en
Feedback
UZAGROINSPEKSIYA_XABARLARI

UZAGROINSPEKSIYA_XABARLARI

Open in Telegram

O'zagroinspeksiya 🏢Manzil: Toshkent sh, Obinazir-109 ☎️ Ishonch telefoni: (+99871) 202-12-48 🌐https://gov.uz/oz/agroinspeksiya 🌐https://taplink.cc/uzagroinspeksiya Murojaatlar uchun: @Uzagroinspeksiyabot

Show more
900
Subscribers
+2124 hours
-427 days
-38330 days
Posts Archive
#iqlim 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
#iqlim 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

Urug‘chilikda yangi mezon: har bir urug‘ — aniq ma’lumot, aniq natija 📌 Jizzax viloyatidagi Paxtakor tumanida urug‘lik g‘o‘za maydonlarining dala aprobatsiyasiga bag‘ishlangan respublika seminari bo‘lib o‘tdi. 🌱 Seminarda g‘o‘za urug‘chiligi tizimini takomillashtirish, nazoratni kuchaytirish va aprobatsiya jarayonlarini raqamlashtirish masalalari muhokama qilindi. 📰 Maqsad — har bir urug‘ haqida aniq ma’lumot va undan kutiladigan aniq natijani ta’minlash. ©️Qishloq xo’laligi vazirligi

✅ Jizzax viloyatida urug‘lik g‘o‘za maydonlarida dala aprobatsiyasi bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi 2026-yil 15-avgu
+7
✅ Jizzax viloyatida urug‘lik g‘o‘za maydonlarida dala aprobatsiyasi bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi 2026-yil 15-avgust kuni Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi “Semrug cluster” MChJ urug‘chilik klasterida 2026-yil hosilidan urug‘lik g‘o‘za maydonlarida dala aprobatsiya ko‘rigini tashkil etish va o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan ko‘rgazmali o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi. Seminarning asosiy maqsadi — urug‘lik g‘o‘za maydonlarida dala aprobatsiya ko‘rigini belgilangan tartibda va sifatli o‘tkazish, navdorlik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan maydonlarni tanlab olish hamda standart talablariga javob beradigan navlardan urug‘lik paxta jamg‘arilishini ta’minlashdan iborat. Tadbirda O’zagroinspeksiya boshlig’i A. Vaxabov, vazirlik va idoralar, hududiy tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari, xo‘jaliklar rahbarlari, urug‘chilik subyektlari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi. Amaliy mashg‘ulotlar davomida urug‘lik g‘o‘za maydonlarida dala aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish, aprobatsiya hujjatlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish hamda “E-urug‘” axborot tizimidan foydalanish bo‘yicha ishtirokchilarga amaliy tushuntirishlar berildi. Mazkur jarayonlarda Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hamda Urug‘chilikni rivojlantirish markazi mutaxassislari ishtirok etdi. Bugungi kunda urug‘lik maydonlarini aprobatsiyadan o‘tkazish jarayonlarini raqamlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. “E-urug‘” tizimidan foydalanish aprobatsiya jarayonlari bo‘yicha ma’lumotlarni elektron shaklda yuritish va monitoring qilish imkonini bermoqda. Seminar yakunida urug‘lik g‘o‘za maydonlarida navdorlikni ta’minlash, aprobatsiya jarayonlarini sifatli tashkil etish hamda urug‘chilik sohasida zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. O‘zagroinspeksiya axborot xizmati

#Fakt24 | 13.08.2026 Dehqonga imkoniyat: urug‘lar sifatini QR-kod orqali aniqlash mumkin 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

✅ PAXTA TERISH MASHINALARI MEXANIZATORLARI UCHUN O‘QUV KURSLARI YAKUNLANDI ▶️SamATIda viloyatda faoliyat yuritayotgan paxta t
+9
PAXTA TERISH MASHINALARI MEXANIZATORLARI UCHUN O‘QUV KURSLARI YAKUNLANDI ▶️SamATIda viloyatda faoliyat yuritayotgan paxta terish mashinalari mexanizatorlarini tayyorlash va malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv kurslari o‘z yakuniga yetdi.
Kursning so‘nggi mashg‘ulotida tinglovchilarga paxta terish mashinalaridan foydalanish jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish, texnikani boshqarishda ehtiyot choralarini ko‘rish hamda ish jarayonida xavfsizlik talablarini ta’minlash bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.
👉🏻BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#Biz_OAV_sahifalarida #Fakt24 | 12.08.2026 Hosildor paxta navlari raqamli nazorat qilinmoqda 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.

