UZAGROINSPEKSIYA_XABARLARI
Open in Telegram
O'zagroinspeksiya 🏢Manzil: Toshkent sh, Obinazir-109 ☎️ Ishonch telefoni: (+99871) 202-12-48 🌐https://gov.uz/oz/agroinspeksiya 🌐https://taplink.cc/uzagroinspeksiya Murojaatlar uchun: @Uzagroinspeksiyabot
Show more867
Subscribers
-2524 hours
-697 days
-44230 days
Posts Archive
+2
✅ "O'zagroinspeksiya"ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasida davlat xizmatlari elektron shaklda ko‘rsatilmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizda barcha sohalarda davlat xizmatlarini raqamlashtirish, aholi va tadbirkorlar uchun ortiqcha qog‘ozbozlik hamda vaqt yo‘qotishlarining oldini olish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalaridan foydalanish sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati ham yangi bosqichga ko‘tarildi.
✍️ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-apreldagi 170-sonli qarori mazkur yo‘nalishdagi ishlarni tartibga solishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu qaror talablariga muvofiq, maxsus texnikalarni ro‘yxatga olish, hujjatlarni rasmiylashtirish va haydovchilarga guvohnomalar berish tizimi to‘liq optimallashtirildi.
💻 Hozirgi kunda "O‘zagroinspeksiya"ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan barcha xizmatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali elektron shaklda amalga oshirilmoqda. Ariza beruvchilar uydan yoki idoradan chiqmagan holda, internet orqali murojaat yo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Shundan so‘ng, kelib tushgan elektron arizalar va taqdim etilgan hujjatlar boshqarma mutaxassislari tomonidan belgilangan tartibda o‘rganilib, xizmat natijalari qisqa muddatlarda rasmiylashtirilmoqda.
Raqamli tizim ishga tushirilgandan buyon bugungi kunga qadar boshqarmaga turli yo‘nalishlar bo‘yicha jami 1409 ta ariza kelib tushgan bo‘lib, ularning eng katta qismini texniklarning ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida ma'lumotnomalar tashkil etadi. Ko‘rsatilgan xizmat turlari bo‘yicha arizalar taqsimoti quyidagicha ko‘rinishga ega:
· Ma’lumotnoma berish: 1305 ta ariza (eng ommabop xizmat)
· Qayta ro‘yxatdan o‘tkazish: 62 ta ariza
· Yangi ro‘yxatdan o‘tkazish: 26 ta ariza
· Traktorchi-mashinist guvohnomasi olish: 12 ta ariza
· Texnikani hisobdan chiqarish: 3 ta ariza
· Vaqtinchalik ro‘yxatga olish: 1 ta ariza
Tizimning joriy etilishi qishloq xo‘jaligi xodimlari va mexanizatorlar uchun quyidagi qulayliklarni taqdim etdi:
- Navbat kutishlar va idoralararo sarson bo‘lishlarga chek qo‘yildi.
- Korrupsion omillar va inson omilining ta'siri minimal darajaga tushirildi.
- Arizaning holatini onlayn rejimda istalgan vaqtda kuzatib borish imkoni yaratildi.
"O‘zagroinspeksiya"ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi sohada zamonaviy axborot texnologiyalarini keng qo‘llash orqali xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish va qishloq xo‘jaligi texnikalari egalariga tezkor ko‘mak berishda davom etmoqda.
Toshkent zamonaviy san’at xaritasida yangi markaz sifatida namoyon bo‘lmoqda.
✅ DEFOLIATSIYA TADBIRLARINI O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI O‘TKAZILISHI YUZASIDAN NAZORAT TADBIRLARI O‘TKAZILMOQDA
▶️ Joriy yilda Respublika hududlarida 889,5 ming gektar maydonda g‘o‘za parvarish qilinmoqda. Ayni paytda g‘o‘za maydonlarida yakuniy agrotexnik tadbirlarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish, xususan, defoliatsiya tadbirlarini maqbul muddatlarda o‘tkazish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Respublikada parvarish qilinayotgan g‘o‘za maydonlarining bugungi kunda 25,9 ming gektari (3%) 6-7 ko‘sak, 562,1 ming gektari (63%) 8-10 ko‘sak va 301,5 ming gektari (34%) 11-14 ko‘sak fazasida rivojlanmoqda.👉🏻BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
Repost from Rasmiy axborot
📍Toshkentda tarix va zamonaviy san’at uyg‘unlashgan yangi madaniy makon ochilmoqda
📢 Joriy yil 6-sentabr kuni poytaxtimizda Toshkent zamonaviy san’at markazi — CCA Tashkent o‘z eshiklarini ochadi. Bu shunchaki yangi muzey yoki ko‘rgazma zali emas, balki bir asrdan ziyod tarixga ega inshootga yangi hayot bag‘ishlangan yirik madaniy loyihadir.
📌 Ma’lumot o‘rnida: 1912-yilda me’mor Vilgelm Geynzelman loyihasi asosida barpo etilgan bino dastlab tramvay deposi, keyinchalik dizel elektr stansiyasi sifatida foydalanilgan. Bugun esa uning tarixiy qiyofasi va industrial ruhini saqlagan holda, zamonaviy san’at, ta’lim, tadqiqot va madaniy muloqot markaziga aylantirildi.⚡Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ushbu loyiha tarixiy merosni asrab-avaylash va unga zamonaviy mazmun berishning yorqin namunasidir. 👍 Fransiyaning mashhur Studio KO byurosi tomonidan ishlab chiqilgan arxitektura konsepsiyasi tarixiy meros va zamonaviy infratuzilmani uyg‘unlashtirgan. Markazda ko‘rgazma zallari, ta’lim va jamoat maydonlari, kutubxona hamda tadqiqot infratuzilmasi faoliyat yuritadi. ❗️Eng muhimi — bu yerda nafaqat tarix saqlab qolindi, balki unga yangi mazmun berildi. Ilgari energiya ishlab chiqarilgan makonda bugun ijod, yangi g‘oyalar, san’at va insonlar muloqotining yangi energiyasi yuzaga keladi.
✅CCA Tashkent nafaqat Toshkentning, balki Markaziy Osiyoning yangi madaniy joziba nuqtalaridan biriga aylanishi kutilmoqda.✅ Bu yerda zamonaviy san’at bilan bir qatorda ma’ruzalar, kinonamoyishlar, tadqiqotlar, munozaralar, konsertlar, performanslar va turli madaniy-ta’lim tadbirlari o‘tkaziladi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
#Infografika
#murojaatlar_tahlili
📊 O‘zagroinspeksiyada murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish va tizimli muammolarni aniqlash bo‘yicha 2026-yilning o'tgan davrida amalga oshirigan ishlar tahlili infogafikada 👆
🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
+4
✅ YERDAN O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN FOYDALANISH JAVOBGARLIK UCHUN ASOS BO‘LADI
▶️ «O‘zagroinspeksiya»ning Samarqand viloyat boshqarmasi Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi mutaxassislari tomonidan fuqarolarning murojaatlari asosida Ishtixon tumanida navbatdagi monitoring tadbirlari o‘tkazildi.
📌Monitoring davomida Ishtixon tumani Toytuyoq MFY, “Toytuyoq” massivida joylashgan “Xusan ota Ibragimov” fermer xo‘jaligiga qarashli qishloq xo‘jaligi yer maydoni mazkur mahalla fuqarolari Toshmanova Ziyoda va Umarov Elbek tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, noqonuniy ravishda uy-joy qurilgani aniqlandi.👉🏻BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra, iqtisodiy kompleksning barcha rahbarlari Xorazmda qolib, kambag‘allik bilan ishlash tizimini o‘zgartirish bo‘yicha tahlil o‘tkazdi.
Ikki hafta davomida viloyatdagi 81 ming kambag‘al aholi, ya’ni 19 ming oilaning holati o‘rganildi. Ushbu oilalarda 12 ming ishsiz va 10 ming daromadi past aholi borligi aniqlandi.
Ayni paytda Xorazmdagi tadbirkorlar qurilish sohasiga 4 ming, xizmatlar sohasiga 3 ming va sanoatga 2,5 ming ishchi izlamoqda.
Mas’ullarga ishsiz va kam daromadli aholini korxonalar talabi asosida kasbga o‘qitib, ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini ishga solish vazifasi qo‘yildi.
Mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va kasbga tayyorlash imkoniyatlaridan foydalanish orqali kambag‘al oilalardagi 10-15 ming nafar aholi daromadini oshirish mumkinligi qayd etildi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Davlatimiz rahbari ayrim hudud rahbarlari qo‘lidagi tayyor resurslardan samarali foydalanib, odamlarni ishli qilishga bilimi yoki toqati yetmayotganini tanqid qildi.
Ular zamonaviy iqtisodiyotdagi tebranishlar va tezkor o‘zgarishlarni to‘g‘ri anglamayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Hududlarda so‘nggi bir yilda tashkil qilingan 86 ming kichik korxonadan 15 mingtasi, ya’ni 17 foizi faoliyatini to‘xtatgan.
Bankdan kredit olib, biznesini yurgiza olmagan 62 ming aholi kreditni qaytarishga qiynalayotgani qayd etildi.
Buning sababi sifatida atigi 1 mingta mahalladagi hokim yordamchisi va mahalla bankiri “loyihaviy yondashuv” asosida ishlashni bilishi ko‘rsatildi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi.
Yil boshida respublikada kambag‘allik darajasi 5,8 foizga tushib, ehtiyojmand aholi soni 2 million 200 ming nafar edi. Hozir bu ko‘rsatkich 1,5 million nafarni tashkil etmoqda.
Ishni to‘g‘ri tashkil qilgan 49 ta tuman va 3 ming 429 ta mahalla ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylanayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Ayni paytda qolgan 159 ta tuman va shahar hamda 5 ming 536 ta mahalladagi mas’ullar faoliyatida natija yetarli emasligi tanqid qilindi.
Davlatimiz rahbari barcha hududlarga bir xil vakolat, resurs va imkoniyat berilganini ta’kidlab, ulardan samarali foydalanish zarurligini qayd etdi.
