en
Feedback
GULCHIROY XAYDAROVA ATTESTATSIYAGA TAYYORLOV GURUHI

GULCHIROY XAYDAROVA ATTESTATSIYAGA TAYYORLOV GURUHI

Open in Telegram

Attestatsiyaga kafolatli tayyorlayman! 📌MTT DIREKTOR MENEJERLIK 📌MTT TARBIYACHI 📌MTT DIREKTOR O‘RINBOSARI 📌MTT PSIXOLOG 📌MTT LOGOPED 📌MTT MUSIQA 👩‍💻 Murojaat uchun: @Xaydarova_Gulchiroy Tel: 998935787113

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
2 668
Subscribers
-1524 hours
+2827 days
+78830 days
Posts Archive
Xayrli tong☺️☺️ Aziz ustozlarim!!!!!!! “Bir kun kelib, ota-onangizning duosini eshitish uchun hamma narsangizni berishga tayyor bo‘lib qolishingiz mumkin…” Ota-ona — Alloh bergan eng katta ne’matlardan biri. Ularning ko‘nglini og‘ritmay, roziligini olish — oddiy mehr emas, ibodatdir. Bir kishi Rasululloh ﷺ huzurlariga kelib: — Ey Allohning Rasuli, men kimga yaxshilik qilishim kerak? — deb so‘radi. Rasululloh ﷺ: — Onangga, — dedilar. U yana: — Keyin kimga? — dedi. — Onangga, — dedilar. — Keyin kimga? — Onangga, — dedilar. U yana: — Keyin kimga? — deb so‘raganida: — Otangga, — dedilar. 📖 Bu hadis Buxoriy va Muslimda rivoyat qilingan. O‘ylab ko‘ring… Onangiz bugun yoningizda bo‘lsa — uning qo‘lini ushlang. Otangiz hayot bo‘lsa — holidan xabar oling. Ularning duosini olishni “keyin”ga qoldirmang. Chunki ba’zan inson ota-onasining qadrini ular yo‘qligida tushunadi… 🤲 Allohim, ota-onamizni bizdan rozi qilgin. Ularni sihat-salomat, uzoq umrli qilgin. Vafot etgan ota-onalarimizni mag‘firat qilgin, qabrlarini nurga to‘ldirgin. Bizni ularga dunyoda ham, oxiratda ham yuzimiz yorug‘ farzandlardan qilgin. Omin. Bugun ota-onangiz uchun bir duo qiling. Balki aynan shu duoyingiz ularning qalbiga quvonch olib kirar. Bugun onajon, otajonlaringizga qo'ng'iroq qilib "Sizni yaxshi ko'raman " Deyish yodingizdan chiqmasin.

🟢#электрон_тўлов #мактабгача_таълим 📣 Hurmatli ota-onalar! ✅ Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bola ta’minoti uchun ota-onalar badal to‘lovini farzandingizning JShShIR raqami orqali amalga oshirish imkoniyati yaratildi. 👉 To‘lovlarni: ➖mobil ilovalar orqali; ➖bank kassalarida naqd pul yoki bank kartasi orqali amalga oshirishingiz mumkin. ❗️Bu muhim: to‘lovni tasdiqlashdan oldin quyidagi ma’lumotlarni diqqat bilan tekshirish tavsiya etiladi: 👉 bolaning F.I.Sh va JShShIR raqami; 👉 maktabgacha ta’lim tashkiloti raqami va guruh nomi; 👉 to‘lov summasi miqdori. 🔹Videoyo‘riqnomada mobil ilova va bank kassasi orqali to‘lov qilish tartibi bosqichma-bosqich bayon etilgan 🟢 Eng so'ngi yangiliklar bizning kanalda👇👇👇 https://t.me/ILK_QADAM_TV https://t.me/Mahoratli_Pedagoklar

Dars shu kanalda boshlandi

Assalomu alaykum xayrli kech bugun yopiq guruhda muxim dars 21.00 da o'z vaqtida kiring ustozjonlar.

