en
Feedback
UZAGROINSPEKSIYA_XABARLARI

UZAGROINSPEKSIYA_XABARLARI

Open in Telegram

O'zagroinspeksiya 🏢Manzil: Toshkent sh, Obinazir-109 ☎️ Ishonch telefoni: (+99871) 202-12-48 🌐https://gov.uz/oz/agroinspeksiya 🌐https://taplink.cc/uzagroinspeksiya Murojaatlar uchun: @Uzagroinspeksiyabot

Show more
867
Subscribers
-2524 hours
-697 days
-44230 days
Posts Archive
🌾 SIFAT VA SHAFFOFLIK — RAQAMLASHTIRISH ORQALI! ✅ «Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi» DMning Don va u
+4
🌾 SIFAT VA SHAFFOFLIK — RAQAMLASHTIRISH ORQALI!«Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi» DMning Don va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarni markaziy sinov laboratoriyasida korrupsiyaning oldini olish, halollik va shaffoflik tamoyillarini targ‘ib etishga qaratilgan tadbir o‘tkazildi. ▶️ Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarish hamda faoliyatda ochiqlikni ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.
📃 Ariza qabul qilish, namuna olish, laboratoriya sinovlarini o‘tkazish va sertifikat rasmiylashtirish jarayonlari “sertifikat.tris.uz” elektron tizimi orqali amalga oshirilmoqda.
👉🏻BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari Saida Sha
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari Saida Shavkatovna Mirziyoyeva hozirgi lavozimi bilan o‘rindoshlik asosida Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi lavozimiga tayinlandi. Boshqaruvchi Moliya markazi kengashining Bosh kotibi hisoblanadi, kun tartibini shakllantirishni tashkil etadi, rais qatnashmagan majlislarda ularga raislik qiladi. Moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yishni muvofiqlashtirish boshqaruvchi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ladi. Birinchi navbatdagi hujjatlarni tayyorlash, davlat organlari va Markaz tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish shular jumlasidan. Shuningdek, Moliya markazi nomidan O‘zbekistonda va xorijda xalqaro tashkilotlar, investorlar hamda hamkorlar bilan munosabatlarda Markazga vakillik qilish, kadrlar bo‘yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etish, jumladan, Moliya markazi ma’muriyatining ijrochi direktorini va uning o‘rinbosarlarini tayinlash, Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi rahbariyati bo‘yicha tavsiyalar kiritish ham boshqaruvchining muhim funksiyalari sirasiga kiradi. Boshqaruvchi, shuningdek, bitimlar tuzish, ishchi guruhlar tashkil etish va ekspertlarni jalb qilish huquqiga ega. — Указом Президента Республики Узбекистан Руководитель Администрации Президента Республики Узбекистан Мирзиёева Саида Шавкатовна назначена на должность управляющего Ташкентского международного финансового центра по совместительству с ныне занимаемой должностью. Управляющий считается Генеральным секретарем Совета Финансового центра, организует формирование повестки, а в отсутствие председателя – председательствует на его заседаниях. Ключевым направлением деятельности управляющего станет координация запуска Финансового центра: подготовка первоочередных документов, выстраивание взаимодействия между государственными органами и структурами центра. В числе важных функций также представление Финансового центра во взаимоотношениях с международными организациями, инвесторами и партнерами в Узбекистане и за рубежом, а также участие в кадровых решениях, включая назначение исполнительного директора Администрации Финансового центра, его заместителей и внесение рекомендаций по руководству Управления финансовых услуг. Управляющий также вправе заключать соглашения, создавать рабочие группы и привлекать экспертов. Facebook|Instagram|X

🌳 QOG‘OZSIZ _BIR KUN “O‘zagroinspeksiya” tomonidan “Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasi izchil davom ettirilmoqda. Hukumatning 20
+3
🌳 QOG‘OZSIZ _BIR KUN “O‘zagroinspeksiya” tomonidan “Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasi izchil davom ettirilmoqda.
Hukumatning  2026-yil 18-martdagi “Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatida ish jarayonlarini raqamlashtirish doirasida qog‘ozdan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 109-son qarori ijrosini taʼminlash bo‘yicha Agroinspeksiya tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlarga ko‘ra har oyning 10-sanasi Inspeksiya tizimida “Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasi kuni etib belgilangan.
“O‘zagroinspeksiya”ning Samarqand viloyat Kattaqo'rg'on tuman bo‘limi xodimlari ushbu tashabbusda faol ishtirok etib, hujjatlar almashinuvini elektron shaklda amalga oshirish, raqamli platformalardan samarali foydalanish va ortiqcha qog‘oz sarfini kamaytirish borasida namunali ishlarni olib bormoqdalar.   👉🏻BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ Qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat olib borayotgan subyektlarning huquqlari himoyasi kuchaytiriladi
Qonun (O‘RQ–1170-son, 09.09.2026-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. 🔰 “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi – 💚 o‘zining hamda meva-sabzavotchilik yo‘nalishidagi mahsulot yetishtiruvchi, qayta ishlovchi subyektlarning, issiqxona xo‘jaliklarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida berilgan ariza, shikoyat va da’volar yuzasidan fuqarolik va iqtisodiy sudlarga murojaat qilganda davlat bojidan ozod qilinishi belgilandi. ⏳ Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

