en
Feedback
ILMGA INTILGANLAR. MTT XODIMLARI.

ILMGA INTILGANLAR. MTT XODIMLARI.

Open in Telegram

Ilmga intilgan pedagog, doimo oʻzidan qoniqib yashaydi. Oynisa Botirovna. Oliy toifa, 70/ustama nomzodi, Respublika " Yil tarbiyachisi kasbiy koʻrik tanlovi 2026" gʼolibasi. Vazir jamgʻarmasi nomzodi. Maqsadim: tarbiyachi pedagogga yordam berish❤️

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
1 539
Subscribers
+2224 hours
+2787 days
+61130 days
Posts Archive
Ovoz bormi ustoz???

+2
🌟📚 FARZANDINGIZNING BILIM OLISHGA BO‘LGAN ILK QADAMI SHU KITOBLARDAN BOSHLANSIN! 📖 Ushbu ish daftarlari “Ilk qadam” milliy o‘quv dasturi hamda maktabgacha ta’lim davlat talablari asosida tayyorlangan. Bolajonlar uchun ta’lim jarayonini qiziqarli, zavqli va samarali qilish maqsadida kitoblarga turli xil rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar jamlangan. 💛 🔢 MATEMATIKA Sonlar, shakllar, sanash, taqqoslash va matematik tasavvurlarni rivojlantiruvchi qiziqarli topshiriqlar. 🗣️ NUTQ O‘STIRISH Bolaning so‘z boyligini kengaytirish, tafakkurini rivojlantirish va o‘z fikrini ravon ifodalashiga yordam beruvchi mashqlar. 🔤 SAVODXONLIK Tovush va harflarni tanish, farqlash hamda dastlabki savodxonlik ko‘nikmalarini shakllantiruvchi topshiriqlar. 🧩 MANTIQIY O‘YINLAR Kuzatish, fikrlash, taqqoslash va mustaqil xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. 🎲 DIDAKTIK O‘YINLAR Bilimlarni o‘yin orqali oson, qiziqarli va samarali o‘zlashtirishga yordam beradi. 🧠✨ QIZIQARLI NEYROO‘YINLAR Telegram orqali murojaat qiling: 👉 @Tulayeva_Lola

Voice message01:49

Voice message01:14

Repost from MaktabgachaHub
​⭐️MAKTABGACHAHUB'DA YANGI BEPUL TEST! Tarbiyachi va metodistlar diqqatiga! Platformamizga yangilangan "Ilk qadam" davlat das
​⭐️MAKTABGACHAHUB'DA YANGI BEPUL TEST!
Tarbiyachi va metodistlar diqqatiga! Platformamizga yangilangan "Ilk qadam" davlat dasturi bo‘yicha 60 ta savoldan iborat yangi test qo‘shildi.
​🎁Eng muhimi: Ushbu test barcha foydalanuvchilar uchun MUTLAQO BEPUL! 💻​Imkoniyatni boy bermang:
1️⃣. Bilimingizni sinab ko‘ring 2️⃣. Attestatsiyaga tayyorgarlik darajangizni aniqlang 3️⃣. Qulay onlayn formatda ishlang
​👉Hoziroq platformaga kiring va testni topshiring: @MaktabgachaHub_bot 😎@MaktabgachaHub Bog‘chada asabingizni emas obro‘yingizni ko‘taring

Repost from MaktabgachaHub
@MaktabgachaHub_bot qanday chiroyli bo'ldi kirib ko'ring😍
@MaktabgachaHub_bot qanday chiroyli bo'ldi kirib ko'ring😍

10-test. Pedagog 6–7 yoshli bolalarning mustaqil faoliyatini kuzatish jarayonida quyidagi holatlarni qayd etdi: Bola berilgan
10-test. Pedagog 6–7 yoshli bolalarning mustaqil faoliyatini kuzatish jarayonida quyidagi holatlarni qayd etdi: Bola berilgan vazifani bajarishda ko`p usulni ko‘rib chiqdi, o‘ziga ma’qul yo‘lni tanladi, bajarilgan ish natijasini baholadi va keyingi faoliyati uchun xulosa chiqardi. Guruhdagi ikki bola o‘rtasida qarama-qarshi fikr yuzaga kelganda, bola o‘z nuqtayi nazarini bildirish bilan birga sherigining fikrini tingladi va ikkala tomon uchun maqbul yechim topishga intildi. Bola kuzatilayotgan hodisaning sababini oldindan taxmin qildi, tajriba orqali ushbu taxminni tekshirdi, olingan natijalarni dastlabki farazi bilan taqqosladi va yangi xulosaga keldi. Bola bir masala bo‘yicha berilgan turli ma’lumotlarni taqqosladi, ularning asoslanganlik darajasini baholadi va o‘z xulosasini dalillar yordamida himoya qildi. Vaziyatlarni 6–7 yoshli bolaning umumiy tayanch kompetensiyalariga moslashtiring. a) Shaxsiy b) Ijtimoiy c) Bilish d) Tanqidiy fikrlash A) 1-d, 2-a, 3-c, 4-b B) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c C) 1-a, 2-b, 3-c,4-d

