en
Feedback
Masters Finance Academy

Masters Finance Academy

Open in Telegram

ACCA Learning center All F papers All P levels DipIFR courses Savol berish uchun: @mfa_academybot MFA Admin: @Ismoilovmfa Phone: +998 70 504 26 00 Location: Chilonzor tumani, 5-mavze,2

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
1 206
Subscribers
+1024 hours
+177 days
+10130 days
Posts Archive
ACCA, DipIFR va xalqaro karyera haqida haqiqatlar! Moliya va buxgalteriya sohasida top-daromadga chiqishni xohlaysizmi? 13-se
ACCA, DipIFR va xalqaro karyera haqida haqiqatlar! Moliya va buxgalteriya sohasida top-daromadga chiqishni xohlaysizmi? 13-sentabr kuni bo'lib o'tadigan bepul onlayn vebinarimizda barcha savollarga ochiq va aniq javob beramiz. Vebinarda nimalarni bilib olasiz? ▪️Universitetdagi 4 yil: Vaqt va resursni to'g'ri taqsimlash. ▪️ACCA’ning asl narxlari: xarajatlar. ▪️DipIFR vs ACCA: Qaysi yo'nalish sizga mos? ▪️Ish topish: O'zbekistonda va xalqaro kompaniyalarida onlayn ishlash. Nega aynan MFA ACADEMY? ▫️ Spikerlarimiz — shunchaki nazariyotchilar emas, balki ACCA Member statusiga ega, imtihonda 100/100 ball olgan va xorijda onlayn ishlayotgan real amaliyotchilardir. 📅 Sana: 13-sentabr | Format: Onlayn DARSLARGA YOZILISH UCHUN 📩 Savollar uchun: @ismoilovmfa 😀Instagram | 🎬YouTube | 📱Telegram

Oyligiz haqiqatdan ham kammi? ACCA-TX (F6) imtihonini topshirmagan Muhammadaminning case orqali bugun bu savolga javob topasi
Oyligiz haqiqatdan ham kammi? ACCA-TX (F6) imtihonini topshirmagan Muhammadaminning case orqali bugun bu savolga javob topasiz: Ko‘pchilik ishchilar, ayniqsa Big Four yoki boshqa yirik kompaniyalarda ishlaydiganlar, ba’zida:
“Shuncha ishlayman, lekin oyligim kam…”
deb nolib yuradi. 😄 Lekin haqiqatan ham shundaymi? Tasavvur qiling, Muhammadamin MFAda ishlaydi va oyiga $1,000 salary oladi. Ba'zida o'ziga o'zi:
“$1,000 unchalik katta oylik emas-ku… undan ko'ra Mahmudga o'xshab freelancing qilib $2,000 topsam bo'lmasmidi...”
deb nolib ham qo'yadi. 1. Lekin MFA Muhammadamin uchun $1,000 salarydan tashqari yashash uchun kvartira berib qo‘ygan. 🏠 va u ijara uchun alohida pul to'lamaydi. Ammo MFA bu kvartirani bermaganida nima bo‘lardi? Muhammadamin oyligini yarmiga rent to'lardi😁. Demak bu narsa Muhammadamin uchun economic benefit. 2. Endi MFA unga mashina ham berdi deylik. 🚘 Undan ishga qatnash uchun ham, shaxsiy ehtiyojlaringiz uchun ham foydalanadi. Agar Mashina bermaganida, ishga har kuni metro yoki Yandex orqali borardi. Weekendda oila/qarindoshlari yoki do‘stlari bilan biror joyga bormoqchi bo‘lganida ham xarajat qilardi. Hozir esa bu xarajatlarning unda yo‘q. Bu ham benefit. 3. Yana MFA Muhammadaminga OneFit membership olib berdi. 🏋️‍♂️ U undan faqat gym uchun emas, swimming, tennis yoki boshqa activities uchun ham foydalanadi. Agar kompaniya to‘lamaganida, bularning hammasini uning cho'ntagidan ketardi. Yana bir benefit. 4. Yoki tasavvur qiling, kredit foizlari baland paytda MFA Muhammadaminga foizsiz loan berib turdi. 💰 Agar u oddiy bankdan shu pulni olganida katta miqdorda interest to‘lashi mumkin edi. Ammo Muhammadamin MFA yordam qilgani uchun bu xarajatni tejadi. Bu ham u uchun benefit. Demak, har doim:
“Mening oyligim $1,000 xolos...”
va
"undan ko'ra Mahmudga o'xshab freelancing qilib $2,000 topsam bo'lmasmidi..."
deyishdan avval o'ylab ko'rish kerak. Afsuski, Mahmudda buncha benefit yo'q. Xo'sh, sizningcha Mahmud Toshkent sharoitida tepadagi benefitlardan foydalanish uchun qancha sarflaydi deb o'ylaysiz? 📩 Savollar uchun: @ismoilovmfa 😀Instagram | 🎬YouTube | 📱Telegram

