en
Feedback
Talimdagi Yangiliklar 24

Talimdagi Yangiliklar 24

Open in Telegram

✅ Oliy ta’lim tizimidagi muhim yangiliklar — Qabul jarayonlari — Grant va stipendiyalar — OTM imkoniyatlari — Talabalar hayotiga oid dolzarb axborotlar @OTM_Edu — abituriyent va talabalar uchun ishonchli media maydon. Reklama: @UzInfo_ads

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified

📈 Analytical overview of Telegram channel Talimdagi Yangiliklar 24

Channel Talimdagi Yangiliklar 24 (@talimdagi_yangiliklar24) is an active participant. Currently, the community unites 20 466 subscribers, ranking in the Other category.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 20 466 subscribers.

According to the latest data from 07 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by 459 over the last 30 days and by -225 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 48.39%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 20.36% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 10 018 views. Within the first day, a publication typically gains 4 215 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 21.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
✅ Oliy ta’lim tizimidagi muhim yangiliklar — Qabul jarayonlari — Grant va stipendiyalar — OTM imkoniyatlari — Talabalar hayotiga oid dolzarb axborotlar @OTM_Edu — abituriyent va talabalar uchun ishonchli media maydon. Reklama: @UzInfo_ads

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 08 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Other category.

20 466
Subscribers
-22524 hours
-1 8447 days
+45930 days
Posts Archive
⚡️Bugun vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov uchun ariza topshirish yakunlanadi 2026/2027-o‘quv yilida 80 ta oliy ta’lim muassasasidagi 31 808 ta vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tish 22-avgustdan 28-avgustga qadar (shu kuni ham) davom etadi. Vakant o‘rinlarga ariza topshirish uchun my.uzbmb.uz saytining shaxsiy kabinetidagi “Vakant o‘rinlar uchun ariza berish” bo‘limidan foydalanish kerak.   ✅Qo‘shimcha tanlovda 2026/2027-o‘quv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida qatnashib, kamida 56,7 ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar qatnashishi mumkin.   Abituriyentlar fanlar majmuasi va ta’lim tili mos keladigan, vakant o‘rin mavjud bo‘lgan 5 tagacha ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkin. Bunda oliy ta’lim muassasasi hamda ta’lim shakli — kunduzgi, kechki yoki masofaviy shakllardan birini tanlash imkoniyati mavjud. 📝 Mandat qabul yakunlanganidan so‘ng bir hafta ichida e’lon qilinadi. 🤩 Kanalga obuna bo'ling👇🏻 https://t.me/+_KEB856ucjZhZjUy

