Hilola Otabekova | Blog 🇹🇷
Closed channel
• C1 darajaga ega Turk tili ustoziman • "Pro Türkçe" kursim orqali o'quvchilarni birinchi darsdanoq turkcha gapirtiraman • Turk tili orqali moliyaviy mustaqillikka erishgan talabaman Kanal havosi: @Hilola_hoca Ustoz bilan bog'lanish: @Otabekova_H
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
436
Subscribers
No data24 hours
-97 days
-7030 days
Posts Archive
Yana bittasi bor ekan telefoni 3 yoki 1% bo'lmaguncha zaryadkaga qo'ymaslik🙄
Men haqimda siz bilmaydigan 3 fakt!
1⃣ Instagram ishlatmayman, shu vaqtgacha deyarli umuman ishlatmaganman ehtiyoj ham sezmaganman.
1-kursligimda bir marta ochib ko'rganman lekin 2 kundan keyin darrov o'chirib tashlaganman, chunki reelslardan chiqolmay qolganman. Shuning uchun bu yaqin oralarda ochish niyatim ham yo'q.
2⃣You tubeda yoki xullas qayerdadir yangi nimadir ko'rib qolganimda, qo'limdan kelsa albatta o'sha joyni o'zida sinab ko'raman.
Bilmayman qandaydir odat bo'lib qolgan. Masalan chatgptga bunaqa deb yozsangiz bunaqa bo'ladi degan video ko'rdimmi o'sha zahoti yozib ko'raman.
3⃣Eng g'alatisi, kechqurunlari ba'zan uxlayotganimda ko'zim ochiq holatda tush ko'raman va gapirib chiqaman.
Nima uchun bunday bo'lishini izlanib ko'rdim. O'zi odam uxlashga yotganda miya ham tana ham bloklar ekan,lrkin ba'zan ikkalasini bloklangan payti to'g'ri kelmay qolishi mumkin ekan.
Yani ba'zan qo'rqinchli tush ko'rasiz lekin turaman desangiz joyizdan qimirlolmay qolasiz ku o'sha payti faqat tana bloklangan,miya uyg'oq bo'larkan.
Ba'zan esa miya bloklangan tana uyg'oq bo'larkan o'sha payti ko'ziz ochiq holatda tush ko'rarkansiz va tushdagi narsalar xonada ko'zizga ko'rinar ekan
✈️Sizda ham shunaqa g'alati odatlar bormi, kammentlarga yozing)
+1
#chellenj_3_kun
Merhabalar qizlar-qirmizlar, bugun ham soat jaa 5 damasu 5:20 larda kunimni boshladim🎀
Individual o'quvchim bilan birinchi darsni o'tdik. Kun bo'yi ishda bo'larkanlar shuning uchun ertalab erta qo'ydik darsni.
Shunaqa insonlarni juda hurmat qilaman, bahona qilib atrofidagilarni aylab o'tirishmaydi, o'zlari uchun o'zlari sharoit yaratadi, imkon topadi.
Men kun bo'yi ishdaman da,unaqa da bunaqada qilib o'zini-o'zi aldab ovutib o'tirmaydi. Qo'lidagi bor resursdan foydalanib harakat qilishadi.
Xullas mazza qilib o'tdik darsni Husnora bilan, ertalabdan kayfiyatim ham zo'r bo'ldi.
Keyin 30-iyundan boshlanadigan guruhimga yozilgan qizlarga guruh ssilkasini jo'natib chiqdim🩷
Kursga yana 2 ta qiz olaman, shu bilan qabul yopiladi. Kursga yozilish uchun @Otabekova_Hilola ga yozing.
+1
Darsimni o'tib bo'ldim gapiraverib jag'larim og'rib ketdiyey😮💨
O'quvchilarimdan diktant ham oldim bugun yazmani rivojlantirish uchun.
Keyin ozroq musiqa eshitdim boshini quvnoq qo'shiqlar bilan boshlab, oxirini shu qo'shiq bilan yakunladim.
Qaysi kino ekanligini topdingizmi, ko'rganmisiz o'zi bu kinoni)
Qizlar telefonim 2% qolgan,mahallani qayeridandir tok uzilibdi. Shunga svet ham yo'q, qachon yonishiyam noma'lum ekan😭.