ACCAning F2, F3, F5, F6, F7, F8 va DipIFR (eng) darslarimizga qabul boshlandi! Kursda sizni nimalar kutmoqda? ▪️Abdulkarim Ru
ACCAning F2, F3, F5, F6, F7, F8 va DipIFR (eng) darslarimizga qabul boshlandi! Kursda sizni nimalar kutmoqda? ▪️Abdulkarim Rustamov boshchiligidagi ustozlar ▪️Amaliyotga yoʻnaltirilgan darslar ▪️Qulay dars jadvali oflayn/onlayn Joylar soni chegaralangan. Oʻzingizga mos guruhdan joy band qilish uchun quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻting: DARSLARGA YOZILISH UCHUN 📩 Savollar uchun: @ismoilovmfa 😀Instagram | 🎬YouTube | 📱Telegram

Ertaga PM imtihoni! PM topshirayotganlar uchun so‘nggi maslahatlar: ▪️ Section C'ga e’tibor bering. Calculationni bosqichma-b
Ertaga PM imtihoni! PM topshirayotganlar uchun so‘nggi maslahatlar: ▪️ Section C'ga e’tibor bering. Calculationni bosqichma-bosqich ishlang va bitta savolda qolib ketmang. ▪️ Variances, budgeting, relevant costing va performance measurement — bugun shu mavzularni ya'na bir ko‘zdan kechiring. Ayniqsa formulalarni! ▪️ Limiting factors va decision-making savollarini unutmang. Faqat hisoblash emas, qarorning nima uchun qabul qilinishini ham tushuning. ▪️ B Sectionni etiborliroq bo'ling. Bazi theory savollari chalg'ituchi bo'lishi mumkin. 😄 ▪️ Eng muhimi — savolni diqqat bilan o‘qing. PM'da ba’zida calculation emas, bitta noto‘g‘ri o‘qilgan so‘z ko‘proq mark yo'qotishingizga sabab bo'lishi mumkin. 📌 Bugun yangi mavzu boshlamang. Bilganlaringizni qaytaring va ertaga xotirjam bo'lib kiring. Omad, PM'chilar! 70+ kutamiz! 📩 Savollar uchun: @ismoilovmfa 😀Instagram | 🎬YouTube | 📱Telegram

How much revenue is recognized for this ride by Yandex Co?
Anonymous voting

📈 Learning Curve 1930-yillarda amerikalik muhandis T. P. Wright samolyot ishlab chiqarish jarayonini kuzatar ekan, bir narsa
📈 Learning Curve 1930-yillarda amerikalik muhandis T. P. Wright samolyot ishlab chiqarish jarayonini kuzatar ekan, bir narsaga e’tibor beradi: zavod bir xil samolyotlarni ko‘proq ishlab chiqargani sari, har bir samolyotni ishlab chiqarishga ketadigan vaqt kamayib boryabdi. 🤔 Samolyot turi o‘zgarmagan. Ishning o‘zi ham deyarli bir xil. Unda nima o‘zgardi? Ishchilar tezlashdi. Nimanidir birinchi marta qilayotganimizda ko‘p narsani o‘ylab, xato qilishdan qo'rqib, sekin ishlaymiz. Lekin aynan shu ishni qayta-qayta qilganimiz sari qayerda vaqt yo‘qotayotganimizni tushunamiz, harakatlarimiz tezlashadi va xatolarimiz kamayadi. Natijada bir xil ishni avvalgidan ancha tez bajara boshlaymiz. 📚Learning Curve’ning eng oddiy ko‘rinishi ham shu: practice → experience → efficiency. Men ham buni ACCA o‘qiyotganimda juda yaxshi sezganman. 😄 Boshida bitta FA savolini ishlashga 5–10 daqiqadan ham ko‘proq vaqt ketardi. Hattoki Excel’da $ belgisini qanday qo‘yishni ChatGPT’dan so‘raganimni eslasam, kulgim keladi. Hozir esa FA CBE mock’ni 60 daqiqadan kamroq vaqtda tugatib qo‘yaman. Savollar bir kunda birdan osonlashib qolmadi — shunchaki ularni ko‘proq practice qildim. 📩 Ma'lumot uchun: @ismoilovmfa 😀Instagram | 🎬YouTube | 📱Telegram

