en
Feedback
OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI XAVFSIZLIGI QO'MITASI

OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI XAVFSIZLIGI QO'MITASI

Open in Telegram

O‘zbekiston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasining rasmiy kanali

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
3 981
Subscribers
+1824 hours
+717 days
+58330 days
Posts Archive
📈 Ohangaron tumanida qishloq xo‘jaligi eksporti 106,8 foizdan ortdi 🛡 Tashqi bozorga chiqarilayotgan har bir eksport partiy
+4
📈 Ohangaron tumanida qishloq xo‘jaligi eksporti 106,8 foizdan ortdi 🛡 Tashqi bozorga chiqarilayotgan har bir eksport partiyasi ortida mahsulotning xavfsizligi, fitosanitar talablarga muvofiqligi va uning tashqi bozorda qabul qilinishi uchun zarur nazorat jarayonlari turadi. ✔️ Ohangaron tumanida joriy yil uchun belgilangan 17 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti rejasi 18 150 tonna natija bilan, ya’ni 106,8 foizga bajarildi. 🤝 Tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida mahsulotni yetishtirish jarayonidan boshlab eksportga tayyorlashgacha bo‘lgan bosqichlarda karantin xizmati hamroh. Asosiy e’tibor ichki va tashqi bozor uchun yetishtiriladigan mahsulotlarni zararkunanda va o‘simlik kasalliklaridan xoli tarzda tayyorlashga ko‘maklashish, xalqaro talablar va standartlardan boxabar etish va mahsulotlarni eksportga chiqarishda yordamlashishga qaratilgan. 🤩 Eksport oldidan amalga oshiriladigan fitosanitar nazorat mahsulot xavfsizligi va tashqi bozorda unga bo‘lgan ishonchni ta’minlovchi mexanizmdir. 🌐Telegram 💬Facebook 📷 Instagram 📺Youtube Twitter

🌐 Lissabonda 9-Butunjahon One Health kongressida O‘zbekiston tajribasi muhokama etilmoqda 🛡 Bugun dunyoda inson salomatligi
+4
🌐 Lissabonda 9-Butunjahon One Health kongressida O‘zbekiston tajribasi muhokama etilmoqda 🛡 Bugun dunyoda inson salomatligiga xavf soluvchi ko‘plab omillarni birgina soha doirasida hal etib bo‘lmaydi. ⚠️ Masalan, qushlar orasida tarqalayotgan virus parrandachilik bilan cheklanib qolmaydi. Antibiotiklarga chidamlilik inson tibbiyoti va veterinariya o‘rtasida chegara tanlamaydi. Iqlim o‘zgarishi, bioxilma-xillikning kamayishi va atrof-muhitning degradatsiyasi esa bir vaqtning o‘zida inson, hayvon va o‘simliklar salomatligiga ta’sir ko‘rsatadi. 🌍 Shuning uchun xalqaro maydonda "Yagona salomatlik" — One Health yondashuviga e’tibor tobora kuchaymoqda. 🇵🇹 Ayni kunlarda Lissabonda bo‘lib o‘tayotgan 9-Butunjahon One Health kongressida ham asosiy e’tibor ushbu yondashuvni umumiy bayonotlardan amaliy harakatlarga o‘tkazishga qaratilmoqda. ✅ One Healthinson, hayvon, o‘simlik va atrof-muhit salomatligini alohida emas, balki yagona tizim sifatida ko‘rish degani. ✅ Bunda veterinariya xizmatlari, sog‘liqni saqlash tizimi, o‘simliklarni himoya qilish va karantin organlari, ekologik tuzilmalar, ilmiy muassasalar, tadbirkorlar va jamoatchilik o‘zaro hamkorlikda ishlaydi. ✅ Kongressning "Yagona salomatlik" bo‘yicha milliy darajadagi rejalarni amalga oshirishga bag‘ishlangan sessiyasida O‘zbekiston, Singapur va Malavining tajribasi muhokama qilinmoqda. Bu esa O‘zbekistonda inson, hayvon, o‘simlik va atrof-muhit salomatligi bilan bog‘liq xavflarni kompleks boshqarish masalalari xalqaro hamjamiyat e’tiborida ekanini ko‘rsatadi. 🌐Telegram 💬Facebook 📷 Instagram 📺Youtube Twitter

