en
Feedback
Talimdagi Yangiliklar 24

Talimdagi Yangiliklar 24

Open in Telegram

✅ Oliy ta’lim tizimidagi muhim yangiliklar — Qabul jarayonlari — Grant va stipendiyalar — OTM imkoniyatlari — Talabalar hayotiga oid dolzarb axborotlar @OTM_Edu — abituriyent va talabalar uchun ishonchli media maydon. Reklama: @UzInfo_ads

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified

📈 Analytical overview of Telegram channel Talimdagi Yangiliklar 24

Channel Talimdagi Yangiliklar 24 (@talimdagi_yangiliklar24) is an active participant. Currently, the community unites 20 466 subscribers, ranking in the Other category.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 20 466 subscribers.

According to the latest data from 07 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by 459 over the last 30 days and by -225 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 48.39%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 20.36% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 10 018 views. Within the first day, a publication typically gains 4 215 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 21.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
✅ Oliy ta’lim tizimidagi muhim yangiliklar — Qabul jarayonlari — Grant va stipendiyalar — OTM imkoniyatlari — Talabalar hayotiga oid dolzarb axborotlar @OTM_Edu — abituriyent va talabalar uchun ishonchli media maydon. Reklama: @UzInfo_ads

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 08 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Other category.

20 466
Subscribers
-22524 hours
-1 8447 days
+45930 days
Posts Archive
⚡️ HAR IKKITA VAKANT OʻRINDAN BITTASI — MATEMATIKA + FIZIKA! Qoʻshimcha qabul uchun qolgan 31 833 ta boʻsh oʻrinning 16 240 tasi, yaʼni 51 foizi matematika + fizika fanlar majmuasiga tegishli. Keyingi oʻrinlarda: 🔹 Matematika + kimyo — 3 576 ta 🔹 Biologiya + ona tili — 3 531 ta 🔹 Ijodiy imtihon ×2 — 3 244 ta 🔹 Biologiya + kimyo — 2 824 ta 📊 Ushbu 5 ta fanlar majmuasining oʻzi barcha vakant oʻrinlarning 92% dan ortigʻini tashkil qilmoqda. ❗️Raqamlar shuni koʻrsatyaptiki, ayniqsa texnik va muhandislik yoʻnalishlarida boʻsh kvotalar juda koʻp. Yoshlar bu sohalarda oʻqishni istashmayatimi? 🤩 Kanalga obuna bo'ling👇🏻 https://t.me/+_KEB856ucjZhZjUy

❗️Vakant joylar ro’yxati e’lon qilindi #abituriyent 2026-2027-oʻquv yili qoʻshimcha tanlov uchun vakant oʻrinlar mavjud bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati shakllantirildi. Roʻyxatda KUNDUZGI, KECHKI va MASOFAVIY ta'lim shakllari bo'yicha OTMlarning umumiy qabul parametrlari doirasida qolgan vakant (bo‘sh) o‘rinlar taqsimoti keltirilgan. OTMlar, taʼlim yoʻnalishlari, taʼlim shakli, taʼlim tili kesimida amalga oshirilgan vakant oʻrinlar taqsimoti va fanlar majmuasi bilan yuqorida berilgan PDF fayl orqali batafsil tanishish mumkin. 🤩 Kanalga obuna bo'ling👇🏻 https://t.me/+_KEB856ucjZhZjUy

⚡️Oʻqishni koʻchirishda yetarli ball toʻplay olmaganlar diqqatiga! Oʻqishni koʻchirish imtihonlarida yetarli ball to‘play olmagan talabgorlar o'z xohishlariga ko'ra, quyidagi miqdordagi super-kontrakt toʻlab o'qishlarini koʻchirishlari mumkin: ➖ Agar 0.1 balldan — 1.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 1.5 barobarini to'laydi; ➖ Agar 1,1 baldan — 2,0  ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2 barobarini to'laydi; ➖ Agar 2,1 baldan — 3.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2.5 barobarini to'laydi; ➖ Agar 3,1 balldan — 4.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 3 barobarini to'laydi; Bunda super-kontrakt miqdori bazaviy kontrakt summasiga nisbatan hisoblanadi. Masalan siz koʻchirayotgan yoʻnalish kontrakt narxi 7,4 mln boʻlsa, yetmay qolgan balingizga qarab necha barobar boʻlishini koʻpaytirib hisoblaysiz. 👉 Agar 4,0 balldan ortiq ball yetmasa tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktning minimal miqdorini to'laydi. Bu miqdor yo'nalishlarga qarab bazaviy kontraktning 3 barobardan 25 barobargacha belgilanishi mumkin. Aniq summani oliygohning oʻzidan aniqlashtirasiz. 🤩 Kanalga obuna bo'ling👇🏻 https://t.me/+_KEB856ucjZhZjUy

