en
Feedback
TISU Cambridge International School

TISU Cambridge International School

Open in Telegram

World Class International School Cambridge IGCSE, AS & A levels Preschool: 6 year olds Primary: Grades 1-4 Secondary: Grades 5-9 📞 +998 55 451 77 77 📞 +998 77 702 96 95

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
837
Subscribers
+2024 hours
+1037 days
+28830 days
Posts Archive
#tafsilot #axborot Termizda yangi xalqaro maktab o‘z faoliyatini boshladi 📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! 𝘛𝘦𝘭𝘦𝘨𝘳𝘢𝘮 𝘐𝘯𝘴𝘵𝘢𝘨𝘳𝘢𝘮 𝘍𝘢𝘤𝘦𝘣𝘰𝘰𝘬 𝘠𝘰𝘶𝘛𝘶𝘣𝘦

📌OTA-ONALAR VA O‘QUVCHILAR UCHUN MUHIM ESLATMA! Hurmatli ota-onalar va aziz o‘quvchilar! TISU Cambridge xalqaro maktabida xa
📌OTA-ONALAR VA O‘QUVCHILAR UCHUN MUHIM ESLATMA! Hurmatli ota-onalar va aziz o‘quvchilar! TISU Cambridge xalqaro maktabida xavfsiz, sog‘lom va tartibli ta’lim muhitini ta’minlash maqsadida quyidagi muhim qoidalarga rioya etishingizni so‘raymiz. 💧 Suv ichish Oshxonada ichimlik suvi uchun zarur idishlar taqdim etiladi. Oshxonadan tashqarida foydalanish uchun o‘quvchilar shaxsiy suv idishini olib kelishlari tavsiya etiladi. Bu shaxsiy gigiyena va salomatlik uchun muhim. 📵 Gadjet va xavfli buyumlar Maktab hududiga smartfon, noutbuk, planshet va boshqa gadjetlar, shuningdek, tig‘li yoki jarohat yetkazishi mumkin bo‘lgan buyumlarni olib kirish taqiqlanadi. ⏰ Vaqt va maktab formasi O‘quvchilar maktab formasida, soat 08:00 dan kechikmagan holda maktabga yetib kelishlari lozim. 🍽️ Nonushta va darslar
🔺 Nonushta: 08:00-08:25 🔺 Dars boshlanish vaqti: 08:30
🥣 Oshxonada Oshxonaga kirishda avval qo‘llarni yuvish, so‘ng belgilangan stoldan joy egallash va odob-axloq qoidalariga rioya qilish talab etiladi.
🔺 Tayyorlov guruhi – 3-sinf: taomlar oshpazlar tomonidan, guruh rahbarlari nazoratida beriladi. 🔺 4–9-sinf: o‘quvchilar maxsus idishlardan foydalanib, taomlarni mustaqil ravishda oladilar.
🤝 O‘zaro hurmat Maktab xodimlari, o‘qituvchilar va tengdoshlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish — har bir o‘quvchining muhim vazifasi. Jismoniy yoki ruhiy tazyiq, kamsitish, haqoratlash, qo‘rqitish va boshqa noo‘rin xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yilmaydi. 📚 Kutubxonada Atrofdagi kitobxonlarga xalaqit bermaslik, osoyishtalikni saqlash va kutubxona qoidalariga rioya qilish talab etiladi. Muhim❗️ Ichki tartib-qoidalarga rioya qilmaslik holatlari tegishli tartibda ko‘rib chiqiladi. Qayta-qayta berilgan ogohlantirishlarga qaramay, qoidabuzarlik davom etsa, ta’lim xizmatlari shartnomasi belgilangan tartibda bekor qilinishi mumkin. 💙 Aziz ota-onalar! Ushbu eslatma bilan tanishib chiqishingizni va farzandingizga belgilangan talablarni tushuntirishingizni so‘raymiz. TISU Cambridge xalqaro maktabi — tartib, hurmat va mas’uliyat uyg‘unligidagi ta’lim muhiti. 🎓 ⚡️ Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring! 📱Instagram / 📱Telegram / 📱Facebook 📱LinkedIn / 📱YouTube / 📱X /🌐Website

