en
Feedback
Xalqaro Yoshlar Ekologik Qo'mitasi | Samarqand

Xalqaro Yoshlar Ekologik Qo'mitasi | Samarqand

Open in Telegram

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
200
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
''Shefflera'' xalq orasida "Soyabon daraxti" yoki "Umbrella plant" deb ham ataladi.Bu gul nafaqat chiroyli, balki uy uchun ju
''Shefflera'' xalq orasida "Soyabon daraxti" yoki "Umbrella plant" deb ham ataladi.Bu gul nafaqat chiroyli, balki uy uchun juda mashhur manzarali o'simlikdir. ☂️ Barglari soyabonga o'xshab yoyilgani uchun "Soyabon daraxti" deb ataladi. 🌱 Tabiiy sharoitda 2–8 metr balandlikkacha o'sishi mumkin, uyda esa odatda 1–2 metr bo'ladi. 💚 Yashil rang tinchlik va xotirjamlik hissini uyg'otadi, shu sababli ko'pchilik uni ishxona va uyda parvarish qiladi. 🌬️ Havoni ma'lum darajada tozalashga yordam beradigan o'simliklardan biri hisoblanadi. 🌟 Feng Shui ta'limotiga ko'ra, u uyga farovonlik va ijobiy energiya olib kiradi, deb ishoniladi. 🌞 Parvarishi:Yorug', ammo to'g'ridan-to'g'ri quyosh nuri tushmaydigan joy. Sug'orish: Tuproqning ustki qismi quriganda sug'orish kerak. Harorat: 18–27 °C oralig'ida yaxshi o'sadi.Shefflera uzoq umr ko'radigan o'simlik bo'lib, yaxshi parvarish qilinsa 20 yildan ham ko'proq yashashi mumkin va yillar davomida yanada chiroyli butaga aylanadi. #YouthCANSamarqand @youthcanS #EcoGulChallenge

"ECO-ABSURD:KELAJAK E'LONI" onlayn ijodiy tanlovi 2-Ishtirokchi Сайдуллаева Зебохон
"ECO-ABSURD:KELAJAK E'LONI" onlayn ijodiy tanlovi 2-Ishtirokchi Сайдуллаева Зебохон

"ECO-ABSURD:KELAJAK E'LONI" onlayn ijodiy tanlovi 1-Ishtirokchi Gulomova Mahliyo
"ECO-ABSURD:KELAJAK E'LONI" onlayn ijodiy tanlovi 1-Ishtirokchi Gulomova Mahliyo

Bog'larning oltin qo'riqchisi — Xonimtulpor (Tagetes)! 🧡🌿Bu yorqin olovrang gul nafaqat ko'zni quvnatadi, balki tabiatning
Bog'larning oltin qo'riqchisi — Xonimtulpor (Tagetes)! 🧡🌿Bu yorqin olovrang gul nafaqat ko'zni quvnatadi, balki tabiatning haqiqiy "shifokori" va bog'bonlarning eng yaqin yordamchisi hisoblanadi.Eng qiziqarli va foydali faktlar: 🐜 Tabiiy anti-parazit: Gulning o'ziga xos o'tkir hidi va ildizidan ajralib chiquvchi moddalar tuproqni zararli qurtlardan (nematodalardan) tozalaydi va chivinlarni haydaydi. Shuning uchun uni sabzavotlar chetiga ko'p ekishadi. 🫖 Shifobaxsh choy va ziravor: Dunyoning ko'plab mamlakatlarida (masalan, Gruziyada "Imereti za'faroni" nomi bilan) uning quritilgan barglari taomlarga ziravor va shifobaxsh choy sifatida ishlatiladi. U ko'z nurini yaxshilashga yordam beradi.*☀️ Quyosh ramzi: Qadimiy xalqlar bu gulni uylarga omad va boylik olib keluvchi quyosh ramzi deb bilishgan.Tabiat yaratgan har bir mitti jonzotda cheksiz foyda va hikmat bor! @youthcanS#EcoGulChallenge #YouthCANSamarqand

