en
Feedback
SUV | BRM

SUV | BRM

Open in Telegram

Suv sohasida barqaror rivojlanish markazi 🏢Manzil: Shayxontohur tumani, Labzak ko'chasi 1 📍faceboo:https:www.facebook.com/suvbarqarorrivojlan 📍instagram: www.instagram.com/suv.brm/ 📍youtube: http://www.youtube.com/@suvbrm Xatlar uchun: suvbrm@gmail.com

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
1 988
Subscribers
+1724 hours
+497 days
+5130 days

Data loading in progress...

Similar Channels
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
Oct '26
October '26
+1
in 0 channels
September '26
+1 819
in 69 channels
Get PRO
August '260
in 15 channels
Get PRO
July '26
+40
in 30 channels
Get PRO
June '260
in 10 channels
Get PRO
May '26
+83
in 16 channels
Get PRO
April '260
in 12 channels
Get PRO
March '26
+50
in 21 channels
Date
Subscriber Growth
Mentions
Channels
01 October+1
Channel Posts
📚 1-OKTABR – O‘QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI 🫴 Har bir bilim – bir tomchi, ustoz esa shu tomchilarni daryoga aylantiradi. 📚 Ustoz – ilm bulog‘i, suv – hayot bulog‘i. Ikkalasini ham qadrlash – kelajakni asrashdir.
Barcha ustoz va murabbiylarni bayram bilan samimiy muborakbod etamiz!
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X

2
#SuvKodeksi 🌊 SUV KODEKSIGA SHARH | SUV OLISHDA QANDAY TARTIBLARGA RIOYA QILISH KERAK? 📖 Suv kodeksining 33-moddasiga ko'ra
#SuvKodeksi 🌊 SUV KODEKSIGA SHARH | SUV OLISHDA QANDAY TARTIBLARGA RIOYA QILISH KERAK? 📖 Suv kodeksining 33-moddasiga ko'ra, suv obyektlaridan suv olish belgilangan suv olish kvotasi va limiti doirasida amalga oshiriladi. Suv olishni rejalashtirgan suvdan foydalanuvchilar 10 kun oldin buyurtmanoma taqdim etishi kerak. Unda suv olish joyi, muddati, hajmi va maqsadi ko‘rsatiladi. ▶️ Batafsil – videoda. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
77
3
🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🔤 Bugungi harf – K. KANAL 😀 Kanal – suvni bir joydan boshqa joyga yetkazib berish uchun qurilgan su
🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🔤 Bugungi harf – K. KANAL 😀 Kanal – suvni bir joydan boshqa joyga yetkazib berish uchun qurilgan sun’iy o‘zan. 🌊 Kanallar orqali suv: – ekin maydonlariga yetkaziladi; – aholi va sanoat ehtiyojlari uchun uzatiladi; – GESlarga yetkazib beriladi; – ortiqcha suvlarni chiqarishda ham foydalaniladi. 🌊 Kanallar – suv resurslarini samarali boshqarish va taqsimlashda muhim infratuzilma hisoblanadi. “Suv alifbo”sining keyingi harfida yanada qiziqarli atama bilan tanishtiramiz! Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
96
4
♟ SHAXMATCHILAR VA PARASHAXMATCHILAR MUNOSIB TAQDIRLANDI 🏆 Samarqandda o‘tkazilgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbe+4
♟ SHAXMATCHILAR VA PARASHAXMATCHILAR MUNOSIB TAQDIRLANDI 🏆 Samarqandda o‘tkazilgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi ikkinchi bor Olimpiada chempioni bo‘ldi. Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmatchilarni tarixiy g‘alaba bilan tabrikladi. O‘zbekiston terma jamoasini ushbu tarixiy g‘alaba bilan samimiy muborakbod etamiz! ♟ 💧 SUVNI SHAXMATDEK O‘YLAB BOSHQARAYLIK! Har bir tomchi — bir yurish. Har bir qaror — kelajak. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
