Masters Finance Academy
Open in Telegram
ACCA Learning center All F papers All P levels DipIFR courses Savol berish uchun: @mfa_academybot MFA Admin: @Ismoilovmfa Phone: +998 70 504 26 00 Location: Chilonzor tumani, 5-mavze,2
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
1 715
Subscribers
+124 hours
+267 days
+5530 days
Posts Archive
ACCA imtihoniga ro‘yxatdan o‘tishda adashib qolmaslik uchun ushbu videoni saqlab qo‘ying. 🎓
Videoda MyACCA orqali imtihonga ro‘yxatdan o‘tish jarayoni bosqichma-bosqich ko‘rsatib berilgan — kerakli fan va sessiyani tanlashdan boshlab, to'lov qilish jarayonigacha.
Ro‘yxatdan o‘tishdan oldin:
✅ tanlangan fanlarni tekshiring;
✅ imtihon sanasi va joyiga e’tibor bering;
✅ ro‘yxatdan o‘tish muddatini o‘tkazib yubormang;
✅ to‘lovdan oldin barcha ma’lumotlarni qayta ko‘rib chiqing.
Video foydali bo‘lsa, ACCA o‘qiyotgan do‘stlaringizga ham yuboring. Savollaringiz bo'lsa izohlarda qoldiring.
👉 Bizning kanal
#ACCA #MFAAcademcy #ExamRegistrationGuidance
Repost from ACCA Uzbekistan
Oʻzbekiston fuqarolari uchun xalqaro buxgalterlar sertifikati (ACCA) dasturi doirasida maxsus chegirma joriy etildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-sentabrdagi PQ-282-sonli qaroriga asosan buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning imtihon xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Sertifikatlangan diplomli buxgalterlar xalqaro assotsiatsiyasi (Association of Chartered Certified Accountants – ACCA) oʻrtasidagi oʻzaro anglashuv memorandumiga asosan mamlakatimizda xalqaro professional buxgalterlar sonini koʻpaytirish, xalqaro sertifikat boʻyicha talabgorlarga moliyaviy jihatdan yengillik yaratish maqsadida ACCA xalqaro tashkiloti bilan uzoq muddatli muzokaralar va tizimli hamkorlik ishlari olib borildi.
Mazkur saʼy-harakatlar natijasida ACCA xalqaro malakasi tan olingan 180 dan ortiq davlatlar orasida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun “dastlabki roʻyxatdan oʻtish” hamda “avvalgi malaka/diplomlar asosida fanlardan ozod etilish (exemption)” toʻlovlari boʻyicha maxsus chegirmalar (kodlar) joriy etilgan kam sonli davlatlardan biri boʻlishga erishildi.
Izoh: Talabgorlar maxsus chegirmadan foydalanish uchun ACCA tizimida birinchi marta roʻyxatdan oʻtayotgan boʻlishi va roʻyxatdan oʻtish jarayonida yuqorida kelitirilgan chegirmali kodlarning tegishlisini kiritishi lozim. Natijada roʻyxatdan oʻtish toʻloviga imtiyozli narx avtomatik ravishda qoʻllaniladi.
Muhim jihatlar!
chegirma kodlari faqat Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun amal qiladi;
chegirma kodlaridan faqat ACCA tizimida birinchi marta roʻyxatdan oʻtayotgan talabgorlar foydalanishlari mumkin;
ACCA tizimida avval dastlabki roʻyxatdan oʻtgan talabgorlar ushbu imtiyozdan foydalana olmaydi;
chegirma kodlari 2027-yil 31-mart sanasiga qadar amal qiladi.
chegirma kodlaridan foydalanish ixtiyoriy hisoblanadi.
Eslatma:
Moliyaviy qoʻllab-quvvatlash dasturidan foydalanishni istagan talabgorlar chegirma kodidan foydalanishdan oldin ACCAning amaldagi shartlari va qoidalari bilan tanishib chiqishlari lozim.
Chegirma kodidan foydalanish orqali talabgorlar mazkur dasturda ishtirok etish mezonlariga javob berishlarini tasdiqlaydilar hamda “ACCAning talabalar uchun imtiyozli narxlar boʻyicha amaldagi shartlari va qoidalari (Preferential pricing terms and conditions – students)”ga rioya etishga rozilik bildiradilar.
ACCA tizimida roʻyxatdan oʻtish uchun quyidagi havolaga murojaat qilish mumkin: Apply to become a student and study accountancy | ACCA.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati va kommunikatsiyalar boshqarmasi
https://t.me/accauzbekistana
📌 Overhead absorption savollarida adashib qolyapsizmi?
🤔"Under-absorptionmi yoki over-absorption?" degan savollar sizni ham qiynayaptimi?
📝Overheads savollarga to'g'ri va tartibli yondasha olmayapsizmi?
Ushbu videoda bu savollarga yechimni ko'rishingiz mumkin.
MFA Academy — murakkab mavzularni sodda tushuntiramiz.
ACCA har qanday paperi bo'yicha sizni qiynayotgan savollar bo'lsa, ularni izohlarda qoldiring. MFA Academy jamoasi navbatdagi videolarda eng qiziqarli va murakkab savollarga yechim ko‘rsatadi. 👇
#MFAAcademy #ManagementAccounting #ACCA
🐮Accounting for Cattle Farms
Chorvachilik fermasining biznes modeli juda oddiy ko‘rinadi: hayvon boqiladi, mahsulot olinadi va sotiladi. Lekin accountantlar uchun eng qiziq jarayon sotuv paytida emas, undan oldin boshlanadi.
Financial Accounting va Financial Reporting uchun yana bitta qiziq case bo'ladi.
https://telegra.ph/Accounting-for-Cattle-Farm-07-18
📚 MFA Academy’da o‘tkazilgan oylik FA testidan lavhalar.
Haftada bir marta bo‘ladigan revision darsimiz davomida talabalarimiz uchun oylik FA testi o‘tkazildi. Eng yuqori natija qayd etgan talaba kurs to‘loviga 20% chegirmani qo‘lga kiritdi. 🏆
Qatnashgan barcha talabalar esa sovg‘a sifatida FA fanidagi asosiy double entrylarni o‘z ichiga olgan FA Workbook bilan taqdirlandi. 📖
Tadbirimizga Abdulkarim Rustamov ham tashrif buyurib, talabalarni tabrikladi va samimiy tilaklarini bildirdi.
Barcha ishtirokchilarni tabriklaymiz! Keyingi testlarda yanada kuchliroq natijalarni kutamiz. 🚀
📍 @mfa_academy
Masters Finance Academy reached 1,000 subscribers😊 before Cristiano Ronaldo reached 1,000 goals⚽️
🍟Accounting for New Branches of EVOS
EVOS har bir yangi filial uchun binoni sotib oladimi yoki ijaraga oladimi?
Keyingi maqolamiz qaysi brend yoki mahsulot haqida bo‘lsin? Fikringizni izohlarda qoldiring!
https://telegra.ph/The-Accounting-Behind-Every-New-Branch-of-Evos-07-15
📌 ACCA MA | Direct Labour — 129-savol
Overtime va bonus to‘lovlari mavjud bo‘lganda direct labour cost qanday hisoblanadi? 🤔
Bu turdagi savollarda ko‘pchilik overtime premium va bonusni ham direct cost tarkibiga qo‘shib yuboradi. Videoda esa siz:
✅ Basic pay va overtime premium o‘rtasidagi farqni
✅ Direct va indirect labour cost qanday ajratilishini
✅ Savolning bosqichma-bosqich yechimini ko‘rasiz
🎯 Avval videoni to‘xtatib, savolni mustaqil yechishga harakat qiling. So‘ng javobingizni ustozning yechimi bilan solishtiring.
Siz qaysi variantni tanladingiz?
ACCA bo‘yicha sizni qiynayotgan savollar bormi? Ularni izohlarda qoldiring — MFA Academy jamoasi navbatdagi videolarda eng qiziqarli va murakkab savollarga yechim ko‘rsatadi. 👇
#ACCA #ManagementAccounting #DirectLabor #MFAAcademy
+3
📅 2026-yil sentabr oyidagi ACCA Skills imtihonlari sanasi e'lon qilindi!