#31_son Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz. 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#iqlim 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
#iqlim 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

Repost from UZAGROXIZMAT
#PAYSHANBA_YOSHLAR_KUNI 🎬 “KELAJAK SARI BIRGALIKDA” "O'zagroinspeksiya" qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasidaYoshlar — tashkilotimiz kelajagi” mavzusida bo'lib o'tgan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvidan videolavha. 💡 Yangi g‘oyalar | 🌐 Xorijiy tillar | 🤖 Sun’iy intellekt | 🧠 “Zakovat” 🛫Itimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz 🚀Telegram | 🌐Web | 🎬Youtube | 🗯Instagram

#Biz_OAV_sahifalarida KUN XABARLARI |  MEXANIZATORLAR MALAKASI OSHIRILMOQDA 12.08.2026-YIL
Rasmiy sahifalar:
🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#Hududlardan_yangiliklar #QASHQADARYO| Viloyatda sifatli urug‘lik yetishtirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmini oshirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasida ishlar olib borilmoqda. Batafsil lavhada📹 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#Biz_OAV_sahifalarida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining joriy yil o‘tgan davr faoliyati yakuni va sohadagi o‘zgarishlar tahlili"ga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Batavsil lavhada 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#iqlim 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
#iqlim 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ Fermer xo‘jaliklarining buxgalteriya hisobini yuritish tartibi belgilandi
Adliya vazirligi fermer xo‘jaliklarining buxgalteriya hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3921, 2026-yil 11-avgust). 🔰 Ushbu Nizom “Soliq-servis” AJning hududiy bo‘limlari tomonidan fermer xo‘jaliklariga buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilaydi. 🔎 Hududiy bo‘limlar tomonidan qonunchilikda belgilangan quyidagi tadbirkorlik subyektlariga tegishli xizmatlar bepul amalga oshiriladi: 🤓 paxta va g‘alla yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish xizmatlari; 🤓 yangi tashkil etilgan fermer xo‘jaliklariga ularning ixtiyoriga ko‘ra dastlabki 6 oy davomida soliq va moliyaviy hisobotlarni yuborish xizmatlari; 🤓 boshlig‘i yoshlar bo‘lgan yangi tashkil etilgan fermer xo‘jaliklariga 2 yil davomida ko‘rsatiladigan xizmatlar. ✅ Hududiy bo‘limlar tomonidan fermer xo‘jaliklariga quyidagi xizmatlar ko‘rsatiladi: ➖ fermer xo‘jaligini buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish xizmatini ko‘rsatish tizimiga qabul qilish; ➖ buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish; ➖ fermer xo‘jaligi xodimlari uchun ish haqi, soliqlar va boshqa to‘lovlarni hisoblash; ➖ fermer xo‘jaligining soliqlari va yig‘imlari hisobini yuritish; ➖ soliq va moliyaviy hamda statistika hisobotlarini tuzish; ➖ inventarizatsiyadan o‘tkazishda ishtirok etish.

🔴Farg'ona 24 11.08.2026 Paxta terish mashinalari mexanizatorlari va mutaxassislari ishtirokida o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazildi. 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

✅ QASHQADARYODA PAXTA TERISH MASHINALARI MEXANIZATORLARI UCHUN MALAKA OSHIRISH KURSLARI BOSHLANDI ▶️O‘zbekiston Respublikasi
+7
QASHQADARYODA PAXTA TERISH MASHINALARI MEXANIZATORLARI UCHUN MALAKA OSHIRISH KURSLARI BOSHLANDI ▶️O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining “Paxta terish mashinalari mexanizatorlarini tayyorlash va ularni malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish to‘g‘risida”gi qo‘shma qaroriga asosan Joriy yilning 11–14 avgust kunlari Qarshi davlat texnika universitetida intensiv o‘quv kurslari tashkil etildi. Mazkur kurslarga viloyat bo‘yicha jami 350 nafarga yaqin mexanizator va operatorlar jalb qilindi.
Ushbu o‘quv-seminaridan ko‘zlangan asosiy maqsad mexanizatorlarning kasbiy mahoratini oshirish, zamonaviy raqamli texnikalardan foydalanish samaradorligini yuksaldirish, texnik sozlikni taʼminlash hamda bo‘lajak paxta yig‘im-terimi mavsumini nes-nobudchiliksiz, yuqori sifatda va tizimli tashkil etishdan iboratdir.
👉🏻BATAFSIL

#Press_tadbir #TV-lavha #intervyu 🌍 Bugungi kunda qishloq xo‘jaligiga mo'ljallangan yerlar davlatning qatʼiy hisobida bo‘lib, ularning holati, ekin turlari va o‘zboshimchalik bilan egallanish holatlari sunʼiy yo‘ldoshlar orqali kosmosdan turib ham kuzatilmoqda. 📹 "Zo'r TV" telekanalining "Millar" dasturi ayni shu haqida ma'lumot beradi. 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

🟦🟦🟦🟦 "Hayotda har qanday yaxshi narsaga erishish mehnat, lekin donolikni topish eng qiyin mehnat." 💬 Lucil Ball 🛫Bizni
🟦🟦🟦🟦
"Hayotda har qanday yaxshi narsaga erishish mehnat, lekin donolikni topish eng qiyin mehnat."
💬 Lucil Ball 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#iqlim 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
#iqlim 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter