O‘zbekiston geografiya jamiyati
Open in Telegram
📖 Geografiya ilmining ixlosmandlari uchun ommaviy kanal! ➖️ Muallif: Qambarov O.X. ➖️ Murojaat: @omadbek_38 ➖️ Murojaat: +998777010205 ➖️ Kanalimiz: @geografiya_ilmi ➖️ Guruhimiz: @geografiya_ilmi_guruhi ➖️ Administrator: @geografiya_ilmi_admini
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
2 880
Subscribers
+7624 hours
+5127 days
+1 71830 days
Posts Archive
#mulohazali
DUNYODAGI ENG BALAND TOG‘ DOIMO EVERESTMI?Ko‘pchilik dunyodagi eng baland tog‘ deganda darhol Everestni eslaydi. Bu to‘g‘ri, lekin faqat bir mezon bo‘yicha. Everest tog‘i dengiz sathidan hisoblaganda Yer yuzidagi eng baland cho‘qqi hisoblanadi. Uning balandligi 8848 metrdan ortiq. Ammo tog‘ balandligini boshqa mezonlar bilan ham baholash mumkin. Masalan, tog‘ning etagidan cho‘qqisigacha bo‘lgan nisbiy balandlikka qaralsa, Gavayi orollaridagi Mauna Kea vulqoni juda qiziqarli misol bo‘ladi. Uning katta qismi okean tubida joylashgan. Agar okean tubidan cho‘qqisigacha hisoblasak, Mauna Kea Everestdan ham balandroq bo‘ladi. Yer markazidan eng uzoq joy sifatida esa Chimboraso vulqoni tilga olinadi. Chunki Yer mukammal shar emas, ekvator atrofida biroz bo‘rtgan shaklga ega. Chimboraso ekvatorga yaqin joylashgani sababli uning cho‘qqisi Yer markazidan Everest cho‘qqisiga qaraganda uzoqroqdir. Demak, “eng baland tog‘” degan savolga javob mezonga bog‘liq: ➖️ dengiz sathidan eng baland — Everest; ➖️ etagidan cho‘qqisigacha eng baland — Mauna Kea; ➖️ Yer markazidan eng uzoq cho‘qqi — Chimboraso.
Geografiya bizga bitta savolning o‘zi ham turli ilmiy yondashuvlar orqali boshqacha talqin qilinishi mumkinligini ko‘rsatadi.☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi
#hujjat_ishi
🎓 Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarni qabul qilish 2026-yil 7-sentabrdan boshlanadi.📑 Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar: ➖️ Rektor nomiga ariza (OTMda yoziladi); ➖️ Shaxsni tasdiqlovchi hujjat asli (ID yoki pasport) 4 dona nusxasi; ➖️ O‘rta ma'lumotnoma to‘g‘risida shahodatnoma asli (Texnikum, litsey yoki kollej diplom va ilovasi asli); ➖️ Abituriyent javoblar varaqasi (titul asli 2 ta); ➖️ Abituriyent qayd varaqasi (ruxsatnoma 2 ta); ➖️ Til sertifikati (mavjud bo‘lsa asli); ➖️ Fanlardan sertifikat (mavjud bo‘lsa); ➖️ Rasm - 8 dona 3.5/4.5 hajmda; ➖️ Hujjatlar yig‘ma jildi (papka-skorosshivatel); ➖️ A5 formatdagi (konvert).