✨TAYYOR HUJJAT⚡️ 🗞2026-2027- O‘QUV YILIGA TAYYROMISIZ✳️ ✅BOSHQARUV ✅DIREKTOR ✅DIREKTOR O'RINBOSARI ✅TARBIYACHI ✅HAMSHIRA ✅PS
✨TAYYOR HUJJAT⚡️ 🗞2026-2027- O‘QUV YILIGA TAYYROMISIZ✳️ ✅BOSHQARUV ✅DIREKTOR ✅DIREKTOR O'RINBOSARI ✅TARBIYACHI ✅HAMSHIRA ✅PSIXOLOG ✅LOGOPED ✅INGLIZ TILI ✅RUS TILI ✅JISMONIY TARBIYA ✅MUSIQA RAXBARI ✅HO'JALIK MUDIRI 👆BARCHA HUJJATLAR ISHONCHLI VA SIFATLI, ARZON NARXLARDA😍 📪O'ZBEKISTON BO'YLAB POCHTA ORQALI YETKAZIB BERILADI📨📚 📖YANGI ILK QADAM MILLIY O'QUV DASTURI BO'YICHA TAYORLANGAN ISHONCHLI HUJJATLAR📕📓 🎁HA AYTGANCHA ZAKAZ QILGAN HODIMNI HUJJATLARIGA BONUS BOR...🎁 BIZNING KANAL👇👇👇 https://t.me/DMTT_tayyor_hujjat GULCHIROY XAYDAROVA ATTESTATSIYAGA TAYYORLOV GURUHI

🌧 Aссалому алайкум. Пайшанба тонги муборак бўлсин 😊 Соғ–саломат уйғотган Роббимизга хамдлар бўлсин! 🌷Асл саодат нафас олиб турган ҳар онимизга шукр қила олишдир... 🌷Шукр ва зикрга бой кун бўлсин! 👉 TONGGI SALOMLAR

📚 “KELAJAK SOATI” — 2026–2027-O‘QUV YILI UCHUN BIR YILLIK MAVZULAR Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 2026–2027-o‘quv yili davomida “Kelajak soati” mashg‘ulotlari haftaning har dushanba kuni tashkil etiladi. Vazirlik buyrug‘ida mazkur mashg‘ulotlarni dolzarb mavzular asosida, ta’limdagi uzviylik va uzluksizlikni ta’minlashga qaratilgan holda o‘tkazish belgilangan. 📅 Bir yillik o‘quv rejasi: 🔹 Sentabr — “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” — 4 soat 🔹 Oktabr — “Mehribon tarbiyachim — mening suyanchim” — 4 soat 🔹 Noyabr — “Kichik yurakda katta Vatan mehri” — 4 soat 🔹 Dekabr — “Yaxshi qoidalar mamlakati” — 4 soat 🔹 Yanvar — “Tartibni sevamiz, qoidaga bo‘ysunamiz” — 3 soat 🔹 Fevral — “Ajdodlarga munosib avlod bo‘laylik” — 4 soat 🔹 Mart — “Do‘ppim boshimda — faxrim qalbimda” — 3 soat 🔹 Aprel — “Buyuk tarixga munosib jajji vorislarimiz” — 4 soat 🔹 May — “Kichik qadamlar — katta jasorat” — 4 soat ⏰ Jami: 34 soat 📌 “Kelajak soati” mashg‘ulotlari Vazirlik tomonidan tasdiqlangan maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun dastur, yo‘riqnoma va namunaviy dars ishlanmalari asosida tashkil etiladi. 📑 ASOS: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 21-avgustdagi 310-son “Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida “Kelajak soati” darslarini tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘i hamda uning 2-ilovasi — Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 2026–2027-o‘quv yilida o‘tkaziladigan “Kelajak soati” mashg‘ulotlari dasturi. Siz "ILK QADAM TV" Telegram kanalidasiz.👇 MTT ILG'OR TARBIYACHILARI GURUHIMIZGA OBUNA BÒLING.👇 @MTT_ILGOR_TARBIYACHILARI Siz bizdan uzoqlashmang.😊 #ILK_QADAM_TV #TARQATAMIZ Bizning "ILK QADAM TV" Telegram kanalimizga obuna bo'ling.👇👇 📡 https://Telegram.me/ILK_QADAM_TV

