en
Feedback
SHDPI Filologiya fakulteti

SHDPI Filologiya fakulteti

Open in Telegram

Shahrisabz davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti Filologiya fakulteti Yoshlar Kengashi | rasmiy kanali 📚 Talaba tashabbuslari 🌱 Ijtimoiy loyihalar 🎓 Faol yoshlar harakati “Birlikda – kuchlimiz.”

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
312
Subscribers
No data24 hours
+377 days
+3430 days
Number of Posts

Data loading in progress...

Reactions
Comments
Telegram Stars
TOP posts by

Data loading in progress...

Publication analysis
Posts
Views dynamics
🗣 Talabalar, bormisiz, omonmisiz! ​Yangi muhit, yangi doʻstlar va unutilmas lahzalar... Xoʻsh, ushbu haftalik sizda qanday taassurot qoldirmoqda? Tanishuv kunlari koʻngildagidek oʻtyaptimi? Pastdagi reaksiyalar orqali oʻz kayfiyatingizni ulashing: ​❤️ — Zoʻr, juda qiziqarli va maroqli! 👍 — Yaxshi, allaqachon yangi doʻstlar orttirdim. 🕊 — Sekin-asta moslashish jarayonidaman. 🔥 — Oʻz taklif va mulohazalarim bor! ​ ​👇 Batafsil fikr va taassurotlaringizni izohlarda (kommentariyada) kutib qolamiz! 🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥 1️⃣ TELEGRAM | 2️⃣ INSTAGRAM
1130013Loading...
#YoshlarOvoziGazetasi 🙋‍♂️ Mamlakatimiz va yoshlar hayotidagi eng muhim yangiliklar, dolzarb mavzular, ijtimoiy-siyosiy voqe
#YoshlarOvoziGazetasi 🙋‍♂️ Mamlakatimiz va yoshlar hayotidagi eng muhim yangiliklar, dolzarb mavzular, ijtimoiy-siyosiy voqealar hamda qiziqarli ma’lumotlarni o‘tkazib yubormang. 📰 “Yoshlar ovozi” gazetasining yangi soni bilan tanishing! ☑️ Yosh parlament a’zolarining XII global konferensiyasi ☑️ “Shuhrat”li yetakchi ☑️ Mintaqa yoshlari bilan ochiq muloqot ☑️ Subsidiya: aslida kimga foyda? ☑️ Ish ko‘p, mutaxassis yo‘q... Dunyoga qaysi kasb egalari kerak? ☑️ Tug‘ilishlar soni 2050-yilgacha o‘sadi ☑️ Qiziltepaliklar “Zakovat”da tengsiz ☑️ Maktabda dars taqsimoti — masalaga qonuniy yechim bor ☑️ Toshkent xalqaro yarim marafoni Yashil kelajak ☑️ “Kampirning dardi g‘o‘zada” emas ☑️ “Eng innovatsion g‘oya” tanlovi 🗞 Yuklab olish va onlayn mutolaa qilish 🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi muassisligidagi “Yoshlar ovozi” gazetasining Telegram sahifasiga obuna bo‘ling va voqealar rivojini kuzatib boring. Bizning sahifalarimiz: 1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook 📺 You tube
105000Loading...
📚 Filologiya fakultetida 1-kurs talabalari uchun tanishtiruv tadbiri Bugun Filologiya fakultetining 1-kurs talabalari uchun
📚 Filologiya fakultetida 1-kurs talabalari uchun tanishtiruv tadbiri Bugun Filologiya fakultetining 1-kurs talabalari uchun fakultet rahbariyati hamda Yoshlar kengashi faoliyati bilan tanishtiruv uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuv davomida talabalarga fakultet rahbariyati, Yoshlar kengashi faoliyati, uning asosiy yo‘nalishlari hamda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi. ✨ Yangi o‘quv yilini yangi maqsadlar, katta ishonch va faol ishtirok bilan boshlaymiz! #filologiya #Yangi_oquv_yili 🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥 1️⃣ TELEGRAM | 2️⃣ INSTAGRAM
188204Loading...
#Mustaqillik_darslari #Yangi_oquv_yili 🇺🇿 MUSTAQILLIK — BUYUK QADRIYATLAR VA EZGU MAQSADLAR TIMSOLI Shahrisabz davlat pedag+7
#Mustaqillik_darslari #Yangi_oquv_yili 🇺🇿 MUSTAQILLIK — BUYUK QADRIYATLAR VA EZGU MAQSADLAR TIMSOLI Shahrisabz davlat pedagogika institutida yangi o‘quv yilini munosib boshlash, talaba-yoshlarning Vatanga muhabbat va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash maqsadida 1-bosqich talabalari uchun “Mustaqillik darslari” tashkil etilmoqda. 🇺🇿 Shuningdek, 1-bosqich talabalari bilan institutning Yoshlar kengashi a’zolari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. 📄 Uchrashuv davomida yangi talabalar institutdagi yoshlar siyosati, talabalarning ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirishga qaratilgan loyihalar, tanlovlar, intellektual va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. 👨‍🎓 Yangi avlod — yangi g‘oyalar, yangi tashabbuslar va Vatan ravnaqi yo‘lidagi katta kuchdir. 🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥 1️⃣ TELEGRAM | 2️⃣ INSTAGRAM
115102Loading...