⚡️ Talabalarga ijara to‘lovlarining bir qismini qoplab berish tizimi haqida batafsil ma’lumot 1️⃣ Kimlarga qoplab beriladi? yotoqxona bilan qamrab olinmagan bo‘lishi kerak. Agar yotoqxonada joy bo‘lsa-yu, lekin talaba yotoqxonada turmasdan, ijaraga chiqib ketgan bo‘lsa, unda kompensatsiya berilmaydi; ➖ o‘ziga yoki ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo‘lmagan uyda ijarada turgan bo‘lishi kerak; ➖ davlat oliygohi talabasi bo‘lishi kerak, xususiy oliygoh talabalariga qoplab berilmaydi; ➖ O‘zbekiston fuqarosi yoki respublikada doimiy yashayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi kerak, xorijiy davlat fuqarosiga qoplab berilmaydi; ➖ faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan bo‘lishi kerak. Kechki, masofaviy, sirtqi, shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlarida o‘qiyotgan talabalarga qoplab berilmaydi; ➖ ro‘yxatga olingan doimiy yashash joyidan boshqa joyda (tuman, shahar miqyosida) yashayotgan bo‘lishi kerak. Masalan, Samarqand shahrida ro‘yxatda turgan talaba Samarqand shahridagi oliygohda o‘qisa, unga ijara to‘lovida kompensatsiya berilmaydi, lekin Kattaqo‘rg‘on tumanida ro‘yxatda turuvchi talabaga to‘lab berilishi mumkin; ➖ davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotganining farqi yo‘q, ikkalasiga ham qoplab beriladi. 2️⃣ Qancha kompensatsiya beriladi? Har oy uchun: ➖ Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari (412 ming so‘m); ➖ Boshqa hududlarda — yarim baravar (206 ming so‘m). 3️⃣ Ijara shartnomasi bo‘lishi shart Kompensatsiya olish uchun ijara.soliq.uz saytida hisobga qo‘yilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomasi bo‘lishi kerak, yo‘qsa kompensatsiya berilmaydi. Yagona istisno: 1-kurslarga dastlabki sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi so‘ralmasdan to‘lab beriladi. Noyabr oyidan esa 1-kurslarga ham ijara shartnomasi bo‘lishi kerak. Bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yashagan holatlarda, ularning barchasi ijara shartnomasida qayd etilgan bo‘lishlari shart. ❗️BU MUHIM: uyiga talabalarni ijaraga qo‘ygan fuqarolar ijarasi uchun daromad solig‘idan ozod qilinadi (Soliq kodeksi, 378-modda, 19-1-bandi). Shuning uchun talabalarni ijaraga qo‘yganlar, shartnomani rasmiylashtirishdan xavotir olmasa ham bo‘ladi, ular buning uchun soliq to‘lamaydi. 4️⃣ Kimlarga birinchi navbatda beriladi? — Ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lganlar; — o‘rnak ko‘rsatgan va faol talabalar birinchi navbatda moliyalashtiriladi. ❗️Ma’lumot uchun: qoidaga ko‘ra, ijara huquqi asosida yashaydigan davlat OTM talabalarining 60 foiziga kompensatsiya beriladi. Ya’ni bu degani, agar limit to‘lib qolsa, hammaga byudjetdan to‘lab berilmasligi ham mumkin. Ammo yetmay qolgan talabalarga universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari orqali qo‘shimcha moliyalashtirish ham mumkin. 5️⃣ Ariza qanday beriladi? Arizalar har oyning 7-sanasiga qadar onlayn topshirilishi kerak. Buning uchun: ➖ kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi; ➖ shaxsiy kabinetdan “Ijara to‘lovlari” bo‘limi tanlanadi; ➖ “Ariza yuborish” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi. 6️⃣ Rad etish asoslari Agar soxta hujjat topshirilgan bo‘lsa, manzil mos kelmasa yoki ariza muddatida berilmagan bo‘lsa — rad etiladi. Komissiya tomonidan doimiy ravishda ijara shartnomasini qalbakilashtirgan va noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etgan talabalar ro‘yxati shakllantirilib boriladi. Ushbu talabalar ro‘yxatiga tushgan talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish to‘xtatilishi mumkin. Rad etilgan taqdirda kamchilikni tuzatib, yana murojaat qilish mumkin. 7️⃣ Tugatilishi shartlari Agar talaba akademik ta’tilga chiqqan, kursda qoldirilgan yoki safdan chetlashtirilsa — to‘lov to‘xtatiladi. Ijara shartnomasi bekor qilinsa yoki manzil o‘zgarsa 3 ish kuni ichida xabar qilish kerak. ASOS: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi 605-son qarori. 🤩 Kanalga obuna bo'ling👇🏻 https://t.me/+_KEB856ucjZhZjUy

❗️Hukumatning tegishli (411-son, 29.07.2026 yil) qarori bilan, 2026 yildan boshlab: ➖ bakalavriat bosqichini imtiyozli diplom bilan bitirib, birinchi bor ta’lim tashkilotiga ishga kiradigan bitiruvchilarga — ikkinchi malaka toifasi; ➖ magistratura bosqichini bitirib, barcha fanlardan va attestatsiyadan “5” (a’lo) baho (90-100 ball) ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan hamda birinchi bor ta’lim tashkilotiga ishga kiradigan bitiruvchilarga — birinchi malaka toifasi beriladi. 🤩 Kanalga obuna bo'ling👇🏻 https://t.me/+_KEB856ucjZhZjUy