Yoz o'rtasida qor yog'ishi mumkinmi? Tabiatning ushbu mo'jizasi bilan tanishing! 🏔️💚Suratda ko'rib turganingiz — Euphorbia
+1
Yoz o'rtasida qor yog'ishi mumkinmi? Tabiatning ushbu mo'jizasi bilan tanishing! 🏔️💚Suratda ko'rib turganingiz — Euphorbia marginata (Xalq tilida: Tog' qori yoki Chorrahagul). Bu o'simlik o'zining g'ayrioddiy ko'rinishi bilan bog'bonlar va tabiat shaydolarini doim hayratda qoldiradi.Eng qiziqarli faktlar:❄️ Vizual illyuziya: Uning eng yuqori barglari yozning jaziramasida xuddi qor parchalari qo'ngandek oppoq hoshiyalar bilan qoplanadi va uzoqdan qorli tog' cho'qqisini eslatadi. 🔬 Sutli himoya: O'simlik poyasi kesilganda oppoq sutsimon sharbat (shira) ajralib chiqadi. Bu shira o'simlikni hasharotlar va zararkunandalardan tabiiy ravishda himoya qiladi. (Eslatma: Bu shira teriga tegganda ehtiyot bo'lish lozim, u tabiiy himoya vositasidir!). 🌱 Ekologik chidamlilik: U qurg'oqchilikka g'oyat chidamli bo'lib, boshqa o'simliklar yashay olmaydigan quruq va suvsiz tuproqlarda ham yashillik hosil qila oladi.Tabiat bizni har qadamda hayratga solishdan charchamaydi! 🍀☘🌿🌱🪴🌿@youthcanS#EcoGulChallenge #YouthCANSamarqand

Namozshomgul (Mirabilis jalapa) — tabiatning eng sirli soati! ⏳🌸Bu gul o‘z nomini bejiz olmagan. U kun bo‘yi uxlab, aynan qu
+1
Namozshomgul (Mirabilis jalapa) — tabiatning eng sirli soati! ⏳🌸Bu gul o‘z nomini bejiz olmagan. U kun bo‘yi uxlab, aynan quyosh botayotgan paytda — namozshom vaqtida o‘z go‘zalligini namoyon etadi va tuni bilan atrofga ajib xushbo‘y hid taratib turadi. 🌙✨Qiziqarli faktlar:🧬 Mo‘jizaviy genetika: Bitta tup namozshomgulda bir vaqtning o‘zida ham pushti, ham sariq, ham oq gullar ochilishi mumkin. Hatto bitta gulning o‘zi ham ikki xil rangga bo‘yaladi!🌺 Tabiiy bo‘yoq: Uning gullaridan oziq-ovqat va matolarga rang berishda xavfsiz bo‘yoq sifatida foydalaniladi.🌱 Tabiat muhofizi: U tuproqdagi og‘ir metallarni o‘ziga tortib, yerni tozalash xususiyatiga ega.Tabiatning bu go‘zalligini asraylik va kashf etaylik! 💚@youthcanS#EcoGulChallenge #YouthCANSamarqand

📊 IYUL OYI REYTINGI Xalqaro Yoshlar Ekologik Qo‘mitasi hududiy koordinatorlarining iyul oyi yakunlari bo‘yicha reyting natij
+1
📊 IYUL OYI REYTINGI Xalqaro Yoshlar Ekologik Qo‘mitasi hududiy koordinatorlarining iyul oyi yakunlari bo‘yicha reyting natijalari e’lon qilindi. 📈 Natijalar hududlarning faolligi, loyihalar ijrosi va tashkiliy ishlari asosida shakllantirildi. 👏 Yuqori natija qayd etgan hududlarni tabriklaymiz! Barcha koordinatorlarga keyingi oyda yanada yuqori natijalar tilaymiz. 🌐 Instagram | 🔆 Telegram

🔈 “ECO-ABSURD: KELAJAK E’LONI” onlayn ijodiy tanlovi boshlandi 🌿 Atrof-muhitga befarq qarab turishdan charchadingizmi? Unda
🔈 “ECO-ABSURD: KELAJAK E’LONI” onlayn ijodiy tanlovi boshlandi 🌿 Atrof-muhitga befarq qarab turishdan charchadingizmi? Unda tasavvuringizni ishga soling va 2150-yil manzarasini satira orqali tasvirlab bering! 📅 Tanlov sharti: Tasavvur qiling, 2150-yilda tabiat butunlay qurib bitgan. Endi internetda toza havo, bitta tirik gul, sun’iy maysazor yoki 1 litr buloq suvi “OLX” uslubida sotuvga qo’yilmoqda. Sizning vazifangiz : 50-100 so’zdan iborat fantastik va absurd e’lon yozish. E’lon shunday bo’lsinki, uni o’qigan inson bugungi tabiatning qadriga yetsin. 💡 Misol: 📂 Kategoriya: Ko‘chmas mulk va tabiat resurslari 🌳 Sarlavha: “Ijaraga beriladi: 1 soatlik haqiqiy ko’k maysazor va bitta tirik yaproq!” 🕛  Arizalar qabuli: 1-avgust – 15-avgust (23:59 gacha) 🎁 Mukofotlar: ✔️Barcha faol ishtirokchilarga rasmiy sertifikat taqdim etiladi. ✔️Top-3 g’olib esa “Youth Can” jamoasiga rasman qabul qilinadi. 🥇 Taqdirlash marosimi: ➡️ 16-avgust kuni onlayn va oflayn formatda bo’lib o’tadi. ⭐ Ijodiy ishlarni yuborish va murojaat uchun: 👉 @Sevinch_Kochimova 🌍Bugun tabiatni asrasak, ertaga uni sotishga majbur bo’lmaymiz. Ijodingizni namoyish eting, jamiyatga muhim xabar bering va g’olib bo’ling! 💚