Marginal Costing: Qo‘shimcha mijoz uchun yana qancha xarajat qilasiz? Tasavvur qiling, siz kichik restoran boshqarasiz. Bugun
Marginal Costing: Qo‘shimcha mijoz uchun yana qancha xarajat qilasiz? Tasavvur qiling, siz kichik restoran boshqarasiz. Bugun kechqurun 10 ta mijoz kelishi kerak edi, lekin oxirgi paytda yana 1 ta mijoz kelishini aytdi. Qo‘shimcha mijoz uchun sizga yana bir porsiya ovqat, salat va ichimlik kerak bo‘ladi — jami 100,000 so‘m qo‘shimcha xarajat. Lekin restoran ijarasi, stol, idish-tovoq va menejer maoshi bu mijoz kelgani uchun o‘zgarmaydi. Mana shu qo‘shimcha 100,000 so‘m — Marginal Cost, ya’ni yana 1 ta mijozni qabul qilish bilan yuzaga keladigan qo‘shimcha xarajat. Endi mijozning buyurtmasi 150,000 so‘m bo‘lsa: 150,000 − 100,000 = 50,000 so‘m Demak, bu mijozni qabul qilish sizga 50,000 so‘m qo‘shimcha foyda keltiradi. Kompaniyalarda ham xuddi shunday. Masalan, zavod 1,000 ta mahsulot ishlab chiqaryapti. Yana 1 ta mahsulot ishlab chiqarish uchun material va ish haqi xarajati oshadi, lekin ijara yoki direktor maoshi o‘zgarmaydi. Shuning uchun decision-makingda har doim ham jami xarajatga qarash shart emas. Muhimi — aynan shu qaror tufayli qancha qo‘shimcha daromad keladi va qancha qo‘shimcha xarajat yuzaga keladi. Eslatma: decision-makingda faqat moliyaviy natijaga qarab qaror qilinmaydi. Mijozni qabul qilishning boshqa ijobiy tomonlarini ham hisobga olish kerak: ⭐️ Mijoz restoran xizmatidan mamnun bo‘lsa, yana kelishi mumkin. 🔄 U kelajakda doimiy mijozga aylanishi mumkin. 👥 Restoranni do‘stlari va tanishlariga tavsiya qilishi mumkin. 🏪 Restoranning mijozlar orasidagi obro‘sini oshirishi mumkin. 📩 Ma'lumot uchun: @ismoilovmfa 😀Instagram | 🎬YouTube | 📱Telegram

📌Ertaga TX imtihoni! TX topshirayotganlar uchun bizdan so‘nggi maslahatlar: ▪️TX - bu ACCA paperlar orasida eng calculationi
📌Ertaga TX imtihoni! TX topshirayotganlar uchun bizdan so‘nggi maslahatlar: ▪️TX - bu ACCA paperlar orasida eng calculationi ko'p bo'lgan paper!! Shuning uchun CALCULATORNI OLISHNI UNUTMANG! 😄 ▪️TX — Applied Skills ichida pass ratei yuqori bo‘lgan paperlardan biri. ▪️C section savollariga e'tiborli bo'ling, sababi C sectionda 34-35 ball calculationdan iborat. Calculationni to'g'ri hisoblab, A & B Sectionlardan ham bilganizcha ishlasangiz, 70+ olish juda oson. ▪️ IHT, CGT va VAT’ni yana bir marta ko‘zdan kechiring. Albatta, B sectiondan ham yuqori ball olishni xoxlasangiz kerak. Kim ham xoxlamaydi. Bugun muhim pointlarni bir ko'zdan kechirib chiqsangiz ancha foydali bo'ladi. ▪️Personal Income Tax & Corporation Tax — PRIORITY! Aynan shu ikkita mavzu Section Cdagi 15 marklik asosiy savollarning markazida bo‘ladi. ▪️Bilamiz... Siz ham boshqalar qatori Tax Administrationni unchalik yaxshi ko‘rmaysiz. Lekin 6-8 ball uchun ba’zida o‘zingizga yoqmaydigan ishni ham qilish kerak 😄 Deadlines, penalties va filing/payment ruleslarni hech bo‘lmasa oxirgi marta ko‘zdan kechiring. Imtihonda aynan shu “mayda” marklar sizga pass yoki 70+ olib kelsa ne ajab! ▪️Imtihon docketi va passportni unutmang. Texnik muommolar sizni imtihon oldi kayfiyatingizga ta'sir qilmasin. Ko'pchilik TX topshiradiganlar allaqachon AA (F8) va PM (F5) kabi qiyinroq imtihonlarni ham topshirib, pass ham bo'lishgan. Katta ehtimol bilan TX ular uchun oxirgi imtihon. Lekin nimaga bu postni o'qishdi hayronman😄😄. Aslida ularga mativatsiya yoki yo'l yo'riq ham shart emas. 📩 Ma'lumot uchun: @ismoilovmfa 😀Instagram | 🎬YouTube | 📱Telegram