🇺🇿 🇬🇪 Gruziyadan bodom, o‘rmon yong‘og‘i va sitrus mahsulotlari importiga ruxsat berish masalasi muhokama etildi 🤝 O‘zbe
+5
🇺🇿 🇬🇪 Gruziyadan bodom, o‘rmon yong‘og‘i va sitrus mahsulotlari importiga ruxsat berish masalasi muhokama etildi 🤝 O‘zbekiston Respublikasi Oziq-ovqat xavfsizligi qo‘mitasi raisining o‘simliklar himoyasi va karantini bo‘yicha o‘rinbosari Jamshid Urunov Gruziya Milliy oziq-ovqat agentligi rahbari o‘rinbosari Zurab Lipartia bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi. 💬 Muloqotda ikki davlat o‘rtasida fitosanitar hamkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining o‘zaro eksporti va importi uchun qulay sharoit yaratish, shuningdek, mahsulotlar xavfsizligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. ✅ Uchrashuv avvalida Qo‘mita raisi o‘rinbosari Jamshid Urunov O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan institutsional islohotlar doirasida Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi tashkil etilgani, bu orqali oziq-ovqat xavfsizligi, fitosanitariya va veterinariya sohalaridagi asosiy vazifalarni yagona davlat boshqaruvi va nazorat tizimi asosida muvofiqlashtirish imkoniyati yaratilganini ta’kidladi. 🤩 Muloqotda Gruziya tomoni O‘zbekistonga olma, sitrus mevalari, shaftoli, nektarin, golubika, funduk, bodom va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishdan manfaatdor ekanini ma’lum qildi. 🤩 O‘zbekistonda amaldagi tartib-taomillar doirasida yangi turdagi mahsulotlar uchun bozorga kirish imkoniyatlarini yaratish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi. 🟦 Shuningdek, Qo‘mita mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan fitosanitar xavf tahlili natijalariga ko‘ra, Gruziyadan funduk, bodom va sitrus mahsulotlarini O‘zbekistonga import qilishga ruxsat berilgani ma’lum qilindi. ✒️ Kelgusida olma, shaftoli, nektarin va golubika importi uchun zarur fitosanitar talablarni belgilash maqsadida Gruziya tomoni tegishli texnik ma’lumotlarni taqdim etganidan so‘ng fitosanitar xavf tahlilini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi. 🤝 Shuningdek, Gruziyada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish maydonlari va eksportga tayyorlovchi korxonalar holatini o‘rganish maqsadida O‘zbekistonlik mutaxassislar ishtirokida qo‘shma inspeksiya tashkil etishga Gruziya tomoni tayyor ekanini bildirdi. 🛡 Bunday inspeksiyalar eksport uchun mo‘ljallangan mahsulotlarning fitosanitar holati, ularni ishlab chiqarish va saqlash jarayonlari, karantin obyektlaridan xoli ekani hamda belgilangan fitosanitar talablarga muvofiqligini joyiga chiqqan holda o‘rganish imkonini beradi. 🤩 Ma’lumot uchun: bugungi kunda fitosanitar sertifikat asosida O‘zbekistondan Gruziyaga barcha turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish imkoniyati mavjud. 🌐Telegram 💬Facebook 📷 Instagram 📺Youtube Twitter

✅ Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasida xalqaro ekspert Suvra Chakraborti bilan uchrashuv o‘tkazildi 🤝 O‘zbekiston
+5
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasida xalqaro ekspert Suvra Chakraborti bilan uchrashuv o‘tkazildi 🤝 O‘zbekiston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi raisi Azizbek Urunov xalqaro ekspert, AMC Overseas FZE direktori Suvra Chakraborti bilan uchrashdi. 💬 Muloqotda O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari eksport salohiyatini yanada oshirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar va eksportchilarning xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish hamda eksport jarayonlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish masalalari muhokama qilindi. 📈 Xususan, mahalliy eksportchilar uchun amaliy bilim va ko‘nikmalarni oshirish, xalqaro bozorlarni chuqur tahlil qilish, xorijiy xaridorlarni aniqlash va ular bilan samarali muzokaralar olib borish, logistika va bojxona jarayonlarini to‘g‘ri tashkil etish, mahsulotlarni xalqaro standartlar asosida sertifikatlash va hujjatlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🌎 Shuningdek, eksport jarayonida mahsulotning nafaqat sifat ko‘rsatkichlari, balki uning qadoqlanishi, saqlanishi, logistika zanjiri va qo‘shilgan qiymatini oshirish ham muhim omil ekani qayd etildi. Bu yo‘nalishlarda xalqaro tajribani O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish va tadbirkorlarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan fikr almashildi. 👨‍🏫 Eslatib o'tamiz, xalqaro ekspert Suvra Chakraborti ishtirokida 2025-2026-yillar davomida hududlarda dehqon va fermer xo'jaliklari, tadbirkorlar ishtirokida seminarlar o'tkazilgan. Muloqotda xalqaro tajribani ommalashtirish maqsadida o'quv dasturlari amaliyotini davom ettirishga kelishildi. ✔️ Ta’kidlanganidek, xalqaro ekspertlarning amaliy tajribasidan samarali foydalanish mahalliy tadbirkorlarning eksport salohiyatini oshirish, mahsulotlarning xalqaro bozordagi raqobatbardoshligini ta’minlash hamda O‘zbekistonning oziq-ovqat eksporti geografiyasini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 🌐Telegram 💬Facebook 📷 Instagram 📺Youtube Twitter