🇺🇿 SENTABR OYINING 1-HAFTASI 📅 Sana: 2–4-sentabr, 2026-yil 👫 Guruh: Katta guruh (5–6 yosh) 🌿 Oy mavzusi: “O‘zbekiston — mening Vatanim” 🇺🇿 Hafta mavzusi: “O‘zbekiston — faxrimiz va g‘ururimiz” ⚒️ QURISH-YASASH VA MATEMATIKA MARKAZI 1. “Mening shahrim” — konstruktorlardan zamonaviy uylar va ko‘chalar qurish. 2. “O‘zbekiston bayrog‘i” — rangli geometrik shakllardan bayroq tasvirini hosil qilish. 3. “Bayroqchalarni sanaymiz” — 1 dan 10 gacha sanash va miqdorlarni taqqoslash. 4. “Vatanimizning go‘zal binolari” — kubiklardan bino va inshootlar qurish. 5. “Milliy naqshlar” — geometrik shakllardan sodda naqsh va ketma-ketliklar tuzish. 🎭 SYUJETLI-ROLLI O‘YINLAR VA SAHNALASHTIRISH MARKAZI 1. “Mehmon kutamiz” — o‘zbek xalqining mehmondo‘stligini o‘yin orqali namoyish etish. 2. “Sayohatchilar” — O‘zbekistonning go‘zal joylariga xayoliy sayohat. 3. “Bayramga tayyorlanamiz” — bayram tadbirini sahnalashtirish. 4. “Do‘stlar davrasida” — ahillik va o‘zaro hurmatga asoslangan rolli o‘yin. 5. “Vatanimni madh etaman” — she’r va kichik sahna ko‘rinishlari. 📖 TIL VA NUTQ MARKAZI 1. “O‘zbekiston — mening Vatanim” — rasmlar asosida suhbat. 2. “Vatanim bilan faxrlanaman” — bolalarning o‘z fikrlarini sodda gaplarda ifodalashi. 3. “Davlat ramzlari” — bayroq, gerb va madhiyamiz haqida suhbat. 4. “Mening go‘zal yurtim” — suratlar asosida kichik hikoya tuzish. 5. “Vatan haqida she’rlar” — she’r tinglash va yod olish. 🌿 FAN VA TABIAT MARKAZI 1. “O‘zbekiston tabiati” — tog‘lar, daryolar, cho‘llar va bog‘lar bilan rasmlar orqali tanishish. 2. “Ona yurtimiz xaritada” — O‘zbekiston xaritasini kuzatish. 3. “Yurtimiz ne’matlari” — meva va sabzavotlarni kuzatish, guruhlash. 4. “Tabiatni asraymiz” — atrof-muhitga ehtiyotkor munosabat haqida suhbat. 5. “Vatanimizning go‘zal tabiati” — yurtimiz tabiatiga oid rasmlarni kuzatish va taqqoslash. 🎨 SAN’AT MARKAZI 1. “O‘zbekiston bayrog‘i” — rasm chizish. 2. “Vatanim quyoshi” — applikatsiya. 3. “Milliy naqshlar” — bezakli rasm ishlash. 4. “Mening go‘zal Vatanim” — erkin rasm. 5. “Yurtimiz ne’matlari” — plastilindan meva va sabzavotlar yasash. 📅 2–4-SENTABR KUNLARI UCHUN ASOSIY YO‘NALISH 2-sentabr — “O‘zbekiston — mening Vatanim” Bolalarning Vatan, ona yurt va O‘zbekiston haqidagi bilimlarini mustahkamlash, davlat ramzlariga hurmat tuyg‘usini shakllantirish. 3-sentabr — “Vatanim bilan faxrlanaman” Yurtimizning go‘zalligi, bunyodkorligi, tabiati va milliy qadriyatlari haqida suhbatlar hamda ijodiy faoliyatlar tashkil etish. 4-sentabr — “O‘zbekiston — faxrimiz va g‘ururimiz” Hafta davomida olingan bilimlarni umumlashtirish, Vatanga muhabbat, faxr va g‘urur tuyg‘ularini mustahkamlash. 🍃Tarbiyachilar ustaxonasi 🍃 ☘MTT Ilg'or tàrbiyachilari guruhiga obuna bo'ling.👇 @MTT_Ilgor_tarbiyachilari 🌴🍃Bizda faqat eng yaxshilari✅ 🍀Hamkor kanal: @Ozimiz_Yasaymiz1 🪷Bizga qo''shiling..👇 https://T.me/Tarbiyachilar_Ustaxonasi