Mavjud: Foydalangan imtiyozlar (agar bo‘lsa) ➖️ Kam ta’minlangan oilalar farzandlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun taqdim etilgan tavsiyanoma; ➖️ Mehribonlik uyi va bolalar shaharchasini bitirganligi haqida ma’lumot; ➖️ Nogironligi bo‘yicha; ➖️ Xotin-qizlarga beriladigan tavsiyanoma; ➖️ Tavsiyanoma (DXX, IIV, Bojxona qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari xodimlari farzandlari, Muddatli harbiy xizmatni o‘tab harbiy qism qo‘mondonligi tomonidan taqdim etilgan tavsiyanoma).🏢 O‘zim ham ADU Geografiya yo‘nalishi bo‘yicha 3-kurs talabasiman hamda Andijon tumani 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabi geografiya fani o‘qituvchisi. ☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi
#mulohazali
INSONIYAT QACHONDIR YAGONA TUR BO‘LMAGANBugungi kunda Yer yuzidagi barcha insonlar yagona biologik tur — Homo sapiensga mansub. Biroq millionlab yillik evolyutsiya tarixida sayyoramizda odamzodning bir necha turi mavjud bo‘lgan. Olimlarga inson evolyutsiyasi bilan bog‘liq yigirmadan ortiq qadimgi tur ma’lum. Ularning orasida neandertallar, Denisova odamlari, Homo erectus, Homo floresiensis va boshqa guruhlar bor. Ayrim tarixiy davrlarda Yer yuzida bir vaqtning o‘zida kamida to‘rt-besh xil odam turi yashagan. Ular faqat tashqi ko‘rinishi bilan farqlanuvchi ibtidoiy mavjudotlar emas edi. Neandertallar tosh qurollar yasagan, olovdan foydalangan, sovuq iqlimga moslashgan va jarohatlangan guruh a’zolariga g‘amxo‘rlik qilgan. Denisova odamlari esa Osiyoning katta hududlarida yashagan qadimgi inson guruhlaridan biri hisoblanadi. Genetik tadqiqotlar Homo sapiens neandertallar va Denisova odamlari bilan uchrashgani hamda ular bilan nasl qoldirganini ko‘rsatadi. Shu sababli qadimgi insonlarning ayrim genlari bugungi odamlar DNKsida ham saqlanib qolgan. Demak, ular mutlaqo izsiz yo‘qolmagan. Mustaqil guruh sifatida tarix sahnasidan chiqib ketgan bo‘lsa-da, ularning biologik merosining bir qismi zamonaviy inson tarkibiga singib ketgan. Nima sababdan faqat Homo sapiens saqlanib qolgani aniq emas. Bunga iqlim o‘zgarishi, kichik populyatsiyalar, oziq-ovqat uchun raqobat, kasalliklar, texnologik ustunlik va jamoaviy hamkorlik kabi omillar ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin. Ammo bu ilmiy tarix yana bir muhim savolni tug‘diradi: agar boshqa odam turi bugungi kungacha yashaganida, zamonaviy jamiyat qanday bo‘lardi? Masalan, neandertallar biz bilan yonma-yon yashaganida, ular bir xil huquqlarga ega bo‘larmidi? Bir maktabda o‘qirmidi, davlat boshqaruvida qatnasharmidi, ular bilan tuzilgan oilalar jamiyat tomonidan qanday qabul qilinardi? Insoniyat tarixida irqiy, milliy va diniy farqlar ko‘plab kamsitishlarga sabab bo‘lgan. Shu bois biologik turga asoslangan diskriminatsiya ham yuzaga kelishi mumkin edi. Balki eng keskin bahs “haqiqiy inson kim?” degan savol atrofida kechardi. Bugungi haqiqat esa shuki, barcha xalqlar, millatlar va irqlar bitta turga — Homo sapiensga mansub. Biz bir paytlar ko‘plab odam turlaridan biri edik. Bugun esa insoniyat evolyutsiyasi daraxtining saqlanib qolgan yagona shoximiz.
Asosiy savol endi qanday qilib yagona tur bo‘lib qolganimizda emas, balki yagona insoniyat sifatida bir-birimizga qanday munosabatda bo‘lishimizdadir.☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi
#talaba_2026
🏢 2026–2027 o‘quv yilida geografiya yo‘nalishi bo‘yicha o‘tish ballariBMBA tomonidan taqdim etilgan statistikaga ko‘ra jami 5629 nafar abituriyent geografiya yo‘nalishi bo‘yicha imtihonda qatnashgan. ➖️ 3794 nafar abituriyent 56,7 balldan yuqori natija qayd etgan; ➖️ 1835 nafar abituriyent 56,7 ball va undan yuqori natija to‘play olmagan. ➖️ Grant asosida eng yuqori qayd etilgan natija 179,1 ballni tashkil etgan. 🏢 2026–2027 o‘quv yili uchun geografiya yo‘nalishiga jami 485 ta davlat granti (grand) kvotasi ajratilgan.
