1 002
Subscribers
-524 hours
-207 days
-11230 days
Posts Archive
Futbolni ichidan bilishni boshlaganizdan so’ng ko’p muammolar nega haligacha yechilmayotganini bilib boraverasiz. Sekin astalik bilan oldinga qadam tashlayotgandekmiz, lekin yillar kerak bo’ladi to’g’ri yonalishdamizmi yoki yo’q?
Taktik, maydondagi sxema haqida gap ketyapti!
@davlatbekmuydinov
Mayli endi Jahon Chempionatida kim chempion bo’lishi haqida juda ko’p gapiryabmiz. Men sizlarga boshqa savol bilan yuzlanmoqchiman:
Superligada “Neftchi” dan kim o’tib ketoladi? Kimni chempion bo’lish ehtimoli yuqori?
@davlatbekmuydinov
🔵 Навбаҳор 4:2 Истанбул Башакшеҳир 🇹🇷
⚽️ Ҳусайн Норчаев 2 та Руслан Жиянов 2 та
Bir tomonda Fransiya, bir tomonda Vodiyliklar yondiryapti. Qizig’i ikkisining ham formalar ko’k rangda😅
Angliya keyingi bosqichda, Keyn qahramon! Bitta oltin top yasatamiz shekilli.
Kongo qo’rqmadi, futbol o’ynab yutqazdi.
@davlatbekmuydinov
Angliyada yutishga bo’lgan yonish yo’qdek, jamoa juda ham ortiqcha ishonib yuboryapti Kongoga qarshi uchrashuvni 2-taymda yutib olishiga.
Aytgancha, penalti bo’lishi mumkin hozir….
@davlatbekmuydinov
Repost from SPORTS.uz
❗️ТЕРМА ЖАМОАНИ БОШҚАРИШГА КАПАДЗЕ ЛОЙИҚМИ?
🔵"Мундиал подкаст"нинг навбатдаги меҳмони —Жамолиддин Бобожонов.
🔴Подкаст давомида анча кескин фикрлар билдирилди. Каннаваронинг фаолияти, Кападзенинг салоҳияти ҳамда Осиё кубогида миллий жамоамизнинг имкониятлари муҳокама қилинди.
🧐Шунингдек, жамоамизнинг Жаҳон чемпионатидаги иштироки ҳақида ҳам сўз юритилди.
https://youtu.be/spPDw_XciAk
O’zi turnirda qoyillatib qatnashmadik. Lekin shunga qaramay OAV hodimlari 40 gradus issiqda, soat 8 yarimda sizlarni kutib olishga chiqadiyu, bitta intervyu bermasligingiz nimasi endi bu.
Sizlardagi hursandchilikni ko’rib Portugaliyani yutib keldik deb o’ylabmiz to’g’risi.
“Gapirmayman, qayerga qo’ysangizlar qo’yaveringlar…..”— Alijonov Xojiakbar
Niderlandiya uchun ham turnir yakunlandi!
Penaltilar seriyasiga har ikki jamoa ham tayyor emasligi ko’rindi, lekin Marokash omadliroq bo’lib chiqdi yakunda. Niderlandlarning oltin avlodiga bu chempionatda katta potensiyal bilan qaralayotgandi. Ma’lum ekspertlar hattoki ularning chempionligini tahmin qilishayotgandi. Lekin Marokashliklar chinakamiga iroda namoyish etib berishdi.
Marokashga omad, Niderlandiyaliklarga oq yo’l, safaringiz behatar bo’lsin…
@davlatbekmuydinov
Afsus Yaponiya uchun ham turnir o’z yakuniga yetdi, ammo jamoa Yevropa va Janubiy Amerika grandlariga qarshi tengma-teng o’ynay olishini isbotladi. Ularda finalga chiqish uchun yana 24 yil bor😅
@davlatbekmuydinov
Yaponiya hisobni ochdi, bugun yutadimi yo’qmi bilmadim lekin instagram sahifadagi gapimni yigitlar allaqachon isbotlashdi. Umuman Braziliyadan qo’rqmayapti jamoa.
@davlatbekmuydinov
Haqiqatdan biz bilardik bu guruhda eng autsayder jamoa ekanligimizni, lekin vaziyatga real qarash bahona bo’lmasligi kerak.
Agar bu mantiq bo’yicha olib qaraydigan bo’lsak Osiyo Kubogiga bormaganimiz maqul. Sababi u yerda Eron, Yaponiya va Koreya terma jamoalari bor. Real qaraylik ular bizda kuchliroq.
Biz faqatgina CAFA Cupda ishtirok etib o’zimizdan kuchsizroq Qirg’iziston, Tojikiston va Turkmaniston, Afg’oniston va bu musobaqaga jiddiy qaramaydigan Eronni olib kelib uyimizda kubok yutaylik. Jahon va Osiyo chempionatlarida ishtirok etishni to’xtatib qo’ya qolaylik.
Siz bu mantiqqa qay darajada qo’shilasiz? Axir Cabo Verde isbotladiku. Raqiblariga to’xtaladigan bo’lsak, aniq aytolamanki Ispaniya Portugaliyadan kuchsiz emas, Urugvayning hattoki U23 jamoasiga qarshi turib berolmaganmiz. Saudiyaliklarni muntazam yutish ham biz uchun muammo.
Xulosa o’zingizdan, agar bu salbiy natijaga reallikni bahona qilayotgan bo’lsangiz.
@davlatbekmuydinov
O’yindan so’ng bir tanishim aytgan gapi ham hazil sifat tuyuladi, ham rost:
“Bo’ldi tugadi, endi bemalol Portugaliyaga muhlislik qilaman”
Ehhh yana qancha odam o’zini shunaqa ovutdi ekan, qiziqda!
@davlatbekmuydinov
Jonli efirimiz biroz ertaroq yakunlanish ehtimoli bor, Sports.uz youtube sahifasida jonli efirga chiqamiz. Hammaga raxmat
Yuqoridagi link orqali jonli efirni tomosha qilishingiz mumkin,
https://t.me/uzbekistacolombia
https://t.me/uzbekistacolombia
Iyaaa birinchi vaziyat, birinchi gol. Kongo hozircha hisobni tenglashtirdi
Dastlabki daqiqalarda “Kango” chaynayapmiz. Hali raqibimizni his qilganimizcha yo’q!