🇺🇿 SENTABR OYINING 1-HAFTASI 📅 Sana: 2–4-sentabr, 2026-yil 👫 Guruh: O‘rta guruh (4–5 yosh) 🇺🇿 Oy mavzusi: “O‘zbekiston — mening Vatanim” 🌟 Hafta mavzusi: “O‘zbekiston ramzlari” ⚒️ 1. QURISH-YASASH VA MATEMATIKA MARKAZI 1. “Bayroqcha yasaymiz” — geometrik shakllardan bayroq ko‘rinishini hosil qilish. 2. “Ranglarni joylashtir” — bayroq ranglarini ketma-ketlikda joylashtirish. 3. “Bayroqchalarni sanaymiz” — 1 dan 5 gacha sanash. 4. “Katta va kichik bayroqlar” — kattaligiga ko‘ra taqqoslash va guruhlash. 5. “Milliy naqshlar” — geometrik shakllardan sodda naqsh tuzish. 🎭 2. SYUJETLI-ROLLI O‘YINLAR VA SAHNALASHTIRISH MARKAZI 1. “Bayramga tayyorlanamiz” — bayramona muhitni rolli o‘yin orqali yaratish. 2. “Bayroqchalar bilan sayr” — Vatanga mehr tuyg‘usini rivojlantiruvchi o‘yin. 3. “Vatanimni sevaman” — kichik sahna ko‘rinishi. 4. “Do‘stlar davrasida” — ahillik va do‘stlikni ifodalovchi rolli o‘yin. 5. “Bayram konserti” — Vatan haqidagi she’r va qo‘shiqlarni ijro etish. 📖 3. TIL VA NUTQ MARKAZI 1. “O‘zbekiston — mening Vatanim” — rasmlar asosida suhbat. 2. “Davlat ramzlarimiz” — O‘zbekiston bayrog‘i, gerbi va madhiyasi bilan tanishish. 3. “Bayrog‘imiz ranglari” — ranglarni to‘g‘ri nomlash va ular asosida sodda gaplar tuzish. 4. “Gerbimizda nimalarni ko‘ramiz?” — gerb tasvirini kuzatish va ko‘rganlarini aytish. 5. “Vatan haqida she’r” — yoshga mos she’rni tinglash va takrorlash. 🌿 4. FAN VA TABIAT MARKAZI 1. “Bayrog‘imizdagi ranglar” — ranglarni tabiatdagi ranglar bilan taqqoslash. 2. “Quyosh va yulduzlar” — gerb hamda bayroqdagi belgilarni kuzatish. 3. “Humo qushi” — Humo qushi tasviri bilan tanishish. 4. “Paxta va bug‘doy” — gerbdagi o‘simliklarni kuzatish va ular haqida sodda tushuncha berish. 5. “Ona yurtimiz tabiati” — O‘zbekistonning tabiiy boyliklari haqida rasmlar asosida suhbat. 🎨 5. SAN’AT MARKAZI 1. “O‘zbekiston bayrog‘i” — rasm chizish. 2. “Bayroqcha” — applikatsiya. 3. “Milliy naqshlar” — bo‘yoqlar yordamida bezak yaratish. 4. “Quyosh va yulduzlar” — plastilin bilan ishlash. 5. “Vatanim ramzlari” — erkin ijodiy ish. 📅 2–4-SENTABR KUNLARI 2-sentabr — “Bayrog‘imiz — faxrimiz” Bolalar O‘zbekiston bayrog‘i bilan yaqindan tanishadilar. Bayroqdagi ranglar va belgilar kuzatiladi, ranglar nomlanadi. Bayroqchalarni sanash, ranglarni ketma-ket joylashtirish va bayroq rasmini chizish ishlari bajariladi. 3-sentabr — “Gerbimiz — g‘ururimiz” O‘zbekiston gerbi kuzatilib, undagi Humo qushi, quyosh, paxta, bug‘doy va boshqa tasvirlar bolalarga yoshiga mos tarzda tushuntiriladi. “Gerbimizda nimalarni ko‘ramiz?” mavzusida suhbat o‘tkaziladi. 4-sentabr — “Davlat ramzlarimiz” Bayroq, gerb va madhiya haqidagi olingan bilimlar umumlashtiriladi. Vatan haqidagi qo‘shiq tinglanadi, didaktik o‘yinlar va ijodiy faoliyatlar orqali davlat ramzlariga hurmat tushunchasi mustahkamlanadi. 👭 UMUMIY GURUH BILAN ISHLASH 🇺🇿 “Davlat ramzlarini top” — didaktik o‘yin. 🧩 “Bayroqni to‘g‘ri joylashtir” — ranglar ketma-ketligini mustahkamlash. 🎵 Musiqiy faoliyat: O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini tinglash. 🗣️ “Vatanimni sevaman” — suhbat. 🏃 Harakatli o‘yin: “Bayroqchaga yetib bor”. 🌳 Sayr va kuzatish: DMTT hududidagi bayroq, tabiat va atrof-muhitni kuzatish. 🌟 KUTILAYOTGAN NATIJA Bolalar O‘zbekistonning davlat ramzlari — bayroq, gerb va madhiya haqida yoshiga mos dastlabki bilimlarga ega bo‘ladilar. Bayroq ranglarini farqlash va nomlash, gerbdagi asosiy tasvirlarni tanish ko‘nikmalari shakllanadi. Faoliyatlar orqali bolalarda Vatanga muhabbat, davlat ramzlariga hurmat va milliy faxr tuyg‘ulari rivojlantiriladi. Sanash, ranglarni farqlash, kuzatish, gap tuzish va ijodiy ishlash ko‘nikmalari mustahkamlanadi. 🔰Kanalga obuna boʼling.👇 🔰 Barchasi bizda💻 👨‍💻ADMIN:@BEK_5992 🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰 🌐https://t.me/MTT_ILGOR_TARBIYACHILAR

