Noon Academy
Open in Telegram
🇺🇿 O'zbekistondagi ilk premium arab tili akademiyasi 📚 Arab tili va CEFR 🎓 10+ yillik tajriba Aloqa uchun: ☎️ +998 55 588 77 00 📲 @noon_academy_manager
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
1 353
Subscribers
+924 hours
+1557 days
+30230 days
Posts Archive
1 353
Birgina so‘z ortiga yashiringan butun bir olam...
Esimda, yoshligimda buvim aytardilar: "Bolam, so‘zning ham o‘z ruhi bor. Ba’zi so‘zlar bor uning bittasi butun boshli kitobning yukini ko‘tarib yuradi." O‘shanda bu gaplarga unchalik tushunmaganman.
📚Siz bittagina so‘zni talaffuz qilasiz. Lekin qaysi vaziyatda, qanday ohangda va kimga qarata aytishingizga qarab, u 5 xil boshqa-boshqa ma’noni anglatadi.
Keyingi postda ushbu so‘z va uning 5 xil ma’nosini birga tahlil qilamiz, o‘tkazib yubormang!📞+998555887700 😎Telegram 😎Instagram
1 353
Birgina so‘z ortiga yashiringan butun bir olam...
Esimda, yoshligimda buvim aytardilar: "Bolam, so‘zning ham o‘z ruhi bor. Ba’zi so‘zlar bor uning bittasi butun boshli kitobning yukini ko‘tarib yuradi." O‘shanda bu gaplarga unchalik tushunmaganman.
Lekin yaqinda tilshunoslik va sharq mumtoz adabiyotiga oid bir kitobni varaqlayotib, bir faktga duch keldim. Siz bittagina so‘zni talaffuz qilasiz. Lekin qaysi vaziyatda, qanday ohangda va kimga qarata aytishingizga qarab, u 5 xil mutlaqo boshqa-boshqa ma’noni anglatadi.
Naq 5 xil dunyo! Bu rus tilidagi yoki boshqa tillardagi oddiy ononimlar emas. Bu shunday mo‘jizaki, birgina so‘z orqali insonning ko‘zini ham, cho‘ldagi hayot manbaini ham, hatto eng maxfiy sirlarni ham tasvirlash mumkin. Ayting-chi, birgina so‘z shuncha yukni ko‘tara olishi mumkinligiga ishonasizmi?
Keyingi postda ushbu so‘z va uning 5 xil ma’nosini birga tahlil qilamiz, o‘tkazib yubormang!📞+998555887700 😎Telegram 😎Instagram
1 353
💡Sizningcha, bittagina so‘z bilan bir vaqtning o‘zida.
Insonning nozik tarafini. Jazirama cho‘ldagi hayot manbaini. Hatto maxfiy josusni ham ifodalash mumkinmi?Arab tilida shunday so‘z bor. U ishlatilish vaziyatiga qarab naq 5 xil boshqa-boshqa mano chiqarib beradi. ⏳Xo‘sh, mantiqan o‘ylab ko‘ring-chi, bu qaysi so‘z bo‘lishi mumkin? 📞+998555887700 😎Telegram 😎Instagram
1 353
1 353
Sizga eng qiyin tuyuladigani qaysi?
Arab tili ma'nosi teran, lekin tuzilishi juda tartibli va go‘zal til. Uni o‘rganish yo‘lidagi eng katta g‘ov qo‘rquv va to‘g‘ri yo‘riqnomaning yo‘qligi.
Endi navbat sizga! O‘zingizga xolis baho berib ko‘ring-chi, arab tilini o‘rganishda siz uchun eng qiyin tuyuladigan nuqta qaysi?
✅ Yozuv va o‘qish: Chigal harflar, so‘z boshida, o‘rtasida va oxirida turlicha yozilishi.
✅ Talaffuz (Maxraj): Tomoqdan chiqadigan, o‘zbek tilida uchramaydigan maxsus tovushlar.
✅ Grammatika (Sarf va Nahv): Qoidalarning ko‘pligi va gap tuzish tizimi.
✅ Lug‘at: So‘zlarni yodda saqlab qolish va esdan chiqarib yubormaslik.
🔎 Izohlarda raqamini yozib qoldiring. Eng ko‘p tanlangan yo‘nalish bo‘yicha ertangi postlarda gaplashamiz.
📞+998555887700
😎Telegram 😎Instagram
1 353
Arab tili bu qat'iy mantiqqa asoslangan konstruktorga o‘xshaydi
Agarda kalitini topsangiz, bitta so‘zdan o‘nlab yangi so‘zlarni bir zumda yasab ketasiz. Eskirgan metodika esa bularning barini alohida-alohida yodlashga majbur qiladi.
Misol uchun:
Arab tilida K-T-B (ك - ت - ب) degan 3 ta harfdan iborat o‘zak bor. Bu o‘zak "yozish" ma'nosini beradi. Endi qarang, to‘g‘ri metodika orqali shu bitta o‘zakdan qanday qilib butun boshli so‘zlar oilasi kelib chiqadi:
✅ Kataba — yozdi ✅ Kitob — kitob (yozilgan narsa) ✅ Maktab — maktab / idora (yoziladigan joy) ✅ Maktub — xat (yozilgan xabar) ✅ Kotib — yozuvchi / klining ✅ Maktaba — kutubxona Ko‘rdingizmi? 6 ta alohida so‘zni soatlab yodlash shart emas! Mantiqni tushunsangiz, bitta o‘zak orqali lug‘at boyligingiz geometrik progressiyada o‘sib boradi. Yana bir misol: ❎ Noto‘g‘ri metodika: Birinchi kundanoq bo‘g‘iz tubidan chiqadigan harflarni ilmiy anatomik atamalar bilan tushuntirib, talabani qo‘rqitish. ✅ To‘g‘ri metodika: Tovushlarni jonli o‘xshatishlar, vizual tasavvur va oson mashqlar orqali tilga tabiiy o‘tkazish.
Til murakkab emas. Uni noto‘g‘ri tushuntirish murakkab!📞+998555887700 😎Telegram 😎Instagram
1 353
Arab tili juda qiyin... (Rostdanmi?)
Arab tili juda qiyin, umrim yetmasa kerak... Shu gapni necha marta eshitgansiz? Yoki o‘zingiz ham arab alifbosidagi chigal yozuvlarga qarab, ichingizda shunday deb o‘ylaganmisiz?
⚜️Tasavvur qiling: sizga suzishni o‘rgatishmoqchi. Lekin suzish havzasiga tushirish o‘rniga, 3 oy davomida suvning kimyoviy tarkibi, gidrodinamika qonunlari va mushaklarning anatomiyasi haqida qalin-qalin kitoblarni yodlatishsa... Nima bo‘ladi? Suvdan qo‘rqib qolasiz. “Suzish dunyodagi eng qiyin narsa” degan xulosaga kelasiz.
Arab tili bilan ham aynan shu holat ro‘y bermoqda. Odamlar tildan emas, uni o‘rgatishda ishlatilayotgan eskirgan va qiyinlashtirilgan uslublardan bezib ketishadi.
⚜️ Quruq qoidalar to‘plami;
⚜️ Amaliyotsiz nazariya;
⚜️ Birinchi kundanoq miyani murakkab grammatik atamalar bilan to‘ldirish.
Ayb arab tilida emas. Ayb metodikada.Keyingi postlarni o‘tkazib yubormang.📞+998555887700 😎Telegram 😎Instagram
1 353
Arab tilini juda qiyin o‘rganish...
Sizda ham shunday qo‘rquv bormi? Unda bugungi postlar aynan siz uchun ekan.
Faqat aktiv bo‘lamiz
👍👍👍
1 353
1 353
ARAB TILIDAN CEFR VA TANAL BO‘YICHA BEPUL MOCK IMTIHONI!
Arab tili darajangiz aslida qandayligini va real imtihonga qanchalik tayyorligingizni aniq bilmoqchimisiz? Unda ushbu imkoniyatni boy bermang! Bilim taxmin qilinmaydi, o'lchanadi.Mock imtihon: CEFR · TANAL 🗓 9-avgust, yakshanba ⏰ 10:00dan 18:00 gacha 📍 Noon academy 💻 To'liq kompyuterda Real imtihon sharoiti va natija. Til amaliyotda ochiladi. 🎧 13:00 · Istimaʼ klubi 🗣 14:00 · Muhadasa klubi Ustoz bilan jonli mashg'ulot Noon o'quvchilari uchun mutlaqo bepul. Erkak va ayollar uchun alohida guruhlarda Qatnashish uchun adminga yozing @noon_academy_manager 📞+998555887700 😎Telegram 😎Instagram
1 353
O'sha 20 daqiqani topganlar uchun...
😳 Sizdan faqat bitta narsa talab qilinadi chin dildan xohish va o'zingizning kelajagingiz uchun 20 daqiqani qizg'anmaslik. Tizim, oson yo'nalish va qiziqarli darslarni esa biz tayyorlab qo'yganmiz.
Biz gruxlarimizda shunday muhit yaratganmizki, darslar siz uchun og'ir yuk emas, aksincha kuniga energiya beradigan, qalbingizni xotirjam qiladigan eng sevimli mashg'ulotga aylanadi.🤓 Xo'sh, qani, kim o'zining katta maqsadi uchun bugundan boshlab kuniga atigi 20 daqiqa topa oladi? Vaqtdan nolishni to'xtatib, harakatni boshlaydiganlar bormi oramizda? 😣 Izohlarda "+" belgisini qoldiring yoki "Men tayyorman!" deb yozing. 📞+998555887700 😎Telegram 😎Instagram
1 353
Kuniga bor-yo'g'i 20 daqiqa...
Ko'pchilik o'ylaydi"Til o'rganish uchun kuniga 2-3 soat dars qilish kerak, qalin kitoblarga ko'milib o'tirish kerak, bunga esa kuchim ham, asabim ham yetmaydi".
