en
Feedback
TISU Cambridge International School

TISU Cambridge International School

Open in Telegram

World Class International School Cambridge IGCSE, AS & A levels Preschool: 6 year olds Primary: Grades 1-4 Secondary: Grades 5-9 📞 +998 55 451 77 77 📞 +998 77 702 96 95

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
837
Subscribers
+2024 hours
+1037 days
+28830 days
Posts Archive
🚨 MUHIM E’LON TISU Cambridge International Schoolda amalga oshiriladigan muhim jarayonlar bo‘yicha quyidagi sanalarga e’tibo
🚨 MUHIM E’LON TISU Cambridge International Schoolda amalga oshiriladigan muhim jarayonlar bo‘yicha quyidagi sanalarga e’tiboringizni qaratamiz: 📆 2-SENTYABR — TIBBIY KO‘RIK VA QAYTA IMTIHON Avval tibbiy ko‘rikdan hamda belgilangan imtihon jarayonlaridan o‘tmagan o‘quvchilar uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratiladi. Tibbiy ko‘rik uchun: 📍 TISU Med Hub klinikasi 📝 Kerakli hujjat: bolaning tug‘ilganlik guvohnomasi 📍 Manzil: Termiz shahri, Farovon massivi, Bog‘ishamol MFY, 4-B uy 📞 +998 55 452 22 22 📞 +998 55 452 55 55 Shuningdek, ingliz tilidagi suhbat va psixologik ko‘rikdan hali o‘tmagan o‘quvchilar uchun 2-sentyabr kuni qayta imtihon tashkil etiladi. ⭕️ Ingliz tilidagi suhbat ⭕️ Psixologik ko‘rik ⏰ Vaqt: 09:00 📍 Manzil: TISU Cambridge International School ━━━━━━━━━━━━━━━━━━ 👔 3–4-SENTYABR — MAKTAB FORMALARINI TARQATISH Maktab formalari o‘quvchilarning yosh va sinf bosqichlariga muvofiq quyidagi tartibda tarqatiladi: 📆 3-sentyabr — 6 yoshli tayyorlov guruhlari hamda 1–4-sinf o‘quvchilari uchun 📆 4-sentyabr — 5–9-sinf o‘quvchilari uchun 📍 Manzil: TISU Cambridge International School 📞 +998 55 451 77 77 📞 +998 77 702 96 95 ⚡️ Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring! 📱Instagram / 📱Telegram / 📱Facebook 📱LinkedIn / 📱YouTube / 📱X /🌐Website

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi muborak bo'lsin! Aziz vatandoshlar! Barchangizni eng ulug', eng azi
🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi muborak bo'lsin! Aziz vatandoshlar! Barchangizni eng ulug', eng aziz bayram - Mustaqillik kuni bilan TISU Cambridge xalqaro maktabi jamoasi nomidan muborakbod etamiz! Har bir xonadonga tinchlik, totuvlik, sog'lik-omonlik, fayz-baraka va davomiy quvonch tilaymiz. Yurtimiz tinch, osmonimiz hamisha musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo'lsin! ⚡️ Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring! 📱Instagram / 📱Telegram / 📱Facebook 📱LinkedIn / 📱YouTube / 📱X /🌐Website

THE DAY YOU’VE BEEN WAITING FOR IS HERE! ✨ TISU Cambridge International School invites you to our Open Day! 🎓 🗓 5 September
THE DAY YOU’VE BEEN WAITING FOR IS HERE!TISU Cambridge International School invites you to our Open Day! 🎓 🗓 5 September 2026 Step through the doors of opportunity and discover a place where your child’s future can begin. ✨ Your child’s future starts here. 🧡 ———————————— SIZ KUTGAN KUN KELDI! TISU Cambridge International School sizni Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi! 🎓 🗓 5-sentyabr, 2026-yil Kelajak sari ochilayotgan eshiklardan birinchi bo‘lib qadam qo‘ying. 🚪✨ Sizning kelajagingiz shu yerdan boshlanishi mumkin. 🧡 ⚡️ Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring! 📱Instagram / 📱Telegram / 📱Facebook 📱LinkedIn / 📱YouTube / 📱X /🌐Website