📢 Qo'mita rahbarlariga murojaat: aniq kunlar belgilangan 💬 Fuqarolarning murojaatlarini tinglash, ularning muammolariga yec
📢 Qo'mita rahbarlariga murojaat: aniq kunlar belgilangan 💬 Fuqarolarning murojaatlarini tinglash, ularning muammolariga yechim topish va aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash — Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri. ✅ Shu maqsadda Qo‘mita rahbariyati tomonidan fuqarolarni shaxsan qabul qilish kunlari belgilangan. ➡️ Mas’ullarga belgilangan kun va vaqtlarda murojaat qilishingiz mumkin: 🇺🇿 Urunov Azizbek Allaberganovich — Qo‘mita raisi 🕒 Har oyning birinchi juma kuni ⏰15:00–17:00 🇺🇿 Djalilov Furqat Zakirovich — Qo‘mita raisining veterinariya va hayvonlar salomatligini muhofaza qilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari 🕒 Har oyning birinchi va oxirgi payshanbasi ⏰ 10:00–12:00 🇺🇿 Urunov Jamshid Olimovich — Qo‘mita raisining karantin va o‘simliklarni himoya qilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari 🕒 Har oyning uchinchi dushanba kuni ⏰ 10:00–12:30 🇺🇿 Rahmatullayev Xurshid Xotamdjanovich — Qo‘mita raisining moliya va iqtisod masalalari bo‘yicha o‘rinbosari 🕒 Har oyning uchinchi dushanba kuni ⏰ 10:00–12:30 📞 Murojaat uchun: +998 71 202-10-00 📆 Belgilangan tartibda qabul kunlarida murojaat qiling — masalangiz amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq ko'rib chiqiladi. 🌐Telegram 💬Facebook 📷 Instagram 📺Youtube Twitter

#murojaat_yuzasidan: sanitariya talablariga zid ravishda qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarilishiga chek qo'yildi 💬 I
#murojaat_yuzasidan: sanitariya talablariga zid ravishda qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarilishiga chek qo'yildi   💬 Ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari tomonidan aholi xonadonlaridan birida sanitariya-gigiyena talablariga zid ravishda qandolat mahsulotlari, jumladan, pryanik va pechenye ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani haqida murojaat yo‘llangan.   📍 Vaziyat Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi tomonidan o‘rganildi. Tasvirda aks etgan holat Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida ekanligi aniqlandi.   📄 O‘rganish davomida “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonun, “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonun hamda 0050-23-son SanQvaN talablari buzilganligi ma’lum bo‘ldi. Ya’ni oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va saqlash uchun zarur sanitariya sharoitlari ta’minlanmagan, xususan, ishlab chiqarish joyida suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi hamda qo‘l yuvish uchun belgilangan sanitariya sharoitlari mavjud emas.   🤔 Shuningdek, tayyor mahsulotlarni yerda, mato ustida saqlash, ishlab chiqarish xonalarining sanitariya holati talab darajasida emasligi, xom ashyo va tayyor mahsulot harakatining ajratilmagani kabi kamchiliklar aniqlandi.   📃 Bundan tashqari, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi xodimlar majburiy dastlabki va davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan. Qolaversa, shaxsiy gigiyena talablariga amal qilinmay, xodimlar maxsus kiyim va bosh kiyimlar bilan ta’minlanmagan.   🚫 Sanitariya-gigiyena qoidalaring buzilganligi iste’molchilar salomatligi uchun xavf tug‘dirishi (ovqatdan zaharlanish va yuqumli oshqozon-ichak kasalliklari tarqalishi xavfi) mumkinligini inobatga olgan holda ishlab chiqarish faoliyati to‘liq to‘xtatildi.   ‼️Muhim! Ko‘rilgan choralarning maqsadi fuqaroning mehnat qilishi yoki daromad topishiga to‘sqinlik qilish emas. Asosiy vazifa — aholi dasturxoniga yetib boradigan oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini ta’minlashdan iborat. 🌐Telegram 💬Facebook 📷 Instagram 📺Youtube Twitter

🌳 Yangi Toshkentda manzarali daraxtlarning fitosanitar holati o‘rganildi 📍 Yangi Toshkentni barpo etish jarayonida zamonavi
+2
🌳 Yangi Toshkentda manzarali daraxtlarning fitosanitar holati o‘rganildi 📍 Yangi Toshkentni barpo etish jarayonida zamonaviy infratuzilma yaratish bilan birga yashil muhitni shakllantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. 🌱 Loyiha hududida parvarish qilinayotgan manzarali o‘simliklar va daraxtlarni zararli organizmlarni himoya qilish maqsadida Toshkent shahri Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bosh boshqarmasi inspektorlari tomonidan o‘rganishlar olib boriladi. 🟢 Navbatdagi fitomonitoring natijasida o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi, zararkunanda va kasalliklarga chalinish ehtimoli hamda parvarish jarayonlari o‘rganildi. Yashil maydonlarda o‘simliklarda zararli organizmlar tarqalishini oldini olish maqsadida o‘tkazilishi zarur bo‘lgan agrotexnik tadbirlar yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. 🌳 Butalar va manzarali daraxtlarda: ❤️ shiralar (o‘simlikning o‘sishini susaytiradi) ❤️ o‘rgimchakkana (barglarda mayda oq nuqtalar, sarg‘ayish va qurishni keltirib chiqaradi) ❤️ qalqondorlar (novda va barglarga zarar yetkazib, daraxtni kuchsizlantiradi) ❤️ tripslar, oqqanotlar va barg kemiruvchi qurtlar (barg, novda va yosh o‘suv qismlariga zarar yetkazadi) kabi hasharotlar uchrashi mumkin. ❤️ Shuningdek, un shudringi, barg dog‘lanish kasalliklari, ildiz va ildiz bo‘g‘zi chirishlari, bakterial kuyish, rak va kanker kasalliklari aniqlanishi mumkin. ✅ Fitosanitar nazorat o‘simliklar zararlanganligini erta bosqichda aniqlab, kasallik rivojlanishini oldini olish hamda zarur agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish imkonini beradi. 📊 Ma’lumot uchun, 2022–2026 yillarda Toshkent shahrida 1 million 350 ming tupdan ortiq daraxt va buta ko‘chatlari ekilgan. 2025–2026-yillarda esa poytaxt va unga tutash hududlarda: 🔻🔻Bektemir tumanida 38 ming tup 🔻 Toshkent tumanida 20 ming tup 🔻 Yangihayot tumanida 2,1 ming tup 🔻 Qibray tumanida 100 ming tup daraxt ko‘chatlari ekilgan. 🌳 Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga asosan 2026–2027-yillarda poytaxtda "yashil belbog‘" barpo etish maqsadida Yangihayot, Sergeli, Bektemir, Mirzo Ulug‘bek tumanlarida daraxtlar ekilishi rejalashtirilgan. 🍃 Hududlarda yashil maydonlarning fitosanitar monitoringini o‘tkazish, aniqlangan holatlar bo‘yicha ilmiy asoslangan ko‘rsatmalar va zararli organizmlarga qarshi kurash choralarini belgilash va o‘simliklarni himoya qilish ishlari davom etmoqda. 🌐Telegram 💬Facebook 📷 Instagram 📺Youtube Twitter

🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentda tashkil etilgan yangi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurib, bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. 🇷🇺 Markaz 1912-yilda qurilgan tarixiy binoda joylashgan bo‘lib, restavratsiya jarayonida uning tarixiy qiyofasi saqlab qolingan. Bu yerda ko‘rgazmalar, leksiyalar, ochiq muloqotlar, film namoyishlari, konsertlar, ijodiy ustaxonalar va art-rezidensiyalar tashkil etiladi. 🖼 Markazning asosiy maqsadi — zamonaviy san’atni rivojlantirish, yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash va O‘zbekiston san’atini xalqaro maydonda keng targ‘ib qilish. 🖼 Uning ilk xalqaro ko‘rgazmasi «Hikmah» bilim, ma’naviy meros va madaniy xotira mavzulariga bag‘ishlangan. Ekspozitsiyada xorijiy va mahalliy san’at namunalari namoyish etiladi. 🌍 Markaz AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Janubiy Koreya kabi davlatlarning nufuzli madaniy muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda. ▪️ Markazning rasmiy ochilishi 6-sentyabr kuniga rejalashtirilgan. 🌐Telegram 💬Facebook 📷 Instagram 📺Youtube Twitter

🌱 G‘o‘za maydonlarida defoliatsiya jarayonlari fitosanitar nazoratda ✅ Paxta hosilini sifatli va o‘z vaqtida yig‘ib-terib ol
+4
🌱 G‘o‘za maydonlarida defoliatsiya jarayonlari fitosanitar nazoratdaPaxta hosilini sifatli va o‘z vaqtida yig‘ib-terib olishda defoliatsiya va desikatsiya tadbirlarini belgilangan agrotexnik talablar asosida tashkil etish muhim ahamiyatga ega. 🌿 Mazkur jarayonlar g‘o‘za barglarining meyorda to‘kilishini, ko‘saklarning bir maromda ochilishini ta’minlab, hosilni qisqa muddatlarda yig‘ib-terib olishga zamin yaratadi. 🚜 Joriy mavsumda respublika bo‘yicha 889,5 ming gektar paxta maydonida defoliatsiya va desikatsiya tadbirlarini o‘tkazish rejalashtirilgan. ✔️ Belgilangan ishlarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish uchun mavjud 3 909 ta OVX rusumli texnika, shuningdek, 140 ta dron ish jarayoniga jalb etilgan. 🛡 Mazkur tadbirlar jarayoni Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasining fitosanitariya yo‘nalishi mutaxassislari tomonidan muntazam nazorat qilib borilmoqda. Joylarda paxta maydonlarining fitosanitar holati, o‘simliklarning rivojlanish darajasi, ko‘saklarning ochilish jarayoni hamda qo‘llanilayotgan preparatlarning belgilangan talablarga muvofiqligi o‘rganilmoqda. 🌿 Fitosanitar nazoratda, ayniqsa, kimyoviy preparatlarni qo‘llash meyorlari, ishlov berish muddatlari va texnologiyasiga rioya etilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. 🤩 Tizimli fitosanitar nazorat esa paxta maydonlarida ishlov berish samaradorligini oshirish, hosil sifatini saqlash va uni nobudgarchiliksiz yig‘ib-terib olish uchun zarur sharoitlarni ta’minlashga xizmat qilmoqda. 🌐Telegram 💬Facebook 📷 Instagram 📺Youtube Twitter

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurib, bu yerda yaratilgan sharoi
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurib, bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев посетил новый Центр современного искусства в Ташкенте и ознакомился с созданными здесь условиями. #Mirziyoyev #tanishuv #markaz #zamonaviysanat Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