⚡️Vakant kvota uchun OTM va yo‘nalish tanlash uchun videoyo‘riqnoma 🤩 Kanalga obuna bo'ling👇🏻 https://t.me/+_KEB856ucjZhZjUy

⚡️Vakant o'rinlarga kirish shartlari Oliy ta'lim tashkilotlarining bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga 2026/2027-o'quv yili ki
⚡️Vakant o'rinlarga kirish shartlari
Oliy ta'lim tashkilotlarining bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga 2026/2027-o'quv yili kirish imtihonlarida qatnashib, 56,7 ball to'plagan abituriyentlar vakant o'rinlarga qo'shimcha tanlovda ishtirok etishi imkoniyati yaratildi.
Eng muhimi, vakant o’rin bo’lishi kerak siz test yechgan fanlar majmuasi bo’yicha. Agar bo’sh kvota bo’lmasa topshira olmaysiz! ❗️Agarda yuqoridagi rasmdagi singari "kvota mavjud emas" yozuvi chiqayotgan boʻlsa, demak sizning fanlar majmuangizga mos ta'lim yoʻnalishiga boʻsh kvota mavjud emasligini bildirad va siz tanlovda qatnasha olmaysiz. Undan tashqari, kvota bo’sh degani talaba bo’lasiz degani ham emas. Boshqa siz kabi 5 ta asosiy tanlagan yo’nalishlariga kira olmaganlar bilan natijangiz bo’yicha bellashasiz! 🤩 Kanalga obuna bo'ling👇🏻 https://t.me/+_KEB856ucjZhZjUy

⚡️ 6-yo'nalish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida ishtirok etib, belgilangan minimal 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga, shu jumladan, ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida oliy ta’lim tashkiloti va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlamagan abituriyentlarga vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish imkoniyati yaratildi. 2026/2027-o‘quv yilida jami 80 ta oliy ta’lim muassasasida 31 808 ta vakant o‘rin mavjud bo‘lib, mazkur vakant o‘rinlarni to‘ldirish maqsadida abituriyentlar o‘rtasida qo‘shimcha tanlov o‘tkaziladi. 2026-yil 22-avgustdan 28-avgustga qadar (shu kuni ham) Agentlikning my.uzbmb.uz rasmiy platformasi orqali mazkur toifadagi abituriyentlar qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Abituriyentlarga fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bo‘lgan, vakant o‘rinlar mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarinitanlash huquqi beriladi. Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar vakant o‘rinlarga to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda, bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya qilinadi. Tanlov yakunlari bo‘yicha Agentlik tomonidan tegishli tanlov qaydnomalari shakllantirilib, oliy ta’lim tashkilotlariga taqdim etiladi. 🤩 Kanalga obuna bo'ling👇🏻 https://t.me/+_KEB856ucjZhZjUy

⚡️Rasman: O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha birinchi kun natijalari e’lon qilindi 📣 Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha 2026-yil 19-avgust kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi. ✅ Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytidagi "O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat) Natija“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin. Izoh: Mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan talabgorlarning natijalari OTMlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Bilimni baholash agentligiga taqdim etilgandan soʻng e’lon qilinadi. 🤩 Kanalga obuna bo'ling👇🏻 https://t.me/+_KEB856ucjZhZjUy