⭐️Kasbiy tajriba — xalqaro muhitda. ⭐️ TISU Cambridge International School oshpazlari Hilton Tashkent City mehmonxonasida tas
⭐️Kasbiy tajriba — xalqaro muhitda. ⭐️ TISU Cambridge International School oshpazlari Hilton Tashkent City mehmonxonasida tashkil etilgan training dasturida ishtirok etib, professional bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirdilar. ✨Training davomida ular xalqaro mehmondo‘stlik standartlari asosida ishlash, zamonaviy oshxona jarayonlari hamda professional xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida qimmatli amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar. Ushbu training ishtirokchilar uchun o‘z kasbiy salohiyatini oshirish, yangi tajribalarni o‘zlashtirish va professional faoliyatida yanada yuqori natijalarga erishish yo‘lida muhim bosqich bo‘ldi. ⚡️ Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring! 📱Instagram / 📱Telegram / 📱Facebook 📱LinkedIn / 📱YouTube / 📱X /🌐Website

Telefon nega uyda qoladi❓ Telefon kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylangan. Biroq dars vaqtida kelgan bitta xabar yok
Telefon nega uyda qoladiTelefon kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylangan. Biroq dars vaqtida kelgan bitta xabar yoki bildirishnoma ham o‘quvchining e’tiborini mavzudan chalg‘itishi mumkin. Shu sababli TISU Cambridge International Schoolda o‘quvchilarning maktabga telefon olib kelishi taqiqlanadi. Mazkur tartib o‘quvchilarni texnologiyadan butunlay cheklash uchun emas, dars davomida ularning diqqatini ta’lim jarayoniga qaratish maqsadida joriy etilgan. Telefonsiz muhitda o‘quvchi ustozini diqqat bilan tinglash, sinfdoshlari bilan bevosita muloqot qilish va mashg‘ulotlarda faol ishtirok etish imkoniga ega boadi. ⚡️ Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring! 📱Instagram / 📱Telegram / 📱Facebook 📱LinkedIn / 📱YouTube / 📱X /🌐Website

⚽ MAYDONDA CHEMPIONLAR TARBIYALANADI! Futbol — shunchaki o‘yin emas. Bu jamoaviylik, intizom, kuch va g‘alabaga bo‘lgan ishon
MAYDONDA CHEMPIONLAR TARBIYALANADI! Futbol — shunchaki o‘yin emas. Bu jamoaviylik, intizom, kuch va g‘alabaga bo‘lgan ishonchdir. 🥅 TISU Cambridge International School Futbol to‘garagi bilan farzandingiz nafaqat futbol mahoratini, balki haqiqiy jamoa ruhini ham kashf etadi! Bir jamoa. Bir maqsad. Bir g‘alaba sari! 🏆⚽ ⚡️ Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring! 📱Instagram / 📱Telegram / 📱Facebook 📱LinkedIn / 📱YouTube / 📱X /🌐Website

WHO WE ARE❓ We are more than just a school — we are a community of curious minds, ambitious learners, dedicated educators, an
WHO WE AREWe are more than just a school — we are a community of curious minds, ambitious learners, dedicated educators, and future changemakers. At TISU Cambridge International School, we believe education goes beyond textbooks. It is about discovering potential, building confidence, embracing new ideas, and preparing students for a world full of opportunities. ⚡️Follow our social media pages! 📱Instagram / 📱Telegram / 📱Facebook 📱LinkedIn / 📱YouTube / 📱X /🌐Website

O‘quvchi darsni boshqara oladimi❓ 📚Ba’zi hollarda o‘quvchiga mavzuni sinfdoshlari oldida tushuntirish imkoniyati beriladi. B
O‘quvchi darsni boshqara oladimi 📚Ba’zi hollarda o‘quvchiga mavzuni sinfdoshlari oldida tushuntirish imkoniyati beriladi. Bu jarayonda u o‘z bilimini namoyon qilish bilan birga, fikrini izchil bayon etish, auditoriya e’tiborini boshqarish va savollarga javob berishga harakat qiladi. Aslida bunday mashg‘ulotlar o‘quvchining mavzuni qay darajada o‘zlashtirganini aniqlashga yordam beradi. Chunki ma’lumotni boshqalarga tushunarli tarzda yetkazish uchun uni avvalo chuqur anglash talab etiladi. ⭐️Shuningdek, darsni boshqarish jarayonida o‘quvchining muloqot qilish, mas’uliyatni his etish va mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalari ham rivojlanadi. Muhimi — o‘quvchini faqat tinglovchi sifatida emas, ta’lim jarayonining faol ishtirokchisi sifatida ham qo‘llab-quvvatlashdir. ⚡️ Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring! 📱Instagram / 📱Telegram / 📱Facebook 📱LinkedIn / 📱YouTube / 📱X /🌐Website

