumkin. Darvoqe endi imtihon talabgorlariga uchun limit borligini unutmang. Agar limit to‘lsa boshqa hududga borib imtihon topshirasiz, o‘z viloyatingizda emas. Imtihon narxi esa 556200 so‘m ekan. Iltimos xushyor bo‘ling, yaqinlaringizni ham ogohlantiring. ☑️Obuna bo‘ling: @Buyuk_Geograflarr

🇨🇱 Chilining 80 foizi tog', lekin aholining 80 foizi tog' oralig'idagi Markaziy vodiyda yashaydi 🇨🇴 Avvalroq Kolumbiyani
🇨🇱   Chilining 80 foizi tog', lekin aholining 80 foizi tog' oralig'idagi Markaziy vodiyda yashaydi 🇨🇴   Avvalroq Kolumbiyani o'rganganda aholining ko'pchiligi tog'da yashashini bilgandik ❓   Nega Chilida unaqa emas? 🌤   Sababi Kolumbiya ekvatorga yaqin joylashgan, yil bo'yi issiq, aholi issiqdan qochib tog'da yashaydi ⛅️   Chili esa subtropik mintaqada. Bu yerda tog' tepalari o'ta sovuq, aksincha vodiyning havosi ajoyib hisoblanadi 🔵   Baland And togʻlaridagi qor va muzliklardan oqib tushadigan daryolar aynan shu vodiyni suv bilan ta'minlaydi, bu qishloq xoʻjaligi uchun juda muhim 🌬   Sharqdan baland And togʻlari sovuq kontinental shamollardan, gʻarbdan Sohil tizmasi esa okeanning kuchli dovullaridan vodiyni toʻsib turadi 🪨   Bu vodiyning tuprog'i ham unumdor, qadimdan hindularning Mapuche qabilasi shu hududlarda yashab, dehqonchilik qilgan Kanalimiz: @Buyuk_Geograflarr

Grafikdagi ma’lumotlardan foydalanib topshiriqlarni bajaring soat 13:00 dagi 1 m3 havoning mutloq namligini aniqlang. A) 21,6
Grafikdagi ma’lumotlardan foydalanib topshiriqlarni bajaring soat 13:00 dagi 1 m3 havoning mutloq namligini aniqlang. A) 21,6 gr B) 30,4 gr C) 40,8 gr D) 10,8 gr 0°C da 5 gramm 10°C da 9 gramm 20°C da 17 gramm 30°C da 30 gramm 40°C da 51 gramm Kanalimiz: @Buyuk_Geograflarr

Repost from iBooK.uz
👍 Nihoyat! “Geografiya qasosi” bugundan sotuvda. 📌 Ba’zan dunyoni tushunish uchun siyosatni emas, xaritani o‘qish kifoya. G
+1
👍 Nihoyat! “Geografiya qasosi” bugundan sotuvda. 📌 Ba’zan dunyoni tushunish uchun siyosatni emas, xaritani o‘qish kifoya. Geosiyosat, tarix va geografiyaning davlatlar taqdiriga qanday ta’sir qilishini chuqur tahlil qiladigan ushbu bestseller endi o‘zbek tilida.
Muallif: Robert D. Kaplan Tarjimon: Javonsher Rustamov
✔️Bugunoq Ibook filiallari yoki onlayn buyurtma orqali xarid qiling.
Muqova: yumshoq Rangli Sahifalar soni: 496 Format: A4 Narxi: 85.000
Buyurtma uchun ⤵️ 💬 Telegram | 📷 Instagram 🍇 Uzum | 🌐 Sayt @ibook_uz

