Sherdor Games👾
Open in Telegram
🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 45 kunlik GameDev akselerator 🎮 Prototip/g‘oyani relizgacha olib chiqishni o’rgatamiz ⬇️ Batafsil ma’lumot www.sherdorgames.uz
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
502
Subscribers
+124 hours
No data7 days
+330 days
Posts Archive
🚀 Sherdor Games akseleratorida kunning qizg'in pallasi!
🔥Bugun jamoalar o'z loyihalariga yanada chuqurroq sho'ng'ishdi. Mentorlarimiz va trekerlarimiz ham bu jarayonda ularga yaqindan yordam bermoqda!
⚡️ Videoda ishtirokchilarning g'oyalarni harakatga keltirayotgani va bizdagi qaynoq atmosferani ko'rishingiz mumkin.
🌐 Instagram 😊 YouTube 🌐 Veb-sayt
Repost from Yoshlar Ventures
🚀 Sherdor Games akseleratorining ishtirokchisi bilan tanishing Baxtiyorov Sharofiddin!
🔥 U o‘zining "Uzb Parking" nomli loyihasi ustida astoydil ish olib bormoqda.
Bu realistik shahar muhitidagi haydovchilik simulyatori bo'lib, o'yinda oddiy haydovchilikdan boshlab, GPS orqali turlicha topshiriqlarni bajarib pul topasiz. Sizni qiziqarli avto-sayohat kutmoqda!
⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz
Nega o'yinlarda doim ham g'alaba qozonavermaysiz?
📹 Psixologiya shuni ko'rsatadiki, agar o'yinchilar bitta o'yinda doim yutaversa, jarayon tezda zerikarli bo'lib qoladi. Aksincha, uzluksiz mag'lubiyatga uchrayverish esa foydalanuvchini o'yinni o'chirib tashlashga majbur qiladi.
✅ Eng muvaffaqiyatli onlayn o'yinlar aynan "ba'zida yutish, ba'zida esa yutqazish" oltin balansidan foydalanadi.
🌐 Instagram 😊 YouTube 🌐 Veb-sayt
🚀 Sherdor Games akseleratorining navbatdagi loyihasi "Carknight"!
CARKNIGHT bu roguelike elementlarga ega tezkor Bullet Heaven jangovar o'yini bo'lib, unda o'yinchilar qurolli jangovar transport vositalarini boshqaradilar va shafqatsiz omon qolish maydonida yovuz robotlar to'lqinlari orasidan jang qiladilar.
🌐 Instagram 😊 YouTube 🌐 Veb-sayt
🚀 Sherdor Games akseleratorining navbatdagi loyihasi "Motorsport"!
Sizni ulkan tungi shahar, noqonuniy poygalar va avtomobillarni chuqur tyuning qilish imkoniyati kutmoqda. Pul yig'ing, yangi mashinalar xarid qiling hamda erkin harakatlanish va syujetli karyera orqali "Street Crown" reytingida eng zo'r poygachiga aylaning!🌐 Instagram 😊 YouTube 🌐 Veb-sayt
+2
🚀 Sherdor Games akseleratorining navbatdagi loyihasi "Blind Shaman"!
Blind Shaman ko‘zi ojiz shaman haqidagi alkimyo va sezgi o‘yini. Ingredientlarni hid, tovush va sezgilar orqali o‘rganing, ularning xususiyatlarini aniqlang, tajribalar o‘tkazing va turli giyohlar hamda eliksirlar yarating.🌐 Instagram 😊 YouTube 🌐 Veb-sayt
🚀 Sherdor Games akseleratorining navbatdagi loyihasi "Ship Happens"!
Do‘stlaringiz bilan zo‘r qaroqchi bo‘lishni orzu qiladigan kooperativ o‘yin. Biroq sizda kema deb atalgan eski bir qayiq bor, xolos. Qiziqarli dengiz janglari o‘rniga esa baliqlarga yem bo‘lmaslik uchun kemangizni tinimsiz ta’mirlashingizga to‘g‘ri keladi.Batafsil o'yinni ko'rish uchun! 🌐 Instagram 😊 YouTube 🌐 Veb-sayt
🚀 Sherdor Games akseleratorining navbatdagi loyihasi "The Walking Island"!
Bu olamda insoniyat faqatgina ulkan tirik jonzotlarning orqasidagina jon saqlab qolgan. Siz Toptop ismli yangi tug'ilgan Nomara jonzotining orqasida o'z uyingiz va fermangizni qurasiz.🌐 Instagram 😊 YouTube 🌐 Veb-sayt
🚀 Sherdor Games akseleratorining navbatdagi loyihasi "Flame, Chef & Kitchen"!
"Flame, Chef & Kitchen" bu qisqa va tartibsiz oshpazlik o'yini bo'lib, unda olovning o'zi oshpaz hisoblanadi.
Haroratni kuzatib boring, ruhlaringizni almashtirib turing va tayyor bo'lgan taomlarni vaqtida olishni unutmang.
O’yin haqida batafsil
🌐 Instagram 😊 YouTube 🌐 Veb-sayt
🚀 Sherdor Games akseleratorining navbatdagi loyihasi "Kaja Games"!
Kaja Games Markaziy Osiyo madaniyati va milliy qadriyatlarini zamonaviy o‘yinlar orqali dunyoga tanitishni maqsad qilgan o‘yin ishlab chiqaruvchi jamoa.