134
5
#SuvKodeksi 🌊 SUV KODEKSIGA SHARH | SUVDAN FOYDALANISHDA MUHIM TALABLAR 📖 Suv kodeksining 32-moddasiga ko'ra, suv obyektlar
#SuvKodeksi 🌊 SUV KODEKSIGA SHARH | SUVDAN FOYDALANISHDA MUHIM TALABLAR 📖 Suv kodeksining 32-moddasiga ko'ra, suv obyektlaridan suv olish belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan suv olish joyi va suvdan foydalanish shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Suv olish hajmi kamaytirilsa yoki to‘xtatilsa, bu haqda suv yetkazib beruvchi tashkilotga xabar berish shart. ▶️ Batafsil – videoda. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
117
6
#bilasizmi 16 MINGDAN ORTIQ INSHOOT SHO‘R SUVNI CHUCHUK SUVGA AYLANTIRMOQDA 🇺🇳 BMTning 2026-yilgi Suv resurslari bo‘yicha k
#bilasizmi 16 MINGDAN ORTIQ INSHOOT SHO‘R SUVNI CHUCHUK SUVGA AYLANTIRMOQDA 🇺🇳 BMTning 2026-yilgi Suv resurslari bo‘yicha konferensiyasini o‘tkazish bo‘yicha BAA Ijroiya ofisi ma'lumotlariga ko'ra, 300 milliondan ortiq kishi chuchuk suvga bo‘lgan ehtiyojini sho‘rsizlantirish orqali qondiradi. Bu AQShning butun aholisi soniga deyarli teng. 🌊 Bugungi kunda dunyo bo‘ylab 16 mingdan ortiq sho‘rsizlantirish inshooti faoliyat yuritmoqda. Ular millionlab insonlarni chuchuk suv bilan ta’minlashga xizmat qilmoqda. 🫴 Sho‘rsizlantirish – dengiz va boshqa sho‘r suv manbalaridan tuzlarni ajratib, aholi, shaharlar va sanoat uchun chuchuk suv olish jarayonidir. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
133
7
#XalqaroTadbirlar RIMDA YEVROPA – O‘RTA YER DENGIZI SUV FORUMI BO‘LIB O‘TADI 🗓 29-sentabrdan 2-oktabrga qadar Italiya poytax
#XalqaroTadbirlar RIMDA YEVROPA – O‘RTA YER DENGIZI SUV FORUMI BO‘LIB O‘TADI 🗓 29-sentabrdan 2-oktabrga qadar Italiya poytaxti Rim shahrida Yevropa – O‘rta yer dengizi suv forumi (Euro-Mediterranean Water Forum) bo‘lib o‘tadi. 🎲 Ishtirokchilar: Dunyoning 40 dan ortiq davlatidan vazirlar, YUNESKO vakillari, yetakchi olimlar, soha rahbarlari va faol yoshlar. 🎲 Muhokama mavzulari: Forumning 11 ta sessiyasida qurg‘oqchilik, toshqinlar, suv ifloslanishi, gidrodiplomatiya, sun’iy intellekt va investitsiyalar jalb qilish masalalari ko‘rib chiqiladi. 📍 Ma’lumot uchun: Bugungi kunda global iqlim o‘zgarishi sababli birgina O‘rta yer dengizi havzasida 180 milliondan ortiq inson suv tanqisligidan jiddiy aziyat chekmoqda. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
248
8
GEOTEKSTIL QOPLAMA: MUZ ERISHI 40 FOIZGA KAMAYDI ❄️ Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti ma'lum qilishicha, Piskom dar+1