📌2026/2027-oʻquv yilidan boshlab Toshkent shahrida joylashgan oliy taʼlim tashkilotlarida birinchi smenadagi oʻquv mashgʻulotlari soat 08:00 da boshlanadi Mazkur tartib poytaxtda transport oqimini samarali tashkil etish, ertalabki va kechki tigʻiz vaqtlarda yoʻllardagi yuklamani kamaytirish hamda taʼlim jarayonini yanada maqbul tashkil etishga qaratilgan. Tartib 2026/2027-oʻquv yilidan boshlab Toshkent shahrida joylashgan oliy taʼlim tashkilotlarining birinchi smenasidagi oʻquv mashgʻulotlariga taalluqli. 🤩 Kanalga obuna bo'ling👇🏻 https://t.me/+_KEB856ucjZhZjUy

🇺🇿 Open Budjetga ishonchli ovoz olishni boshladik ! 🔡 1ta ovoz - 25 ming soʻm 🔡 5ta ovoz - 125 ming + 5 ming Ovoz berish: @Vazrlikdan Ovoz berish: @Vazrlikdan ⚙️ Tel Nomer: +998 50 876 38 06

⚡️ Kontraktni 4 qismga bo‘lib to‘lash mumkin To‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan talabalar kontraktni bir yil davomida 4 qismga bo‘lib to‘lashi mumkin: ➡️25% — 1-kurslar 15-sentyabrgacha, yuqori kurslar 1-oktyabrgacha ➡️50% — 1-yanvargacha ➡️75% — 1-martgacha ➡️100% — 1-maygacha ❗️Muddatlar uzaytirilishi mumkin. 1-kurslar uchun muddatni Davlat qabul komissiyasi, boshqa holatlarda OTM rektori belgilaydi. 🔰 Moliyaviy mustaqil davlat OTMlari va nodavlat oliygohlar kontrakt miqdori va muddatlarini o‘zlari belgilaydi. ‼️Super-kontrakt uchun ham bo‘lib to‘lash mumkin, ammo avval 50% to‘lov amalga oshirilishi kerak. 📝 Kontrakt to‘lovi bo‘yicha ariza kontrakt.edu.uz orqali yuboriladi. 🤩 Kanalga obuna bo'ling👇🏻 https://t.me/+_KEB856ucjZhZjUy

✋ TO'XTANG! Qo'lingizdagi lug'at daftarini sekin bir chetga surib qo'ying... IELTS Reading yoki SAT sinovlarida vaqt yetmay q
TO'XTANG! Qo'lingizdagi lug'at daftarini sekin bir chetga surib qo'ying... IELTS Reading yoki SAT sinovlarida vaqt yetmay qolishining asl sababi nima, bilasizmi? Grammatika emas, balki kam so'z boyligi tufayli har bir jumla ustida to'xtab, miyada uzoq tarjima qilishga majbur bo'lishingizdir. Lekin so'zlarni 10 martalab daftarga yozib, ikki kundan keyin unutib yuborish ham joningizga tegdi, to'g'rimi? Likki mobil ilovasi aynan shu muammoga chek qo'yadi! ⚡️
So'z yodlash endi og'ir vazifa emas, qiziqarli mini-o'yin: 🧩 VocabMatch: So'zlarni tezkorlik bilan moslashtirib, miyada sekin tarjima qilish odatidan butunlay xalos bo'ling. ⌨️ Klaviaturada terish: So'zni shunchaki tanlamay, klaviaturada terib yozasiz. Mushak xotirasi ishga tushib, imlodagi (spelling) xatolar barham topadi. 🃏 Interfaol flesh-kartalar: So'zlar qisqa muddatli xotiradan to'g'ridan-to'g'ri faol nutqqa va mustahkam xotiraga o'tadi. 🏆 Reyting va striklar (Streaks): Kuniga atigi 10 daqiqa telefonda bekorchi vaqt o'tkazish o'rniga, orzuingizdagi talabalik va yuqori ballga yaqinlashing!
🔗  https://play.google.com/store/apps/details?id=likkis.netlify.app 🔗  https://play.google.com/store/apps/details?id=likkis.netlify.app 🔗  https://play.google.com/store/apps/details?id=likkis.netlify.app