🇰🇷 “Annyeong” deyishdan boshlanadigan katta imkoniyat! Yangi til — yangi dunyo demak. TISU Cambridge International Schooldagi Koreys tili to‘garagi orqali nafaqat koreys tilini o‘rganing, balki uning boy madaniyati bilan yaqindan tanishing va global imkoniyatlar sari qadam tashlang. ✨ ⚡️ Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring! 📱Instagram / 📱Telegram / 📱Facebook 📱LinkedIn / 📱YouTube / 📱X /🌐Website

🎓 1-sinf uchun atigi 5 ta joy qoldi! Farzandingizning ta’lim yo‘lidagi ilk qadami — katta kelajak sari muhim boshlanish. ✨📚
🎓 1-sinf uchun atigi 5 ta joy qoldi! Farzandingizning ta’lim yo‘lidagi ilk qadami — katta kelajak sari muhim boshlanish. ✨📚 Shoshiling, joylar soni cheklangan! ⚡️ Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring! 📱Instagram / 📱Telegram / 📱Facebook 📱LinkedIn / 📱YouTube / 📱X /🌐Website

Farzandingiz qiyinchilikda qanday yo‘l tutadi❓ Ba’zi o‘quvchilar murakkab vazifaga duch kelganda tezda yordam so‘raydi. Boshq
Farzandingiz qiyinchilikda qanday yo‘l tutadiBa’zi o‘quvchilar murakkab vazifaga duch kelganda tezda yordam so‘raydi. Boshqalari esa turli usullarni sinab ko‘rib, yechim topishga harakat qiladi. Aslida vazifani darhol bajara olmaslik qobiliyatsizlik belgisi emas. Chunki aynan murakkab topshiriqlar o‘quvchini sabr qilishga, xatolarini tahlil qilishga va yangicha yo‘l izlashga o‘rgatadi. Shuning uchun ta’limda faqat to‘g‘ri natijani emas, unga erishish jarayonini ham qadrlash muhimdir. Zero, kelajakdagi muvaffaqiyat har doim tezkor javobdan emas, qiyinchilik qarshisida taslim bo‘lmaslikdan boshlanadi. ⚡️ Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring! 📱Instagram / 📱Telegram / 📱Facebook 📱LinkedIn / 📱YouTube / 📱X /🌐Website

🎓 Tajriba, bilim va xalqaro standartlar uyg‘unligi. Baguma Stephan Safari — matematika va biologiya fanlarini o‘qitish bo‘yi
🎓 Tajriba, bilim va xalqaro standartlar uyg‘unligi. Baguma Stephan Safarimatematika va biologiya fanlarini o‘qitish bo‘yicha 18 yillik professional tajribaga ega xalqaro pedagog. U Janubiy Afrika va AQShdagi universitetlarda tahsil olgan bo‘lib, matematika, biologiya, biotexnologiya va muhandislik yo‘nalishlarida yuqori tajribaga ega. 📚 Uning professional faoliyati davomida:
🟢 Cambridge IGCSE, AS & A Level Mathematics dasturlari asosida dars bergan; 🟢 International Baccalaureate (IB) Mathematics dasturi doirasida faoliyat yuritgan; 🟢 Akademik direktor lavozimida ta’lim jarayonlarini boshqargan; 🟢 O‘qituvchilarni zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanish bo‘yicha qo‘llab-quvvatlagan va treninglar o‘tkazgan; 🟢 Yuqori natijalarga intiluvchi hamda qo‘shimcha akademik qo‘llab-quvvatlashga muhtoj o‘quvchilar bilan individual ishlagan.
Bugun TISU Cambridge International School jamoasida uning ko‘p yillik tajribasi, xalqaro dasturlar bo‘yicha bilimlari va zamonaviy pedagogik yondashuvi o‘quvchilarning akademik rivojiga munosib hissa qo‘shishiga ishonadi. ⸻ 🎓 Education Built on Experience — A Strong Foundation for the Future. Baguma Stephan Safari is an international educator with 18 years of professional teaching experience in Mathematics and Biology. He studied at universities in South Africa and the United States, receiving academic training in Mathematics, Biology, Biotechnology, and Engineering. 📚 Throughout his professional career, he has:
🟢 Taught Cambridge IGCSE, AS & A Level Mathematics; 🟢 Taught Mathematics within the International Baccalaureate (IB) curriculum; 🟢 Served as an Academic Director, overseeing academic processes; 🟢 Prepared students for international examinations; 🟢 Supported and trained teachers in the effective use of modern educational technologies; 🟢 Worked individually with high-achieving students and learners requiring additional academic support.
Today, as a member of the TISU Cambridge International School team, his extensive experience, knowledge of international curricula, and commitment to high-quality teaching and learning contribute to a strong academic environment for students. ⚡️ Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring! 📱Instagram / 📱Telegram / 📱Facebook 📱LinkedIn / 📱YouTube / 📱X /🌐Website