9-test. Kompleks pedagogik tahlil Pedagog bolaning boshlang‘ich ta’limga tayyorgarligini baholamoqda. Bola matnni tinglab tus
9-test. Kompleks pedagogik tahlil Pedagog bolaning boshlang‘ich ta’limga tayyorgarligini baholamoqda. Bola matnni tinglab tushunadi, o‘z fikrini bayon qiladi, tengdoshlari bilan hamkorlik qiladi va oddiy hisob-kitoblarni bajara oladi. Shu bilan birga, yangi muammoli vaziyatda mustaqil yechim tanlashda ikkilanishi, o‘z qarorini asoslashda esa qiynalishi kuzatildi.
Pedagog keyingi rivojlantiruvchi faoliyatni rejalashtirishda qaysi yo‘nalishni ustuvor deb bilishi kerak?
A) Nutqiy faoliyatni kuchaytirish, chunki bolaning fikrini og‘zaki ifodalash qobiliyati boshlang‘ich ta’limning asosiy sharti hisoblanadi B) Ijtimoiy faoliyatni kengaytirish, chunki guruhda hamkorlik qilish ko‘nikmalari mustahkamlanishi zarur C) Bilish faoliyatini kuchaytirish, chunki bolaning yangi ma’lumotlarni mustaqil izlash qobiliyati shakllanmagan D) Muammoli vaziyatlar asosida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, chunki mavjud bilimlardan foydalanib mustaqil xulosa chiqarish va qarorni asoslash keyingi ta’limga tayyorgarlikni kuchaytiradi

8-test. Sabab–oqibat va natijani baholash 6–7 yoshli bolalar bilan “Qaysi yo‘l bilan suv tezroq oqadi?” tajribasi o‘tkazildi.
8-test. Sabab–oqibat va natijani baholash 6–7 yoshli bolalar bilan “Qaysi yo‘l bilan suv tezroq oqadi?” tajribasi o‘tkazildi. Dastlab bolalar o‘z taxminlarini aytdilar, keyin turli sharoitlarni sinab ko‘rdilar va natijalarni taqqosladilar. Ayrim bolalar dastlabki taxmini tajriba natijasiga mos kelmaganini aniqladilar.
Mazkur jarayonning kompetensiyaviy ahamiyati nimada
A) Bolalar tayyor bilimni o‘zlashtirishdan ko‘ra kuzatish, gipoteza ilgari surish, tajriba o‘tkazish va natija asosida xulosa chiqarish orqali bilish faoliyatini chuqurlashtirdilar B) Bolalar asosan kommunikativ faoliyatni rivojlantirdilar, chunki tajriba natijalarini bir-birlariga aytib berdilar C) Bolalar shaxsiy kompetensiyani egalladilar, chunki tajribada mustaqil qatnashish ularda o‘ziga ishonchni oshirdi D) Bolalar ijtimoiy kompetensiyani rivojlantirdilar, chunki tajriba jarayonida guruh qoidalariga rioya qildilar

7-test. Pedagogik vaziyatni tahlil qilish Mashg‘ulot davomida ikki bola bir xil materialdan turlicha shakl yasadi. Bir bola i
7-test. Pedagogik vaziyatni tahlil qilish
Mashg‘ulot davomida ikki bola bir xil materialdan turlicha shakl yasadi. Bir bola ikkinchisining ishini “noto‘g‘ri” deb baholadi. Pedagog vaziyatdan kompetensiyaviy rivojlanish imkoniyati sifatida foydalanmoqchi. Qaysi pedagogik harakat eng maqbul?
A) To‘g‘ri bajarilgan ishni namuna sifatida belgilab, ikkinchi bolaga uni qayta bajarishni tavsiya qilish B) Har ikkala yechimni muhokama qildirib, bolalardan o‘z tanlovlarini tushuntirish va bir-birining qarashlarini hurmat qilishni so‘rash C) Bahsni to‘xtatib, bolalarga bir xil namunani berish va topshiriqni yagona usulda bajarishni tashkil etish D) Bolalarning ishlarini pedagogning o‘zi baholab, qaysi yechim samaraliroq ekanini tushuntirib berish