#Apellatsiya O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlari yuzasidan apellatsiya arizalari qabul qilinmoqda 📝 Tala
#Apellatsiya
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlari yuzasidan apellatsiya arizalari qabul qilinmoqda
📝 Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlaridan respublikadagi davlat va nodavlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlardan apellatsiya arizalari qabul qilinmoqda. 💼 Apellatsiya arizalari 27-avgustga qadar (shu kuni ham) my.uzbmb.uz sayti orqali (talabgorning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinadi. ✅ Talabgor apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlashtirilmagan bo‘lishi lozim. 📨 Apellatsiya arizasini bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi. ⛳ Talabgor xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va ruxsatnoma bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi lozim. 🤩 Kanalga obuna bo'ling👇🏻 https://t.me/+_KEB856ucjZhZjUy

Bu yil abituriyentlar eng ko‘p qaysi universitet va yo‘nalishlarni tanladi? 📌Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, abituriyentlar tanlovida uchta oliy taʼlim tashkiloti yetakchilik qilgan:  
✔️ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (TDIU);
✔️ Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti (OʻzDJTU);
✔️ Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti (OʻzMU).
  Abituriyentlar eng koʻp qiziqish bildirgan yo‘nalishlar orasida:  
✔️ Davolash ishi;
✔️ Iqtisodiyot;
✔️Filologiya va tillarni oʻqitish: ingliz tili bor.
  📑Shuningdek, joriy yilgi oʻrtacha oʻtish ballari davlat granti asosida 134,6 ball, toʻlov-kontrakt boʻyicha esa 93,7 ballni tashkil etgan. 🤩 Kanalga obuna bo'ling👇🏻 https://t.me/+_KEB856ucjZhZjUy

❗️Kontrakt pulidan 12% qaytarib beriladi. Xattoki xususiy universitetdan ham! Aytaylik, siz yillik 10 mln so'm kontrakt to'lagan bo'lsangiz, bemalol 1.2 mln so'mni qaytarib olishingiz mumkin. 4 yilda 40 mln to'lagan bo'lsangiz, demak 4.8 mln so'mni qaytarib olishingiz mumkin! Soliq chegirmasini olish uchun to‘lov quyidagilar hisobidan amalga oshirilganda taqdim etiladi: 👉 o‘z mablag‘lari; 👉 jismoniy shaxsga tijorat banklari tomonidan berilgan ta’lim kreditlari; 👉 yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag‘lari.
⚠️ To‘lov ish haqidan emas, mustaqil amalga oshirilganda yillik daromad to‘g‘risidagi deklarasiyani topshirgan holda soliq chegirmasidan foydalanish mumkin.
Soliq chegirmasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlash uchun quyidagilar taqdim etiladi: 👉 to‘lovli-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma nusxasi; 👉 bank bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi; 👉 OTM hisob raqamiga pul mustaqil to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi; 👉 pasport nusxasi va talabaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi nusxasi. ✅ Huquqiy asos: lex.uz/docs/-4674902 Eslatma: Bu qaytarib olinayotgan pul aslida davlatga har oy oylik olganda oyligingizdan ushlab qolinadigan (podoxod) soliqlaringizdir. Agar siz rasmiy ishda ishlamagan bo'lsangiz, yoki qaytarib olishingiz kerak bo'lgan summaga mos soliqni davlatga to'lamagan bo'lsangiz bu imkoniyatdan umuman yoki to'la foydalana olmaysiz. Shunaqa gaplar. Talabalarga tarqating! 🤩 Kanalga obuna bo'ling👇🏻 https://t.me/+_KEB856ucjZhZjUy