🟦 Xorijdan chorva import qilishda mamlakatning epizootik holatini inobatga olish zarur 🐄 Xorijdan chorva molini importdan qilishdan oldin quyidagi beshta masala aniqlanadi: 🐂 Qaysi turdagi hayvon olib kiriladi? U qanday maqsadda olib kiriladi — naslchilik uchunmi yoki so‘yish uchunmi? 📍Qaysi davlat va hududdan keladi? 🛡 Ushbu hududda epizootik vaziyat qanday? ⚠️ Mazkur davlat yoki hududdan importga vaqtinchalik cheklov bormi? 🌐 Eksport qiluvchi mamlakatning epizootik holati Jahon hayvonlar sog‘ligi tashkilotining axborot tizimi va eksport qiluvchi mamlakatning veterinariya xizmati rasmiy ma’lumotlari asosida o‘rganiladi. Sababi ayrim hollarda cheklov butun mamlakatga emas, balki uning muayyan viloyati yoki hududiga nisbatan joriy etiladi. 🌐Telegram 💬Facebook 📷 Instagram 📺Youtube Twitter

🔬Farg'ona viloyatiga zamonaviy laboratoriya uskunalari olib kelindi 📄 Davlatimiz rahbarining 2026-yil 12-maydagi “Oziq-ovqa
+3
🔬Farg'ona viloyatiga zamonaviy laboratoriya uskunalari olib kelindi 📄 Davlatimiz rahbarining 2026-yil 12-maydagi “Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, fitosanitariya va veterinariya sohalarida yagona davlat boshqaruvi va nazorat tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–84-son Farmoni bilan “daladan dasturxongacha” tamoyili joriy etilmoqda. 🍃 Yangi yondashuv aholini xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlashni maqsad qilgan bo'lib, xalqaro standartlar asosida nazorat mahsulot yetishtirish, ishlab chiqarish jarayonining o'zidan boshlanadi. 🔬 Farg‘ona viloyatida Agrokimyo va tuproq tahlili markazida zamonaviy laboratoriya infratuzilmasining yaratilishi sohadagi imkoniyatlarni sezilarli darajada kengaytirdi. 🧑‍🔬 Markazga eng so‘nggi zamonaviy laboratoriya jihozlarining keltirilishi natijasida tuproq va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tarkibidagi 500 dan ortiq turdagi pestitsid qoldiqlari, og‘ir metallar va nitratlarni aniqlash imkoniyati yaratildi. 🌐Telegram 💬Facebook 📷 Instagram 📺Youtube Twitter

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurib, ushbu noyob madaniyat muassasida
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurib, ushbu noyob madaniyat muassasida yaratilgan sharoitlar bilan tanishadi. — Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Центр современного искусства в Ташкенте и ознакомится с условиями, созданными в этой уникальной культурной институции. #Mirziyoyev #markaz #tashrif 🌐Telegram 💬Facebook 📷 Instagram 📺Youtube Twitter

«Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi toʻgʻrisida»gi Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi. Qonun bilan Administrasiya zimmasiga Prezident hujjatlari va topshiriqlarining ijrosini muvofiqlashtirish, monitoring qilish va nazoratni tashkil etish vazifasi belgilab berildi. ✔️ Administrasiya faoliyatining asosiy prinsiplari sifatida: ▫️ qonun ustuvorligi 👨‍🦱inson huquq va erkinliklarining ustuvorligi 📊xolislik 📊 mustaqillik 📊 ochiqlik va shaffoflik belgilangan. 🌐Telegram 💬Facebook 📷 Instagram 📺Youtube Twitter

✅ Alkogolsiz ichimliklar va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar bilan bilan muloqot o‘tkazildi 💬 Oziq-ov
+5
Alkogolsiz ichimliklar va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar bilan bilan muloqot o‘tkazildi 💬 Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi raisi Azizbek Urunov O‘zbekiston Respublikasi alkogolsiz ichimliklar va sharbatlar ishlab chiqaruvchilari assotsiatsiyasi (UzBev) hamda Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uyushmasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. 🛡 Muloqotda sohada oziq-ovqat xavfsizligi va texnik jihatdan tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, xavf-xatarga asoslangan davlat nazorati tizimiga o‘tish va mahsulot xavfsizligi uchun ishlab chiqaruvchilar mas’uliyatini kuchaytirish borasida fikr almashildi. ✅ Shuningdek, sanitariya talablarini takomillashtirish hamda ularni xalqaro yondashuvlar va Codex Alimentarius standartlari bilan uyg‘unlashtirish muhimligi qayd etildi. Ma’lumot uchun, Codex'ning CXC 1-1969 — General Principles of Food Hygiene hujjati oziq-ovqat korxonalarida gigiyena va HACCP tamoyillariga asoslangan yondashuvni belgilaydi. Ya’ni asosiy e’tibor tayyor mahsulotni bozorga chiqishidan oldin korxonaning o‘zida xavflarni aniqlash, nazorat qilish va hujjatlashtirishga qaratiladi. 🤝 Muloqotda import qilinadigan xomashyo, ingrediyentlar va tayyor mahsulotlarni muvofiqlikni baholash tartiblarini optimallashtirish, takroriy va ortiqcha ruxsat berish tartib-taomillarini qisqartirish, mahsulot xavfsizligi bo‘yicha xalqaro baholash natijalarini tan olish mexanizmlarini rivojlantirish taklifi bildirildi. Bu biznes uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratib, jarayonlarni soddalashtirishga xizmat qiladi. 📄 Muloqotda milliy qonunchilikda mavjud tafovutlarni bartaraf etish hamda alkogolsiz, kofein saqlovchi, tonik va energetik ichimliklar toifalarini qonunchilikda aniq belgilash zarurati mavjudligi qayd etildi. Sababi mazkur turdagi ichimliklarning har biri uchun xalqaro tajribada alohida oziq-ovqat xavfsizligi talablari amal qiladi. ✅ Uchrashuvda iste’molchilar salomatligini himoya qilish va halol faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun qulay sharoit yaratish o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash muhimligi alohida ta’kidlandi. 👨‍🏫 Biznes vakillari normativ hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha ekspertlik ishlarida ishtirok etish, sohaga oid takliflarni taqdim etish, xalqaro ekspertlarni jalb qilish va ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganishda ko‘maklashishga tayyor ekanini bildirdi. 🤝 Davlat va biznes o‘rtasidagi bunday konstruktiv muloqot milliy oziq-ovqat xavfsizligi tizimini yanada takomillashtirish, shaffof va real xavf-xatarlarga asoslangan samarali yondashuvlarni joriy etish hamda iste’molchilar xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 🌐Telegram 💬Facebook 📷 Instagram 📺Youtube Twitter

