Hilola Otabekova | Blog 🇹🇷
Closed channel
• C1 darajaga ega Turk tili ustoziman • "Pro Türkçe" kursim orqali o'quvchilarni birinchi darsdanoq turkcha gapirtiraman • Turk tili orqali moliyaviy mustaqillikka erishgan talabaman Kanal havosi: @Hilola_hoca Ustoz bilan bog'lanish: @Otabekova_H
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
444
Subscribers
No data24 hours
-57 days
-6730 days
Posts Archive
Tünaydın qizlar🤩
Darslarimni o'tib bo'ldim, endi uxlayman emas, hayot endi boshlanadi
Idishlarni yuvaman, yuzimni alohida tozalash kunim shanba uni qilaman
Shularni qilgunimcha och bo'lib qolsam, nimadirlar yeyman
Keyin u hazm bo'lguncha ozroq turkcha podkastmi yoki qiziqarli ko'rsatuvmi ko'raman
Xullas, menga hali beri uyqu yo'q ekan)
+1
Kecha Toshkentdan ukam kelgandi, bobomga shunaqa chiroyli joynamoz olib kelibdi
Bu joynamoz bugun keldi hali, boshqa taksida ekan, shuni olaman deb Urganchga ketgandi
Dadamga telefon ham olib kelibdi, sentabrda o'zi men olib beraman deb niyat qilib yurgandim ukam mendan chaqqon chiqib qoldi
Dadamni o'zi hali ishda, kelgandan keyin beramiz, rosa quvonadigan bo'ldilar
O'zi telefonimni yangilashim kerak deb yurgandi, xullas, kelsalar reaksiyasini ko'ramiz endi💖
Xullas, kechga hammaga to'yga boraverasizlar
Taklifnomaga nechchi, o'z qo'llarim bilan yasab berdim
Yana kimga kerak bo'lsa, aloqaga chiqaverasizlar narxini kelishamiz deymi😂
Yoqqan bo'lsa bitta - 🩷
+1
Merhabalar qizlar😍
Bugun bizda to'y kuni, mana shu ikkita pahlavonni sunnat to'yi, to'yonalar qalay, kecha dadamlar bilan borib berib keldik
Ikkalasi ham rosa xursand bo'lishdi, bobo rahmat deb aylanib kelib dadamga ketgunimizcha rahmat aytishdi asallarim
Hozirgi bollarga mazza bo'ldi yoshligidan mashinagacha haydashyapti, biz bechoralar kimdir veligiga mindirib uchirsa ham xursandchilikdan yuragimiz yorilardi
Mashina, mototsiklarga parkka borsak minardik faqat, hozir kichkina bolasi bor qaysi uyga borsangiz parkni uyiga olib kelib qo'yishgan
Sal ertaroq tug'ilib qo'yganim pand beryapti da😒
Tünaydın qizlar-qirmizlar💝
Talabalik davrimdagi rasm va videolarni tez-tez ko'rib turaman
Ayniqsa shu 3 oy davomida kursdosh dugonalarimni rosa sog'indim
Avvalgi yillar sentabr kelsa ko'rishamiz deb o'qish boshlanishini kutardik, endi o'qish ham tugadi
Hozir magistratura javoblari uchun kutyapman sentabrni, tezroq chiqa qolmadi u ham
Magistrga topshirganlar bormi?
Haa men topshirdim - 🩷
Allaqachon o'qiyapman - 😁
- Xo'sh, hech bo'lmasa qanday bunchalik chiroyli turkcha gapirolasan, qanday o'rganding, shuni ayt ber?
- Ba'zan bir tilni sen o'rganmaysan, o'sha til seni chorlaydi...