⚡️ OVOZ BERING — PUL ISHLANG! 💸 🥶 Har bir bergan ovozingiz uchun 25 000 so‘mgacha to‘lov qilinadi 🇺🇿 Qimmat sotaman deb m
⚡️ OVOZ BERING — PUL ISHLANG! 💸 🥶 Har bir bergan ovozingiz uchun 25 000 so‘mgacha to‘lov qilinadi 🇺🇿 Qimmat sotaman deb masheniklarga soxta botlarga aldanib qolmang! 💪 Agar to‘lovingiz 5 daqiqadan kechiksa — sizga 1 000 000 so‘mgacha BONUS beriladi! ⭐️ To‘lovlar 1–2 soniya ichida avtomatik amalga oshiriladi! 🔐Ishonchli loyiha: “Rasmiy Jamoa” 5 yildan beri faol — bu fake yoki aldov emas! Murojaat uchun : @Ra1mqulov @Ra1mqulov 📞 +998 99 903 53 18

"Perevodchilar" qachondan oʻqishni boshlaydi? 👫 Hozirgi kunda koʻplab perevodchilarni qiynayotgan savollardan biri bu albatta ularga qachondan oʻqish boshlanishi. Demak, ushbu savolga biz javob beramiz! Postni diqqat bilan oʻqisangiz savolingizga javob olasiz! ➡️ Xorijiy va nodavlat taʼlim muassasalaridan davlat oliy taʼlim muassasalariga yetarli ball toʻplab oʻqishini koʻchirayotgan talabgorlar avvalo koʻchirib oʻtkazayotgan OTMdan aloqa xatini olishlari kerak boʻladi. ➡️ Shu bilan bir qatorda davlat oliygohining biridan ikkinchisiga oʻqishini koʻchirishga tavsiya etilgan talabgorlar ham huddi shunday koʻchirayotgan OTMdan aloqa xatini olishlari kerak! (OTM xoxlasa aloqa xatini shaxsan talabaga beradi yoki avvalgi oliygohiga pochta orqali yuboradi) 📋 Aloqa xatini olgan talabgorlar koʻpi bilan 10 kun muddat ichida avvalgi oʻqish joylaridan kerakli hujjatlarni olib kelishlari kerak boʻladi. 🧮 Hujjatlarni olib kelgan talabgorlarga yoʻnalishi kiruvchi fakultet tomonidan fanlar farqi chiqarib beriladi va shu boʻyicha ularning oʻquv bosqichlari belgilanadi. 🖌 Shundan soʻng, ular 15-oktyabrga qadar toʻlov-shartnomaning 25%i toʻlov qilishlari kerak boʻladi. Aks xolda, talabgorlar talabalar safiga qabul qilinmaydi! Talabalarni dars jarayoni qaysi sanadan boshlab kirgizish oliygoh tomonidan mustaqil belgilanadi.
📌 Xulosa qilib aytganda, siz aloqa xatini olib qancha tezroq hujjatlaringizni olib kelsangiz va kontrakt toʻlovini amalga oshirsangiz, shuncha tezroq sizga talabalar safiga qabul qilish boʻyicha buyruq chiqadi.
Eslatma: Perevodchilar uchun alohida guruh yoki alohida kurs ochiladi degan gap yoʻq! Perevodchilar sonidan kelib chiqib ularga yangi guruh ochilishi yokida mavjud guruhlarga qoʻshib yuborilishi mumkin! 🤩 Kanalga obuna bo'ling👇🏻 https://t.me/+_KEB856ucjZhZjUy

📹 Vakant kvota uchun OTM va yo‘nalish tanlash uchun videoyo‘riqnoma Ushbu bosqich tanlovda ishtirok etuvchilarni mazkur videoqo‘llanma bilan tanishib chiqishlari tavsiya etiladi. 🤩 Kanalga obuna bo'ling👇🏻 https://t.me/+_KEB856ucjZhZjUy

🇺🇿 Tashkent International University Andijon kampusida 2026/2027-o‘quv yili uchun Kiberxavfsizlik yo‘nalishiga qabul davom etmoqda! ⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️ TIUda mavjud ta'lim yo‘nalishlari haqida ma'lumot 📞Murojaat uchun: +998-74-200-55-55 📍Manzil:Andijon shahri, Cho‘lpon shoh ko‘chasi, 3-uy. 🔵 Ro'yxatdan o'tish uchun ⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️ 💻 ➡️➡️ qabul.tiuac.uz ◀️◀️ 😀Instagram 🎞YouTube 📝Facebook 💬Telegram

⚡️Fargʻona davlat universitetiga oʻqishini koʻchirganlar diqqatiga! Agarda siz FarDUga oʻqishingizni koʻchirgan boʻlsangiz ho
⚡️Fargʻona davlat universitetiga oʻqishini koʻchirganlar diqqatiga! Agarda siz FarDUga oʻqishingizni koʻchirgan boʻlsangiz hozirdan fanlar farqini solishtirish imkoni bor. Sizga shunday sayt topib qoʻydim. Oliygohning rasmiy sahifasidagi quyidagi linki https://fdu.uz/talabalar_talim_dasturlari orqali barcha ta'lim yoʻnalishlaridagi oʻquv dasturlarini koʻrishingiz va oʻtgan fanlaringiz bilan solishtirishingiz mumkin
O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
🌍 @Talimgaoid_perevod

⚡️Aytishlaricha, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (narxoz) rahbariyati 2026/2027 oʻquv yili uchun kontrakt summalarini 15% gacha koʻtarish rejalashtirmoqda. Bu esa avtomatik ravishda ushbu oliygohda super kontrakt miqdorlari ham oshishiga olib keladi. 🤩 Kanalga obuna bo'ling👇🏻 https://t.me/+_KEB856ucjZhZjUy

🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟 😎 Open budjetga 1ta ovoz bor kantrakimni toʻlab berganga bervoraman !

⚡️ HAR IKKITA VAKANT OʻRINDAN BITTASI — MATEMATIKA + FIZIKA! Qoʻshimcha qabul uchun qolgan 31 833 ta boʻsh oʻrinning 16 240 tasi, yaʼni 51 foizi matematika + fizika fanlar majmuasiga tegishli. Keyingi oʻrinlarda: 🔹 Matematika + kimyo — 3 576 ta 🔹 Biologiya + ona tili — 3 531 ta 🔹 Ijodiy imtihon ×2 — 3 244 ta 🔹 Biologiya + kimyo — 2 824 ta 📊 Ushbu 5 ta fanlar majmuasining oʻzi barcha vakant oʻrinlarning 92% dan ortigʻini tashkil qilmoqda. ❗️Raqamlar shuni koʻrsatyaptiki, ayniqsa texnik va muhandislik yoʻnalishlarida boʻsh kvotalar juda koʻp. Yoshlar bu sohalarda oʻqishni istashmayatimi? 🤩 Kanalga obuna bo'ling👇🏻 https://t.me/+_KEB856ucjZhZjUy

❗️Vakant joylar ro’yxati e’lon qilindi #abituriyent 2026-2027-oʻquv yili qoʻshimcha tanlov uchun vakant oʻrinlar mavjud bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati shakllantirildi. Roʻyxatda KUNDUZGI, KECHKI va MASOFAVIY ta'lim shakllari bo'yicha OTMlarning umumiy qabul parametrlari doirasida qolgan vakant (bo‘sh) o‘rinlar taqsimoti keltirilgan. OTMlar, taʼlim yoʻnalishlari, taʼlim shakli, taʼlim tili kesimida amalga oshirilgan vakant oʻrinlar taqsimoti va fanlar majmuasi bilan yuqorida berilgan PDF fayl orqali batafsil tanishish mumkin. 🤩 Kanalga obuna bo'ling👇🏻 https://t.me/+_KEB856ucjZhZjUy