Keytering xizmati qanday ishlaydi? 🔗 Keytering bir nechta bosqichdan iborat jarayon. Bunda: ✍️ mahsulotni tayyorlash ✍️ issiqlik bilan ishlov berish ✍️ qadoqlash ✍️ tashish ✍️ qabul qilish ✍️ iste’molchiga taqdim etish nazarda tutilgan. 🟦 Har bir bosqichda oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi muhim. Sababi taom sifatli, xavfsiz, to‘g‘ri sharoitda tayyorlangan va to‘g‘ri yetkazilgan bo‘lishi kerak. 📄 O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish, jumladan keytering xizmatiga oid sanitariya-gigiyena talablari (SanQvaN 0027-22-son) mavjud. 🥘 Taom tayyorlashda foydalaniladigan barcha oziq-ovqat xomashyolari va yarim tayyor mahsulotlarning kelib chiqishi tayin, ularning xavfsizligini tasdiqlovchi sertifikatlar hamda veterinariya-sanitariya hujjatlari mavjud bo‘lishi shart. 🥘 Oziq-ovqat mahsuloti va uning tarkibiga kiritiladigan moddalarni yetkazib beruvchilar aniq bo‘lishi kerak. Yaroqlilik muddati o‘tgan, tashqi ko‘rinishi o‘zgargan yoki organoleptik xususiyatlari buzilgan mahsulotlarni qabul qilish va iste’mol qilish qat’iyan man etiladi. 🥩 Xom go‘sht, sabzavotlar va tayyor mahsulotlar alohida zonalarda hamda alohida inventarlar (pichoq va taxtakachlar) yordamida qayta ishlanadi. ✅ Taomlarni pishirish jarayonida patogen mikroorganizmlarning to‘liq yo‘q qilinishini ta’minlaydigan harorat va vaqt rejimlariga qat’iy rioya qilinishi zarur. 🌡 Issiq taomlar +65°C dan past bo‘lmagan, sovuq taomlar va salatlar esa +2°C dan +6°C atrofida saqlanishi va tashilishi lozim. 🚛 Mahsulotlarni tashish uchun faqat sanitariya-gigenik talablarga javob beradigan, yuvish va dezinfeksiya qilish oson bo‘lgan maxsus izotermik transport vositalari (yoki refrijeratorlar) qo‘llaniladi. ⏱️ Tayyor taomlarni iste’mol qilish vaqti 3 soatdan oshmasligi kerak. ✅ Keytering xizmatida faoliyat yurituvchi barcha xodimlar oshpazdan tortib yetkazib beruvchigacha majburiy davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tgan bo‘lishi va shaxsiy tibbiy daftarchaga ega bo‘lishi talab etiladi. 🌐Telegram 💬Facebook 📷 Instagram 📺Youtube Twitter

