en
Feedback
Zayd Qamar

Zayd Qamar

Open in Telegram

Hozir esa, yagona dardim — oshiq boʻlishdir… Anonim xabar yuborish: t.me/anonaskbot?start=yozuvchi

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
773
Subscribers
+5724 hours
+707 days
+10030 days
Posts Archive

bizga har doim qila olmaydiganlarimiz emas, qodir boʻla turib qilmayotganlarimiz eng koʻp tushkunlik beradi.

leave what you cannot control to Allah.

Yoza olmaslik azobini his qilganmisiz hech? Inson chalkash hissiyotlari qarshisida chorasiz qolar ekan, oʻzining hatto oʻz qalbiga hukmi oʻtmaydigan darajada ojiz va faqir ekanini yana bir bor anglab yetadi. Biz kabilar uchun yoza olmaslik gapira olmaslik bilan barobar. Bir narsa haqida soʻzlay olmasligimiz u narsani yoʻqligini anglatmaganidek, yoza olmaslik ham dard yoʻq ekanini anglatmaydi. Aksincha, yozmaslikning oʻzi bir dard. Goʻyoki bir qurilmaning barcha ehtiyot qismlarini stol ustiga terib, soʻng qayta joyiga qoʻya olmayotgandek nochor his qiladi inson oʻzini. Qaysi biridan boshlashni, qay birini qanday ifodalashni bilolmay xunob boʻlasan kishi. Oʻtgan kunlardagi satrlaringni takror oʻqiysan. Beixtiyor «shu menmidim?» deysan. Hozirgi tushib qolgan ahvolingdan yigʻlamsiraysan. Qalbing qonay boshlaydi. Biroq buni ham yozolmaysan. Hamma his takror, hamma soʻz oʻxshash… Ha, yoza olmoq shunday narsa. Robbim rahmati ila dard berib, ilhom bermasa, yoza olmaslikning oʻzi yana bir iztirobga aylanadi. Samimiyat siyohiga botirilgan, hissiyot qalami bilan yozilgan jumlalar qalblarning eng muhtasham maskanlaridan joy egallaydi. Hatto hozir ham, ayni satrlar taqillatgan qalblardan sado kelmas ekan, yana bir iztiroblarimni ifodalay olmagan oʻzga iztirob paydo boʻlgan boʻladi xolos… …yozishguncha!

Inson insondan rang oladi. Ba’zan qarshingizda turgan insonning tilidan tomgan shira, yuzida porlagan nur, lablarida aks etgan moʻjaz tabassum ortida oʻzga bir inson turgan boʻlishi mumkinligi haqida hech oʻylab koʻrganmisiz? Bitta aytilgan shirin soʻz, bir chimdim ulashilgan ilm, bir lahza hadya etilgan tabassum, biroz tuhfa etilgan samimiyat nafaqat qarshingizdagi insonning, balki sizdan soʻng u uchratadigan boshqa insonlarning-da qalbiga huzur-halovat olib kirishi mumkinligi naqadar yoqimli, shunday emasmi? Bir oʻylab koʻring-a. Balki yuzimizda porlagan nur quyoshning emas, quyosh kabi iliq taftli kimsalarning aksidir? Balki bizni ishqning alvon rangiga burkagan narsa qon emas, ishqdan bagʻri qon boʻlgan oʻzga bir oshiqning rangidir? Unday boʻlsa, suhbatiga koʻngil arjumand boʻlgan, ruhingizga oʻzgacha yengillik baxsh etgan birini koʻrganingizda, faqat uning haqqiga emas, u rang bergan oʻzga birining ham haqqiga duo qilishni unutmang. Axir, inson insondan rang oladi…

Voice message00:33

hokay. 🔗 z-vibe.

🌙 • mukhammadman
+1
🌙
• mukhammadman

اللهم غيّرني حتى تُحبّني O Allah, change me until You love me.