#ecogul Moychechak — oq gulbarglari va sariq markazi bilan ajralib turadigan chiroyli yovvoyi gul. U bog'larda, o'tloqlarda v
#ecogul Moychechak — oq gulbarglari va sariq markazi bilan ajralib turadigan chiroyli yovvoyi gul. U bog'larda, o'tloqlarda va dala chetlarida ko'p uchraydi. Qisqacha ma'lumot O'zbekcha nomi: Moychechak Inglizcha nomi: Daisy Ilmiy nomi: Leucanthemum vulgare (eng keng tarqalgan turi) O'simlik oilasi: Asteraceae (Murakkabguldoshlar) Xususiyatlari Bo'yi odatda 30–80 sm gacha o'sadi. Gullari oq rangli, o'rtasi esa sariq bo'ladi. Asosan maydan avgustgacha gullaydi. Quyoshli joylarni yaxshi ko'radi va parvarishi oson. Foydalari Asalari va kapalaklar uchun nektar manbai hisoblanadi. Bog'larga chiroy bag'ishlaydi. Ba'zi moychechak turlari xalq tabobatida damlama va choy tayyorlashda ishlatiladi. Ammo har bir oq-sariq gul dorivor emas, shuning uchun yovvoyi o'simliklarni mutaxassis tavsiyasisiz iste'mol qilish tavsiya etilmaydi. Qiziqarli fakt Moychechak ko'plab mamlakatlarda poklik, soddalik va beg'uborlik ramzi hisoblanadi. Shuningdek, "Sevadi — sevmaydi" o'yinida ko'pincha aynan shu gulning barglari uzib sanaladi.

💚 IJODKOR EKO QO‘LLAR Ekologiyaga befarq bo‘lmagan, o‘z ijodkorligi va kreativligi bilan atrof-muhitni asrashga hissa qo‘shi
💚 IJODKOR EKO QO‘LLAR Ekologiyaga befarq bo‘lmagan, o‘z ijodkorligi va kreativligi bilan atrof-muhitni asrashga hissa qo‘shishni istagan yoshlar uchun Samarqand viloyatida “Ijodkor Eko Qo‘llar” ijodiy-ekologik klubi tashkil etilmoqda. 🗓Sana: 4-avgust 🕙  Vaqt: 10:00 📌Manzil: Yoshlar markazi, Samarqand shahar Klub davomida siz: ♻️ Mamlakatimizdagi dolzarb ekologik muammolar va ularning yechimlari bilan tanishasiz; 🌱 Kundalik odatlarimiz orqali tabiatni asrashga qanday hissa qo‘sha olishimizni o‘rganasiz; 🎨 Global eko muammolarga birgalikda faol yoshlar bilan yechim topasiz; 🎮 Qiziqarli oʻyinlar bilan networking oshirasiz Sizlar uchun: 🔥Portfolio boyitish uchun ajoyib imkoniyat ✅Sertifikat ❤️‍🔥Motivatsiya va yuqori energiya 🎓 Foydali amaliy tajriba 🤝 Yangi tanishuvlar va networking 🎁 Gʻoliblarga esdalik sovgʻalari ✨ Siz ham klubimizga qo‘shiling! 📌 Joylar soni cheklangan. 📩 Murojaat uchun: @yzb04 Telegram | Instagram