PM, TX, FR, AA va FM fanlari bo‘yicha imtihon sanalari hamda ro‘yxatdan o‘tish muddatlari bilan tanishishingiz mumkin.
🎯 Sentabr sessiyasiga to'g'ri tayyorgarlikni bugundan boshlang!
📩 @mfa_academy
✨ Barcha ACCA talabalariga muvaffaqiyat tilaymiz!
⚽Accounting for Phillippe Countinho Transfer
Ba'zan futbol maydonidagi natija bilan moliyaviy hisobotdagi natija bir-biridan keskin farq qilishi mumkin.
Financial Accounting va Financial Reporting uchun yana bitta qiziq case bo'ladi.
https://telegra.ph/Accounting-for-Phillippe-Countinho-Transfer-07-10
🍕Accounting for Bellissimo Pizza
Agar buyurtma kechiksa va kompaniya bepul pitsa berishga majbur bo‘lsa, accountantlar buni qanday hisobga oladi?
Financial Accounting va Financial Reporting uchun yana bitta qiziq case bo'ladi
https://telegra.ph/Accounting-for-Bellissimo-Pizza-07-09
MFA-technical articles by Faxriddin Olimov
💎 Maqolalarni o`qib, accountingni hayotda kashf qiling
(1) Accounting for Kindle
(2) Accounting for GTA
(3) Accounting for Coca-Cola🥤
(4) Accounting for Korzinka
(5) Accounting for Banks
(6) Accounting for Solar panels
(7) Accounting for Nokia
(8) Accounting for Bellissimo Pizza
(9) Accounting for Phillippe Countinho Transfer
(10) Accounting for EVOS
(11) Accounting for Cattle Farms
📱Accounting for Nokia Mobile Phones
Dunyoning eng mashhur brendlaridan biri, Nokia, qiymatini yo‘qota boshlaganda accountantlar buni qanday hisobga olgan?
Financial Accounting va Financial Reporting uchun yana bitta qiziq case bo'ladi
https://telegra.ph/Accounting-for-Nokia-Mobile-Phones-07-05
📊 Financial Accounting (FA) | Yangi guruh
ACCA yo‘lidagi ilk va eng muhim qadam — Financial Accounting fanini puxta o‘zlashtirish. Kuchli poydevor keyingi fanlarda ham yuqori natijalarga erishishga yordam beradi.
Shu maqsadda iyul oyidan MFA Academyda yangi FA guruhi boshlanadi.
👨🏫 Darslarni FA fanidan 100 ball natija qayd etgan ustoz olib boradi.
📚 Kurs haqida
🔹 FA teacher: Olimov Faxriddin
🔹 Davomiyligi: 2,5 oy
🔹 Format: 3+1 (haftasiga 3 ta asosiy dars + 1 ta revision dars)
🔹 O‘qish shakli: onlayn yoki offlayn
🔹 Kurs narxi: 3 500 000 so‘m
🔹 Bo‘lib to‘lash imkoniyati mavjud
🔹 Bir martalik to‘lov uchun chegirma beriladi
🔹 Dars yozuvlari taqdim etiladi
📍 MFA — Masters Finance Academy (Excel Masters, Novza)
📞 +998 50 026 11 77
✈️ @MFA_info
Yuqori natijalar tasodifan emas — ular to‘g‘ri ustoz, to‘g‘ri tizim va muntazam tayyorgarlik natijasidir.
🎓 Demo darsda qatnashish uchun guruh linki
Accounting for Solar Panels
Quyosh panellari nega tobora ommalashib bormoqda? Bu savolga ko'pchilik bir xil, accountantlar esa butunlay boshqacha javob berishi mumkin. ☀️
Financial Accounting va Financial Reporting uchun yana bitta qiziq case bo'ladi
https://telegra.ph/Accounting-for-Solar-panels-07-01
🏦 Accounting for Uzbekistan's "Most Solvent" Banks
Shikoyatlar banklarning faoliyati haqida financial statementsda topib bo'lmaydigan ma'lumotlarni berishi mumkin.
Financial Accounting va Financial Reporting uchun yana bitta qiziq case bo'ladi
https://telegra.ph/The-Accounting-Behind-Uzbekistans-New-Bank-Ranking-06-27