Allohdan qochish oʻrniga, Allohga qochish yoʻlini qidiryapman. Dilimdagi boʻshliqni toʻldirish uchun bir koʻzgu istayman. Shu
Allohdan qochish oʻrniga, Allohga qochish yoʻlini qidiryapman. Dilimdagi boʻshliqni toʻldirish uchun bir koʻzgu istayman. Shunday bir koʻzguki, suratimni emas, siyratimni, ichimdagi menni oʻzimga koʻrsatsin. Hech kim koʻrolmagan menni…
• «Ishq otashi»

ehson yopildi. sahifalaringizdan oʻchirishingiz mumkin, yaxshilar!

hech kimning qalbida shubha yoki gʻilli-gʻashlik boʻlmasligi uchun ochiqlab yozaman. uzunroq post. avvalo, tajribasizlik saba
+5
hech kimning qalbida shubha yoki gʻilli-gʻashlik boʻlmasligi uchun ochiqlab yozaman. uzunroq post. avvalo, tajribasizlik sabab yoʻl qoʻygan xatolarimiz uchun uzr soʻrayman. ehsondagi shaffoflikni taʼminlash maqsadida toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzlarining karta raqamlarini qoʻygandik. ammo non savdolaridagi va yana boshqa tushumlar boʻlib turgani sabab yaxlit ehsonning hisobotini sizlarga ulashib turishning imkoni boʻlmadi. ulardan qayta-qayta holatni soʻrayverish esa, oʻrtada noqulaylik tugʻdirdi. ammo shunga qaramasdan, oʻzim vaziyatni Alloh qodir qilgancha harakat qildim. va tashakkur bildirmoqchiman. soʻzimizga «labbay» deb, yaxshilik yoʻlida hamkorlik qilgan yaqinlarga, biz aytmasak-da sahifalarida dalolat qilgan tanish-notanishlarga, qolaversa, qodir boʻlgani qadar xoh moddiy tomonlama, xoh duolari orqali ehsonga oʻz hissasini qoʻshgan hammangizga samimiy minnatdorlik bildiraman. mablagʻ yigʻilishining kechikishi qanchalik havotirga solgan boʻlsa, siz azizlarning koʻrsatgan faolligingiz va insoniyligingiz shunchalik xursand qildi. insonlar yaxshilikk qilishga xaris ekanliklarini yana bir bor oʻzim uchun tasdiqladim. ehsonni +/- 2 000 000 (ikki million) soʻm mablagʻ bilan yopdik, in shaa Alloh. zarur dori-darmonlarga yetib qolar ekan. Alloh taolo barchangizni yaxshiliklar bilan siylasin, ikki dunyo saodatini bersin. Oʻzi sevgan va Oʻzini sevgan bandalaridan qilsin! hurmat bilan, Zayd Qamar.

Bugun kechga ehson yopiladi, In shaa Alloh. Imkoniyati boʻlganida yordam qilishni niyat qilib qoʻyganlar boʻlsa...

✉️ Sizga sirli maktub bor:
toʻgʻrisi, hijolat boʻlyapman, hech boʻlmasa 20 ming soʻm ham tashlay olmayman, menda na hisob raqam, na karta bor. qoʻlimdan keladigani esa kerakli pul tezroq yigʻilishi va bolakay sogʻayishi uchun duo qilish...) Alloh sizdan rozi boʻlsin, shunday xayrli ishga bel bogʻlabsiz, Alloh 700 barobar qilib qaytarsin, ehson qilayotgan barcha saxovatli kishilarga!
amiyn, ilohim. hech xijolat boʻlmang, hamma gap himmatda. shu birgina duo ham qancha insonning qalbiga ehson uchun ilhom solib qoʻyishi mumkin.

🌷 bu goʻzallikka bir boqing!) ✨ bu nonlarni yemasdan, shunchaki, tikilib oʻtirishning oʻzi ham jisman, ham ruhan shifo boʻls
+5
🌷 bu goʻzallikka bir boqing!) ✨ bu nonlarni yemasdan, shunchaki, tikilib oʻtirishning oʻzi ham jisman, ham ruhan shifo boʻlsa kerak (oʻzim shunday qilyapman)) 📍 namanganliklar esa, bu nondan tatib koʻrish imkoniyatiga ham egalar. 🔗 qoʻshilib oldingizlarmi?