6-test. Kompetensiyani kompleks qo‘llash Pedagog “Do‘kon” syujetli-rolli o‘yinini tashkil etdi. Bolalar mahsulotlarni sanaydi
6-test. Kompetensiyani kompleks qo‘llash
Pedagog “Do‘kon” syujetli-rolli o‘yinini tashkil etdi. Bolalar mahsulotlarni sanaydilar, xaridor va sotuvchi rollarini taqsimlaydilar, navbatga rioya qiladilar, narxlarni taqqoslaydilar hamda xarid uchun kerakli miqdorni mustaqil hisoblaydilar. Faoliyat yakunida pedagog bolalarning bir nechta kompetensiyasi birgalikda namoyon bo‘lganini aniqladi. Ushbu holatni eng to‘liq izohlagan javobni belgilang.
A) Asosan kommunikativ kompetensiya shakllangan, chunki bolalar rollar asosida muloqot qilganlar B) Bilish va tanqidiy fikrlash kompetensiyalari ustun bo‘lgan, chunki bolalar hisob-kitob va taqqoslashni bajarganlar C) Kommunikativ, ijtimoiy, shaxsiy va bilish kompetensiyalari real hayot mazmunidagi yagona faoliyatda o‘zaro bog‘langan D) Ijtimoiy kompetensiya shakllangan, chunki bolalar umumiy qoidalarga amal qilib, rollarni taqsimlaganlar

5-test. Pedagogik qaror qabul qilish Bola ertak mazmunini yaxshi tushunadi va savollarga javob beradi. Unga voqea asosida mus
5-test. Pedagogik qaror qabul qilish
Bola ertak mazmunini yaxshi tushunadi va savollarga javob beradi. Unga voqea asosida mustaqil hikoya tuzish, qahramonning qarorini baholash yoki voqeaning boshqa yakunini taklif qilish topshirilganda esa qiynaladi. Pedagog bolaning mavjud bilimini yuqoriroq darajadagi kompetensiyaga aylantirish uchun qaysi yondashuvni tanlashi samaraliroq?
A) Ertakni bir necha marta qayta o‘qib, qahramonlar va voqealarni yod oldirish B) Matndagi yangi so‘zlarni ko‘paytirish va ularning ma’nosini izohlash orqali lug‘at boyligini kengaytirish C) Matn mazmunini tayyor savol-javoblar yordamida mustahkamlab, to‘g‘ri javob berish ko‘nikmasini takomillashtirish D) Bolani voqealarni qayta tuzish, qahramon xatti-harakatiga baho berish, muqobil yakun yaratish va o‘z fikrini asoslashga undash

4-test. Sabab–oqibatni aniqlash 6–7 yoshli bola topshiriqni bajarishda kattalarning tayyor ko‘rsatmasini kutadi. Muammoli vaz
4-test. Sabab–oqibatni aniqlash
6–7 yoshli bola topshiriqni bajarishda kattalarning tayyor ko‘rsatmasini kutadi. Muammoli vaziyatda o‘z yechimini taklif qilishdan ko‘ra, boshqa bolalarning javoblarini takrorlaydi. Pedagog uning mustaqil fikrlashini rivojlantirish uchun topshiriqlarni qanday o‘zgartirsa, kompetensiyaviy yondashuvga ko‘proq mos keladi?
A) Tayyor algoritmni batafsil tushuntirib, bolaning xatoga yo‘l qo‘yish ehtimolini kamaytirish B) Muammoli vaziyat yaratib, bolaning taxmin qilishi, variantlarni taqqoslashi, xulosa chiqarishi va o‘z qarorini asoslashiga sharoit yaratish C) Murakkab topshiriqlarni kamaytirib, asosan eslab qolishga asoslangan mashqlar sonini ko‘paytirish D) Tengdoshlari bergan javoblarni kuzatish va takrorlash orqali bolaning topshiriqni bajarish tezligini oshirish