Eslatib o‘tish joizki yuqorida keltirilgan o‘tish ballari oliy ta’lim muassasalari, ta’lim shakli va ta’lim tili kesimida berilgan. Kontrakt narxlari esa 2025–2026 o‘quv yilidagi bazaviy, stipendiyasiz to‘lov miqdorlari asosida tayyorlangan.☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi
#eslatma
🎓 2027-YIL UCHUN TAYANCH DOKTORANTURA QABULIGA HOZIRDAN NIMA TAYYORLASH KERAK?2027-yilda PhD bosqichida tahsil olishni rejalashtirayotganlar uchun tayyorgarlikni sentabrda emas, aynan hozirdan boshlash maqsadga muvofiq. Amaldagi qabul tartibida tayanch doktoranturaga hujjatlar 15-sentabrdan 15-oktabrgacha qabul qilinadi. Kirish sinovlari esa odatda 1–25-noyabr oralig‘ida tashkil etiladi. Tayanch doktoranturaga kirishda magistr diplomi muhim boshlang‘ich talab, biroq uning o‘zi yetarli emas. Talabgorda kelajakdagi PhD dissertatsiyasiga asos bo‘la oladigan dastlabki ilmiy natijalar ham mavjud bo‘lishi kerak. Amaldagi talab bo‘yicha ilmiy jurnalda kamida 1 ta maqola va tegishli yo‘nalishda kamida 2 ta ilmiy tezis talab qilinadi. Lekin doktoranturaga tayyorgarlikni “1 maqola + 2 tezisni yig‘ib qo‘yish” darajasida tushunish xato. Talabgor sentabrgacha kelajakdagi tadqiqotining taxminiy muammosini, qaysi ixtisoslikka topshirishini, shu ixtisoslik bo‘yicha qaysi universitet yoki ilmiy tashkilotda kvota mavjudligini va u yerda tegishli ilmiy maktab shakllangan-shakllanmaganini o‘rganishi kerak. Ayniqsa maqola va tezislarni tasodifiy mavzularda emas, kelajakdagi dissertatsiya yo‘nalishiga yaqin mavzularda tayyorlash foydali. Bu nafaqat hujjat topshirishda, balki kirish sinovi, ilmiy suhbat va keyinchalik dissertatsiya mavzusini shakllantirishda ham talabgorning ilmiy tayyorgarligini ko‘rsatadi. Magistrlik dissertatsiyasini ham shunchaki diplom olish uchun bajariladigan yakuniy ish sifatida emas, PhD tadqiqotining dastlabki laboratoriyasi sifatida ko‘rish mumkin. Kuchli magistrlik tadqiqotidan maqola, tezis, ilmiy muammo va hatto kelajakdagi doktorlik mavzusining asosiy g‘oyasi shakllanishi mumkin.
Shuning uchun 15-sentabrgacha qolgan vaqtni faqat hujjat yig‘ishga emas, ilmiy portfel yaratishga sarflash kerak.☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi
#pedagog
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan 2026-yilda har oyda ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlar ro‘yxatiga 1696 nafar pedagog kiritilgan.Quvonarlisi, ularning 27 nafari — geografiya fani o‘qituvchilari hisoblanadi. Ushbu yutuq bilan barchangizni tabriklaymiz.