🌐 Instagram 😊 YouTube 🌐 Veb-sayt
🚀 Sherdor Games akseleratorining navbatdagi loyihasi "Power of Desert"!
Bu o‘zbek folklori, turkiy afsonalar va qadimiy jangchilar ruhidan ilhomlangan, syujetli va bir foydalanuvchiga mo‘ljallangan rolli o‘yin. Sizni haqiqiy kinematografik sayohat kutmoqda!
Batafsil o'yinni ko'rish uchun!
🌐 Instagram 😊 YouTube 🌐 Veb-sayt
🚀 Sherdor Games akseleratorining navbatdagi loyihasi "Hellrock"!
Jahannam qa’riga yo‘l qazing. Dushmanlar to‘dasini yakson qiling. Noyob kuchlarni tanlab, yana-da chuqurroqqa sho‘ng‘ing! Bu yerning o‘zi sizning asosiy qurolingizga aylanadigan hamda har bir mag‘lub etilgan boss sizga cheksiz qudrat baxsh etadigan unutilmas roguelike shuter-platformer!🌐 Instagram 😊 YouTube 🌐 Veb-sayt
🚀 Sherdor Games akseleratorining navbatdagi loyihasi "Uzb Parking"!
Bu realistik shahar muhitidagi haydovchilik simulyatori bo'lib, o'yinda oddiy haydovchilikdan boshlab, GPS orqali turlicha topshiriqlarni bajarib pul topasiz. Sizni qiziqarli avto-sayohat kutmoqda!O'yinni yuklab olish uchun! 🌐 Instagram 😊 YouTube 🌐 Veb-sayt
Assalomu alaykum 👋
Akseleratorimizning loyihalari hali tugagani yo’q, ular bilan batafsil tanishishga tayyormisiz? 🔥
🚀 Sherdor Games akseleratorining navbatdagi loyihasi "IT BEGAN"!
IT BEGAN bu maxluqlar va insonning o‘z qo‘rquvlari yashiringan suv ostida qolgan dunyoda kechadigan bir o‘yinchiga mo‘ljallangan taktik horror-shooter. Bu yerda endi qochib qutulishning iloji yo‘q.
Batafsil o'yinni ko'rish uchun!
🌐 Instagram 😊 YouTube 🌐 Veb-sayt
🚀 Sherdor Games akseleratorining navbatdagi loyihasi "Jupiter"!
Sirli begona sayyorada qolib ketgan qahramon omon qolishi, sayyorani o‘rganishi va uyga qaytishga olib borishi mumkin bo‘lgan signalni izlab, ulkan sayyora yorig‘i bo‘ylab yuqoriga ko‘tarilishi kerak.Batafsil o'yinni ko'rish uchun! 🌐 Instagram 😊 YouTube 🌐 Veb-sayt
🚀 Sherdor Games akseleratorining navbatdagi loyihasi "Ghostprint"!
Ghostprint bu atmosferaga boy, birinchi shaxsda o'ynaladigan dahshatli o'yin bo'lib, unda siz eski Polaroid kamerani olib yurasiz. Atrof-muhitdagi ayrim joylar suratga olishni talab qiladi va to'g'ri rasmga olishingiz atrofdagi makonni qayta shakllantiradi. To'g'ri suratni oling va oldinga yo'l ochiladi.Batafsil o'yinni ko'rish uchun! 🌐 Instagram 😊 YouTube 🌐 Veb-sayt
🚀 Sherdor Games akseleratorining navbatdagi loyihasi "Hauntrap"!
HAUNTRAP bu birinchi shaxs tomonidan o'ynaladigan, ko'p o'yinchili psixologik horror o'yini bo'lib, voqealar tor va qorong'i inshootlar ichida bo'lib o'tadi. To'rt nafar omon qoluvchi chiqish darvozalarini faollashtirish va qochib qutulish uchun elektr saqlagichlarni topishi hamda markaziy elektr stansiyalarini ta'mirlashi kerak.Batafsil o'yinni ko'rish uchun! 🌐 Instagram 😊 YouTube 🌐 Veb-sayt
🚀 Sherdor Games akseleratorining navbatdagi loyihasi Black Roots!
O'yin O'zbek asar va ertaklaridan ilhomlangan bo'lib Asosiy qahramonning opasi kasal bo'ladi. Uni faqat Devlar o'rmonidagi bir shifobaxsh o'simlik davolay oladi. Asosiy Qahramon esa shu o'simlikni topgani o'rmonga yo'lga chiqadi.Batafsil o'yinni ko'rish uchun 🌐 Instagram 😊 YouTube 🌐 Veb-sayt
🎮 Nega Minecraft o'yinida hamma narsa to'rtburchak?
📹 2009-yilda Markus Persson Minecraft'ni yaratayotganda ko'pchilik o'ylaganidek o'ziga xos dizaynni emas, balki o'sha paytdagi kompyuterlarning texnik imkoniyatlarini hisobga olgan.
✅ Realistik va silliq shakllarni grafikada chiqarish qiyin bo'lgani uchun, u o'yin qotmasligi va hatto eski kompyuterlarda ham tez ishlashi uchun hamma narsani oddiy kvadrat bloklardan yasashga majbur bo'lgan.
🌐 Instagram 😊 YouTube 🌐 Veb-sayt