❗️Энди 10-синф ўқувчилари ҳам техникумга ўқишини кўчира олади Вазирлар Маҳкамасининг 450-сон қарори билан 10-синф ўқувчиларин
❗️Энди 10-синф ўқувчилари ҳам техникумга ўқишини кўчира олади Вазирлар Маҳкамасининг 450-сон қарори билан 10-синф ўқувчиларининг умумий ўрта таълимдан техникумга ўқишини кўчириш тартиби белгиланди. Унга кўра: ➖ 10-синф ўқувчилари техникумга ўқишини кўчириши мумкин; ➖ касбий таълим ташкилотлари ўқувчиларининг ўқишини кўчириш ва қайта тиклаш учун ҳам ягона тартиб жорий этилади; ➖ аризаларни Давлат хизматлари марказлари ёки ЯИДХП орқали электрон шаклда топшириш мумкин; ➖ жараён босқичма-босқич рақамлаштирилиб, ортиқча ҳужжатбозлик ва бюрократия камайтирилади. Янги тартиб ўқувчиларга мактабдан кейин эмас, 10-синфданоқ касбий таълим олиш имкониятини кенгайтиради. 🤩 Kanalga obuna bo'ling👇🏻 https://t.me/+_KEB856ucjZhZjUy

⚡️Talabalikga tavsiya etilganlar quyidagi hujjatlarni OTMga taqdim etadi. 🔵 Rektor nomiga ariza (OTMda yoziladi); 🔵 Pasport yoki ID karta nusxasi (asli koʻrsatilgan holda); 🔵 Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi; 🔵 Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (mavjud bo‘lsa) asli; 🔵 3,5x4,5 foto surat 6 ta; 🔵 Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun imtiyoz beruvchi hujjatning aslini; 🔵 Roʻyxatdan oʻtkazilgandagi abituriyent qayd varaqasi; 🔵 Hujjatlar yig‘ma jildi (papka skorosshivatel); 🔵 Konvert A5 formatida. 🤩 Kanalga obuna bo'ling👇🏻 https://t.me/+_KEB856ucjZhZjUy

⚡️Yiqilgan abituriyentlarda bo'sh qolgan o'rinlarda 6-yo'nalish tanlash imkoni bor ✅ Bunga oid hukumatning tegishli qarori bor. Unga ko'ra, minimal ball to'plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga bo'sh qolgan yo'nalishlarda tanlovda qatnashish imkoni beriladi. Qarorga ko'ra, jarayon quyidagicha tashkil etiladi:
— imtihon natijalari e'lon qilingach, bir hafta o'tib, fanlar majmuasi va ta'lim tili mos vakant yo'nalishlarga bir hafta muddatda ro'yxatdan o'tiladi; — qabul reyting ketma-ketligiga qat'iy rioya qilingan holda, bazaviy to'lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi; — BMBA shakllantirgan qaydnomalar OTMlar uchun buyruq rasmiylashtirishga asos bo'ladi.
✅ Eslatib o'tamiz, vakant o'rinlar bo'yicha tanlov faqat imtihonda qatnashib, minimal balldan o'tgan (56,7) abituriyentlar uchun amal qiladi. 🤩 Kanalga obuna bo'ling👇🏻 https://t.me/+_KEB856ucjZhZjUy

#SavollargaJavob O‘zim xohlamagan ta’lim yo‘nalishiga tavsiya etildim. Yo‘nalishimni o‘zgartirib berish mumkinmi? Amaldagi qonunchilikda tanlov natijalariga ko‘ra abituriyent ma’lum bir ta’lim yo‘nalishiga tavsiya etilganidan so‘ng, Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan uning tavsiya etilgan yo‘nalishini boshqa yo‘nalishga o‘zgartirib berish vakolati mavjud emas. Shuning uchun abituriyentlar tanlov jarayonida ta’lim yo‘nalishlari va ularning ustuvorligini belgilashda o‘z xohish-istaklarini puxta o‘ylab, tanlovni mas’uliyat bilan amalga oshirishlari muhim. - Muhim: talabgorlarning huquq va imkoniyatlari, tanlov tartibi bo‘yicha ma’lumotlar Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy axborot kanallarida muntazam e’lon qilib boriladi. 🤩 Kanalga obuna bo'ling👇🏻 https://t.me/+_KEB856ucjZhZjUy