Islom moliyasi va ACCA: Nega ularni birgalikda o‘rganish kerak? G‘arb va jahon moliya tizimidagi instrumentlarga shariatga muvofiq muqobil (islomiy) variantlarni yaratish uchun har ikkala yo‘nalishni mukammal bilish talab etiladi: ACCA — an’anaviy moliya va buxgalteriya bo‘yicha xalqaro darajada uchun mustahkam poydevor beradi. Islom moliyasi — zamonaviy instrumentlarni shariat mezonlariga moslashtirish va halol moliya yechimlarini ishlab chiqish imkonini yaratadi. Zamonaviy moliyachi ikkala bilimga ega bo‘lgandagina bozorda haqiqiy va raqobatbardosh qiymat yarata oladi! Bilim va tajribangizni oshirishga tayyormisiz? 📩 Ma'lumot uchun: @ismoilovmfa 😀Instagram | 🎬YouTube | 📱Telegram

📌 Bugun AA imtihoni! AA topshirayotganlar uchun bizdan so'nggi maslahatlar: 1. Siz bu imtihon uchun ancha mehnat qildingiz ✅
📌 Bugun AA imtihoni! AA topshirayotganlar uchun bizdan so'nggi maslahatlar: 1. Siz bu imtihon uchun ancha mehnat qildingiz ✅. Bu degani imtihonda siz umuman ko‘rmagan yoki butunlay begona savollar tushmaydi. Shuning uchun imtihonni alohida bir “katta voqea” deb emas, balki shu vaqtgacha qilgan practicelaringizdan yana bittasi deb qabul qiling 📝. Farqi — bu safar natija hisoblanadi, xolos 🎯 2. ⚠️ Eng muhim tavsiyalardan biri: miyangizni oldindan bir narsaga tayyorlab qo‘ying — AA imtihoni boshqa imtihonlarga qaraganda biroz shovqinliroq bo‘ladi. Sababi, AA imtihonida yozish uchun 70 ball beriladi. Atrofdagi shovqin sizga bosim bermasligi uchun bu narsani avvaldan miyangizga singdiring. 3. 🚀 Imtihonda o‘zingizning full potentialingizni ko‘rsatishga harakat qiling. Shoshilmang. Savolni diqqat bilan o‘qing 👀, nima so‘ralganiga e’tibor bering va bilganingizni to‘liq yozing. 4. 📍Biz sizga imtihonni B sectiondan boshlashni tavsiya qilamiz. Sababi agar imtihonda vaqt yetmay qolsa ham, A sectiondagi multiple choice savollarini tahminiy belgilasangiz bo'ladi va B section aynan AA imtihonidagi eng muhim "game-changer" hisoblanadi. 5. 🛂 Yana bir muhim, lekin juda oddiy narsa: Passport va printed exam docketni olishni unutmang! 📄 Hamma AA topshiruvchilarga omad. Biz MFA Academy jamoasi ularga muvaffaqiyatli pass bo'lishlari va ACCA journeylarini davom ettirishlariga tilakdoshmiz! 📩 Ma'lumot uchun: @ismoilovmfa 😀Instagram | 🎬YouTube | 📱Telegram