— TISU Cambridge xalqaro maktabida ta’lim jarayoni ingliz tilida olib boriladi. Bu esa o‘quvchilarga ingliz tilini shunchaki
TISU Cambridge xalqaro maktabida ta’lim jarayoni ingliz tilida olib boriladi. Bu esa o‘quvchilarga ingliz tilini shunchaki fan sifatida emas, balki kundalik ta’lim jarayonining ajralmas qismi sifatida o‘zlashtirish imkonini beradi. 📚Cambridge xalqaro ta’lim dasturi asosida tashkil etilgan darslarda o‘quvchilar fanlarni ingliz tilida o‘rganish, o‘z fikrini erkin ifodalash, savol berish, muhokama qilish va mustaqil xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Shuningdek, o‘quvchilarning ona tilidagi savodxonligi va milliy qadriyatlarga hurmatini shakllantirish ham ta’lim jarayonimizning muhim qismidir. Bizning maqsadimiz — farzandingizga nafaqat sifatli bilim berish, balki uni xalqaro ta’lim va kelajakdagi akademik muhitga tayyorlashdir. ⚡️ Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring! 📱Instagram / 📱Telegram / 📱Facebook 📱LinkedIn / 📱YouTube / 📱X /🌐Website

🎓AS-Level haqida bilasizmi❓ AS-Level (Advanced Subsidiary Level) — Cambridge International ta’lim tizimining muhim akademik
🎓AS-Level haqida bilasizmiAS-Level (Advanced Subsidiary Level) — Cambridge International ta’lim tizimining muhim akademik bosqichlaridan biri bo‘lib, o‘quvchilarga tanlagan fanlari bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilim va yuqori darajadagi akademik ko‘nikmalarni shakllantirish imkonini beradi. 📚 Dastur davomida o‘quvchilar:
🟢 fanlarga oid fundamental tushunchalarni chuqur o‘zlashtiradi; 🟢 tahliliy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi; 🟢 mustaqil izlanish va akademik ishlash kompetensiyalarini shakllantiradi; 🟢 murakkab masalalarni tahlil qilish va asoslangan xulosalar chiqarishni o‘rganadi.
AS-Level, shuningdek, Cambridge International A- Level dasturining birinchi bosqichi sifatida A-Level ta’limini davom ettirish uchun akademik asos yaratadi. 🌏 Xalqaro standartlarga asoslangan mazkur dastur o‘quvchilarni kelgusidagi oliy ta’lim bosqichiga tayyorlash, ularning akademik salohiyatini rivojlantirish va kelajakdagi ta’lim yo‘nalishini ongli ravishda belgilashga xizmat qiladi. AS-Level — bilimni chuqurlashtirish, akademik salohiyatni rivojlantirish va kelajak sari puxta qadam tashlash imkoniyati. ⚡️ Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring! 📱Instagram / 📱Telegram / 📱Facebook 📱LinkedIn / 📱YouTube / 📱X /🌐Website

#jarayon Aziz kuzatuvchilar! Bugun maktabimizda tayyorlov guruhi va boshlang'ich sinf o‘quvchilarini qabul qilish doirasida psixolog ko'rigi va ingliz tili bo'yicha suhbat o'tkazilganligi haqidagi xabarni e'lon qilgan edik. Bolajonlarning quvonchi, hayajoni va ilk taassurotlari aks etgan yorqin lahzalarni ushbu videolavha orqali tomosha qiling. ✨ ⚡️ Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring! 📱Instagram / 📱Telegram / 📱Facebook 📱LinkedIn / 📱YouTube / 📱X /🌐Website