🤲 Kelajakda bu raqam yanada ko‘payishi, geografiya fani o‘qituvchilari safida yanada ko‘proq kuchli va malakali pedagoglar bo‘lishini tilaymiz!☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi
#mulohazali
O‘SIMLIKLAR SUV YETISHMAGANDA ULTRATOVUSH CHIQARADI-MI?O‘simliklar odatda jim organizmlar sifatida tasavvur qilinadi. Biroq maxsus mikrofonlar yordamida o‘tkazilgan tajribalar suvsizlangan yoki shikastlangan o‘simliklar havoda tarqaluvchi ultratovushlar chiqarishini ko‘rsatdi. Olimlar pomidor va tamaki o‘simliklarini tovushdan himoyalangan xonada hamda issiqxonada kuzatdi. O‘simliklarning ayrimlariga suv berilmadi, boshqalarining poyasi kesildi. Sog‘lom o‘simliklar esa nazorat guruhi sifatida saqlandi. Suv yetishmagan pomidor o‘simligi bir soatda o‘rtacha 35,4 ta, tamaki esa 11 ta tovush chiqargan. Poyasi kesilgan pomidorda bu ko‘rsatkich 25,2 ta, tamakida 15,2 ta bo‘lgan. Nazorat guruhidagi sog‘lom o‘simliklar odatda bir soatda bittadan ham kam tovush chiqargan. Ushbu tovushlarning asosiy chastotasi taxminan 20–150 kilogers oralig‘ida bo‘lib, inson qulog‘i ularni eshita olmaydi. Ammo ko‘rshapalaklar, ayrim kemiruvchilar va hasharotlar bunday chastotalarni sezishi mumkin. Mashinaviy o‘rganish algoritmlari tovushlarga qarab o‘simlik turini hamda u suvsizlik yoki kesilish ta’sirida ekanini farqlay oldi. Kelajakda bunday tizimlardan dalalardagi ekinlarning suvga ehtiyojini masofadan aniqlashda foydalanish mumkin. Tovushlar o‘simlik poyasidagi suv ustunida havo pufakchalari hosil bo‘lishi — kavitatsiya jarayoni bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Biroq bu mexanizm hali to‘liq isbotlangan emas. Natijani “o‘simliklar og‘riqdan qichqiradi” deb talqin qilish noto‘g‘ri. Tadqiqot o‘simliklarda ong yoki insonlardagidek og‘riq hissi mavjudligini ko‘rsatmaydi. U faqat fiziologik stress vaqtida o‘lchanadigan akustik signallar paydo bo‘lishini tasdiqlaydi.
O‘simlik holati nafaqat uning rangi va kimyoviy tarkibida, balki biz eshita olmaydigan tovushlarda ham aks etishi mumkin.☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi
#rasmiy
🎓 2026/2027-O‘QUV YILI QACHONDAN BOSHLANISHI RASMAN BELGILANDI2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va texnikumlarda o‘quv jarayonlarini boshlash sanalari belgilandi. Akademik litsey va texnikumlarda yangi o‘quv yili 2026-yil 2-sentyabrdan boshlanadi. Oliy ta’lim tashkilotlarida esa o‘quv jarayonlari bosqichlar kesimida turli sanalarda boshlanadi. 1-bosqich talabalari uchun darslar 7-sentyabrdan, 2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun esa 14-sentyabrdan tashkil etiladi. Demak, bu yil oliy ta’lim muassasalarida yangi qabul qilingan talabalar yuqori bosqich talabalariga nisbatan bir hafta oldin o‘quv jarayonini boshlaydi.