#Yoʻlovchi #PiyodalarXavfsizligi 🙋‍♂️ O‘zbekistonda yangi yo‘l harakati madaniyati shakllanmoqda! ‼️ Poytaxtimizda piyodalar
#Yoʻlovchi #PiyodalarXavfsizligi 🙋‍♂️ O‘zbekistonda yangi yo‘l harakati madaniyati shakllanmoqda! ‼️ Poytaxtimizda piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tishda qo‘lni baland ko‘tarib, haydovchi e'tiborini jalb qilishga asoslangan yangi xavfsizlik madaniyatining namunalari davom etmoqda. Bu shunchaki harakat emas, balki “Men piyodaman, meni ko‘rdingiz va menga yo‘l bering” degan muhim ishoradir. Bizning sahifalarimiz: 1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook 📺 You tube
102001Loading...
#kitobxon_talaba 📣📣📣📣📣📣 😁 SHAHRISABZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TALABALARI DIQQATIGA! 📚 Siz "Ikki eshik orasi" (O'tk
#kitobxon_talaba 📣📣📣📣📣📣 😁 SHAHRISABZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TALABALARI DIQQATIGA! 📚 Siz "Ikki eshik orasi" (O'tkir Hoshimov) asarini o‘qiganmisiz? Bilimingizni sinab ko‘rish va g‘olib bo‘lish vaqti keldi! 🗓 Sana: 9-sentabr ⏰ Vaqt: Soat: 20:30 da 📲 Format: Onlayn test (Google Form) 📌 Tanlov sharti: Test havolasi belgilangan vaqtda faqat rasmiy guruhga tashlanadi. G‘oliblarni aniqlashda to‘g‘ri javoblar va topshirish tezligi hisobga olinadi. G‘olib va faol ishtirokchilar Institut rahbariyati tomonidan diplom, sertifikat hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi! 👇 Hoziroq guruhga qo‘shiling va tayyorgarlikni boshlang: 🔗 Guruh havolasi: https://t.me/+Qc7Ij3Ne09QyNGUy Bizni kuzating: ✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram |🪐 shdpi.uz | 📹You tube
106202Loading...
❓❓❓❓❓❓ ☄️ Talaba bo‘ldingizmi? Ushbu 7️⃣ ta muhim xizmatni saqlab qo‘ying! 👨‍💻 O‘qish, kontrakt, yotoqxona yoki stipendiya bilan bog‘liq yumushlarni hal qilish uchun idorama-idora yurish shart emas. Barchasini my.gov.uz orqali uydan chiqmasdan bitirish mumkin. 👉 Talabalar uchun eng kerakli onlayn xizmatlar: 1. Yotoqxonaga joylashish va navbatni tekshirish Arizani onlayn yuboring va navbatingizni real vaqt rejimida kuzatib boring. 🗄 Ariza topshirish | Navbatni tekshirish 2. Imtiyozli ta’lim krediti olish To‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar uchun ta’lim kreditiga ariza berish xizmati. 🗄Kreditga ariza yuborish 3. To‘lov-kontrakt shartnomasini elektron olish Davlat OTMlari talabalari uchun kontrakt shartnomasini onlayn yuklab olish imkoniyati. 🗄Kontrakt shartnomasini olish 4. Ijara to‘lovlari va kompensatsiya Oylik ijara to‘lovlari haqida ma’lumot olish hamda ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish uchun ariza topshirish. 🗄Ijara kompensatsiyasiga ariza | Ma’lumot olish 5. Stipendiyalar haqida ma’lumot Hisoblangan stipendiyalar hamda bakalavriat bo‘yicha davlat stipendiyalari haqida ma’lumotga ega bo‘ling. 🗄Stipendiyani tekshirish | Davlat stipendiyalari 6. O‘qish joyidan ma’lumotnoma olish OTMda tahsil olayotganlik haqidagi rasmiy ma’lumotnomani bir necha soniyada elektron shaklda yuklab oling. 🗄Ma’lumotnoma olish 7. Davlat oliy taʼlim muassasalari talabalariga oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish Ijarada yashaydigan talaba bo‘lsangiz, ijara to‘lovining bir qismini onlayn tarzda qaytarib olishingiz mumkin. 🗄Ariza yuborish 👥 Ushbu foydali ma’lumotni talaba do‘stlaringizga ham ulashing! 1️⃣ TELEGRAM | 2️⃣ INSTAGRAM
110102Loading...
#YoshlarOvoziGazetasi 🙋‍♂️ Mamlakatimiz va yoshlar hayotidagi eng muhim yangiliklar, dolzarb mavzular, ijtimoiy-siyosiy voqe
#YoshlarOvoziGazetasi 🙋‍♂️ Mamlakatimiz va yoshlar hayotidagi eng muhim yangiliklar, dolzarb mavzular, ijtimoiy-siyosiy voqealar hamda qiziqarli ma’lumotlarni o‘tkazib yubormang. 📰 “Yoshlar ovozi” gazetasining yangi soni bilan tanishing! ☑️ Bilimlar kuni ☑️ Jurnalist baxti ☑️ Mustaqillik mujdalari ☑️ Yetakchilar uchun seminar ☑️ Bitiruvchilar necha kunda ish topadi? ☑️ P2P: Komissiyalar qanchalik adolatli? ☑️ Nam salfetka qachon taqiqlanadi? 🗞 Yuklab olish va onlayn mutolaa qilish 🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi muassisligidagi “Yoshlar ovozi” gazetasining Telegram sahifasiga obuna bo‘ling va voqealar rivojini kuzatib boring. Bizning sahifalarimiz: 1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook 📺 You tube
102001Loading...