🎒✨Bugun TISU Cambridge International School’da yana bir yangi kun boshlandi! Maktabimiz bolajonlarning quvonchli qadamlari,
+7
🎒✨Bugun TISU Cambridge International School’da yana bir yangi kun boshlandi! Maktabimiz bolajonlarning quvonchli qadamlari, samimiy tabassumlari va yangi bilimlarga bo‘lgan ishtiyoqi bilan yana jonlandi. Kunimiz esa mazali nonushta bilan boshlandi. 🥐🥛 Chunki yaxshi kayfiyat va energiya bilan boshlangan kun — yanada samarali o‘tadi. Har bir yangi kun — yangi bilimlar, yangi taassurotlar va unutilmas xotiralar demakdir. ⭐️ ⚡️ Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring! 📱Instagram / 📱Telegram / 📱Facebook 📱LinkedIn / 📱YouTube / 📱X /🌐Website

🎓TISU Cambridge xalqaro maktabida yangi oʻquv yili start oldi! ✨Bugun maktabimiz hayotida unutilmas va hayajonli kun. 🔼2026
+5
🎓TISU Cambridge xalqaro maktabida yangi oʻquv yili start oldi!Bugun maktabimiz hayotida unutilmas va hayajonli kun. 🔼2026-2027-oʻquv yilining ilk qoʻngʻirogʻi chalinib, taʼlim jarayonlariga rasman start berildi. 📚Oʻquvchilarimiz maktab ostonasidan ulkan maqsadlar bilan qadam qoʻyishdi. Ular oʻz ustozlari, guruhdoshlari va zamonaviy sinfxonalar bilan tanishib, dastlabki dars mashgʻulotlarini boshlab yuborishdi. Bolajonlarimiz qalbidagi hayajon va yuzlaridagi oʻzgacha quvonch bugungi kunning eng goʻzal bezagi boʻldi, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Biz har bir oʻquvchimizning jahon standartlariga mos, mukammal taʼlim olishi va yuksak choʻqqilarni zabt etishi uchun barcha sharoitlarni yaratishda davom etamiz. Bilimlar kuni muborak boʻlsin! ⭐️ ⚡️ Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring! 📱Instagram / 📱Telegram / 📱Facebook 📱LinkedIn / 📱YouTube / 📱X /🌐Website

Xalqaro ta’lim uchun yangi imkoniyat Termiz shahrida TISU Cambridge xalqaro maktabi o‘quvchilar uchun o‘z eshiklarini ochdi. 📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! 📝𝘛𝘦𝘭𝘦𝘨𝘳𝘢𝘮 💻 𝘐𝘯𝘴𝘵𝘢𝘨𝘳𝘢𝘮 📝𝘍𝘢𝘤𝘦𝘣𝘰𝘰𝘬 🎞𝘠𝘰𝘶𝘛𝘶𝘣𝘦

🎒 BACK TO SCHOOL — 87% LOADING! The countdown is almost over. On September 7 , the classrooms fill up, lessons begin, and th
🎒 BACK TO SCHOOL — 87% LOADING! The countdown is almost over. On September 7 , the classrooms fill up, lessons begin, and the 2026–2027 academic year officially starts at TISU CIS. Have your uniform, school bag, stationery, and study materials ready. 📅 September 7 | 8:00 AM — First Day of School 🧡 TISU CIS — See you in class! ⚡️Follow our social media pages! 📱Instagram / 📱Telegram / 📱Facebook 📱LinkedIn / 📱YouTube / 📱X /🌐Website

📖 Termizda TISU Cambridge xalqaro maktabi faoliyatini boshladi Bugun Termiz shahrida TISU Cambridge xalqaro maktabining tant
+9
📖 Termizda TISU Cambridge xalqaro maktabi faoliyatini boshladi Bugun Termiz shahrida TISU Cambridge xalqaro maktabining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Tashpulatov, nuroniylar, o‘quvchilar, ota-onalar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Zamonaviy ta’lim maskanini barpo etish va jihozlash uchun 15 million dollar miqdorida mablag‘ yo‘naltirildi. Maktab 480 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan bo‘lib, eng zamonaviy texnologiyalar va zarur infratuzilma bilan ta’minlangan.Ta’lim jarayoniga 17 nafar xorijiy o‘qituvchi hamda mahalliy mutaxassislar jalb etilgan. Bu esa o‘quvchilarga xorijiy tillar va zamonaviy fanlarni xalqaro muhitda o‘zlashtirish uchun keng imkoniyat yaratadi.
Yangi maktab — Surxondaryo ta’lim tizimida xalqaro standartlar sari tashlangan yana bir muhim qadam.
🔖 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐Telegram   🌐Facebook 🌐Instagram  ▶️You tube 😉Twitter        🌐Veb-sayt