Akademik litsey va texnikumlar — 2-sentyabr OTM 1-bosqich talabalari — 7-sentyabr OTM 2-bosqich va undan yuqori — 14-sentyabr☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi
#diqqat
Ta’lim sifati, yoshlarimiz kelajagi va mamlakatimiz taraqqiyotiga befarq bo‘lmagan soha mutaxassislari, pedagoglar hamda ota-onalar diqqatiga!Bugundan boshlab umumiy o‘rta ta’limning takomillashtirilgan Davlat ta’lim standartlari hamda o‘quv dasturlari loyihasi keng jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilganini ma'lum qilamiz. Jamoatchilik muhokamasi 15 kun davom etadi. Shu vaqt mobaynida https://dts.rtmuzedu.uz/ platformasi orqali o‘z fikr-mulohazalaringiz, taklif va tavsiyalaringizni bildirishingiz mumkin. Xalqaro tajribalar asosida yetakchi mahalliy hamda xalqaro ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan ushbu hujjatlar mazmunini yanada boyitishda sizning takliflaringiz muhim o‘rin tutadi. Har bir asosli fikr biz uchun muhim! Ta’lim mazmunini birgalikda shakllantirish, farzandlarimiz uchun zamonaviy, sifatli va inklyuziv ta’lim muhitini yaratishga o‘z hissangizni qo‘shing!
Asosiy maqsad – yangi avlodni tez o‘zgarayotgan zamonga mos, raqobatbardosh, bilimli va zamonaviy ko‘nikmalarga ega shaxs sifatida tarbiyalashdir.☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi
#mulohazali
YERNING QATTIQ ICHKI YADROSI HAM SHAKLINI O‘ZGARTIRISHI MUMKINYerning ichki yadrosi sayyora yuzasidan qariyb 4 800 kilometr chuqurlikda joylashgan, asosan temirdan tuzilgan qattiq sharsimon qatlamdir. Uning atrofini esa suyuq tashqi yadro o‘rab turadi. Ichki yadroga hech qanday qurilma yetib bora olmaydi. Olimlar uni zilzilalardan tarqalgan seysmik to‘lqinlar orqali o‘rganadi. Ayniqsa, bir hududda takror sodir bo‘lgan o‘xshash zilzilalar tabiiy tajriba vazifasini bajaradi. 2025-yilda e’lon qilingan tadqiqotda 1991–2024-yillarda Janubiy Sendvich orollari yaqinidagi 42 ta hududda yuz bergan 121 ta takroriy zilzila signallari tahlil qilindi. To‘lqinlar Alyaskaning Feyrbanks va Kanadaning Yellounayf hududlaridagi stansiyalarda qayd etilgan. Ayrim signallarni faqat ichki yadroning aylanish tezligi o‘zgarishi bilan tushuntirib bo‘lmagan. Tadqiqotchilar ichki yadro tashqi chegarasining tuzilishi vaqt davomida deformatsiyalanayotgan bo‘lishi mumkin, degan xulosaga kelgan. Ichki yadroning katta qismi qattiq bo‘lsa-da, uning suyuq tashqi yadro bilan tutashgan qatlami temirning erish nuqtasiga yaqin sharoitda joylashgan. Shu sabab chegaradagi modda uzoq vaqt davomida sekin deformatsiyalanishi mumkin. Ehtimoliy sabab — suyuq tashqi yadrodagi turbulent oqimlarning ichki yadro yuzasiga bosim o‘tkazishi. Bu jarayon Yerning magnit maydoni, issiqlik almashinuvi va yadro qatlamlari o‘rtasidagi bog‘lanishni tushunishga yordam beradi. Bu Yer markazi tezlik bilan erib ketayotgani yoki yaqin vaqt ichida xavf tug‘dirishi degani emas. Aniqlangan o‘zgarishlar juda chuqurda va kichik ko‘lamda kechmoqda.