Chet tilini o'rganmoqdamisiz? So‘zlarni yodlashga qiynalyapsizmi? Unda darhol Likkini yuklab oling! Likki — bu til o‘rganishn
Chet tilini o'rganmoqdamisiz? So‘zlarni yodlashga qiynalyapsizmi? Unda darhol Likkini yuklab oling! Likki — bu til o‘rganishni qiziqarli o‘yinga aylantiruvchi noyob ilova. So‘zlarni shunchaki yodlamaysiz, balki o‘ynab o‘rganasiz va xotirangizga muhrlaysiz! Nima uchun Likki eng yaxshi tanlov? ⌨️ Mushaklar xotirasi: So‘zlarni interaktiv klaviaturada terish orqali xatoga yo‘l qo‘ymaslikka o‘rganasiz. 🧩 VocabMatch: Tezlikka asoslangan o‘yin miyangizni sekin tarjima qilish odatidan qutqaradi. 🔥 O‘yin hayajoni: XP ishlang, qiyin vaziyatlarda yordamlardan (⚡️) foydalaning va to‘xtovsiz ketma-ketlikni (streaks) yig‘ing! 😱 Shok narx! Barcha funksiyalardan to‘liq va cheksiz foydalanish YILIGA atigi 10 000 so‘m! 💸 Ha, butun boshli bir yillik ta’lim bitta kola pulidan ham arzon! ☕️ 🔑 Obunani zudlik bilan faollashtirish: 👉 @edu_likki_bot

⚡️6-yoʻnalish tanlash oʻtgan yili qanday boʻlgan? ‼️Kimlar topshira olgandi? ➡️5 ta yoʻnalishdan birortasiga ham oʻqishga kira olmagan bali 56,7 dan yuqori boʻlganlar; ➡️Testga kirib chiqqan, lekin qabulning ikkinchi bosqichida oliygoh tanlolmay qolib ketganlar;Mumkin emas ● 5 ta yoʻnalishdan biriga oʻqishga kirganlar 6-yoʻnalish tanlay olmaydilar: ● 56,7 balldan past toʻplaganlar 6-yoʻnalishda ishtirok etmaydilar ‼️Qanday imkoniyatlar berilgandi? ◀️Abituriyentlarga 5 tagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini (ta’lim shakli bilan birga) tanlash imkoniyati berilgan; ◀️6-yoʻnalishga qabul qilinganlar ballar ketma-ketligiga qarab bazaviy kontrakt asosida oʻqishga qabul qilingan. ❓Qaysi sanada ariza qabul qilingan va natijalar chiqqan? 🔸Arizalar oʻtgan yili 25-sentyabrdan 3-oktyabrgacha my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn qabul qilingan; 🔸Natijalar 8-oktabrda e'lon qilingan. Talabgorlar natijalar e'lon qilinganidan keyin darsga qoʻyilgan. ❓Bu yil nima kutilyapti? Oliygohlarda darslar 7-sentyabrdan boshlanadi. Demak bu davrgacha 6-yoʻnalish tanlash va natijalar e'lon qilish rejalashtirilgan. Shunda boʻsh oʻrinlarga qabul qilinganlar ham 7-sentyabrdan darslarda ishtirok etishlari mumkin. ✅Axmadjanoov 🤩 Kanalga obuna bo'ling👇🏻 https://t.me/+_KEB856ucjZhZjUy

⚡️Aytishlaricha, nodavlat oliy ta'lim muassasalarida ham odob-axloq doirasida kiyinish tartib-qoidasi joriy etilishi belgilanmoqda. Bunda aynan muayyan kiyim (oq koʻlyak, galstuk, kastyum-shim)lar qat'iy talab etilmaydi, biroq OTMlar tomonidan axloq-odob doirasidagi mentalitetimizga mos forma namunasi tavsiya etiladi. 🤩 Kanalga obuna bo'ling👇🏻 https://t.me/+_KEB856ucjZhZjUy

⚡️Rasman: keyingi haftadan abituriyentlarga 6-yo'nalish tanlash imkoni beriladi ✅ O'zi tanlagan 5 ta yo'nalishga kira olmagan, lekin baland ball to'plagan abituriyentlar 6-yo'nalish tanlashi mumkin bo'ladi. 🤩 Kanalga obuna bo'ling👇🏻 https://t.me/+_KEB856ucjZhZjUy

