en
Feedback
Sherdor Games👾

Sherdor Games👾

Open in Telegram

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 45 kunlik GameDev akselerator 🎮 Prototip/g‘oyani relizgacha olib chiqishni o’rgatamiz ⬇️ Batafsil ma’lumot www.sherdorgames.uz

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
500
Subscribers
+424 hours
+57 days
+730 days
Posts Archive
Video message00:20

Video message00:32

Repost from Yoshlar Ventures

Sherdor Games akseleratorining 1-kuni atmosferasi🚀 🔥 Ushbu video orqali kun atmosferasini his qilishingiz mumkun! ⚡️ Muhit shu qadar zo'rki, loyihalar ustida ishlash jarayoni kutilganidan ham qizg‘in o’tdi. Keyingi yangiliklarni o’tkazib yubormaslik uchun, sahifamizni kuzatib borishni davom eting 😉 🌐 Instagram 😊 YouTube 🌐 Veb-sayt

Xo’sh, 1-kun qanday bo’ldi ishtirokchilar? 🤔 💭 Fikrlaringizni izohlarda kutamiz!

Sherdor Games akseleratorining 1-mavsum 1-kuni o'z nihoyasiga yetdi 🚀 🔥 Ishtirokchilarimiz erkin ishlashi uchun barcha qula
+5
Sherdor Games akseleratorining 1-mavsum 1-kuni o'z nihoyasiga yetdi 🚀 🔥 Ishtirokchilarimiz erkin ishlashi uchun barcha qulayliklarga ega zo'r xonalar va ajoyib sharoitlar yaratilgan, ishtirokchilarimiz allaqachon jarayonga sho'ng'ib ketishdi
Shu bilan birgalikda, sohaning eng kuchli mentorlari jamoalar bilan o'z tajribalarini bo'lishishni boshlab yuborishdi.
⚡️ Muhit shu qadar zo'rki, loyihalar ustida ishlash jarayoni kutilganidan ham qizg‘in kechmoqda. Keyingi yangiliklarni o’tkazib yubormaslik uchun, sahifamizni kuzatib borishni davom eting 😉 🌐 Instagram 😊 YouTube 🌐 Veb-sayt

🎮 Akseleratorda 1-kun qizg'in davom etmoqda! 🔥 Hozir bizda kichik tanaffus barcha ishtirokchilar bilan birga tushlik ustida jamlanib, suhbat quryabmiz.

Video message00:11

Video message00:06

Assalomu alaykum 👋 😉 Bugun qanday kun ekanligidan xabaringiz bor, to'g'rimi?

🎮 Sherdor Games akseleratorida birinchi kun! Katta sarguzasht boshlanishiga sanoqli soatlar qoldi! Ertaga, Sherdor Games aks
+1
🎮 Sherdor Games akseleratorida birinchi kun! Katta sarguzasht boshlanishiga sanoqli soatlar qoldi! Ertaga, Sherdor Games akseleratorining uzoq kutilgan birinchi kuni rasman start oladi. 🚀 ✅ Bizning jamoa sizlarni kutib olishga 100% tayyor! Suratlarimizda ko'rib turganingizdek, zamonaviy kompyuterlar, qulay ish joylari va shinam muhit aynan sizning yorqin g'oyalaringizni amalga oshirishingiz uchun taxt qilib qo'yilgan. 💻 🔥 Eng asosiysi: O'zingiz bilan yondiradigan energiya, cheksiz kreativlik va jamoaviy shijoatni olib kelishni aslo unutmang! 👋 Ertaga ko'rishguncha, qahramonlar! 🔴Instagram 🔴YouTube 🔴Veb-sayt