GEOTEKSTIL QOPLAMA: MUZ ERISHI 40 FOIZGA KAMAYDI ❄️ Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti ma'lum qilishicha, Piskom daryosi havzasidagi O‘rta Barqiroq muzligida muz erishini kamaytirish maqsadida tajriba-sinov ishlari olib borildi. Tajriba doirasida muzlik yuzasining 100 m² maydoni maxsus geotekstil material bilan qoplandi. Ilmiy taqqoslash uchun qoplangan maydon bilan bir qatorda ochiq, qoplanmagan nazorat maydoni ham tashkil etildi. Dastlabki natijalarga ko‘ra, geotekstil bilan qoplangan maydonda ochiq muzlik yuzasiga nisbatan erish jarayoni taxminan 40 foizga kamaygan. Mazkur natija geotekstil qoplama quyosh radiatsiyasi ta’sirini kamaytirish orqali muzlik yuzasidagi ablyatsiya jarayonini susaytirish imkoniyatiga ega ekanini ko‘rsatmoqda. Bunday ilmiy izlanishlar muzliklarni asrash, suv zaxiralarini muhofaza qilish va kelajakda suv xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
141
9
#sayohatchi #tomchivoy OLIMJON VA BALIQNING SUHBATI 🐠 Mazkur video oddiy harakatimiz bilan ham tabiatni asrash mumkinligini
#sayohatchi #tomchivoy OLIMJON VA BALIQNING SUHBATI 🐠 Mazkur video oddiy harakatimiz bilan ham tabiatni asrash mumkinligini eslatadi. Hatto kichik baliqlar ham bizdan tejamkorlikni so‘ramoqda! 💧 Tishni tozalash paytida suvni tinimsiz oqizib qo‘yish – suvsizlikdan aziyat chekayotgan tabiatga nisbatan katta isrofdir. ▶️ Batafsil – videoda. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
3 803
10
#SuvKodeksi 🌊 SUV KODEKSIGA SHARH | QISHLOQ XO‘JALIGIDA SUVDAN FOYDALANISH QANDAY REJALASHTIRILADI? 📖Suv kodeksining 31-mod
#SuvKodeksi 🌊 SUV KODEKSIGA SHARH | QISHLOQ XO‘JALIGIDA SUVDAN FOYDALANISH QANDAY REJALASHTIRILADI? 📖Suv kodeksining 31-moddasiga ko‘ra, dehqonchilik va agrar sohada suv ishlatish o‘zboshimchalik bilan emas, balki aniq tartib asosida amalga oshiriladi. 🔹 Suv limiti doirasida: Suv olish kvotasi va kutilayotgan suv prognoziga qarab ajratilgan limitdan ortiq suv ishlatish mumkin emas. 🔹 Kollektor-drenaj suvlari: Bu suvlardan foydalanishda yerlarning holati va suvning sifati albatta hisobga olinadi. 🔹 Maxsus jadval asosida: Har bir suv iste’molchisi o‘z limiti doirasida suvdan foydalanish jadvalini tuzadi va uni suv yetkazib beruvchi tashkilot bilan kelishib oladi. ▶️ Batafsil – videoda. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
149
11
#SuvKodeksi 🌊 SUV KODEKSIGA SHARH | SUV RESURSLARINI BOSHQARISHDA HUDUDIY REJALAR 📖Suv kodeksining 29-moddasiga ko‘ra, havz
#SuvKodeksi 🌊 SUV KODEKSIGA SHARH | SUV RESURSLARINI BOSHQARISHDA HUDUDIY REJALAR 📖Suv kodeksining 29-moddasiga ko‘ra, havza yoki hududiy rejalar suv resurslaridan oqilona foydalanish va suv xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi. Ushbu rejalarda suv resurslari holati, suvdan foydalanish, muhofaza va suv xavflarining oldini olish choralari belgilanadi. ▶️ Batafsil – videoda. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
152
12
#Bilasizmi 📱QO‘LINGIZDAGI TELEFONNI ISHLAB CHIQARISH UCHUN QANCHA SUV KERAK? 🫴 Suv telefon ishlab chiqarishning har bir bos
#Bilasizmi 📱QO‘LINGIZDAGI TELEFONNI ISHLAB CHIQARISH UCHUN QANCHA SUV KERAK? 🫴 Suv telefon ishlab chiqarishning har bir bosqichida – xomashyoni qayta ishlash, elektron komponentlarni ishlab chiqarishdan tortib, yig‘ish va qadoqlashgacha bo‘lgan jarayonlarda ishtirok etadi. Bitta smartfonning virtual suv izi deyarli 12 760 litrni tashkil qilishi mumkin. Bu bir kishining 17 yildan ortiq vaqt davomidagi ichimlik suvi ehtiyojiga teng. Manba: watercalculator.org Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