Kurs bo'yicha yozayotganlar pastdagi kartaga to'lov qilib, skrinshotini lichkamga tashlab qo'yaveringlar. Svet yongandan keyin hammangizga javob berib chiqaman nasib❤️
9860 1901 0355 5768
Otabekova Hilola
Bor yo'g'i bir choynak choy damlamoqchi edim🥺
Choy qo'yganim esimdan chiqib darslarimni qilib, o'quvchilarimni uyg vazifalarini tekshirib o'tiraveribman.
Yaxshiyam onam kelib ko'rib qoldi, bo'lmasa choy qo'yganim esimdayam yo'q edi, oshxonaga borish niyatim ham🪽
+1
Merhabalar qizlar-qirmizlar. Bugungi darsim uchun shunaqa asaaaal prezentatsiya yasadim😊.
Keyin esa Hurram sultonni ko'rdim. Bu kinoni nechi marta ko'rganman o'zbekchasiniyam, turkchasiniyam lekin qancha ko'rsam ham zerikmayman. Hurram shunaqa zo'r o'ynagan o'z rolini.
Buni turkchasini ko'rganimda bir narsani sezib qoldim,o'zbek tilidagisida ko'p joylari kesib tashlangan ekan. Shunaqa serial va filmlarni o'z tilida ko'rish uchun ham turk tilini o'rgagan bo'lardim lekin❤️.
Hurram sultonni fanatlari bormi menga o'xshagan)
Qishloq tinch mazza, miyyalaring dam oladi🥹
Rus tilini turkchada o'rganyapman. Sababi you tubeda o'zbek tiliga qaraganda turkchada ko'proq videodarslar mavjud va turkchada o'rgansam ikki tilim ham mustahkamlanadi.
Boya havo rosa zo'r bo'ldi, ruscha darsimga ham ko'chada kirdim. Keyin takrorlash uchun o'zimam you tubedan shunday darslar ko'rdim🥰
Sizlarda nima gaplar qizlar, oramizda ruscha o'rganayotganlar bormi)
+1
🎀Qizlar chegirmadan foydalanib o'z joylarini band qilishni boshlashdi.
⏰Darslar 30-iyundan boshlanadi, siz ham o'z joyingizni egallang. Bunaqa super narx boshqa bo'lmasligi mumkin.
🖊️Kursga yozilish uchun @Otabekova_Hilola ga yozing.
Ho'p qizlar ko'pchilikni talab va istaklariga binonan "Pro Türkçe" kursimga katta chegirma e'lon qilaman.
Endi siz 349 ming emas❌,
249 ming✔️ oylik to'lov qilib guruhga yozilishingiz mumkin. Lekin bunaqa narxda ko'p o'quvchi qabul qilolmayman. Shuning uchun tezroq o'z joyingizni band qiling.
Kursga yozilish uchun @Otabekova_Hilola ga yozing.
#chellenj_1_kun
Ertalab qiynalib bo'lsa ham 5:00 da uyg'ondim. Bir tarafim budilnikni o'chirib qayta uxlashni xohlagan bo'lsa ham, oynadan mazza qilib uxlaydigan muzdekkina havo kirib turgan bo'lsa ham mardlarcha uyg'ondim😁.
Birinchi navbatda rus tilidan uyga vazifalarimni qildim, keyin yelka mashqlari bajardim. Bo'yim baland bo'lganligi uchun ossankam bukchayib qolishga moyil, shuning uchun har kuni ertalab mashq qilishni yo'lga qo'ymoqchiman. Bitta podkast eshitdim turkcha, o'zgüven yani o'zizga bo'lgan ishonchni orttirish va bunda muvozanatni saqlay olish haqida.
Keyin ozroq kitob o'qidim, nonushta qildim. Xullas, bugungi kunim yaxshi boshlandi😊.
Darsimni o'tib bo'ldim, endi bemalol uxlashim mumkin. Aytganimday ertadan soat 5 da uyg'onishim kerak u uchun esa erta uxlashim kerak🥺
Bu guruh bilan 0 dan dars o'tishni boshlaganimizga 2 hafta bo'ldi, allaqachon ancha narsalarni tushunib, gapirolishyapti. O'tgan darsdan serial ko'rishni boshlagandik, o'quvchilarim xursand turkchasini tushunib ko'rish mazza ekan ustoz deb.
O'zbekchasini ko'rgimiz kelmay qoldi deb aytishyapti. Rostan turk serial va filmlarini o'z tilida ko'rish baribir boshqacha. Turkchasini ko'rib o'rgangan insonga o'zbekchasi umuman yoqmay qoladi🩷
Sizlarda nima gaplar qizlar-qirmizlar kimlar uyg'oq va nima sababdan shu paytgacha uxlamadingiz)