Sherdor Games akseleratoriga qabul raqamlarda! 📊 O‘yin loyihalari ro‘yxatini e’lon qilib bo‘ldik, endi esa ushbu mavsum qanc
+3
Sherdor Games akseleratoriga qabul raqamlarda! 📊 O‘yin loyihalari ro‘yxatini e’lon qilib bo‘ldik, endi esa ushbu mavsum qanchalik qaynoq va raqobatbardosh o‘tganini ko‘rsatuvchi raqamlar bilan bo‘lishish vaqti keldi! 🔥
🟠 150 dan ortiq ariza kelib tushdi, lekin eng qattiq saralashdan faqat eng kuchli 15 ta loyiha o‘tdi! 🟠 Butun O‘zbekiston qamrab olindi: respublikamizning 12 ta hududini tashkil etadi Toshkentdan tortib to Qoraqalpog‘istongacha! O‘yin industriyasi hamma yerda rivojlanmoqda! 🟠 Geymdev yosh tanlamaydi: Eng yosh ishtirokchimiz bor-yo‘g‘i 14 yoshda, eng kattasi esa 44 yoshda! Jamoalarning o‘rtacha yoshi 21.5. 🟠 Qizlar ham safda! Akselerator jamoalari tarkibida 4 nafar qiz borligi bizni juda quvontiradi.
🎉 Barcha 15 jamoani yana bir bor chin dildan tabriklaymiz! Siz haqiqatan ham eng zo‘risiz. Statistika ko‘rsatib turibdi sizning g‘oyangiz va shijoatingiz alohida e’tirofga loyiq. 🔥 Diqqat: Bu shunchaki boshlanishi! Endi oldinda qizg'in ish jarayoni, tajribali mentorlar bilan uchrashuvlar va o'yin yaratishning chinakam sarguzashtlari kutmoqda. 🔴Instagram 🔴YouTube 🔴Veb-sayt

Boyagi va'da qilingan ajoyib yangiligimizni e'lon qilish vaqti keldi! 😉 Agar loyihangizni ro’yxatda ko’rmagan bo’lsangiz, biz sizga alohida mentorlik dasturlari va maxsus tadbirlarini ochmoqdamiz! 🚀 ✅ Aynan siz uchun "Idea to MVP" nomli maxsus Telegram guruhini ochdik! U yerda o'yiningizni mukammal rivojlantirish uchun qimmatli maslahatlar beruvchi tajribali mutaxassislarimiz kutmoqda. 🤔 Guruhga qanday qo’shilish mumkun? Albatta sizning elektron pochtangizga biz guruh havolasini yuboramiz!

Assalomu alaykum 👋 Siz uchun yangiligimizni aytish vaqti keldimi deymiz)😁

😁 Qizziq, bu qanday yangilik bo’lishi mumkun?

Ro'yxatdan o'z loyihangizni topa olmadingizmi? Hech ham tushkunlikka tushmang! Agarda sizning loyihangiz bu safargi dasturga qabul qilinmagan bo'lsa, hech qisi yo'q. Biz sizni unutganimiz yo'q! ❤️‍🔥
Aynan siz uchun kutilmagan va juda ajoyib bir yangiligimiz bor. Bu nima bo'lishi mumkinligi haqida taxminlaringiz bormi? Sirni hozircha ochmaymiz, lekin ishonavering, bu sizga albatta yoqadi va g'oyalaringizni amalga oshirish uchun yangi imkoniyat eshigini ochadi! 🎁
Bizni kuzatishda davom eting va xushxabarni o'tkazib yubormang!

🎮 Sherdor Games akseleratoriga kimlar qabul qilindi? Uzoq kutilgan va hayajonli lahzalar yetib keldi! Bir necha bosqichli sa
+1
🎮 Sherdor Games akseleratoriga kimlar qabul qilindi? Uzoq kutilgan va hayajonli lahzalar yetib keldi! Bir necha bosqichli saralash, qizg'in kurash va ajoyib g'oyalar to'qnashuvidan so'ng, akseleratorimizning asosiy dasturiga qabul qilingan eng kuchli o'yin loyihalarini e'lon qilishdan baxtiyormiz! 🚀
Barcha qabul qilingan jamoalarni chin dildan tabriklaymiz! Sizlarning kreativligingiz va shijoatingiz bizni lol qoldirdi. O'yin sanoatini endi birgalikda zabt etamiz!
🔥 Diqqat: Bu shunchaki boshlanishi! Endi oldinda qizg'in ish jarayoni, tajribali mentorlar bilan uchrashuvlar va o'yin yaratishning chinakam sarguzashtlari kutmoqda. Startapingizni butunlay yangi darajaga olib chiqishda davom eting! Ha aytgancha, qani kimlar biz bilan birga ekan? O'z loyihangiz nomini izohlarda yozib qoldiring👇

Siz kutgan onlar keldi 😁

Demak natijalarni ko’rishga tayyorsiz? 🔥

🙌 Natijalar aniq va benuqson bo‘lishi biz uchun juda muhim. ✅ Shuning uchun hech qanday xatolikka yo‘l qo‘ymaslik maqsadida barcha ma'lumotlarni qaytadan, sinchiklab tekshirib chiqdik va bu kutilganidan ozroq ko‘proq vaqtimizni oldi. Sabringiz va to‘g‘ri tushunganingiz uchun kattakon rahmat! 🚀