Agar siz ham sentabrda imtihonga kirmoqchi bo'lsangiz, sizga mos keladigan bir guruhim bor shular bilan imtihonga tayyorgarlik ko'rishingiz mumkin
Bu guruh kimlarga mos keladi: Oldin turk tilini B1, B2 darajagacha o'qib, chala tashlab ketganlarga
Turk tilini mustaqil o'rgangan serial va kinolarga bemalol tushuna oladiganlarga
Oldim imtihonga kirib sertifikat ololmaganlar yoki darajasini ko'tarmoqchi bo'lganlarga
Imtihongacha 1 oy davomida sizlar bilan 4 bo'lim bo'yicha ishlaymiz, mock testlar ko'ramiz
Grammatik mavzu o'tilmaydi, faqat imtihondagi 4 bo'limga jiddiy tayyorlanamiz
Kurs narxi, vaqtlari va boshqa savollaringizga @Otabekova_Hilola ga yozib javob olishingiz mumkin)
Kecha bitta qiz yozib qoldi, sentabrda imtihonga kirishni o'ylayaptilar ekan
Imtihon tartibi qanday bo'ladi, shuni tushuntirib berolasizmi deb, ho'p deb qo'limdan kelgancha tushuntirdim
Shunda bir narsani o'ylab qoldim, turk tilini mustaqil o'rganganiz bilan baribir imtihon tizimi qanday bo'lishini hech bo'lmasa bir oy ustoz bilan ko'rishiz kerak
Chunki imtihonda bilim emas, texnika ko'proq rol o'ynaydi, siz turk tilini zo'r bilsangizu yazmani yozilishi kerak bo'lgan standartlarga mos qilib yozmasangiz baliz past bo'lib qolaveradi
Boshqa bo'limlar ham xuddi shunday okuma, dinlemelerni ham tez yecha olish ko'nikmasini rivojlantirmagan bo'lsangiz, vaqt yetmay qolaveradi
U yerda muhimi tezlik va texnika bo'ladi, ya'ni bularni o'rganishiz uchun baribir ustoz kerak bo'ladi)
Günooo qizlar bizda bugun temizlik günü🧹
Ertalabdan ish qurollarimni olib, yenglarni shimarib ishga kirishdim
Hozir qayerdasiz va nima qilyapsiz, kammentga rasm jo'natinglarchi)
Va yana bir narsa unga 3 oy ustozlik qilgan bo'lsam bir marta ham menga nisbatan hurmatsizlik qilmadi
Har doim hocam deb meni juda yaxshi ko'rib, darslarimga ma'sulyatli bo'ldi
Men ham o'sha paytlardayoq juda yaxshi ko'rib qolgandim, juda pozitivniy, samimiy qiz
Ustozlikni boshlamoqchi bo'lgan paytidayam menga yozib ruxsat so'ragandi ustoz shunaqa qilmoqchiman nima deysiz siz ochaver desangiz ochaman deb
Xullas, meni hech qachon xafa qilib ranjitmadi, har doim hurmatimni joyiga qo'ydi
Ustozini rozi qilgan, inson hech qachon kam bo'lmasligiga yana bir bor amin bo'ldim)
+1
Bilimga kiritilgan invistitsiya hech qachon bekorga ketmaydi!Romla o'zimni o'quvchim bahorda turk tilini o'rgangandi, hali sertifikat olmadi to'g'rirog'i topshirib ko'rmadi Lekin allaqachon o'z ustozlik faoliyatini boshlab yubordi, iyul oyida o'zini birinchi guruhini ochdi Undan tashqari meni yordamchi ustozim bo'lib ham ishlayapti, turk tilini o'rgangani sabab oyiga ancha daromad qilyapti U turk tilini o'rganaman degan birgina qarori tufayli shu yerlargacha yetib keldi va nasib bundan da yuksak darajalarga erishadi Hamma narsa bir qadam, bir niyat, birgina tavakkaldan boshlanadi) Fikrimga qo'shilsangiz bitta - 🩷
+1
Bugun yangi kursimda asosiy birinchi darsni o'tdik, dars juda qiziqarli bo'ldi 1 yarim soat qanday o'tganini bilmay qoldim💙
Guruhimizdagi hamma qizlar o'zini rivojlantirayotgan ishtiyoqi baland, energiyasi kuchli qizlar ekan
Atrofingizda qanaqa insonlar bo'lsa ularni energiyasi sizga ham yuqib boraveradi
Shuning uchun ham men iloji boricha offlineda bo'lmasa ham onlineda har xil kommunitylarga qo'shilib qatnashib yuraman
Darsdan chiqib sentabrda imtihonga kiradigan guruhimni yazma va okuma(o'qib tushunish)larini tekshiridim
O'tgan darsga okuma mock test tashlab bergandim ilk bor, birinchi safarni o'zida o'quvchilarim 35 ta testdan 30+ topishibdi hammasi
O'zi birinchi safarga 20 tadan o'tsa ham bu yaxshi holat, ishlab-ishlab o'rganamiz deb aytgandim
Ammo hammasi zo'r ishlashibdi qizlarimni, ko'z tegmasin)
Aferin deyish uchun bitta - 🩷
Uyda yana 1 oy yashasam xohlagan bokschingizni tarixini ayt beroladigan bo'laman⭐
Har kuni kamida bir marta shu ko'rsatuvni qo'yadi dadam)
Premiumli boyvachcha xonimlar ovoz berib yuboringlar, assaaal stikerlar qo'shaylik reaksiyalarga🩷
Qachonki dadam menga plastikingni ayt pul tashlab beraman desa meni kayfiyatim😂
Kunni yaxshi boshlab oldingizlarmuuu)
Uxlayman idish-tovoq ham tursin, uxodlarim ham
Bir kun qilmasam yuzib yomonlashib ketmas yoki idishlar xafa bo'lib uyni tark etishmas aaa😁