Facebook|Instagram|X
#Hududlardan_yangiliklar
#QASHQADARYO|
"O'zagroinspeksiya"ning Qashqadaryo viloyati boshqarmasida faoliyat yuritayotgan bir guruh fidoyi xodimlari agrar sohada qonun ustuvorligini ta’minlash va oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga qo‘shgan munosib hissalari uchun
“O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.
Batafsil lavhada📹
🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
O‘zbekiston Birinchi xonimi Bishkekda ShHT sammiti doirasidagi madaniy tadbirlarda ishtirok etdi. 2026-yil 1-sentabr.
🇺🇿 MUSTAQILLIK BAYRAMI MUBORAK BO‘LSIN!
Hurmatli yurtdoshlar!
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi jamoasi nomidan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz!
Mustaqillik — xalqimizning buyuk qadriyati, milliy g‘ururi va yorug‘ kelajakka bo‘lgan ishonchining timsolidir. Bugun Yangi O‘zbekiston taraqqiyot, bunyodkorlik va yangilanish yo‘lidan dadil odimlab, xalqimiz farovonligi va Vatanimiz ravnaqi yo‘lida ulkan islohotlarni amalga oshirmoqda.
Ushbu qutlug‘ ayyomda yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi, xalqimizning baxt-saodati, oilalarimizga fayzu baraka va farovonlik tilaymiz.
Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi ezgu ishlarimiz bardavom bo‘lsin!
🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi jamoasi
QATAG‘ON QURBONLARI XOTIRASI — MANGU BARHAYOT
31-avgust — Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni.
Ushbu sana yurtimiz tarixidagi og‘ir va mash’um davrlarda nohaq qatag‘on qilingan, o‘z hayotini Vatan, xalq va millat taraqqiyoti yo‘liga bag‘ishlagan ajdodlarimiz xotirasini yod etish, ularning pok nomlarini abadiylashtirish kunidir.
Qatag‘on qurbonlarining matonati, milliy qadriyatlarimiz va ozodlik yo‘lidagi fidoyiligi xalqimiz xotirasida hamisha saqlanib qoladi.
Ularning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirib, bugungi tinch va osoyishta hayotning qadriga yetish, yosh avlodni vatanparvarlik va tarixiy xotira ruhida tarbiyalash barchamizning muqaddas burchimizdir.
Qatag‘on qurbonlarining xotirasi hamisha qalbimizda yashaydi!
Xotira — abadiy, qadr — muqaddas!
#no_comment
#Mustaqilligimizga_35_yil
#bayram_shkuhi
#YangiOzbekiston #YagonaVatan #Ozagroinspeksiya
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ Tadbirkorlarga moliyaviy jarimalar qo‘llashda “Birinchi xato uchun – ogohlantirish” qoidasi joriy etiladi✅ tadbirkorlik subyektlari faoliyatida 1 yil davomida o‘tkaziladigan har qanday takroriy tekshiruv faqat Biznes-ombudsman ruxsati bilan amalga oshiriladi, bundan kameral soliq tekshiruvi mustasno; ✅ tadbirkorlik subyektlariga moliyaviy jarimalar qo‘llashda “Birinchi xato uchun – ogohlantirish” qoidasi joriy etiladi va birinchi marta qoida buzgan, lekin fuqarolar hayoti va sog‘lig‘i, o‘zgalar mulkiga zarar yetkazmagan tadbirkorlarga jarima qo‘llamasdan, dastlab kamchilikni bartaraf etish uchun 10 kun muddat beriladi.
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ Kichik tadbirkorlik subyektlarini har qanday tekshirishga 3 yilga moratoriy e’lon qilindi“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–175-son, 27.08.2026-y.) qabul qilindi. ⏳ Farmonga ko‘ra, kichik tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini har qanday tekshirishga 3 yil muddatga moratoriy e’lon qilinishi belgilandi (bundan jinoyat ishi doirasida, inson sog‘lig‘iga ta’sirini o‘rganish va mehnat qonunchiligiga rioya etilishi, fuqarolar murojaatlari, QQSni qoplash (qaytarish) va tadbirkorlik subyekti tugatilishi munosabati bilan o‘tkaziladigan tekshirishlar mustasno). ✅ Moratoriy amal qilish davrida: 🔹 kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish noqonuniy hisoblanadi va ushbu huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ygan shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi; 🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Biznes-ombudsman) tomonidan “Samarali nazorat” tadbiri o‘tkaziladi. Bunda: ➖ nazorat organlarining oxirgi 3 yillik tekshiruv materiallari joyiga chiqqan holda to‘liq o‘rganib chiqiladi; ➖ o‘rganish yakunlari bo‘yicha nazorat organlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan qonunbuzilishlar bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida tegishli choralar ko‘riladi; ➖ tekshiruv o‘tkazish tartibi buzilgan hamda noqonuniy tekshiruvlar aniqlangan hollarda faoliyati tekshirilgan tadbirkorlik subyektlarining buzilgan huquqlarini tiklash choralari ko‘riladi.
