Muxabbat Abdurasulovna
Open in Telegram
Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
326
Subscribers
-124 hours
-87 days
+1030 days
Posts Archive
+4
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh musulimalarim
Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin. Shunday ulug‘ kunda qilgan barcha yaxshi niyatlaringiz, duolaringiz ijobat bo‘lib, qalbingizdagi eng go‘zal orzularingiz amalga oshsin.
Kecha ofisimizda oflayn seminar o‘tkazdik. Xabaringiz bor bo‘lsa kerak. Alhamdulillah, seminar siz kutganingizdan ham foydali va manfaatli o‘tdi.
Nasib qilsa, bundan keyin ham bunday foydali seminarlarimizni ko’pyatiramiz.
Bugungi seminarimizdan muslimalarimning fikrlari...
Bugun seminarimizda oila, farzand tarbiyasi, nevaralar, kelinlar bilan munosabat kabi juda muhim mavzularda suhbatlashdik.
Seninarga kelgan barchani fikrini eshitishga, muammolariga birgalikda yechim topishga harakat qildik.
Seminarimiz sizlarga foydali bo‘lgan bo‘lsa, men bundan juda xursandman. Chunki sizning hayotingizga ozgina bo‘lsa ham foyda bera olish — men uchun katta baxt.
Seminarimiz davom etmoqda, muslimalarim…
Seminarda global bo’lgan va o’zlarini qiynayotgan muammolarni birgalikda muhokama qilib, ularga yechim topyapmiz. Hammanung fikrlarini eshitib, o‘zaro suhbatlashib, kerakli xulosalarni olyapmiz.
Inshaaloh bugungi seminarga kelgan muslimalarimizni muammolarini yechib foydali maslahatlari berib jo’natamiz.
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh musulmonlarim xayrli tong!
Tongingizni yaxshi kayfiyat va shukr bilan boshladingizmi? Har bir kuningiz uchun Allohga shukr qilishni unutmang. Bugun ham bizga berilgan yana bir go‘zal imkoniyat.
Bugun soat 11:00 da seminarimiz bor. Sizlarni qiynayotgan, o‘ylantirayotgan mavzular haqida muslimalarim bilan gaplashamiz.
Seminar davomida jarayonlardan lavhalarni ham sizlar bilan bo‘lishib boraman. Bugungi kuningiz xayrli va barakali o‘tsin, musulmonlarim!
Bugun ofisimizning ochilish marosimi bo‘ldi
Ertaga esa ofisimizda birinchi marta o‘tkaziladigan seminarimiz bo‘lib o‘tadi.
Seminarimizga yozilganlarning barchasini kutib qolaman. Sizlar uchun eng muhim va muammoli mavzularni tanlab qo‘ydim. InshaAlloh, birgalikda barcha savollarga javob topamiz va foydali suhbat qilamiz.
Ertaga bo‘lib o‘tadigan seminarimiz uchun atigi 2 ta joy qoldi!
Agar hali joyingizni band qilmagan bo‘lsangiz, shoshiling.
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh muslimalarim!
Baxt mukammal hayotda emas, qalbingizdagi xotirjamlikda yashaydi. Bugun kuningizni shukr bilan boshlang. Balki siz izlayotgan baxt — allaqachon qo‘lingizdagi ne’matlarda yashirindir.
Yangi kuningiz xayrli, qalbingiz hotirjam, duolaringiz ijobat bo‘lsin. 🤲🏻✨
❗️❗️❗️❗️❗️
Eslasangiz, ertaga oflayn seminarim bor!
Seminar uchun atigi 5 ta joy qoldi.
Bunday seminarni yiliga atigi 1 marta o‘tkazaman.
Agar qatnashmoqchi bo‘lsangiz, joyingizni hoziroq band qiling. Joylar cheklangan. Seminarda muammolringizga birga yechim topamiz.
Joyizni band qilish uchun: @mohlaroyim_xaydarova ga yozing ✍️
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh muslimalarim,
Bugungi yangi kuningiz fayzli va barakali bo‘lsin! Siz va yaqinlaringizni yaxshi kayfiyat, xotirjamlik va quvonch tark etmasin.
Duolaringiz ijobat, niyatlaringiz amalga oshsin. Yuzingizdan tabassum, qalbingizdan ezgulik arimasin. Har bir ishingizga Alloh baraka bersin!
Kuningiz xayrli va go‘zal o‘tsin!
Nega hadya olganimizda “Voy, ovora bo‘libsiz”, “Shart emas edi” deymiz?
Chunki ko‘pincha ichimizdagi minnatdorlikni ham chiroyli qilib ifodalashni bilmaymiz. Aslida esa, munosabatlarimizdagi ko‘p muammolar ham bir-birimizga hislarimizni aytmasligimizdan kelib chiqadi.
Erkak sizga sovg‘a olayotganda vaqti, energiyasi, puli va e’tiborini sarflaydi. Siz “Shart emas edi” desangiz, u qilgan harakatlari keraksiz bo‘lgandek his qilishi mumkin.
Buning o‘rniga:
“Rahmat, aynan shuni kutgandim. Xuddi shunaqasidan olishni xohlagandim. Meni juda xursand qildingiz.” deb ayting.
Minnatdor bo‘lsangiz — ayting.
Sevsangiz — ayting.
Xursand bo‘lsangiz — ko‘rsating.
Chunki insonning qalbidagi go‘zal tuyg‘ularni ichida saqlab yurishi emas, bir-biriga yetkazishi munosabatni chiroyli qiladi.
Nega biz hadya berishganda “voy ovvora bo’libsiz” “shart emas edi” degan so’zlarni aytamiz, bilasizmi?
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotih xayrli tong muslimalarim,
😇 Bugun ozingizni kechagi kun bilan solishtiring boshqalar bilan emas. Har bir kichik qadamingiz katta natijalarga olib boradi.
Kuningiz barakali va fayli o’tsin