ECO GUL CHALLENGE | Youth CAN Samarqand Tabiat go’zalligini kashf eting va uni boshqalarga ham ulashing! Ishtirok etish shart
ECO GUL CHALLENGE | Youth CAN Samarqand Tabiat go’zalligini kashf eting va uni boshqalarga ham ulashing! Ishtirok etish shartlari: -O’zingiz suratga olgan gul fotosuratini yoki videosini tayyorlang. -Foto yoki video sifatli, estetik uslubda olingan bo’lishi kerak. -Post tavsifida gul nomini yozing va @youthcanS sahifasini belgilang. -Agar Telegram orqali qatnashsangiz, foto yoki videoni @YouthcanSam ga yuboring. Nominatsiyalar: 🌸 Eng chiroyli gul fotosurati 🎥 Eng sifatli va kreativ gul videosi 📚 Gul haqida eng foydali va qiziqarli ma’lumot berilgan video 📸 Eng kreativ kadr (foto) Muhlat: 1-avgust soat 23:59 gacha Eslatma: Internetdan yuklab olingan yoki sun’iy intellekt yordamida yaratilgan materiallar qabul qilinmaydi. Barcha foto va videolar ishtirokchining o’zi tomonidan suratga olingan bo’lishi shart. Telegram | Instagram

🌸 Gullar shunchaki tabiat bezagi emas. 🌿 Har bir gulning o‘z vazifasi bor. Ular asalarilar va kapalaklar uchun oziqa bo‘lib, o‘simliklarning ko‘payishiga yordam beradi. Ayrim gullar shifobaxsh xususiyatga ega bo‘lsa, boshqalari foydali urug‘, yog‘, atir va parvarish mahsulotlari tayyorlashda qo‘llaniladi. Tabiat bizga juda ko‘p ne’matlar beradi. Uni asrash esa barchamizning mas’uliyatimiz. 🌱 Keling, tabiatni sevaylik, asraylik va yashil kelajak uchun birgalikda harakat qilaylik! #ozingdanboshla Telegram | Instagram

Savol va takliflar uchun:Bosh koordinator @dinara_makhmashaevaLoyihalarni boshqarish koordinatori @the_nasirovaMedia koordinatori @baxodirbek_mavlonovVolontyorlar bilan ishlash koordinatori @YouthcanSam

🌿 Xalqaro Yoshlar Ekologik Qo‘mitasi Youth CAN Samarqand jamoasi viloyatimizning barcha tuman(shahar)laridan faol, tashabbuskor va mas’uliyatli yoshlarni koordinatorlikka taklif qiladi. Har bir tuman(shahar)dan quyidagi 4 ta yo‘nalish bo‘yicha koordinatorlar saralanadi: ✅ Bosh koordinator ✅ Loyihalar bilan ishlash koordinatori ✅ Volontyorlar bilan ishlash koordinatori ✅ Media koordinatori 📌 Tanlov qanday o‘tadi? Nomzodlarning faolligi, tashabbuskorligi va kreativligi baholanadi. Saralashdan o‘tgan ishtirokchilar bilan suhbat o‘tkaziladi. Koordinatorlikka tavsiya etilgan nomzodlar dastlab sinov muddatida faoliyat olib boradilar. Sinov davrini muvaffaqiyatli yakunlaganlar esa rasmiy Youth CAN Samarqand viloyatidagi tuman(shahar)koordinatori sifatida e’lon qilinadi. 🌱 🌐 Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish: 🔗 https://t.me/+m0l0oYG6nvQ5MjRi 🔗 https://t.me/youthcanS ✨ O‘z tumaningizda ekologik tashabbuslarga boshchilik qilish va haqiqiy o‘zgarishlarning bir qismi bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

#koordinatorlar 🌍 Xalqaro yoshlar ekologik qo‘mitasining Samarqand viloyati kengashi koordinatorlari bilan tanishing: •Maxma
#koordinatorlar 🌍 Xalqaro yoshlar ekologik qo‘mitasining Samarqand viloyati kengashi koordinatorlari bilan tanishing: •Maxmashayeva Dinara — Bosh koordinator •Nasirova Xurshedabonu — Loyihalarni boshqarish koordinatori •Mavlonov Baxodirbek — Media koordinatori •Muxtorov Nodirbek — Volontyorlar bilan ishlash koordinatori Birgalikda ekologik madaniyatni rivojlantirish, yoshlarni tabiatni asrashga chorlash va yangi ekologik tashabbuslarni amalga oshirish yo‘lida harakat qilamiz. 💚🌱 Samarqanddan — yashil kelajak sari! 🌍♻️ Telegram | Instagram