Yerning ichki qismi o‘zgarmas qatlamlar to‘plami emas. Qattiq va suyuq yadro o‘rtasidagi chegara inson umri bilan solishtirish mumkin bo‘lgan vaqt oralig‘ida ham dinamik o‘zgarishi mumkin.☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi
#reja
📕 Fan olimpiadalari boshlanmoqda!Olimpiada ishtirokchilari (9-10-11) sinflar uchun juda muhim xushxabar bo‘ldi. 📕 Yana bir yangilik, geografiya fanidan fan olimpiadaga tayyorlash bo‘yicha online darslar boshlandi. Darslarimizga qo‘shilishingiz mumkin. 👉 https://t.me/geografiya_ilmi/505 Qo‘shilish: 👉 @omadbek_38 Qo‘shilish: 👉 @omadbek_38 Qo‘shilish: 👉 @omadbek_38 ☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi
#mulohazali
IQTISODIY GEOGRAFIYANI RAQAMLARNI YODLASH EMAS, SABABLARNI IZLASH ORQALI O‘RGATISH MUMKINMamlakatlarning yalpi ichki mahsuloti, aholi soni, eksport hajmi va sanoat tarmoqlarini yodlash o‘quvchiga ma’lumot beradi. Ammo bu raqamlar nima sababdan bir hududda ishlab chiqarish rivojlanganini, boshqasida esa iqtisodiy o‘sish sustligini tushuntirib bermaydi. Bu masala Abdullayev Madiyarning “Maktab iqtisodiy geografiya ta’limida 5E ta’lim modelidan foydalanish” nomli maqolasida tahlil qilingan. Muallif Chirchiq davlat pedagogika universiteti vakili. 5E modeli beshta o‘zaro bog‘langan bosqichdan iborat: Engage — jalb etish, Explore — o‘rganish, Explain — tushuntirish, Elaborate — bilimni kengaytirish va Evaluate — baholash. Ushbu modelda o‘qituvchi tayyor ma’lumot beruvchi emas, o‘quvchining mustaqil tadqiqotini tashkil qiluvchi shaxsga aylanadi. Jalb etish bosqichida dars muammoli savoldan boshlanadi. Masalan: “Nega maydoni O‘zbekistondan bir necha baravar kichik Niderlandiya dunyoning yirik qishloq xo‘jaligi eksportchilaridan biri?” Bunday savol o‘quvchini statistik ma’lumotni yodlashdan oldin sabablarni izlashga undaydi. O‘rganish bosqichida o‘quvchilar iqtisodiy xaritalar, eksport-import ma’lumotlari, aholi ko‘rsatkichlari va kosmik tasvirlar bilan ishlaydi. Google Earth yordamida portlar, sanoat zonalari va xalqaro transport yo‘llarining joylashuvini solishtirish mumkin. Tushuntirish bosqichida o‘quvchi o‘z xulosasini taqdim etadi, o‘qituvchi esa uni ilmiy tushunchalar bilan boyitadi. O‘quvchi “dengizga yaqin davlatlar savdoda ustun” degan xulosaga kelishi mumkin. O‘qituvchi bu fikrni “tranzit geografik o‘rin”, “transport-geografik qulaylik” va “xalqaro mehnat taqsimoti” kabi tushunchalar bilan izohlaydi. Kengaytirish bosqichida o‘rganilgan qonuniyat boshqa hududga tatbiq qilinadi. Masalan, Janubiy Koreyaning iqtisodiy rivojlanish tajribasi o‘rganilgach, o‘quvchilar undan O‘zbekiston sharoitida foydalanish imkoniyatlarini tahlil qiladi. Baholash esa faqat test bilan cheklanmaydi. Xarita tahlili, loyiha, taqqosiy esse, guruh taqdimoti, o‘zini o‘zi baholash va “chiqish chiptasi” orqali o‘quvchining fikrlash jarayoni ham baholanadi. Masalan, neft-gaz mavzusida dars bugungi narx grafigidan boshlanishi, keyin OPEC mamlakatlari xaritasi o‘rganilishi, rentabellik va geosiyosat tushunchalari izohlanishi hamda yakunda “Neft narxi mening oilamga qanday ta’sir qiladi?” mavzusida esse yozilishi mumkin.
5E modelining asosiy afzalligi shundaki, u o‘quvchini “qayerda?” degan savoldan “nega aynan shu yerda?” va “bu jarayon boshqa hududlarga qanday ta’sir qiladi?” degan savollarga olib boradi. Aynan shunday yondashuv haqiqiy iqtisodiy-geografik tafakkurni shakllantiradi.☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi
