GULCHIROY XAYDAROVA ATTESTATSIYAGA TAYYORLOV GURUHI
Open in Telegram
Attestatsiyaga kafolatli tayyorlayman! 📌MTT DIREKTOR MENEJERLIK 📌MTT TARBIYACHI 📌MTT DIREKTOR O‘RINBOSARI 📌MTT PSIXOLOG 📌MTT LOGOPED 📌MTT MUSIQA 👩💻 Murojaat uchun: @Xaydarova_Gulchiroy Tel: 998935787113
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
933
Subscribers
-624 hours
+1327 days
+25430 days
Posts Archive
+2
Mentr va mutaxassis sifatida olgan bilimlarimizni to'laligicha ulashishga bel bog'ladim. Sizlar bilan 15-iyunda darslarimizni boshlaymiz..
Hurmatli ustozlar mana bizning ILK qadam 3-Milliy o'quv dasturimiz.........
Inshaollox 1- darsimiz aynan shu mavzudan boshlanadi....
📝TAYYORMISIZ📖📚
Maktabgacha taʼlim sohasida:
👩🎓 3 yil - Kasb hunar kolleji
👩🎓 4 yil - Bakalavr
👩🎓 2 yil - Magistrlaratura
👩🎓 3 yil - PhD tayanch Doktoranturani tamomlagan
8 yillik ish tajribasiga ega bo'lgan Xaydarova Gulchiroy bilan Attestatsiyaga muvaqqiyatli tayyorlaning.
👩🏫 DARSLAR: 15- UYUN SANASIDAN START OLADI.
SIZ JONLI DARSLARDA NAFAQAT TINGLAYSIZ BIZNING JAMOA BILAN
👉Fikr almashasiz
👉Testlarni jonli muxokama qilasiz
👉Ma'ruzalarda,
👉Savol javoblarda qatnashasiz.....
ENG MUXIMI " BIRGALIKDA YUKSALAMIZ"
Bepul kanalimizga a'zo bo'ling......
👉https://t.me//dmtt49dmtt
MONTESSORI METODI
Asoschisi: Mariya Montessori
Mohiyati: Ushbu metodda bola mustaqil o‘rganishga qodir shaxs deb qaraladi. Tarbiyachi bilim beruvchi emas, balki yo‘l ko‘rsatuvchi (gid) rolini bajaradi.
Asosiy tamoyillar
Erkin tanlov — bola qaysi faoliyatni qilishni o‘zi tanlaydi
Maxsus didaktik materiallar — o‘rganish ko‘proq amaliy buyumlar orqali bo‘ladi
Mustaqillik — bola ko‘p ishni o‘zi bajaradi
Mashg‘ulotga misollar:
— suvni idishdan idishga quyish (motorika va e’tibor);
— rangli bloklar bilan ishlash;
— harflar, sonlarni qo‘l bilan sezib o‘rganish;
— tugma qadash, ip bog‘lash kabi hayotiy ko‘nikmalar.
Afzalliklari:
— mustaqillikni rivojlantiradi;
— diqqatni kuchaytiradi;
+9
YOZ O'TMOQDA SOZ
mavzusi uchun bo'yashga namuna
Bog'cha
O'rtoqjon Turg'un,
Men bilan yurgin.
Bizning bog'chani
Bir borib ko'rgin.
Chiroyli bog'iday
Gulzor bog'chamiz.
Qizarib qoldi
Gilos, olchamiz.
Yangidan yangi
Mashinalar bor.
Haydaymiz desang,
Har qachon tayyor.
Turli o'yinchoq,
Arg'imchoq bizda.
Kemamiz suzur
Dengizchamizda.
Miltig'imizning
O'qlari olmos.
Chegaramizga
Dushman yo'lolmas.
Yozgi sog'lomlashtirish bo'yicha savollar bo'lsa murojaat qilishingiz mumkin
+8
🌞 Yozgi sog‘lomlashtirish ish rejasining asosiy vazifalari:
1. Bolalarning sog‘lig‘ini mustahkamlash
Tabiiy omillar (quyosh, havo, suv)dan to‘g‘ri foydalanish orqali bolalarni chiniqtirish.
Har kuni ochiq havoda jismoniy mashqlar, ertalabki gimnastika va o‘yinlar tashkil etish.
Ichimlik rejimini tashkil qilish (toza suv, mevali ichimliklar).
Sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilish.
2. Jismoniy faollikni oshirish
Ertalabki badantarbiya mashqlarini turli shakllarda tashkil etish (musiqiy, to‘garak shaklida).
Harakatli o‘yinlar, sport estafetalari, bayramlar o‘tkazish.
“Sport haftaligi”, “Quvnoq startlar” kabi tadbirlar rejalashtirish.
3. Tashqi muhit bilan tanishtirish va ekologik tarbiya
Tabiat qo‘ynida sayrlar, kuzatuv mashg‘ulotlari, gullar va o‘simliklarga g‘amxo‘rlik qilish.
“Yashil burchak”ni obodonlashtirish, bolalar ishtirokida ko‘chat ekish.
Tabiyatga ehtiyotkorlik bilan munosabatni shakllantirish.
+9
Ilk qadam Milliy dasturining dasturining 3-nashri bo'yicha qadrdon hamkasblarimiz, ustozlarimiz bilan bilim almashdik. Eng kerakli o'zgarishlar haqida baxs munozara qildik. Vaxolanki barcha saixarakatlar bolajonlar kelajagi va rivojlanishi uchun!!!!!
Available now! Telegram Research 2025 — the year's key insights 