Bizning Eko Bilimdon

🌍 Xalqaro Yoshlar Ekologik Qoʻmitasining rasmiy sayti! 🔗 https://www.youtheco.org Agar siz ekofaol, volontyor yoki ekologiy
🌍 Xalqaro Yoshlar Ekologik Qoʻmitasining rasmiy sayti! 🔗 https://www.youtheco.org Agar siz ekofaol, volontyor yoki ekologiyaga befarq boʻlmagan yosh boʻlsangiz, bu platforma aynan siz uchun. Bu yerda ekologik loyihalar, xalqaro tashabbuslar, volontyorlik imkoniyatlari va Xalqaro Yoshlar Ekologik Qoʻmitasi faoliyatiga oid soʻnggi yangiliklarni topishingiz mumkin. 💚 Tabiat uchun harakatni bugundan boshlang! Telegram | Instagram

🎊 Diqqat, g'oliblar bilan tanishing!👇
⛺️ Oromgohga bepul yo'llanmani qo'lga kiritgan TOP-10 g'olibimiz: Annamurodov Umarbek Sayfullayevich Murodali Siddiqov Yo'ldoshali o'g'li Bekmirza Ivanov Sunat o’g’li Berdiyev Shohnur Anvar oʻgʻli Ramzbek Sarsenbaeva Alfiya Ongarbay qızı Tleumuratov Sanjar Bekpo’latova Charosxon Umarbekovna Paluaniyazov Polatbek Rustambek uli Begmurodov Timur Rustam ogli
👏 Barchangizni ajoyib ta'til bilan tabriklaymiz!
🎁 Faolligini ko'rsatgan yana 5 nafar ishtirokchimizni xursand qilmoqchimiz. Ular Yoshlar ishlari agentligining mega loyihalaridan maxsus sovg'alarga ega bo'lishadi: Davletova Feruza Qabulovna Timurbek Mirfayz Fayzulloyev Nozima Burxonovna Gulruxsor
🎉 G'oliblarni chin dildan muborakbod etamiz! 👨‍💻 Barcha natijalar 100% adolatli va shaffof bo'lishini ta'minlash maqsadida tekshiruv jarayoni biroz vaqt talab etdi. Sabringiz uchun rahmat! ❗️Keyingi safar qanday tanlov tashkillashtirishimizni xohlaysiz? Izohlarda yozib qoldiring. 📝 🌐 Instagram | 🔆 Telegram

⛺️ Oromgohga bepul yo'llanmani qo'lga kiritishni xohlaysizmi? Unda faqat sizda 1 kun imkoniyat bor. Yozgi ta'tilni unutilmas,
⛺️ Oromgohga bepul yo'llanmani qo'lga kiritishni xohlaysizmi? Unda faqat sizda 1 kun imkoniyat bor. Yozgi ta'tilni unutilmas, foydali va do'stlar davrasida maroqli o'tkazish uchun ajoyib imkoniyat! Bunga erishish uchun shartlarimiz juda oddiy:
👇 Tanlovda ishtirok etish qoidalari:
1️⃣ Hozirning o'zida 👉 @youthecobot botiga kiring va START tugmasini bosing.
2️⃣ Bizning Telegram va Instagram'dagi rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling.
3️⃣ Bot orqali berilgan o'zingizning maxsus referal linkingiz (havolangiz) yordamida do'stlaringizni taklif qiling.
🎁 G'oliblarni nima kutmoqda? Telegram kanalimizga eng ko’p odam taklif qilgan, Instagram sahifamizga obuna bo’lib, postlarimizga eng ko’p izoh yozgan TOP 10 nafar ishtirokchi Avgust oyida bo'lib o'tadigan maxsus oromgohga BEPUL yo'llanmani qo'lga kiritadi. 📆 Oxirgi muddat 22-iyul 23:59 gacha. 23-iyul kuni natijalarni e’lon qilamiz. ❗️Shoshiling, ushbu ajoyib imkoniyatni qo'ldan boy bermang! 🌐 Instagram | 🔆 Telegram

🫵🏻Bilasizmi? 🌏Dunyoda oziq-ovqatning 30-40%i isrof qilinadi. Bu — har yili 1 milliard tonnadan ortiq degani! 🥗Lekin muammo faqat ovqatning o‘zida emas. Uni yetishtirish uchun suv, yer, energiya va yoqilg‘i sarflanishida. Ovqatni tashlab yuborsak, bu resurslarning barchasi ham bekorga sarflangan degani. 💨Eng yomoni, oziq-ovqat chiqindilari poligonlarda chiriganda metan gazi ajralib chiqadi va iqlim o‘zgarishini kuchaytiradi. Shuning uchun ovqatni isrof qilmang! #ozingdanboshla Telegram | Instagram