Hokim yordamchilari “loyihabay” yondashuv asosida o‘qitiladi, tadbirkorlik infratuzilmasi loyihalarini yuritish tizimi ham o‘
+2
Hokim yordamchilari “loyihabay” yondashuv asosida o‘qitiladi, tadbirkorlik infratuzilmasi loyihalarini yuritish tizimi ham o‘zgaradi, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashda yangi mezonga o'tiladi Kambag‘allikni qisqartirish endi faqat moddiy yordam ko‘rsatish bilan emas, balki odamlarni daromadli mehnatga jalb qilish, tadbirkorlik imkoniyatlarini kengaytirish va ehtiyojmand oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash orqali amalga oshiriladi. Bu borada, avvalo, mahalladagi mas’ullarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi. Mutasaddilarga ikki oy ichida o‘quv markazi tashkil etib, xorijdan mutaxassislarni jalb qilish vazifasi qo‘yildi. Markazda hokim yordamchilari loyihalar bilan ishlash — “loyihabay” yondashuv asosida o‘qitiladi. Eng yaxshi natija ko‘rsatgan hokim yordamchilari va mahalla bankirlari uchun Xitoy, Yaponiya va Turkiyada malaka oshirish imkoniyati yaratiladi. Namunali xodimlarga alohida malaka darajasi berilib, 50 foizgacha ustama to‘lanishi ham belgilandi. Bu — mahalladagi mutaxassisning vazifasi endi shunchaki muammoni aniqlash emas, balki muammoning aniq yechimini topish va loyihani oxirigacha olib borish ekanini anglatadi. Endilikda tumanning o‘zi loyihalarning buyurtmachisiga aylantiriladi va mablag‘lar bevosita joylarga yo‘naltiriladi. Bu esa qaror qabul qilishni tezlashtirib, ishlarning viloyat darajasida cho‘zilib ketishining oldini oladi. Tuman shtabi rahbari loyiha ishlab chiqilishidan tortib, obyektning belgilangan muddat va sifat talablariga muvofiq foydalanishga topshirilishigacha shaxsan mas’ul bo‘ladi. Ijtimoiy himoyada ham yangi yondashuvga o‘tiladi. Ehtiyojmand oilalarni aniqlashda faqat daromad emas, balki surunkali kasallik, nogironlik, ko‘p bolalilik, oila a’zosining xorijda ishlashi kabi omillarni ham hisobga oladigan ko‘p o‘lchovli baholash tizimi joriy etiladi. Ayni paytda mamlakatda kambag‘allik darajasi 3,9 foizga tushgan bo‘lsa-da, 3 yoshgacha farzandi bor oilalarda bu ko‘rsatkich 6,5 foizni tashkil etmoqda. Shu sababli bola parvarishi bilan band ota-onalarni, ayniqsa ayollarni, uyida yoki mahallada ishli va daromadli qilishga alohida e’tibor qaratiladi. Ishlayotgan onalarga farzandi bir yoshga to‘lguniga qadar Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasidan nafaqa to‘lanadi. Mehnatga layoqatsiz ehtiyojmand oilalar uchun esa “passiv daromad” keltiradigan ijtimoiy paketga joriy yilda 300 milliard so‘m ajratilgan. Ushbu yordamni olgan 11 ming oilaning yarmida daromad sezilarli oshgani qayd etildi. Eng muhimi — yordam manzilli bo‘ladi Kelasi yildan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlarining: ✅ davlat va xususiy bog‘cha badali; ✅ o‘quv markazi to‘lovi; ✅ yo‘lkira xarajatlari; ✅ oliygoh yotoqxonasi xarajatlari vaucher orqali qoplab beriladi. Vaucher 12 oy muddatga beriladi va oila Ijtimoiy reyestrdan chiqarilganidan keyin ham o‘z kuchini saqlab qoladi. Yangi yondashuvning mohiyati bitta: ehtiyojmand oilaga shunchaki yordam berish emas, balki uning farzandiga ta’lim va kasb, ota-onasiga mehnat va daromad, oilasiga esa barqaror kelajak uchun imkoniyat yaratish. Kambag‘allikni qisqartirishning eng samarali yo‘li — insonni imkoniyat bilan ta’minlash va uni mustaqil daromad manbaiga olib chiqishdir. 🌐Telegram 💬Facebook 📷 Instagram 📺Youtube Twitter

🔻 Xorazm tajribasi: kambag‘allik bilan ishlashda yangi tizim joriy etiladi Xorazm viloyatida o‘tkazilgan tahlil kambag‘allik
+2
🔻 Xorazm tajribasi: kambag‘allik bilan ishlashda yangi tizim joriy etiladi Xorazm viloyatida o‘tkazilgan tahlil kambag‘allik bilan ishlashda yangi, manzilli va natijaga yo‘naltirilgan yondashuv zarurligini ko‘rsatdi. Ma’lum bo‘lishicha, kambag‘al oilalarda 48 ming nafar bola bor. Biroq ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ta’lim va kasb-hunarga erta jalb qilish bo‘yicha alohida tizim mavjud emas. Shu bois endilikda maktab, texnikum va o‘quv markazlarida kambag‘al oilalar farzandlari uchun qo‘shimcha to‘garaklar tashkil etiladi. Bu jarayonga yoshlar yetakchilari, hokim yordamchilari va xotin-qizlar faollari jalb qilinadi. Kambag‘al oilalardagi 10 mingdan ziyod ayol bola parvarishi bilan band. Bunday oilalar farzandlarining bog‘cha qamrovi esa 75 foizga ham yetmaydi. Demak, maktabgacha ta’lim va bola parvarishi masalasi ham oilalar daromadini oshirishning muhim omiliga aylanishi kerak. Shuningdek, 646 nafar kollej o‘quvchisi va oliygoh talabasi hududdagi yangi loyihalardan kelib chiqib, dual ta’lim asosida kasbiy ko‘nikmalarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Kambag‘al oilalardagi pensiya yoshidagi va nogironligi bo‘lgan 526 nafar insonga ijtimoiy yordamni kuchaytirish orqali esa ularni parvarish qilayotgan oila a’zolarining daromadli mehnat bilan shug‘ullanishiga sharoit yaratish mumkin. Eng muhimi, Xorazmda aniqlangan muammolar barcha hududlarga taalluqli ekani qayd etilib, kambag‘allik bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy etilishi belgilandi. Yangi tizim doirasida: 🔹 har bir viloyat va tumanda hokim boshchiligida shtablar tashkil etiladi; 🔹 banklar va bandlikka ko‘maklashish idoralari shtablar faoliyatiga bevosita jalb qilinadi; 🔹 viloyat, tuman va shahar hokimlari haftasiga uch kunni faqat kambag‘allik va bandlik masalalariga bag‘ishlaydi; 🔹 oilaviy va yoshlar tadbirkorligi bo‘yicha imtiyozli kredit resurslarini boshqarish vakolati tuman shtablariga o‘tkaziladi. Yig‘ilishda banklar va hokim yordamchilarining loyihalar bilan ishlash ko‘nikmalari ham tanqidiy baholandi. Endilikda tadbirkorga kredit ajratishda faqat “Garovi bormi?” degan savol bilan cheklanib qolmasdan, loyihaning salohiyati, uni moliyalashtirishning maqbul shakli va biznesning real imkoniyatlari hisobga olinishi kerak. Kreditlarni qaytarish muddatlari ham dehqonchilik, savdo va boshqa biznes yo‘nalishlarining o‘ziga xos xususiyatlariga moslashtiriladi. Asosiy maqsad — kambag‘al oilalarni qo‘llab-quvvatlas, barqaror daromadga olib chiqish, mehnat va tadbirkorlik imkoniyatlarini kengaytirishdir. 🌐Telegram 💬Facebook 📷 Instagram 📺Youtube Twitter

🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi
+2
🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi. Yil boshida respublikada kambag‘allik darajasi 5,8 foizga tushib, ehtiyojmand aholi soni 2 million 200 ming nafar edi. Hozir bu ko‘rsatkich 1,5 million nafarni tashkil etmoqda. Ayni paytda 159 ta tuman va shahar hamda 5 ming 536 ta mahalladagi mas’ullar faoliyatida natija yetarli emasligi tanqid qilindi. Davlatimiz rahbari barcha hududlarga bir xil vakolat, resurs va imkoniyat berilganini ta’kidlab, ulardan samarali foydalanish zarurligini qayd etdi. “Mahalla yettiligi” uchun mas’ul rahbarlar viloyat, tuman, shahar va mahalladagi xodimlarga qabul qilingan qarorlarni qanday ijro etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar bermayotgani qayd etildi. Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha 50 yillik tajribaga ega Xitoy ham zamon talabidan kelib chiqib, quyi tizimga doimiy ravishda aniq ko‘rsatmalar berib borishi ta’kidlandi. Davlatimiz rahbari ayrim hudud rahbarlari qo‘lidagi tayyor resurslardan samarali foydalanib, odamlarni ishli qilishga bilimi yoki toqati yetmayotganini tanqid qildi. Ular zamonaviy iqtisodiyotdagi tebranishlar va tezkor o‘zgarishlarni to‘g‘ri anglamayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Hududlarda so‘nggi bir yilda tashkil qilingan 86 ming kichik korxonadan 15 mingtasi, ya’ni 17 foizi faoliyatini to‘xtatgan. Bankdan kredit olib, biznesini yurgiza olmagan 62 ming aholi kreditni qaytarishga qiynalayotgani qayd etildi. Buning sababi sifatida atigi 1 mingta mahalladagi hokim yordamchisi va mahalla bankiri “loyihaviy yondashuv” asosida ishlashni bilishi ko‘rsatildi. Prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra, iqtisodiy kompleksning barcha rahbarlari Xorazmda qolib, kambag‘allik bilan ishlash tizimini o‘zgartirish bo‘yicha tahlil o‘tkazdi. Ikki hafta davomida viloyatdagi 81 ming kambag‘al aholi, ya’ni 19 ming oilaning holati o‘rganildi. Ushbu oilalarda 12 ming ishsiz va 10 ming daromadi past aholi borligi aniqlandi. Ayni paytda Xorazmdagi tadbirkorlar qurilish sohasiga 4 ming, xizmatlar sohasiga 3 ming va sanoatga 2,5 ming ishchi izlamoqda. Mas’ullarga ishsiz va kam daromadli aholini korxonalar talabi asosida kasbga o‘qitib, ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini ishga solish vazifasi qo‘yildi. Mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va kasbga tayyorlash imkoniyatlaridan foydalanish orqali kambag‘al oilalardagi 10-15 ming nafar aholi daromadini oshirish mumkinligi qayd etildi. 🌐Telegram 💬Facebook 📷 Instagram 📺Youtube Twitter

🌎 Mahalliy korxonalar ishtirokida “road-show” tashkil etiladi 🗓 2026-yil 21-26-sentabr kunlari Polsha, Ruminiya, Serbiya, F
🌎 Mahalliy korxonalar ishtirokida “road-show” tashkil etiladi 🗓 2026-yil 21-26-sentabr kunlari Polsha, Ruminiya, Serbiya, Fransiya va Xorvatiyada mahalliy korxonalar ishtirokida “road-show” tadbirlari tashkil etiladi. ✔️ Ushbu tadbirlar natijasida: 🗄 mahsulotlarni Yevropa bozorlarida namoyish etish; 🗄 xorijiy xaridorlar va hamkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘tkazish; 🗄 yangi eksport bozorlarini o‘rganish va savdo aloqalarini kengaytirish imkoniyati taqdim etiladi. 🤝 O‘z mahsulot namunalari bilan ishtirok etish istagida bo’lgan eksportchi korxonalar Oziq-ovqat mahsulotlari eksportiga ko’maklashish bo’limiga murojaat qilishlari mumkin. Murojaat uchun: 📞 +998 71 202 77 78 🌐Telegram 💬Facebook 📷 Instagram 📺Youtube Twitter