3-test. Moslashtirish Pedagog 6–7 yoshli bolalarning individual rivojlanish xususiyatlarini hisobga olib, quyidagi faoliyatla
3-test. Moslashtirish Pedagog 6–7 yoshli bolalarning individual rivojlanish xususiyatlarini hisobga olib, quyidagi faoliyatlarni rejalashtirdi: Bola his-tuyg‘ularini vaziyatga mos ifodalashi uchun rolli vaziyat tashkil etish. Muammoli savol berib, bir nechta ehtimoliy yechimlarni taqqoslatish. Bola o‘zining kuchli va rivojlantirilishi zarur jihatlari haqida fikr yuritishi uchun refleksiv suhbat o‘tkazish. Guruhdagi umumiy qarorni ishlab chiqishda tengdoshlarning fikrlarini hisobga olishga yo‘naltirish.
Ushbu faoliyatlarni tegishli tayanch kompetensiyalar bilan moslashtiring.
a) Ijtimoiy b) Shaxsiy c) Tanqidiy fikrlash d) Ijtimoiy-hissiy mazmun bilan bog‘liq shaxsiy rivojlanish A) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a B) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d C) 1-a, 2-c, 3-d, 4-b D) 1-d, 2-b, 3-a, 4-c

2-test. Bilimni yangi sharoitga ko‘chirish Pedagog bolalarga “Tabiatni asraymiz” loyihasini taklif qildi. Bolalar atrof-muhit
2-test. Bilimni yangi sharoitga ko‘chirish
Pedagog bolalarga “Tabiatni asraymiz” loyihasini taklif qildi. Bolalar atrof-muhitdagi muammoni kuzatdilar, chiqindilarni guruhlarga ajratdilar, ularning tabiatga ta’siri haqida taxminlar bildirdilar va muammoni kamaytirish yo‘llarini taklif qildilar. Ushbu faoliyatni kompetensiyaviy yondashuv nuqtayi nazaridan eng to‘g‘ri tavsiflang.
A) Bolalar mavjud bilimlarini real hayotiy vaziyatga tatbiq etib, kuzatish, taxmin qilish, tahlil va yechim izlash orqali bilish kompetensiyasini namoyon etdilar B) Bolalar asosan ijtimoiy qoidalarga amal qilib, jamoada ishlash orqali ijtimoiy kompetensiyani rivojlantirdilar C) Bolalar ijodiy g‘oyalarni ilgari surganlari sababli faoliyatning asosiy natijasi ijodiy rivojlanish bilan belgilanadi D) Bolalar o‘z fikrlarini guruhga tushuntirgani uchun faoliyatning asosiy mazmuni kommunikativ kompetensiyani shakllantirishdan iborat

Kanalimiz🏆🏆🏆 https://t.me/Ilmga_intilganlar Gruhimiz💥💥💥💥 https://t.me/+IlZKi3tjmq4yNmEy Murojaat uchun @BozorovaSaidab
Kanalimiz🏆🏆🏆 https://t.me/Ilmga_intilganlar Gruhimiz💥💥💥💥 https://t.me/+IlZKi3tjmq4yNmEy Murojaat uchun @BozorovaSaidabonu @OynisaObidova

Repost from MaktabgachaHub
⭐️Tarbiyachilar va DMTT xodimlari uchun doimiy yangilanib boruvchi metodik bazaga xush kelibsiz! ​"Manba" — maktabgacha ta'li
⭐️Tarbiyachilar va DMTT xodimlari uchun doimiy yangilanib boruvchi metodik bazaga xush kelibsiz! ​"Manba" maktabgacha ta'lim sohasi xodimlari uchun yaratilgan zamonaviy, interaktiv va qulay raqamli platforma! ​Nima uchun aynan "Manba"?
💻Doimiy yangilanuvchi adabiyotlar: Baza to'xtovsiz boyitib boriladi — kerakli metodik qo'llanmalar, me'yoriy hujjatlar va ish faoliyatingiz uchun zarur materiallar har doim qo'lingiz ostida.
🔥Amaliy va sodda uslub: Qonunchilik va o'quv materiallari quruq nazariya emas, aniq qadamlar va amaliy maslahatlar shaklida berilgan.
⚡️Tezkor testlar va o'sish: Har bir mavzu bo'yicha bilimlarni darhol tekshirib, o'zlashingizni oson kuzatib borasiz.
❤️Vaqtingizni tejang, doimiy yangi adabiyotlar va tayyor metodikalarga bitta platformada ega bo'ling! ​👉Platformaga kirish: https://attestatsiyaosonku.vercel.app/ Platformaga kirish uchun sizda maxsus kod bo'lishi kerak! 😎Kodni olish uchun:@AzadiB_way 😄@MaktabgachaHub Bog‘chada asabingizni emas obro‘yingizni ko‘taring

record.ogg18.12 MB