Termizda yangi xalqaro maktab o‘z faoliyatini boshladi Termiz shahrida o‘quvchilarga zamonaviy va xalqaro standartlar asosida ta’lim berishga ixtisoslashgan TISU Cambridge xalqaro maktabi o‘z faoliyatini boshladi. Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, maktabda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim jarayoni va zamonaviy infratuzilma bilan tanishdi. 📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! 📝𝘛𝘦𝘭𝘦𝘨𝘳𝘢𝘮 💻 𝘐𝘯𝘴𝘵𝘢𝘨𝘳𝘢𝘮 📝𝘍𝘢𝘤𝘦𝘣𝘰𝘰𝘬 🎞𝘠𝘰𝘶𝘛𝘶𝘣𝘦

⭐️ TISU Cambridge xalqaro maktabida OPEN DAY — OCHIQ ESHIKLAR KUNI! Bugun TISU Cambridge xalqaro maktabida Open Day — Ochiq e
+5
⭐️ TISU Cambridge xalqaro maktabida OPEN DAY — OCHIQ ESHIKLAR KUNI! Bugun TISU Cambridge xalqaro maktabida Open Day — Ochiq eshiklar tadbiri ko‘tarinki ruhda boshlandi. Tadbirning tantanali ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi Qosimov Ulug‘bek Berdiqobilovich so‘zga chiqib, ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda xalqaro ta’limning ahamiyati haqida fikrlarini bildirdi. Tadbir davomida TISU Cambridge xalqaro maktabi rahbariyati ham so‘zga chiqib, maktabning ta’lim konsepsiyasi, xalqaro standartlarga asoslangan o‘quv jarayoni va o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi. 🎓 Open Day — bu shunchaki maktab bilan tanishuv emas. Bu xalqaro ta’lim muhitini yaqindan his qilish, zamonaviy ta’lim imkoniyatlarini ko‘rish va farzandingiz kelajagi uchun muhim qarorlar sari bir qadam tashlash imkoniyatidir. ————————— Bugun maktabimizga tashrif buyurayotgan ota-onalar, o‘quvchilar, hamkorlar va barcha aziz mehmonlarimiz TISU Cambridge muhitini yaqindan kashf etmoqdalar. 📸 Open Day tadbirining tantanali ochilish jarayonidan eng yorqin lahzalarni e’tiboringizga havola etamiz. TISU Cambridge — xalqaro ta’lim muhiti. Katta maqsadlar sari ilk qadam. 🌍✨ ⚡️ Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring! 📱Instagram / 📱Telegram / 📱Facebook 📱LinkedIn / 📱YouTube / 📱X /🌐Website

No comment | Yangi ta’lim muassasasi o‘z faoliyatini boshladi   Termiz shahrida zamonaviy TISU Kembridj xalqaro maktabining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating: TELEGRAM    ✅  YouTube Instagram     ✅  Efirni ko'rish Web-site       Facebook

#IshonchTV #live TISU Cambridge xalqaro maktabida “Ochiq eshiklar kuni” boshlanish arafasida. 📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! 📝𝘛𝘦𝘭𝘦𝘨𝘳𝘢𝘮 💻 𝘐𝘯𝘴𝘵𝘢𝘨𝘳𝘢𝘮 📝𝘍𝘢𝘤𝘦𝘣𝘰𝘰𝘬 🎞𝘠𝘰𝘶𝘛𝘶𝘣𝘦

TISU Cambridge International Schoolda qabul davom etmoqda... Joylar soni cheklangan. Shoshiling!!! Murojaat uchun : 📞 +998 55 451 77 77 📞 +998 77 702 96 95 ⚡️ Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring! 📱Instagram / 📱Telegram / 📱Facebook 📱LinkedIn / 📱YouTube / 📱X /🌐Website

📢 TISU Cambridge xalqaro maktabida OPEN DAY! Hurmatli ota-onalar! Sizni va aziz farzandlaringizni 5-sentyabr kuni soat 08:00
📢 TISU Cambridge xalqaro maktabida OPEN DAY! Hurmatli ota-onalar! Sizni va aziz farzandlaringizni 5-sentyabr kuni soat 08:00da maktabimizning “Ochiq eshiklar kuni” tadbiriga taklif etamiz. Tadbir dasturida: • Xalqaro Cambridge dasturi taqdimoti 📚 • Maktab boʻylab qiziqarli ekskursiya 🏢 • Zamonaviy sinfxonalar, laboratoriya va sport majmualari bilan tanishuv ⚽️🧪 • Maktab ma'muriyati va ustozlar bilan savol-javoblar 🧑‍🏫 🗓 5-sentyabr 08:00 📍 Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, Shodlik MFY, 33-uy 📞 Aloqa uchun: +998 55 454 77 77 +998 77 702 86 85 ⚡️ Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring! 📱Instagram / 📱Telegram / 📱Facebook 📱LinkedIn / 📱YouTube / 📱X /🌐Website