#iqlim 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
#iqlim 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

Repost from Rasmiy axborot
🔵 Endi yer va bino sotib olish biznes uchun og‘ir yuk bo‘lmaydi: to‘lov shartlari yengillashtirilmoqda Davlat aktivlari va y
🔵 Endi yer va bino sotib olish biznes uchun og‘ir yuk bo‘lmaydi: to‘lov shartlari yengillashtirilmoqda Davlat aktivlari va yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha tadbirkorlarga moliyaviy erkinliklar berilmoqda. Endi ishlab chiqarish yoki biznesni kengaytirish uchun davlat ob’yektlarini katta yuk va ortiqcha to‘lovlarsiz xarid qilish mumkin:
🔵Avans to‘lovi 15%: Bu biznesga katta pullarni birdaniga muzlatib qo‘ymay, ularni yangi loyihalar va ishlab chiqarishga yo‘naltirish imkonini beradi. 🔵To‘liq to‘lovga 25% chegirma: Agar aktiv qiymati 6 oy ichida to‘liq to‘lansa, shartnoma summasining chorak qismi kechib yuboriladi. 🔵7 yilgacha foizsiz bo‘lib to‘lash: Aktiv qiymatining yarmini (50%) 6 oyda to‘lagan xaridorga qolgan qismini 7 yil davomida foizsiz to‘lash imkoniyati beriladi (yoki 35% ini 3 oyda to‘lab, qolganini 5 yilga bo‘lib to‘lash mumkin).
📖 “Tayyor paket” yerlar: Yer uchastkalari loyihasi, ruxsatnomalari va kommunikatsiya texnik shartlari tayyor holda savdoga chiqariladi. Ya’ni auksiondan yer olib, hujjat yig‘ish va tarmoqlarga ulanish uchun 6 oydan 1 yilgacha vaqt yo‘qotishga chek qo‘yiladi. Islohot maqsadi — iqtisodiyotda davlat ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirib, yillar davomida foydalanilmay yotgan aktivlarni real qiymat, daromad va yangi ish o‘rinlari yaratadigan loyihalarga aylantirishdir. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

#ekofaol_xodim ✅Ekologik tashabbuslar tashkilotchisi ▶️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majm
+4
#ekofaol_xodim ✅Ekologik tashabbuslar tashkilotchisi ▶️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Farg‘ona viloyat boshqarmasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda yashil makon g‘oyalarini keng targ‘ib etish borasida qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Ushbu ezgu tashabbuslarni amalga oshirishda boshqarma xodimi Mahmudova Ravshanoy o‘zining faolligi, tashabbuskorligi va mas’uliyatli mehnati bilan alohida ajralib turadi. U ekologik tadbirlar, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol qatnashib, jamoada ekologik madaniyatni shakllantirish hamda tabiatga ehtiyotkorona munosabatni targ‘ib etishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
👉🏻BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

🟦🟦🟦🟦 "Gul yonidagi gul bilan raqobatlashish haqida o'ylamaydi. U shunchaki gullaydi." 💬 DZen Shin 🛫Bizni ijtimoiy tarmo
🟦🟦🟦🟦
"Gul yonidagi gul bilan raqobatlashish haqida o'ylamaydi. U shunchaki gullaydi."
💬 DZen Shin 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#iqlim 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
#iqlim 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

Prezident Shavkat Mirziyoyev Serbiyaning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi. — Президент Шавкат Мирзиёев награжден высшей государственной наградой Сербии. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