147
13
#SuvKodeksi 🌊 SUV KODEKSIGA SHARH | SUV SOHASIDA VAZIRLAR MAHKAMASINING VAKOLATLARI 📖 Suv kodeksining 19-moddasiga ko'ra, V
#SuvKodeksi 🌊 SUV KODEKSIGA SHARH | SUV SOHASIDA VAZIRLAR MAHKAMASINING VAKOLATLARI 📖 Suv kodeksining 19-moddasiga ko'ra, Vazirlar Mahkamasi suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, ularni boshqarish va muhofaza qilish bo‘yicha muhim vakolatlarga ega.   Jumladan, u: - suv sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi; - suvdan foydalanish normalari, suv olish kvotalari va limitlarini tasdiqlash tartibini belgilaydi; - suv resurslarining davlat hisobi va monitoringini ta’minlaydi; - suvlarning zararli ta’sirining oldini olish va uning oqibatlarini bartaraf etish choralarini belgilaydi. ▶️ Batafsil – videoda. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
171
14
#Suv_ensiklopediyasi SUV VA TUPROQ: YER NIMA UCHUN SHO‘RLANADI? 🌱Tuproq sho‘rlanishi – unda eruvchan tuzlarning ortiqcha to‘
#Suv_ensiklopediyasi SUV VA TUPROQ: YER NIMA UCHUN SHO‘RLANADI?   🌱Tuproq sho‘rlanishi – unda eruvchan tuzlarning ortiqcha to‘planishi jarayoni. Bu holat tuproq unumdorligiga va o‘simliklarning o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.   💧 O‘zbekiston sharoitida sho‘rlanishga sug‘orish, yerosti suvlari sathining ko‘tarilishi, yuqori bug‘lanish, iqlim va tuproq xususiyatlari ta’sir qiladi.   🇺🇳BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkilotining global baholashiga ko‘ra, dunyoda 1,381 milliard gektar yer, ya’ni quruqlikning 10,7 foizi sho‘rlanishdan zararlangan. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
161
15
No text...
154
16
Bir dona futbolka ishlab chiqarishga necha litr suv sarflanishini bilasizmi? Biz iste’mol qiladigan yoki ishlatadigan har bir
Bir dona futbolka ishlab chiqarishga necha litr suv sarflanishini bilasizmi? Biz iste’mol qiladigan yoki ishlatadigan har bir mahsulot uchun ma’lum miqdorda suv sarflanadi – bu uning “suv izi”dir. Masalan, futbolka. Uning suv izi paxtani yetishtirish, qayta ishlash, ip va mato tayyorlash, bo‘yash hamda futbolkani ishlab chiqarish jarayonlarini qamrab oladi. Bir dona futbolka uchun o‘rtacha 2 700 litr suv sarflanadi. Bu bir insonning o‘rtacha 3 yil davomida iste’mol qiladigan suv miqdoriga teng. Mahsulotlar suv izi: 1 piyola qahva uchun – o‘rtacha 140 litr suv; 1 piyola choy uchun – o‘rtacha 35 litr suv; 1 kg bug‘doy uchun – o‘rtacha 1 827 litr suv; 1 dona gamburger uchun – o‘rtacha 2 400 litr suv. Har tomchi qadrli. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
92 519
17
🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🔤 Bugungi harf – J. Jo‘yak 👷‍♂️ Jo‘yak – tuproqning mexanik tarkibi, ekin turi va ekish usuliga ko‘
🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🔤 Bugungi harf – J. Jo‘yak   👷‍♂️ Jo‘yak – tuproqning mexanik tarkibi, ekin turi va ekish usuliga ko‘ra kuzda yoki bahorda yer yetilganda olinadigan ekish arig‘i. 🌱Ko‘proq kartoshka va poliz ekinlari jo‘yak olib ekiladi. Jo‘yakning “ilon izi”, “dandana”, to‘g‘ri (egat) xillari bor. Ekin jo‘yakning ikki tomoniga yoki ikki qirg‘og‘iga ekiladi. Tekis dalaga nisbatan jo‘yakdagi tuproqning havo-issiqlik va suv rejimi qulay bo‘ladi. “Suv alifbo”sining keyingi harfida yanada qiziqarli atama bilan tanishtiramiz! Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
320
18
OROL FOJIASI – GLOBAL EKOLOGIK MUAMMO BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasida 130 ga yaqin davlat delegatsiyalari qatorida O+2
OROL FOJIASI – GLOBAL EKOLOGIK MUAMMO BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasida 130 ga yaqin davlat delegatsiyalari qatorida Oʻzbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi. Sessiya doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva nutq soʻzladi. Nutqda Markaziy Osiyodagi tub oʻzgarishlar, Oʻzbekistondagi islohotlar, ekologiya va Orol fojiasi, sun’iy intellekt taraqqiyoti, qonun ustuvorligi hamda inson huquqlarini ta’minlash masalalariga toʻxtalib oʻtildi. Batafsil: https://watercenter.uz/uz/yangiliklar/bmt-bosh-assambleyasi-81-sessiyasida-ozbekistonning-pozitsiyasi-bildirildi Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
279
19
#SuvKodeksi 🌊 SUV KODEKSIGA SHARH | SUV XAVFSIZLIGI 📖 Suv kodeksining 28-moddasiga ko'ra, O‘zbekistonda suv resurslarini sa
#SuvKodeksi 🌊 SUV KODEKSIGA SHARH | SUV XAVFSIZLIGI 📖 Suv kodeksining 28-moddasiga ko'ra, O‘zbekistonda suv resurslarini samarali boshqarish va iqlim o‘zgarishi sharoitida suv xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha strategik dasturlar ishlab chiqiladi. Bu dasturlar 10-yilgacha bo‘lgan o‘rta va 50-yilgacha bo‘lgan uzoq muddatli maqsadlarni qamrab oladi. ▶️ Batafsil – videoda. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
179
20
ANDIJONDA YILIGA 100 TA KICHIK GES MAJMUASI ISHLAB CHIQARILADI Andijon tumanida 20 million dollarlik loyiha doirasida kichik+1
ANDIJONDA YILIGA 100 TA KICHIK GES MAJMUASI ISHLAB CHIQARILADI   Andijon tumanida 20 million dollarlik loyiha doirasida kichik gidroelektr stansiyalari uchun uskunalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi davomida mazkur loyiha bilan tanishdi. “Andijon Jinlun yangi energiya” korxonasi davlat rahbarining 2025-yil 28-martdagi hududlarda mikrogidroelektr stansiyalari tarmog‘ini rivojlantirishga doir qarori ijrosi doirasida tashkil etilmoqda. “Togʻli va suv resurslariga boy Markaziy Osiyo davlatlarida bunday uskunalarga talab yuqori. Biroq shu paytgacha mintaqada ularni sanoat miqyosida ishlab chiqaradigan ixtisoslashgan korxonalar yetarli emas edi. Yangi loyiha ana shu ehtiyojni qoplashga qaratilgan”, – deyiladi xabarda. Batafsil: https://watercenter.uz/uz/yangiliklar/andijonda-yiliga-100-ta-kichik-ges-majmuasi-ishlab-chiqariladi Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
177