Yo'q, aslo unday emas! Katta tog'lar ham kichik toshlardan yig'ilgan. O'zingizga savol bering: Kuniga o'zingiz uchun bor-yo'g'i 20 daqiqa ajrata olasizmi?
Ha, atigi 20 daqiqa! Bitta kofe yoki choy ichib o'tiradigan vaqtimiz. Yoki uyqudan oldin telefon titkilaydigan daqiqalarimiz. Agar shu 20 daqiqani har kuni, hech kanda qilmasdan aniq bir tizim bilan arab tiliga ajratsangiz, bir necha oydan keyin o'zingiz ham erishgan natijangizdan yoqangizni ushlab qolasiz.
Mo'jiza vaqtning ko'pligida emas, uning barakasida va davomiyligida!📞+998555887700 😎Telegram 😎Instagram
1 353
Vaqtim yo'q... (O'zimizni aldayapmizmi?)
🔔 Hammangizga tanish holat-a? Ish, ro'zg'or, o'qish, hayot tashvishlari... Kechga borib charchoqdan yostiqqa qanday bosh qo'yganimizni ham bilmay qolamiz.
💼 Ich-ichimizdan "Qaniydi arab tilini o'rgansam" degan niyat bor. Lekin miyamizga keladigan birinchi himoya qalqoni va bahona bitta "Vaqtim yo'q".
⏳ Aslida bizda haqiqatan ham vaqt yo'qmi yoki shunchaki to'g'ri tizim yo'qmi? Telefonni titkilab, ijtimoiy tarmoqlarda birovlarning hayotini kuzatib o'tkazgan soatlarimizni bitta hisoblab ko'raylikchi... Vaqt tiqilib yotibdi-ku, to'g'rimi? Asosiy muammo, vaqtning kamligida emas, uni to'g'ri yo'naltira olmasligimizda.
Keyingi postlarda vaqtni qanday taqsimlashni ko‘rib chiqamiz.📞+998555887700 😎Telegram 😎Instagram
1 353
🤨 Sizga bitta savolim bor
😳 Oxirgi marta qachon shunchaki O'ZINGIZ uchun, nimadir o'rgandingiz?
Hozir ichingizdan. "Eee, unga vaqt qayda, kun bo'yi tinim yo'q-ku..." degan ovoz keldimi?
Aynan shu "ovoz" haqida bugun siz bilan gaplashmoqchimiz.Agar sizga ham qziq bo‘lsa aktiv bo‘lib izohlarga qiziq deb yozing 👍👍👍 📞+998555887700 😎Telegram 😎Instagram
1 353
Xo‘sh, birinchi va eng katta sabab nima?
❤️ Grammatikaga darhol urilish. Ko‘pchilik til o‘rganishni boshlashi bilan birdaniga chuqur (grammatika) qoidalariga sho‘ng‘iydi.
❤️ Tushunarsiz terminlar, murakkab qoidalar va cheksiz istisnolar inson miyasini toliqtirib qo‘yadi. Miya esa qiyin va tushunarsiz narsadan qochishga harakat qiladi. Natijada til o‘rganish navbatdagi "og‘ir yuk"ka aylanadi.
📚 Uyning tomidan emas, poydevoridan boshlang. Avval grammatikani miyaga tiqish emas, tilni his qilish, sodda so‘z boyligini oshirish va kundalik iboralarni tushunish muhim. Qoidalar keyin, sekin-asta o‘z joyiga tushadi. Murakkablashtirmang!
Siz gramatika bosqichida to‘xtab qolganmisiz?📞+998555887700 😎Telegram 😎Instagram
1 353
Bugun kechagi mavzuni davom etiramizmi?
😀 Arab tilini o‘rganishni boshlab necha marta tashlab qo‘ydingiz?
1 353
Yana boshladim, tashlab qo‘ydim...
Arab tili kitobini havas bilan sotib olasiz. Birinchi hafta alifboni o‘rganib, g‘ayrat shijoat bilan daftarga chiroyli qilib yozasiz. Xuddi arabcha ko‘rsatuvlarni tarjimasiz ko‘radigandek tuyuladi...
Lekin 3-haftaga kelib... g‘ayrat so‘nadi. Ish, o‘qish, ro‘zg‘or tashvishlari aralashadi-yu, haligi kitob tokchada chang bosib qolib ketadi.
Nafsingiz esa ichingizdan pichirlaydi: "Baribir uddalay olmaysan, arab tili juda qiyin..." Tanish holatmi? Siz ham necha marta boshlab, yarim yo‘lda tashlab yuborgansiz?
Xotirjam bo‘ling, ayb sizda emas. Statistikaga ko‘ra, arab tilini o‘rganishni boshlaganlarning 90%i uni oxirigacha yetkazmaydi.
Xo‘sh, nega bunday bo‘ladi?Keyingi postlarda 3 ta eng katta sababi va undan chiqish yo‘li haqida gaplashamiz. 📞+998555887700 😎Telegram 😎Instagram
