en
Feedback
Sokin Dunyo

Sokin Dunyo

Open in Telegram

π‘Ίπ’π’Œπ’Šπ’ π‘«π’–π’π’šπ’ β€” π’”π’‰π’π’—π’’π’Šπ’π’π’Š π’‰π’‚π’šπ’π’•π’…π’‚π’ π’ƒπ’Šπ’“ 𝒐𝒛 π’–π’›π’π’’π’π’‚π’”π’‰π’Šπ’ƒ, π’’π’‚π’π’ƒπ’Šπ’π’ˆπ’Šπ’›π’ˆπ’‚ π’π’”π’‰π’Šπ’’ π’ƒπ’β€˜π’π’Šπ’”π’‰π’π’Š π’β€˜π’“π’ˆπ’‚π’•π’‚π’…π’Šπ’ˆπ’‚π’ π’‹π’π’š. πŸŒ™. Π’Π»Π΄/ @abrxmnvna

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
646
Subscribers
-1724 hours
+107 days
+41730 days
Posts Archive
Baxtni uzoq joylardan izlash shart emas. Ba'zan baxt β€” oilangning sog'-salomatligi, yaqinlaringning kulgisi, tinch uyqu va ertangi kunga bo'lgan umiddir.

Senga chin dildan yaxshilik qilgan insonni qadrlashni unutma. Chunki hayotda ko'pchilik yaxshi kuningda yoningda bo'ladi, ammo qiyin kuningda qoladiganlar juda kam.

Reaksiyalar kamku ❀

Hamma narsani birdaniga hal qilishga urinma. Ba'zi muammolarga vaqt, ba'zilariga sabr, ba'zilariga esa shunchaki sukut kerak bo'ladi. Har narsaning o'z vaqti bor.

O'tmishda qilgan xatolaring uchun o'zingni doim ayblayverma. O'sha paytda sen bugungidek tajribali emas eding. Xatolaringdan saboq ol, lekin ularning ichida yashab qolma.

Ba'zan bir og'iz "yaxshimisan?" degan savol ham inson uchun juda katta ahamiyatga ega bo'ladi. Mehr ko'rsatish uchun katta imkoniyat kerak emas. Oddiy e'tibor ham kimningdir kunini chiroyli qilishi mumkin.

O'zingni yo'qotib qo'yadigan darajada hech kimni sevma, hech kim uchun o'zligingdan voz kechma. Seni chin dildan qadrlaydigan inson seni o'zgartirishga emas, qanday bo'lsang shundayligingcha tushunishga harakat qiladi.

Bir kun kelib bugungi tashvishlaringni eslab, "hammasi o'tib ketibdi" deysan. Shuning uchun hozirgi qiyinchiliklardan qo'rqma. Hech bir tun abadiy davom etmaydi, tong baribir otadi.

Qalbga yaqin insonlar ko'p bo'lmaydi. Ba'zilar hayotingga kelib-ketadi, ba'zilar esa yillar o'tsa ham xotirangda qoladi. Muhimi, hayotingda qancha inson bo'lgani emas, qanchasi samimiy bo'lganidir.

Ba'zan ko'p narsani xohlaysan, lekin hayot boshqa yo'lni tanlaydi. Avvaliga tushunmaysan, nega bunday bo'lganini o'ylaysan. Vaqt o'tgach esa ayrim narsalar amalga oshmagani ham sen uchun bir yaxshilik bo'lganini anglaysan.

Odamlar sening natijangni ko'radi, lekin unga yetib kelguningcha nimalardan o'tganingni hamma ham bilmaydi. Shuning uchun o'zingni boshqalarning fikri bilan o'lchama. Sen bosib o'tgan yo'lni faqat o'zing bilasan.

Insonning haqiqiy qadrini uning yonida hamma bo'lgan paytda emas, hech kim qolmagan paytda bilish mumkin. Qiyin kunlarda qo'lidan ushlagan, bir og'iz yaxshi so'zi bilan ko'nglingni ko'targan insonlarni hech qachon unutma.

Hayotda ba'zi eshiklar yopiladi, ba'zilari esa biz kutmagan paytda ochiladi. Biror narsaning tugashi har doim ham yomonlik emas. Balki bu yangi boshlanish uchun berilgan imkoniyatdir. Shuning uchun o'tmishga qarab qolmay, oldinda turgan kunlarga ishonch bilan qadam tashla.

Hayot qisqa. Nafratni ko'paytirishga emas, mehr ulashishga harakat qil. Chunki inson ortidan boyligi emas, qilgan yaxshiliklari va qoldirgan yaxshi nomi eslanadi.

Ba'zan hamma narsa rejangdagidek ketmaydi. Lekin bu hayot tugadi degani emas. Balki seni undan ham yaxshiroq yo'l kutayotgandir.

Hayotdagi eng katta xato β€” o'zingni boshqalar bilan solishtirish. Har kimning yo'li, vaqti va taqdiri har xil.

Hurmatni pul bilan sotib olib bo'lmaydi. Uni faqat odob, halollik va yaxshi muomala bilan qozonish mumkin.

Muvaffaqiyatga erishgan insonlar hech qachon tasodifan g'olib bo'lmagan. Ularning ortida ko'rinmaydigan mehnat, sabr va ko'plab sinovlar yotadi.

Vaqt hamma narsani o'zgartiradi. Kecha juda muhim bo'lib tuyulgan narsalar bugun oddiy xotiraga aylanadi. Shuning uchun bugungi kunning qadriga yet.

Har bir insonning ichida hech kim bilmaydigan dardlari bo'ladi. Shuning uchun birovni hukm qilishdan oldin uning qanday hayot kechirayotganini o'ylab ko'r.