✅ SIFATLI APROBATSIYA KO‘RIGI — KELGUSI YIL HOSILI UCHUN MUSTAHKAM ZAMIN ▶️ Samarqand viloyatda mavjud 101 ta urug‘chilik xo‘
+1
SIFATLI APROBATSIYA KO‘RIGI — KELGUSI YIL HOSILI UCHUN MUSTAHKAM ZAMIN ▶️ Samarqand viloyatda mavjud 101 ta urug‘chilik xo‘jaliklariga tegishli 4 165 gektar urug‘lik g‘o‘za maydonlarida aprobatsiya ko‘rigi ilk marta raqamli formatda tashkil etilib, urug‘lik yetishtirilgan har bir konturi bo‘yicha “Aprobatsiya dalolatnomasi” elektron tarzda to‘g‘ri shakllantirilishi hamda tasdiqlanishi “O‘zagroinspeksiya”ning Samarqand viloyat boshqarmasi hamda tuman bo‘limlari mutaxassislari tomonidan doimiy nazorat qilib borildi.
Aprobatsiya jarayonlarida maxsus planshetlardan foydalanilib, olingan namunalarning to‘g‘ri va shaffof tahlil qilinishi, tegishli dalolatnomalarning onlayn tarzda raqamlashtirilgan holda rasmiylashtirilishi nazoratga olindi.
👉🏻BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#Infografika #davlat_xizmatlari_tahlili 📊 O‘zagroinspeksiyaning texnika holatini nazorat qilish boshqarmasi tomonidan o‘tgan
#Infografika #davlat_xizmatlari_tahlili 📊 O‘zagroinspeksiyaning texnika holatini nazorat qilish boshqarmasi tomonidan o‘tgan davrda ko‘rsatilgan davlat xizmatlari bo‘yicha maʼlumotlar batafsil Infografikada👆 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarida davlat yordamining raqobatga ta’sirini baholash tartibi belgilandi
Vazirlar Mahkamasi qarori (462-son, 04.09.2026-y.) bilan Hukumatning 2023-yil 29-dekabrdagi 694-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. 📜 Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, “Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarida davlat yordamining raqobatga ta’sirini baholash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. 📚 Nizomga ko‘ra, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mazkur sohada vakolatli organ hisoblanadi. 🕰 Davlat yordami quyidagi maqsadlarni amalga oshirish uchun berilishi mumkin: 🔹 respublika hududlari yoki alohida tarmoqlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini oshirish; 🔹 fuqarolar bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash; 🔹 atrof-muhitni muhofaza qilish va respublikada ekologik holatni yaxshilash va boshqalar. 📋 Vakolatli organ tomonidan davlat yordami berilishida uning raqobatga ta’siri baholanadi. 🔎 Vakolatli organga xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun har qanday turdagi davlat yordami berilishini nazarda tutuvchi barcha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va tartibga solish ta’sirini baholash (TSTB) hisoboti ularning raqobatga ta’sirini baholash uchun kiritiladi. ⏳ Vakolatli organ tomonidan davlat yordamining raqobatga ta’sirini baholashdan o‘tkazish va xulosa olish uchun kiritilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasi va TSTB hisoboti 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi. ✍🏻 Ko‘rib chiqilishi natijasiga ko‘ra loyihaning maqsadga muvofiqligi, uni qayta ko‘rib chiqish lozimligi yoki maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida xulosa rasmiylashtiriladi va ishlab chiquvchiga taqdim etiladi. 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#iqlim 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
#iqlim 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

🇺🇿🇩🇪 Germaniyada qishloq xo‘jaligi sifat monitoringi va urug‘chilik tizimi o‘rganilmoqda “O‘zagroinspeksiya” delegatsiyas
+3
🇺🇿🇩🇪 Germaniyada qishloq xo‘jaligi sifat monitoringi va urug‘chilik tizimi o‘rganilmoqda “O‘zagroinspeksiya” delegatsiyasining Germaniya Federativ Respublikasiga xizmat safari doirasida Germaniya Federativ Respublikasi Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va hududiy taraqqiyot vazirligi — BMLEH departamenti vakili Lutz Tenner bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda Germaniya qishloq xo‘jaligining bugungi holati, mahsulotlar sifatini nazorat va monitoring qilish, urug‘chilik sohasini tartibga solish tizimi hamda davlat nazorati mexanizmlari haqida maʼlumot berildi. Shuningdek, Germaniya va O‘zbekistonda urug‘chilik sohasidagi yondashuvlar muhokama qilinib, sohani samarali boshqarish, nazorat qilish va rivojlantirishga doir masalalar yuzasidan fikr almashildi. Tomonlar ilg‘or tajribani o‘rganish va o‘zaro hamkorlikni yana-da rivojlantirish muhimligini taʼkidladilar. Xizmat safari davom etmoqda.