📌 Ertaga AA imtihoni! AA topshirayotganlar uchun bizdan so'nggi maslahatlar: 1. Siz bu imtihon uchun ancha mehnat qildingiz
📌 Ertaga AA imtihoni! AA topshirayotganlar uchun bizdan so'nggi maslahatlar: 1. Siz bu imtihon uchun ancha mehnat qildingiz ✅. Bu degani imtihonda siz umuman ko‘rmagan yoki butunlay begona savollar tushmaydi. Shuning uchun imtihonni alohida bir “katta voqea” deb emas, balki shu vaqtgacha qilgan practicelaringizdan yana bittasi deb qabul qiling 📝. Farqi — bu safar natija hisoblanadi, xolos 🎯 2. ⚠️ Eng muhim tavsiyalardan biri: miyangizni oldindan bir narsaga tayyorlab qo‘ying — AA imtihoni boshqa imtihonlarga qaraganda biroz shovqinliroq bo‘ladi. Sababi, AA imtihonida yozish uchun 70 ball beriladi. Atrofdagi shovqin sizga bosim bermasligi uchun bu narsani avvaldan miyangizga singdiring. 3. 🚀 Imtihonda o‘zingizning full potentialingizni ko‘rsatishga harakat qiling. Shoshilmang. Savolni diqqat bilan o‘qing 👀, nima so‘ralganiga e’tibor bering va bilganingizni to‘liq yozing. 4. 📍Biz sizga imtihonni B sectiondan boshlashni tavsiya qilamiz. Sababi agar imtihonda vaqt yetmay qolsa ham, A sectiondagi multiple choice savollarini tahminiy belgilasangiz bo'ladi va B section aynan AA imtihonidagi eng muhim "game-changer" hisoblanadi. 5. 🛂 Yana bir muhim, lekin juda oddiy narsa: Passport va printed exam docketni olishni unutmang! 📄 Hamma AA topshiruvchilarga omad. Biz MFA Academy jamoasi ularga muvaffaqiyatli pass bo'lishlari va ACCA journeylarini davom ettirishlariga tilakdoshmiz!

Exam week is coming!!! 5-9 September is another exam week for ACCA papers F5-P7. I wish every exam candidate massive success in their exams!!! Tomorrow is the first of all exams, AA. Some 10+ students of mine are taking AA. The most critical skills for AA are : 1. Speed learning 2. Speed thinking 3. Speed typing P.S The above video always encourages me to be even speedier. Watch the 2.00 point of the video if you do not want to spend full minutes))) You can type your questions in the comments to this post!!! t.me/accaedu

Depreciation: Nega moshinani qiymatini bir yo‘la xarajat qilmaymiz? 🚗💰 Tasavvur qiling, kompaniya 200 mln so‘mga avtomobil
Depreciation: Nega moshinani qiymatini bir yo‘la xarajat qilmaymiz? 🚗💰 Tasavvur qiling, kompaniya 200 mln so‘mga avtomobil sotib oldi. Kompaniya undan 5 yil foydalanishni va 5 yil oxirida 50 mln so‘mga sotishni rejalashtirmoqda. 🚗 Endi savol: 200 mln so‘mning barchasini sotib olingan yildagi xarajat sifatida tan olamizmi? 🤔 Yo‘q. Chunki avtomobil kompaniyaga 5 yil davomida iqtisodiy manfaat keltiradi. Shuning uchun uning cost’i foydalanish davrlari bo‘yicha taqsimlanadi. Depreciation qilinadigan summa: 200 mln − 50 mln = 150 mln so‘m Straight-line method bo‘yicha yillik depreciation: 150 mln ÷ 5 = 30 mln so‘m Demak, kompaniya har yili 30 mln so‘m depreciation expense tan oladi. 📊 Muhim jihati: kompaniya har yili yana 30 mln so‘m to‘lamaydi. 200 mln so‘m allaqachon to‘langan. Depreciation — aktivning cost’ini uning useful life'iga taqsimlash. 📩 Ma'lumot uchun: @ismoilovmfa 😀Instagram | 🎬YouTube | 📱Telegram

#ACCA 📚 A business had the following balances at 31 December: Inventory: $18,000 Trade receivables: $12,000 Cash: $5,000 Trade payables: $9,000 What is the business's net current assets (working capital)? A) $17,000 B) $26,000 C) $35,000 D) $44,000 Think it through before scrolling... . . . . . Answer: B — $26,000 Current Assets: Inventory = $18,000 Trade receivables = $12,000 Cash = $5,000 Total Current Assets = $35,000 Less Current Liabilities: Trade payables = $9,000 Net Current Assets = $35,000 − $9,000 = $26,000 Working capital measures the short-term financial health of a business. 💰 ✈️@mfa_academy