Bugun TISU Cambridge xalqaro maktabida tayyorlov (Pre-school) va boshlang‘ich ta’lim (Primary School) bosqichlariga hujjat to
+5
Bugun TISU Cambridge xalqaro maktabida tayyorlov (Pre-school) va boshlang‘ich ta’lim (Primary School) bosqichlariga hujjat topshirgan o‘quvchilar uchun ingliz tili fanidan suhbat hamda psixolog ko‘rigi tashkil etildi. 📚✨ Mazkur sinov jarayonlari talabgor bolajonlarning boshlang‘ich bilim darajasi, dunyoqarashi, mantiqiy fikrlashi hamda ingliz tilida so‘zlashish va muloqot ko‘nikmalarini aniqlash maqsadida o‘tkazildi. Ilk sinovlar bolalar uchun mutlaqo hayajonsiz, interaktiv va samimiy muloqot tarzida tashkil etildi. TISU Cambridge xalqaro maktabi rahbariyati munosib natija ko‘rsatgan barcha jajji talabgorlarga kelgusi o‘quv jarayonlarida muvaffaqiyat tilaydi. Ma’lumot o‘rnida, TISU Cambridge xalqaro maktabida 2026–2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari qizg‘in davom etmoqda. ⚡️ Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring! 📱Instagram / 📱Telegram / 📱Facebook 📱LinkedIn / 📱YouTube / 📱X /🌐Website

Farzandingiz darsda nega jim❓ Darsda faol qatnashayotgan o‘quvchi darhol ko‘zga tashlanadi. Jim o‘tirgan o‘quvchi esa ba’zan
Farzandingiz darsda nega jim Darsda faol qatnashayotgan o‘quvchi darhol ko‘zga tashlanadi. Jim o‘tirgan o‘quvchi esa ba’zan mavzuga qiziqmayotgandek tuyulishi mumkin. 🌟Aslida har bir o‘quvchi ma’lumotni o‘ziga xos tarzda qabul qiladi. Kimdir fikrini darhol bildiradi, boshqasi esa avval tinglaydi, kuzatadi va javobini puxta o‘ylaydi. Shuning uchun sukutni darhol befarqlik deb baholash to‘g‘ri emas. Ba’zan jimlik ortida mavzuni tushunish, tahlil qilish va mustaqil xulosa chiqarish jarayoni kechadi. Muhimi — o‘quvchini boshqalar bilan solishtirish emas, uning qanday fikrlashini anglash va o‘z vaqtida fikr bildirishiga imkon berishdir. ⚡️ Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring! 📱Instagram / 📱Telegram / 📱Facebook 📱LinkedIn / 📱YouTube / 📱X /🌐Website

⭐️Savoli teranning - bilimi ham teran.⭐️ Ayrim o‘quvchilar tezroq javob berishga intilsa, ba’zilari masalani har tomonlama ta
⭐️Savoli teranning - bilimi ham teran.⭐️ Ayrim o‘quvchilar tezroq javob berishga intilsa, ba’zilari masalani har tomonlama tahlil qilishga kirishadi. Ular mavzuni shunchaki tinglamaydi, balki “Nima uchun?”,Qanday?” degan savollar bilan mavzuni chuqur o’rganadi. 🔼Chunki aynan savollar bolada turli fikrlarni taqqoslash va noodatiy yechimlarni izlashga majbur qiladi. Savol berish — shunchaki so‘rash emas, bu — mustaqil fikrlash san’atidir! Shu bois, zamonaviy ta’limning asl mohiyati nafaqat bilim berish, balki o’quvchini to‘g‘ri savol berishga va mustaqil xulosalar chiqarishga o‘rgatishdir. ⚡️ Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring! 📱Instagram / 📱Telegram / 📱Facebook 📱LinkedIn / 📱YouTube / 📱X /🌐Website

🚦 Every light has a message. Ours points towards the future. At TISU Cambridge International School, every student is guided
🚦 Every light has a message. Ours points towards the future. At TISU Cambridge International School, every student is guided towards academic excellence, global opportunities, and a future without limits. Green light for knowledge. Green light for the future. 🎓 TISU Cambridge International School — Where Knowledge Inspires the Future. ⚡️Follow our social media pages! 📱Instagram / 📱Telegram / 📱Facebook 📱LinkedIn / 📱YouTube / 📱X /🌐Website