✅ YER MAYDONIDAN QONUNGA XILOF RAVISHDA FOYDALANISH HOLATLARI ANIQLANDI ▶️“O‘zagroinspeksiya”ning Samarqand viloyati boshqarm
+4
YER MAYDONIDAN QONUNGA XILOF RAVISHDA FOYDALANISH HOLATLARI ANIQLANDI ▶️“O‘zagroinspeksiya”ning Samarqand viloyati boshqarmasi Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi va Urgut tumani prokuraturasi xodimlari hamkorligida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlaridan qonuniy va samarali foydalanish holati yuzasidan monitoring tadbirlari o‘tkazildi.
Xususan Urgut tumanida faoliyat yuritayotgan “Bobur” agrofirmasi hududidagi “Usto Damin bobo bog‘zori” fermer xo‘jaligiga tegishli yer maydonining unumdor qatlami tegishli tashkilotlar ruxsatisiz olib tashlangan va nomaʼlum joyga olib ketilgan. Ushbu harakat oqibatida 485 mln 190 ming 486 so‘m miqdorida zarar yetkazilgani aniqlandi.
👉🏻BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#Hududlardan_yangiliklar #Sirdaryo ✅ SIRDARYO: AGROTEXNIK TADBIRLARIDA KAMCHILIKLARGA YO‘L QO‘YMASLIK MAQSADIDA OGOHLANTIRISH
+1
#Hududlardan_yangiliklar #Sirdaryo ✅ SIRDARYO: AGROTEXNIK TADBIRLARIDA KAMCHILIKLARGA YO‘L QO‘YMASLIK MAQSADIDA OGOHLANTIRISHLAR KIRITILMOQDA ▶️ Sirdaryo viloyatida paxta hosilini sifatli va qisqa muddatlarda yig‘ib olish hamda kuzgi boshoqli don ekinlarini o‘z vaqtida ekishni taʼminlash maqsadida g‘o‘za maydonlarida defoliatsiya va desikatsiya tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur ishlar Hukumatning sohaga tegishli qarorlari ijrosi doirasida «O‘zagroinspeksiya»ning Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan.
👉🏻BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

🟦🟦🟦🟦 📚"Harakatsiz tasavvur - bu tush. Tasavvursiz harakat - bu dahshatli tush." ​​ 💬 Yapon maqoli 🛫Bizni ijtimoiy tarm
🟦🟦🟦🟦
📚"Harakatsiz tasavvur - bu tush. Tasavvursiz harakat - bu dahshatli tush." ​​
💬 Yapon maqoli 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#iqlim 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
#iqlim 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

✅ "O'zagroinspeksiya"ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasida davlat xizmatlari elektron shaklda ko‘rsatilmoqda. Bugu
+2
"O'zagroinspeksiya"ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasida davlat xizmatlari elektron shaklda ko‘rsatilmoqda.   Bugungi kunda mamlakatimizda barcha sohalarda davlat xizmatlarini raqamlashtirish, aholi va tadbirkorlar uchun ortiqcha qog‘ozbozlik hamda vaqt yo‘qotishlarining oldini olish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalaridan foydalanish sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati ham yangi bosqichga ko‘tarildi.   ✍️ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-apreldagi 170-sonli qarori mazkur yo‘nalishdagi ishlarni tartibga solishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu qaror talablariga muvofiq, maxsus texnikalarni ro‘yxatga olish, hujjatlarni rasmiylashtirish va haydovchilarga guvohnomalar berish tizimi to‘liq optimallashtirildi.   💻 Hozirgi kunda "O‘zagroinspeksiya"ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan barcha xizmatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali elektron shaklda amalga oshirilmoqda. Ariza beruvchilar uydan yoki idoradan chiqmagan holda, internet orqali murojaat yo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Shundan so‘ng, kelib tushgan elektron arizalar va taqdim etilgan hujjatlar boshqarma mutaxassislari tomonidan belgilangan tartibda o‘rganilib, xizmat natijalari qisqa muddatlarda rasmiylashtirilmoqda.   Raqamli tizim ishga tushirilgandan buyon bugungi kunga qadar boshqarmaga turli yo‘nalishlar bo‘yicha jami 1409 ta ariza kelib tushgan bo‘lib, ularning eng katta qismini texniklarning ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida ma'lumotnomalar tashkil etadi. Ko‘rsatilgan xizmat turlari bo‘yicha arizalar taqsimoti quyidagicha ko‘rinishga ega:   ·         Ma’lumotnoma berish: 1305 ta ariza (eng ommabop xizmat) ·         Qayta ro‘yxatdan o‘tkazish: 62 ta ariza ·         Yangi ro‘yxatdan o‘tkazish: 26 ta ariza ·         Traktorchi-mashinist guvohnomasi olish: 12 ta ariza ·         Texnikani hisobdan chiqarish: 3 ta ariza ·         Vaqtinchalik ro‘yxatga olish: 1 ta ariza   Tizimning joriy etilishi qishloq xo‘jaligi xodimlari va mexanizatorlar uchun quyidagi qulayliklarni taqdim etdi:  -   Navbat kutishlar va idoralararo sarson bo‘lishlarga chek qo‘yildi. -   Korrupsion omillar va inson omilining ta'siri minimal darajaga tushirildi. -   Arizaning holatini onlayn rejimda istalgan vaqtda kuzatib borish imkoni yaratildi.    "O‘zagroinspeksiya"ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi sohada zamonaviy axborot texnologiyalarini keng qo‘llash orqali xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish va qishloq xo‘jaligi texnikalari egalariga tezkor ko‘mak berishda davom etmoqda.