🇺🇿 SENTABR OYINING 1-HAFTASI 📅 Sana: 2–4-sentabr, 2026-yil 👫 Guruh: Kichik guruh (3–4 yosh) 🇺🇿 Oy mavzusi: “O‘zbekiston — mening Vatanim” 🌟 Hafta mavzusi: “O‘zbekiston — mening Vatanim” ⚒️ 1. QURISH-YASASH VA MATEMATIKA MARKAZI 1. “Mening uyim” — kubiklardan sodda uy qurish. 2. “Bayroqchalarni sanaymiz” — 1 dan 3 gacha sanash. 3. “Katta va kichik uylar” — katta-kichik tushunchalarini mustahkamlash. 4. “Bayroq ranglarini top” — ko‘k, oq, yashil va qizil ranglarni ajratish. 5. “Shahrimiz ko‘chasi” — konstruktorlardan uylar va yo‘l qurish. 🎭 2. SYUJETLI-ROLLI O‘YINLAR VA SAHNALASHTIRISH MARKAZI 1. “Mening oilam” — oila a’zolari rollarini bajarish. 2. “Mehmon kutamiz” — mehmon kutish va salomlashish odobini o‘yin orqali o‘rganish. 3. “Sayrga chiqamiz” — ona yurtimiz bo‘ylab xayoliy sayohat. 4. “Bayroqcha bilan bayram” — bayroqchalar bilan quvnoq bayram o‘yini. 5. “Ahil bolajonlar” — do‘stlik va birgalikda o‘ynashga qaratilgan rolli o‘yin. 📖 3. TIL VA NUTQ MARKAZI 1. “O‘zbekiston — mening Vatanim” — Vatan haqida sodda suhbat. 2. “Bayrog‘imizni taniymiz” — O‘zbekiston bayrog‘ini kuzatish va ranglarini nomlash. 3. “Men qayerda yashayman?” — bolalarga o‘z yurti haqida sodda gaplar ayttirish. 4. “Go‘zal Vatanim” — rasmlar asosida so‘z va sodda gaplar tuzish. 5. “Vatan haqida she’r” — yoshga mos qisqa she’rni tinglash va takrorlash. 🌿 4. FAN VA TABIAT MARKAZI 1. “Ona yurtimiz tabiati” — daraxtlar, gullar, tog‘lar va daryolar tasvirlarini kuzatish. 2. “Bayroq ranglari tabiatda” — ko‘k osmon, oq bulut, yashil o‘simliklarni kuzatish. 3. “Mevalarni taniymiz” — yurtimizda yetishtiriladigan mevalarni nomlash. 4. “Rangiga qarab ajrat” — meva va gullarni rangiga ko‘ra guruhlash. 5. “Tabiatni asraymiz” — gullarni uzmaslik, daraxtlarga zarar yetkazmaslik haqida sodda tushuncha berish. 🎨 5. SAN’AT MARKAZI 1. “O‘zbekiston bayrog‘i” — tayyor shakllarni bo‘yash. 2. “Bayroqcha” — sodda applikatsiya. 3. “Quvnoq quyosh” — rasm chizish. 4. “Mening uyim” — rangli qog‘ozlardan applikatsiya. 5. “Yurtimiz mevalari” — plastilindan sodda mevalar yasash. 📅 2–4-SENTABR KUNLARI UCHUN ASOSIY YO‘NALISH 2-sentabr — “O‘zbekiston — mening Vatanim” Bolalarga Vatan tushunchasi yoshiga mos tarzda tushuntiriladi. O‘zbekiston haqidagi chiroyli rasmlar tomosha qilinadi. “Mening uyim” qurish-yasash faoliyati va Vatan haqidagi suhbat tashkil etiladi. 3-sentabr — “Bayrog‘imizni taniymiz” Bolalar O‘zbekiston bayrog‘ini kuzatadilar. Ko‘k, oq, yashil va qizil ranglarni nomlaydilar va ajratadilar. “Bayroq ranglarini top” didaktik o‘yini o‘ynalib, bayroqcha applikatsiyasi bajariladi. 4-sentabr — “Go‘zal Vatanim” Bolalar ona yurtimizning tabiati, uylar, ko‘chalar, bog‘lar va mevalar tasvirlarini kuzatadilar. Rasmlar asosida sodda savol-javoblar o‘tkaziladi. Hafta davomida olingan bilimlar o‘yinlar orqali mustahkamlanadi. 👭 UMUMIY GURUH BILAN ISHLASH 🇺🇿 “Bayroqni top” — didaktik o‘yin. 🎨 “Rangini ayt” — bayroq ranglarini mustahkamlash. 🎵 Musiqiy faoliyat: Vatan haqidagi bolalar qo‘shig‘ini tinglash. 🗣️ “Mening Vatanim” — sodda savol-javob. 🏃 Harakatli o‘yin: “Bayroqchaga yetib bor”. 🌳 Sayr va kuzatish: osmon, bulutlar, daraxtlar, gullar va DMTT hududidagi bayroqni kuzatish. 🌟 KUTILAYOTGAN NATIJA Bolalarda O‘zbekiston — bizning Vatanimiz ekanligi haqida yoshiga mos dastlabki tushuncha shakllanadi. O‘zbekiston bayrog‘ini taniy boshlaydilar va undagi asosiy ranglarni farqlaydilar. Bolalarning ranglarni ajratish, 1 dan 3 gacha sanash, katta-kichikni farqlash, rasmlar asosida sodda so‘z va gaplarni aytish ko‘nikmalari rivojlantiriladi. Ijodiy va o‘yin faoliyatlari orqali Vatanga mehr, do‘stlik, ahillik va atrof-muhitga ehtiyotkor munosabat shakllantiriladi. Tuzuvchi: Xalilova Nilufar Shavkatovna «Maktabgacha ta’lim va Maktab ta’limi» kanaliga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇 👉 https://t.me/PEDAGOG_TARBIYACHILARI 👉 https://t.me/PEDAGOG_TARBIYACHILARI