🌍 Kelajakda ta'lim olishni qaysi mamlakatda davom ettirmoqchisiz? 🎓 Cambridge ta’lim tizimi o‘quvchilarga nafaqat mustahkam
🌍 Kelajakda ta'lim olishni qaysi mamlakatda davom ettirmoqchisiz? 🎓 Cambridge ta’lim tizimi o‘quvchilarga nafaqat mustahkam bilim, balki dunyoning eng nufuzli universitetlarida tahsil olish imkoniyatini ham taqdim etadi. 📊 So‘nggi 3 yil davomida xalqaro talabalar tomonidan eng ko‘p tanlangan ta’lim manzillari: 🇬🇧 Buyuk Britaniya; 🇺🇸 AQSH; 🇨🇦 Kanada; 🇦🇺 Avstraliya. Bugungi sifatli ta’lim — ertangi global imkoniyatlar sari tashlangan mustahkam qadamdir. ✨ ⚡️ Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring! 📱Instagram / 📱Telegram / 📱Facebook 📱LinkedIn / 📱YouTube / 📱X /🌐Website

Xalqaro ta’lim - bu nafaqat chet tilida dars o’tish va xorijiy darsliklardan foydalanish, balki o‘quvchini dunyo miqyosida fi
Xalqaro ta’lim - bu nafaqat chet tilida dars o’tish va xorijiy darsliklardan foydalanish, balki o‘quvchini dunyo miqyosida fikrlash, mantiqiy savollar berish, mustaqil izlanish, muammoni tahlil qilish va o‘z fikrini asoslab bera olishga tayyorlovchi ta’lim yondashuvidir. ✨Aynan tamoyillar Cambridge International dasturlarining asosini tashkil etadi. Cambridge xalqaro o‘quv dasturi fanlarni chuqur o'rgatish bilan bir qatorda tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilish, mustaqil tadqiqot olib borish va o‘z fikrini aniq ifodalash kabi ko‘nikmalarni rivojlantirishga e’tibor qaratadi. Bugun TISU CIS o‘quvchisi sinfxonada bilim olayotgan bo‘lsa, aslida u ertangi kun uchun zarur bo‘lgan fikrlash madaniyati va global kompetensiyalarni ham shakllantirmoqda. Xalqaro ta’lim — o‘quvchiga dunyo bilan hamnafas bo‘lish, o‘z imkoniyatlarini kengaytirish va kelajakni ishonch bilan qarshi olish uchun poydevor yaratish demakdir. 🌍 TISU CIS — xalqaro ta’lim, global fikrlash, katta imkoniyatlar. ⚡️ Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring! 📱Instagram / 📱Telegram / 📱Facebook 📱LinkedIn / 📱YouTube / 📱X /🌐Website

🎓 YOUR NEXT STEP STARTS HERE. The right educational choice today can shape a student’s opportunities for tomorrow. At TISU C
🎓 YOUR NEXT STEP STARTS HERE. The right educational choice today can shape a student’s opportunities for tomorrow. At TISU Cambridge International School, students take their next step towards a future-ready education built on international academic standards, critical thinking, and global perspectives. Step 1: Apply to TISU Cambridge International School. Step 2: Receive a world-class education that prepares you for global opportunities. ⚡️Follow our social media pages! 📱Instagram / 📱Telegram / 📱Facebook 📱LinkedIn / 📱YouTube / 📱X /🌐Website

📚Har bir kitob — o‘ziga xos bir olam. Bir sahifani ochasiz — yangi g‘oya. Bir bobni o‘qiysiz — yangi qarash. Bir kitobni tug
📚Har bir kitob — o‘ziga xos bir olam. Bir sahifani ochasiz — yangi g‘oya. Bir bobni o‘qiysiz — yangi qarash. Bir kitobni tugatasiz — esa dunyoqarashingiz biroz o‘zgaradi.TISU Cambridge International School kutubxonasi o‘quvchilar uchun shunchaki kitob o‘qiladigan joy emas, balki izlanish, kashfiyot va yangi bilimlar makonidir. 🌍
📖 20 000+ bosma kitob — turli fanlar, qiziqishlar va yosh toifalariga mos boy bilim manbasi. 💻 1 000 000+ raqamli resurs — zamonaviy ta’lim uchun keng qamrovli elektron imkoniyatlar.
Bu yerda o‘quvchilar kerakli ma’lumotni izlaydi, mustaqil tadqiqot olib boradi, yangi mavzularni o‘rganadi va o‘z bilimlarini yanada chuqurlashtiradi. ⭐️ Chunki katta orzular ko‘pincha kichik bir sahifani ochishdan boshlanadi. TISU CIS kutubxonasi — bilim sari cheksiz sayohat. ⚡️ Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring! 📱Instagram / 📱Telegram / 📱Facebook 📱LinkedIn / 📱YouTube / 📱X /🌐Website