⚡️Super-kontrakt haqida eng koʻp berilayotgan savollarga javoblar ✔️4,06 va undan koʻproq ball yetmagan, lekin minimal oʻtish ballidan yuqori ball toʻplagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari Oliy taʼlim muassasalari rektorlari tomonidan mustaqil belgilanadi. ❓Super-kontrakt bilan bir qatorda oddiy kontrakt ham qo‘shib to‘lanadimi? Birinchi yili faqat super-kontrakt summasi to‘lanadi. Ikkinchi yildan boshlab esa faqat oddiy kontrakt to‘lanadi, super-kontrakt to‘lanmaydi.Super-kontrakda o‘qishni xohlaganlar qaysi muddatgacha ariza berishi kerak? Hali super-kontrakt uchun arizalar qabuli boshlangani yo'q. Sentyabr oyida o‘qish boshlangach, onlayn ariza beriladi. ❓Ariza berish uchun OTMga borish kerakmi? 3 yildan buyon super-kontrakt uchun arizalar onlayn qabul qilinadi. Siz uyingizdan chiqmagan holda internet orqali ariza yuborasiz. Buning uchun OTMga kelish shartmas. Ariza qabul qilinadigan sayt ishga tushgach, qo‘shimcha xabar qilinadi. ✅Axmadjanoov 🤩 Kanalga obuna bo'ling👇🏻 https://t.me/+_KEB856ucjZhZjUy

❗️ Texnikumlarga qabul 25-avgustgacha davom etadi 👥 Oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2026-yil 25-avgustga qadar my.uzbmb.uz saytida kasbiy ta’lim muassasasi (kollej yoki texnikum), kasb va mutaxassislik hamda ta’lim shaklini tanlashlari lozim. 👨‍💻 Abituriyentlar tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini o‘zgartirishlari mumkin. 📝 Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi. 🤩 Kanalga obuna bo'ling👇🏻 https://t.me/+_KEB856ucjZhZjUy

⚡️Aytishlaricha, 6-yoʻnalish boʻyicha vakant oʻrinlarga tanlov kelasi hafta ochilishi rejalashtirilmoqda. 🤩 Kanalga obuna bo'ling👇🏻 https://t.me/+_KEB856ucjZhZjUy

📊 BU YIL 233 MINGDAN ORTIQ ABITURIYENT 56,7 BALL HAM TO‘PLAY OLMADI 2026/2027-o‘quv yili qabuli bo‘yicha qiziqarli statistika e’lon qilindi. ❗️ Jami 233 935 nafar abituriyent kirish imtihonlarida 56,7 balldan past natija qayd etgan. Bu test sinovlarida qatnashgan abituriyentlarning 37,54 foizi degani. 📉 So‘nggi yillarda bu ko‘rsatkich: ➖ 2023/2024 — 46% ➖ 2024/2025 — 43% ➖ 2025/2026 — 41% ➖ 2026/2027 — 37,54% Demak, minimal chegaradan past ball olgan abituriyentlar ulushi yildan-yilga kamaymoqda. ⚠️ Eslatib o‘tamiz, joriy qabulda to‘lov-kontrakt uchun minimal ball 56,7 ball etib belgilangan. 🤩 Kanalga obuna bo'ling👇🏻 https://t.me/+_KEB856ucjZhZjUy

❗️OTMlar tomonidan super-kontrakt miqdorlari e’lon qilina boshlandi O‘tgan yildan boshlab tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-k
+3
❗️OTMlar tomonidan super-kontrakt miqdorlari e’lon qilina boshlandi O‘tgan yildan boshlab tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdori rektorlar tomonidan mustaqil belgilanadigan bo‘ldi. 💰 Bunda qabul chegaralariga 4,05 balldan ortiq ball yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari bazaviy to‘lov-kontraktning 3,0 barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi. Ayrim oliygohlarda super-kontrat miqdorlari e’lon qilinmoqda. Jumladan, Termiz davlat universitetida super-kontrakt miqdorlari yo‘nalishlarga qarab 29,6 mln so‘mdan boshlanadi. Eng qimmat miqdor yurisprudensiya, xalqaro munosabatlar hamda davlat va jamiyat boshqaruvi yo‘nalishida bo‘lib, 90 mln so‘mni tashkil etmoqda. ℹ️ Eslatib o‘tamiz, super-kontraktga ariza berish hali boshlanmadi, taxminan sentyabr oyining ikkinchi yarmida boshlansa kerak. Arizalar onlayn qabul qilinadi, oliygohga borish shartmas. Kanalga obuna bo'ling👇🏻 https://t.me/+_KEB856ucjZhZjUy