1 002
Subscribers
-524 hours
-207 days
-11230 days
Posts Archive
Ko’ramiz kimni fan klub auditoriyasi telegramda ko’proq ekan. So’rovnoma ertaga 14 iyul kuni soat 10:00 da yakuniga yetadi.
Quyida birinchi tur juftliklari bilan tanishib chiqishingiz mumkin!
Hozircha bizda band bo’lib ulgurgan jamoalar:
Paxtakor, Navbahor, Neftchi, Dinamo, Nasaf, Sug’diyona
Superliga boshlanguncha muhlislar o’rtasida yutuqli kichik bir turnir qilamizmi? Faqat bu uchun menga ham jamoaning bittadan muhlisi kerak bo’ladi.
Bu havolaga bosib username va qaysi jamoaga muhlislik qilishini yozib qoldiradi. Eng birinchi yozganlar orasida kichich so’rovnoma qilamiz.
Soat 22:00gacha jamoangizni tanlab oling✊😎
@davlatbekmuydinov
Janubiy Afrika Respublikasi futbolchisi vafot etibdi. Adams mundialda 3 ta bahsda maydonga tushgan.
Hozircha bor ma’lumotlarga qarasak, u o’z joniga qasd qilgan.
@davlatbekmuydinov
Jasur Jaloliddinov "Navbahor"ning markazini yanada kuchaytirib beradi, Diyor Xolmatov bilan tandemdagi o'yinlarini ko'rishga qiziqyapman. Ikkisining ham hali isbotlashi kerak bo'lgan nuqtalar ko'p. Agar bu tarkibga Abdurauf Bo'riyevni ham olib kelisholsa bu chiziq yanada mukammalashar edi.
FBI ayni vaqtda Argentina futbol federatsiyasi ustidan ish ochgan. Gap bir necha yuz ming dollar haqida emas, bir necha million dollar haqida ham emas. Masala bir necha yuz million dollar haqida ketmoqda(aniqroq aytganda 300mln $). Voqeani kuzatamiz, bu holat chet el ommaviy axborot vositalarini yondiryapti,
@davlatbekmuydinov
Marokash Paragvaydan farqli o’laroq tozaroq futbol o’ynaydi. Bunday futbolda Fransiya o’zini suvga tushgan baliqdek his qiladi. Shu sababli, Marokash maksimal zichroq himoyalanishi va oldingi chiziq futbolchilari kuchlarini boricha pressingda faol bo’lishlari lozim.
Fovarid aniq. Lekin bu turnirda sensatsiyalar juda ko’payib ketganidan kelib chiqib, o’yinda intriga yetarlicha desak ham bo’ladi.
@davlatbekmuydinov
"Zenit"-"Neftchi" 4:1
“Navbahor”ning g’alabasi fonida qarasak hali chempionlikda intriga yetarlidek. Farg’ona jamoasiga oson bo’lmaydi. Hali toshkentliklar boshlamadi.
@davlatbekmuydinov
Misr shikoyat qilibdi, lekin yakuni qanday bo’lishi 90 foiz aniqku-a? (aytgancha yangi sahifani qo’llavoringizlar😉)
https://www.instagram.com/reel/DaiEaw2oMxP/?igsh=MXgxMHRxcmVlbzIzcQ==
Bugundan Superligada transferlar oynasi ochildi. Hammamiz kutayotgan O’rozov transferi haqidagi yangiliklar tez kunda ijtimoiy tarmoqlarni bosib ketsa kerak. U ayni vaqtda O’zbekistondan uchib ketgan va bizga noma’lum jamoada tibbiy ko’rikdan o’tish uchun tayyorgarlik ko’ryapti.
Hozircha shunisi aniqki, Jahongir O’rozov ikkinchi davrani “Dinamo” safida o’tkazmaydi.
@davlatbekmuydinov
KUN.uz ni sport habarlari uchun alohida instagram sahifasi ochildi.
Endilikda kun davomida muhim voqealar haqida videolar taqdim etiladi. Albatta obuna bo‘lib qo‘ying.
👉https://www.instagram.com/reel/Dae8ElVoXVP/?igsh=MW93Y2ljcWxpdGpjdg==
“Nyukasl” Brunosi shkal qildiyu, Vini tepmaysanmi. Vini liderlikni namoyish etyapti, u ko’z oldimizda kattaryapti
@davlatbekmuydinov
Kecha Fransiya haqida adashmagan ekanmiz, hali jamoa juda bir jiddiy termaga qarshi maydonga tushmabdi. Kim biladi Paragvay darvozasi belgilangan penalti bo’lmaganda penaltilargacha borarmidi o’yin. Fransiyaga hali jiddiy raqibga duch kelmabdi.
Bugun esa braziliyaliklar maydonga tushadi, kimsan Holand jamoasiga qarshi. Ancha qiyin bo’ladi, sababi Norvegiya Fransiyaga qarshi deyarli asosiy futbolchilarsiz harakat qilgandi. Bugun ularni ham asl o’yin darajasi ko’ramiz.
Sensatsiyaga ishonyapman negadir, lekin Braziliya chiqsin yarim finalga nomlar kerak. Sensatsiyalar emas…
@davlatbekmuydinovQiziq Argentinaning yo’lini oson deb Fransiyani unutibmizku!
Fransuzlarning guruhida ularga eng jiddiy qarshilik ko’rsatoladigan jamoa Norvegiya hisoblanayotgandi. Bundan tashqari qolgan ikki uchrashuvda Senegal va mintaqamizning Iroq terma jamoalariga qarshi bahs olib bordi. Deyarli qiyinchiliksiz bu raqiblardan o’tib guruhdan chiqdi.
1/32 final bosqichida jamoa Shvetsiyani ham qiyinchiliksiz maydalab tashladi. Endigi nimchorak finaldagi raqib Paragvay termasi. Ko’p ehtimol mazkur bahsda ham jamoa ko’p kuch sarflamay keyingi bosqichga yo’l olsa kerak. Chorakfinalda esa fransuzlarni Marokash kutib turibdi.
Argentinaning raqiblari mening fikrimcha shu darajada va hattoki Kalumbiya Marokashdan kuchliroq bo’lsa ham ajab emas. Qiziq bu jamoalar har yili yarim final, finallargacha yetib kelyapti. FIFAning ishi emasmikan bu😅
@davlatbekmuydinov