❗️ДИҚҚАТ❗️МУҲИМ 2026–2027 ўқув йилидан бошлаб мактабгача таълим ташкилотларида таълим-тарбия жараёнини режалаштиришда “Илк қадам” миллий ўқув дастурида белгиланган ой ва ҳафта мавзуларидан келиб чиққан ҳолда таълимий-мавзули режалаштириш ташкилотнинг ўзида ишлаб чиқилади. Таълимий режалаштириш ҳар бир ҳудуднинг турмуш тарзи, иқлим шароити, миллий ва маҳаллий хусусиятлари, болаларнинг ёш хусусиятлари, қизиқиш ва эҳтиёжлари, шунингдек, мактабгача таълим ташкилотининг мавжуд имкониятларини инобатга олган ҳолда тузилиши мақсадга мувофиқ. 📌 “Илк қадам” миллий ўқув дастуридаги ой ва ҳафта мавзуларидан келиб чиқиб, таълимий режалаштириш директор ўринбосари томонидан бир ойлик ёки бир ҳафталик шаклда мослаштириб тузилади. Тузилган режалаштириш педагогик кенгаш муҳокамасига киритилади, педагогларнинг таклиф ва тавсиялари инобатга олинади ҳамда тегишли қарор қабул қилинади. Ҳар ойлик режалаштириш мактабгача таълим ташкилоти директори томонидан тасдиқланади. Аввалги йилларда, жумладан 2018 ва 2022 йилларда, таълимий-мавзули режалаштириш бўйича қўлланмалардан фойдаланилган. Янги тартибда эса тайёр режалаштиришни барча МТТлар учун бир хил шаклда қўллаш эмас, балки “Илк қадам” миллий ўқув дастури асосида ҳар бир ташкилот шароитига мос режалаштиришни шакллантириш муҳим ҳисобланади. Ижтимоий тармоқлар, Telegram гуруҳ ва каналларида тарқатилаётган турли тайёр режалаштиришлардан намуна ва методик ёрдам сифатида фойдаланиш мумкин, аммо улар расмий манба ҳисобланмайди. Улардан фойдаланилганда режалаштиришни ўз ҳудуди, МТТ имкониятлари ва тарбияланувчилар эҳтиёжларига мослаштириш лозим. ❗ Таълимий-мавзули режалаштиришни тузиш ва уни таълим жараёнига мослаштиришда директор ўринбосари масъул ҳисобланади. Шунинг учун тайёр режани шунчаки кўчириб олиш эмас, балки “Илк қадам” миллий ўқув дастуридаги ой ва ҳафта мавзуларини асос қилиб, ўз МТТси шароитидан келиб чиққан ҳолда мазмунли ва мақсадли режалаштириш энг муҳим вазифадир. «Maktabgacha ta’lim» - kanaliga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇 👉 https://t.me/Zamonaviy_tarbiyachilar 👉 https://t.me/Mahoratli_Pedagoklar