ACCA AA — Audit va Assurance fanini bir postda tushunib oling! Ushbu fan sizni auditning butun yo'lidan olib o'tadi: 🔹 Audit
ACCA AA — Audit va Assurance fanini bir postda tushunib oling! Ushbu fan sizni auditning butun yo'lidan olib o'tadi: 🔹 Audit va etika asoslari bilan tanishasiz 🔹 Xalqaro standartlar (ISA) va tartibga solishni o'rganasiz 🔹 Audit rejalashtirish va xavflarni baholashni o'zlashtirasiz 🔹 Ichki nazorat tizimlarini tahlil qilishni bilib olasiz 🔹 Dalillar yig'ish va sampling usullarini qo'llaysiz 🔹 Firibgarlikni aniqlash va hisobot yozishni o'rganasiz Jami 12 ta katta mavzu, 80+ dan ortiq subtopic — barchasi bitta rasmda! 💡 Bu mavzular ACCA AA imtihonining to'liq syllabusini qamrab oladi. 📌 Saqlab qo'ying — imtihon tayyorgarligida qo'l kelib qoladi! 📩 Ma'lumot uchun: @ismoilovmfa 😀Instagram | 🎬YouTube | 📱Telegram

Har bir buxgalterning orzusi — shu yerdan boshlanadi! EY, Deloitte, KPMG kabi dunyoning eng yirik kompaniyalarida ishlashni xohlaysizmi? ACCA — sizni aynan shu yo'lga olib chiquvchi xalqaro sertifikat! 📖 Kursda nimalarni o'rganasiz: ✅ Financial Accounting (FA) → Financial Reporting (FR) ✅ Audit & Assurance ✅ Financial Management ✅ Tax & Law ✅ DipIFR 👨‍🏫 Masters Finance Academyda tajribali mentorlar bilan bosqichma-bosqich, aniq tizim asosida o'rganing! 💡 Bugun boshlagan qadamingiz — ertaga xalqaro karyerangizga aylanadi. 📩 Ma'lumot uchun: @ismoilovmfa 😀Instagram | 🎬YouTube | 📱Telegram

📊 BUXGALTERIYA XATOLARINING TURLARINI — bilasizmi? Har bir buxgalter, hatto eng tajribalisi ham, xato qilishi mumkin. Muhimi
📊 BUXGALTERIYA XATOLARINING TURLARINI — bilasizmi? Har bir buxgalter, hatto eng tajribalisi ham, xato qilishi mumkin. Muhimi — bu xatolarni o'z vaqtida aniqlab, to'g'irlay olish! ✅ Kelib chiqishi bo'yicha xatolar 4 turga bo'linadi: ⚖️ Prinsip xatolari — operatsiya noto'g'ri buxgalteriya prinsipi bo'yicha qayd etiladi (masalan, xarajat kapital sifatida ko'rsatiladi) 📋 Qoldirib ketish xatolari — bitim umuman yoki qisman yozilmay qoladi 👤 Bajarish (ijro) xatolari — noto'g'ri summa yoki noto'g'ri hisobga debet/kredit qilinadi 🔄 Kompensatsion xatolar — ikki yoki undan ortiq xato bir-birini "yopib" yuboradi, tarozi balansi to'g'ri ko'rinadi, lekin aslida xato bor! 📩 Ma'lumot uchun: @ismoilovmfa 😀Instagram | 🎬YouTube | 📱Telegram

🏦MASTERS FINANCE ACADEMY F1-F9 va DipIFR fanlari bo'yicha barcha paperlar yuzasidan ONLAYN DARSLAR boshlanmoqda! ✅ Mavzular
🏦MASTERS FINANCE ACADEMY F1-F9 va DipIFR fanlari bo'yicha barcha paperlar yuzasidan ONLAYN DARSLAR boshlanmoqda! ✅ Mavzular – Revision – Exam practice tizimi ✅ Doimiy support tutorlar bilan ✅ Har bir dars uchun individual Study Plan ✅ Darslarga 6 oylik access Buxgalteriya va moliya sohasida xalqaro standartlarga (ACCA) mos bilim olishni istaysizmi? 🏦Unda MFA siz uchun eng to'g'ri tanlov! 📞 Ma'lumot uchun: 70 504 26 00 📩@ismoilovmfa 😀Instagram | 🎬YouTube | 📱Telegram