#hujjat_ishi 🎓 Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarni qabul qilish 2026-yil 7-se
#hujjat_ishi 🎓 Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarni qabul qilish 2026-yil 7-sentabrdan boshlanadi. 📑 Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar: ➖️ Rektor nomiga ariza (OTMda yoziladi); ➖️ Shaxsni tasdiqlovchi hujjat asli (ID yoki pasport) 4 dona nusxasi; ➖️ O‘rta ma'lumotnoma to‘g‘risida shahodatnoma asli (Texnikum, litsey yoki kollej diplom va ilovasi asli); ➖️ Abituriyent javoblar varaqasi (titul asli 2 ta); ➖️ Abituriyent qayd varaqasi (ruxsatnoma 2 ta); ➖️ Til sertifikati (mavjud bo‘lsa asli); ➖️ Fanlardan sertifikat (mavjud bo‘lsa); ➖️ Rasm - 8 dona 3.5/4.5 hajmda; ➖️ Hujjatlar yig‘ma jildi (papka-skorosshivatel); ➖️ A5 formatdagi (konvert). Mavjud: Foydalangan imtiyozlar (agar bo‘lsa) ➖️ Kam ta’minlangan oilalar farzandlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun taqdim etilgan tavsiyanoma; ➖️ Mehribonlik uyi va bolalar shaharchasini bitirganligi haqida ma’lumot; ➖️ Nogironligi bo‘yicha; ➖️ Xotin-qizlarga beriladigan tavsiyanoma; ➖️ Tavsiyanoma (DXX, IIV, Bojxona qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi  Qurolli Kuchlari xodimlari farzandlari,  Muddatli harbiy xizmatni o‘tab harbiy qism qo‘mondonligi tomonidan taqdim etilgan tavsiyanoma). ☑️Obuna bo‘ling: @Buyuk_Geograflarr

35. Sulina shahri 45° shimoliy kenglik, 29° sharqiy uzoqlikda joylashgan. Shahardan Janubiy qutbgacha bo‘lgan masofani kilometr hisobida aniqlang.
Anonymous voting

#attestatsiya_2026 Berilgan xususiyatlar orasidan Xorazm viloyatiga tegishlilarini ajrating. 1. Oltin, mis, rux, volfram konl
#attestatsiya_2026 Berilgan xususiyatlar orasidan Xorazm viloyatiga tegishlilarini ajrating. 1. Oltin, mis, rux, volfram konlari bor 2. Hududining katta qismi Amudaryoning deltasidan iborat 3. Sharqiy qismini Hisor togʻlari oʻrab olgan 4. Aholi soni 300 ming kishidan ortiq beshta shahri mavjud 5. Orol dengizi uning xoʻjaligiga sezilarli taʼsir etadi 6. Ingichka tolali paxta yetishtiriladi 7. Viloyatning gʻarbiy qismida Chortoq sanatoriyasi qurilgan 8. Amudaryoning chap sohilida joylashgan ☑️Obuna bo‘ling: @Buyuk_Geograflarr

OTM kirish ballar (2026-2027).pdf1.85 MB

Repost from GEOHISTORY 🌏
#reja 📕 Fan olimpiadalari boshlanmoqda! Fan olimpiada ishtirokchilari (9-10-11) sinflar uchun juda muhim xushxabar bo‘ldi. O
#reja
📕 Fan olimpiadalari boshlanmoqda!
Fan olimpiada ishtirokchilari (9-10-11) sinflar uchun juda muhim xushxabar bo‘ldi. O‘quvchilarni faollashtiring! 👉 https://milliyolimpiadareja.netlify.app/ 🇺🇿 Kanalimiz: @geografiya_OTM

#iqlim_mintaqalari Iqlim mintaqalar va ularning maydonlari va egallangan hududlari foizda Arktika - 14.45 mln km² - 2.83% Sub
#iqlim_mintaqalari Iqlim mintaqalar va ularning maydonlari va egallangan hududlari foizda Arktika - 14.45 mln km² - 2.83% Subarktika - 17.62 mln km² - 3.45% Mo‘tadil - 53.22 mln km² - 10.44% Subtropik - 39.72 mln km² - 7.79% Tropik - 80.77 mln km² - 15.84% Subekvatorial - 38.65 mln km² - 7.58% Ekvatorial - 22.07 mln km² - 4.33% Subekvatorial - 30.11 mln km² - 5.91% Tropik - 95.10 mln km² - 18.63% Subtropik - 33.78 mln km² - 6.62% Mo‘tadil - 34.47 mln km² - 6.76% Subantarktika - 23.93 mln km² - 4.69% Antarktika - 26.19 mln km² - 5.13% 🌏 Yer yuzi mintaqalari egallangan umumiy maydon 510,08 mln km². ☑️Obuna bo‘ling: @Buyuk_Geograflarr