✨TAYYOR HUJJAT⚡️ 🗞2026-2027- O‘QUV YILIGA TAYYROMISIZ✳️ ✅BOSHQARUV ✅DIREKTOR ✅DIREKTOR O'RINBOSARI ✅TARBIYACHI ✅HAMSHIRA ✅PS
✨TAYYOR HUJJAT⚡️ 🗞2026-2027- O‘QUV YILIGA TAYYROMISIZ✳️ ✅BOSHQARUV ✅DIREKTOR ✅DIREKTOR O'RINBOSARI ✅TARBIYACHI ✅HAMSHIRA ✅PSIXOLOG ✅LOGOPED ✅INGLIZ TILI ✅RUS TILI ✅JISMONIY TARBIYA ✅MUSIQA RAXBARI ✅HO'JALIK MUDIRI 👆BARCHA HUJJATLAR ISHONCHLI VA SIFATLI, ARZON NARXLARDA😍 📪O'ZBEKISTON BO'YLAB POCHTA ORQALI YETKAZIB BERILADI📨📚 📖YANGI ILK QADAM MILLIY O'QUV DASTURI BO'YICHA TAYORLANGAN ISHONCHLI HUJJATLAR📕📓 🎁HA AYTGANCHA ZAKAZ QILGAN HODIMNI HUJJATLARIGA BONUS BOR...🎁 BIZNING KANAL👇👇👇 https://t.me/DMTT_tayyor_hujjat

🌺 Bilimlar kuni muborak, aziz maktabgacha ta’lim ustozlari! Yangi o‘quv yili — shunchaki yangi bosqich emas, yangi marralar, ulkan maqsadlar va kelajak avlod tarbiyasi yo‘lidagi mas’uliyatli qadamdir. Har bir mashg‘ulot, har bir izlanish va har bir berilgan bilim ortida — bolajonlarning kelajagini bunyod etishdek buyuk maqsad turibdi. Yangi o‘quv yili mehnatingizga munosib natijalar, yangi yutuq va zafarlar olib kelsin! Yuksak marralar tilayman💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐

Video message00:58