en
Feedback
Импульс | Muydinov Davlatbek

Импульс | Muydinov Davlatbek

Open in Telegram

Former Sports.uz jurnalisti Kun.uz jurnalisti @dvdbkmy

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
1 003
Subscribers
-524 hours
-207 days
-11230 days
Posts Archive
Dilshod Komilov o’zining sobiq jamoasiga gol urdi. Lekin bir qator o’zbek futbolining qon tomirlarida yashab kelayotgan muammolar ko’ngildan o’tdi. Uning “Qizilqum”dan ketishi haqida gap ketyapti. Umid qilamiz bunday muammolarga kelajakda yechim topamiz😅 @davlatbekmuydinov

Superligada “Neftchi” startni qattiq boshladi. Jamoa Jizzaxda bo’lgan bahsda, 5 ta gol urdi. Lekin e’tiborlisi, 5 ta golni 5 ta futbolchi kiritgani. Topurarlik uchun kurashayotgan egoli futbolchi yo’q jamoada jamoviylik yuqori darajada shakillangan bo’ladi. Respect Islom Ismoilov @davlatbekmuydinov

Angliyaga qarshi o’yinning birinchi taymida Argentina ko’plab mayda follar orqali raqibning tartibli o’yiniga biroz agressiya qo’sha olgandi. Bu gal Ispanlar ham shu xatoni qilisharmikan yoki Argentinaga fursat berishmasmikan ikkinchi taymda ham.

Yamal har 2 vaziyatda ham juda zaif harakat qildi, o’ziga kelib olishi uchun bitta yaxshi vaziyatda o’zini ko’rsatib olishi kerak. Yoki sabab boshqamikina….

Hissiyotlar va Sovuqqonlik Kim g’alaba qozonadi⚽️

Madhiya vaqtida e’tibor berdingizmi, Argentina o’zi ham bu tarkib chihatidan farqni his qilmoqda. Ular faqat jang qilish uchungina maydonga chiqishdi. Shunchaki ulardagi bu “dux”ni madhiya aytishidanoq sezish qiyin emas. Juda ko’p narsani psixologik tayyorgarlik hal qiladi, kim tayyor ekanligini 45 daqiqadan so’ng bilamiz. @davlatbekmuydinov

Bugun Futbol tvni tomosha qilishingizni tavfsiya bergan bo'lardim. Sababi ustoz Mirzahakim To'xtamirzayev sharhda. Ustoz uchun ham bu mundial tarixga aylanib qoldi. Anchadan keyin sharhga qaytdi, O'zbekistonning o'yinini sharhladi va bugun finalda ham o'z zimmasiga bu mas'uliyatni oldi. Ha boshqalarning davri bo'lishi mumkin, lekin ustoz legenda⚽️

Ilyosov terma jamoada eng kamida 3-darvozabon bo’lishga haqli. Birinchi davra boshidan beri u yaxshi formada. Bugungi uchrashuvda ham aynan u katta ko’lamdagi ishni bajarib berdi. Futboldagi katta figuralar ilgari hujumchilar hisoblangan, lekin hozirgi darvozabonlar bu rolni o’zlariniki qilishmoqda. Tibo “Real Madrid”ga Chempionlar ligasini yitib bergan o’z seyvlari bilan. Donnarumma “PSG” safida bir qator muhim o’yinlarni yutib bergan. Kabo Verdedagi Vozinyani bir eslaylik. Darvozabon haqiqatda yarim jamoa deb bekorga aytilmaydi.

Hamma ishtirokchilarga raxmat, sekin asta endi Superliga atmosferasiga kirib boramiz birgalikda. Faqat “Navbahor” va “Paxtakor” biroz muhitga kirib ololmayapti. Chempionlik kurashidagi jamoalarni tezroq o’zlariga kelishini tilab qolamiz.

19:00 da stop beramiz. Bunday so’rovnomada “So’g’diyona”ni ishtirok etishi qolganlarga adolatsizlik bo’lib qoladi shekilli. “Neftchi” zo’r berdi lekin “So’g’diyona” fan auditoriyasi faollikda ajralib turdi kanalimda😅

Argentinaning ssenariysi bo’lib kettiyu. “Neftchi” realizatsiyadagi muammolar ustida ishlashi kerak. Zarbalar soni juda ko’p, lekin aksariyati sekin, yerlatib yoki noaniq berilyapti. Qiyin bo’ladi Navbahorga qarshi 14-tur.

Buxoro agar hisobni 70-daqiqaga ushlab turolsa, marra ularniki. Neftchi jamoasi o’zini katta tanaffusdan oldingi bosiq holatda tutmayapti. Agar jamoa tezroq hisobni tenglashtirolmasa, futbolchilar uchun asosiy raqib o’zlarining nerv tolalari bo’lib qolsa kerak😅 Mana 2-taym uchun intriga

Hakamlikka savollar ko’paymoqda “Neftchi” jamoasi muhlislarida. Alisher Odilovning vaziyati agarga jarima maydonchasining ichida bo’lganida, penaltiga tortadigan vaziyat edi. Sababi oyoq bilan kontakt yaqqol ko’zga tashlandi. Jarima to’pi uchun afsuski VAR ko’rilmaydi. Birinchi taymning so’ngi daqiqalaridagi qo’l bilan o’yin masofa qisqaligi uchun berilmagan bo’lsa kerak. Lekin bir savol tug’iladi, himoyachi qo’lini tortib to’pga chiqishi kerak emasmi? Mayli 2-taym yanada qiziqroq bo’ladi endi! @davlatbekmuydinov

Navbahor va Buxoro o’rtasidagi uchrashuv qaytalanadimi bugun vodiyda? Buxoro golini urib oladi va himoyani zichlashtirib tashlaydi, tahminan shu ssenariy ketyapti. Neftchini zahirasida nima gap?

Kutilganidek boshida bu ikki fan klub ancha aktiv bo’ldi: Nasaf vs So’g’diyona

Bugun 19:00 da so'rovnoma yakunlanadi.

Qani o’sha biz hozir izlayotgan insonlar, menimcha bugun hakamlikda muammo bo’lmadi-a? Bugunning o’ziga Messi va Argentina juda ko’p savollarga javob berdi: 1. Hakamlik borasida umuman gap so’zga hojat qoldirmadi. 2. Kimlardur hali top 10 raqiblarga qarshi tushsin ko’ramiz deyishayotgandi, Angliya darajasini bilsangiz kerak. 3. 2 bahsdan beri jamoa so’ngi soniyalarda kombek amalga oshiryapti, Ronaldochilar menimcha Realda bunday holat bo’lganda asar yozosharmidi. Bo’ldi, endi yaxshi dam olinglar. Muhlislik va adekvatlik o’rtasini ushlay olish ham san’at. Ha mayli boshqa bir buyuk futbolchini muhlisi bo’ling, lekin uning asosiy raibiga ham hech bo’lmaganda holis fikr bildirib qo’ying. Messi qatorasiga ikkinchi marta FINALda. @davlatbekmuydinov

Maydonda futbol emas, jang bo'lyapti chinakamiga. Kim provakatsiyaga uchib qizil olib qo'yar ekan-a?