— Cambridge xalqaro ta'lim dasturi (Cambridge Assessment International Education — CAIE) — dunyoning 160 dan ortiq mamlakatid
— Cambridge xalqaro ta'lim dasturi (Cambridge Assessment International Education — CAIE) — dunyoning 160 dan ortiq mamlakatidagi 10 000 dan ziyod maktablarida qo‘llaniladigan, global miqyosda tan olingan eng nufuzli ta'lim tizimlaridan biridir. Ushbu dastur Buyuk Britaniyaning mashhur Cambridge(Kembrij) universiteti qoshidagi tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan. Dastur 4 ta asosiy bosqichdan iborat: ✨Cambridge Primary (5–11 yosh): Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, matematika, ingliz tili va fan (science) asoslarini o‘rgatadi. ✨Cambridge Lower Secondary (11–14 yosh): O‘rta maktabning quyi sinflari uchun dastur bo‘lib, akademik bilimlarni chuqurlashtiradi va tahliliy fikrlashni shakllantiradi. ✨Cambridge Upper Secondary (14–16 yosh): O‘quvchilar IGCSE (International General Certificate of Secondary Education) imtihonlariga tayyorlanadi va yakunda xalqaro sertifikat oladi. ✨Cambridge Advanced (16–19 yosh): Yuqori sinf o‘quvchilari uchun A-Level va AS-Level dasturlari bo‘lib, ular oliy ta'lim muassasalariga (universitetlarga) kirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri zamin yaratadi. Dasturning asosiy afzalliklari: Tanqidiy fikrlash: O‘quvchilarni ma’lumotlarni shunchaki yodlash emas, balki mantiqiy fikrlash, muammolarni hal qilish va mustaqil tadqiqot olib borishga o‘rgatadi. Xalqaro tan olinish: Cambridge A-Level sertifikatiga ega bo‘lgan bitiruvchilar dunyoning yetakchi universitetlariga (jumladan, AQSH, Buyuk Britaniya, Yevropa va Osiyo oliygohlariga) imtihonlarsiz yoki imtiyozli asosda qabul qilinadi. Moslanuvchanlik: Maktablar o‘z o‘quvchilarining ehtiyojlaridan kelib chiqib, fanlar majmuasini moslashtirish imkoniyatiga ega. ⚡️ Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring! 📱Instagram / 📱Telegram / 📱Facebook 📱LinkedIn / 📱YouTube / 📱X /🌐Website

The Future Is Calling. Will You Answer? 📞 Every child’s future begins with the right educational environment. At TISU Cambri
The Future Is Calling. Will You Answer? 📞 Every child’s future begins with the right educational environment. At TISU Cambridge International School, students are empowered through internationally recognized Cambridge programmes, innovative STEM learning, academic excellence, creative exploration, sports, and music. We believe education is more than preparing students for examinations—it is about preparing them for a rapidly changing world.✨ Give your child the opportunity to learn, explore, achieve, and lead. ⚡️Follow our social media pages! 📱Instagram / 📱Telegram / 📱Facebook 📱LinkedIn / 📱YouTube / 📱X /🌐Website

Har bir savolning javobi darslikda yozilgan bo‘ladimi❓ O‘quvchilar quyosh nuri tushgan va soyada qolgan sirtlarning haroratin
Har bir savolning javobi darslikda yozilgan bo‘ladimi❓ O‘quvchilar quyosh nuri tushgan va soyada qolgan sirtlarning haroratini o‘lchab, natijalarni o‘zaro taqqoslaydi. Kuzatuv davomida ular bir xil material turli sharoitda nega turlicha qizishini aniqlashga harakat qiladi. ✨Bunday tajribalar darsda o‘rganilgan bilimlarni amaliy vaziyat bilan bog‘lashga yordam beradi. O‘quvchi natijani tayyor holda qabul qilmaydi — kuzatadi, o‘lchaydi, dalillarni solishtiradi va xulosaga keladi. Chunki ta’limning qiymati javobni eslab qolishda emas, uni mustaqil izlab topa olishda namoyon bo‘ladi. ⚡️ Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring! 📱Instagram / 📱Telegram / 📱Facebook 📱LinkedIn / 📱YouTube / 📱X /🌐Website