en
Feedback
LEGION MFC

LEGION MFC

Open in Telegram

⚔️ Jizzax viloyatining №1 media futbol klubi ⚽️ LEGION MFC rasmiy kanali 📅 2024 — tashkil etilgan | 2026 — LEGION MFC 📲 Instagram: https://instagram.com/legionmfcuz 🤝 Aloqa: @legionmfc_admin

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
297
Subscribers
+12424 hours
+1247 days
+28630 days
Posts Archive
Hisob oldinga chiqib oldik! JIZZAX FA - LEGION MFC 1:2 Jasurbek Usmonov

Hisob tenglashdi! JIZZAX FA - LEGION MFC 1:1 Xaydarov Muhammadali

Hisob ochildi! JIZZAX FA - LEGION MFC 1:0

Video message00:13

🔄 Majburiy almashish 🔄 Nodir Botirov oʻrniga Usmonov Jasurbek tushirildi!

😗 Oʻyin boshlandi! JIZZAX FA - LEGION MFC 0-0

photo content
+8

photo content
+3

📋 #STARTING_XI 🕐 17:00 🟢 JIZZAX FA — LEGION MFC ⚽️ 🟢 https://t.me/Legionmfcuz
📋 #STARTING_XI      🕐 17:00 🟢 JIZZAX FA — LEGION MFC ⚽️ 🟢 https://t.me/Legionmfcuz

⚽️ LEGION MFC — BUGUNGI O‘YIN UCHUN TARKIB! Bugungi o‘rtoqlik uchrashuviga jalb qilingan 20 nafar futbolchimiz bilan tanishin
⚽️ LEGION MFC — BUGUNGI O‘YIN UCHUN TARKIB! Bugungi o‘rtoqlik uchrashuviga jalb qilingan 20 nafar futbolchimiz bilan tanishing! 📋 Ushbu uchrashuv futbolchilarni sinovdan o‘tkazish, ularning imkoniyatlarini baholash va jamoaviy o‘yinni shakllantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ladi. Har bir futbolchi uchun o‘zini ko‘rsatish imkoniyati! 💪 Jamoamizni qo‘llab-quvvatlang! 🤍🖤 MAYDON BIZNIKI! #LegionMFC #Dashtobod #MaydonBizniki ✈️ @LEGIONMFCUZ

🏆 O‘RTOQLIK UCHRASHUVI! LEGION MFC o‘zining ilk o‘rtoqlik uchrashuvini Jizzax shahrida o‘tkazadi. Raqib — Jizzax futbol akad
🏆 O‘RTOQLIK UCHRASHUVI! LEGION MFC o‘zining ilk o‘rtoqlik uchrashuvini Jizzax shahrida o‘tkazadi. Raqib — Jizzax futbol akademiyasi jamoasi! Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — jamoadagi futbolchilarni o‘yin sharoitida sinovdan o‘tkazish, ularning imkoniyatlarini baholash va asosiy tarkibni shakllantirish. 🟢 JIZZAX FA 🆚 LEGION MFC ⚽️ 📅 6-sentabr, yakshanba ⏰ 17:00 🏟 Jizzax futbol akademiyasi maydoni Jamoamizga omad tilaymiz! MAYDON BIZNIKI! 🔥 #LegionMFC #MaydonBizniki #JizzaxFA #OrtoqlikUchrashuvi #MatchDay ✈️ @LEGIONMFCUZ

👍👍👍👍👍👍 ⚽️LEGION MFC OCHIQ SARALASH E’LON QILADI! Klubimiz har bir futbolchiga o‘z salohiyatini namoyish etish va jamoa yutuqlariga munosib hissa qo‘shish uchun teng imkoniyat yaratadi. LEGION MFCning yakuniy tarkibi futbolchilar yig‘ini davomida o‘tkaziladigan saralash asosida shakllantiriladi. Saralashda futbolchilarning: — o‘yin mahorati; — jismoniy tayyorgarligi; — intizomi; — jamoaviy harakati; — klub shartlari va majburiyatlariga munosabati baholanadi. Eng munosib futbolchilar LEGION MFC yakuniy tarkibidan joy oladi. ⚽️ O‘z imkoniyatingizni sinab ko‘rmoqchimisiz? Saralashga qo‘shiling va o‘z kuchingizni maydonda ko‘rsating! 📩 Oʻzingizni sinab koʻrishni istasangiz @Legionmfc_admin ga yozing. ✈️ @LEGIONMFCUZ

👍👍👍 Kimdir bu videoda shunchaki chiroyli kadrlarni ko‘radi. Biz esa unda Dashtobodning kelajagini ko‘ryapmiz! Bu — biz qurmoqchi bo‘lgan jamoa. Bu — biz qayta uyg‘otmoqchi bo‘lgan ruh. Bu — biz yana baland ko‘tarmoqchi bo‘lgan DASHTOBOD nomi! Dashtobodliklar, birlashish vaqti keldi! Yo‘qolib borayotgan o‘zligimizni hech kim kelib tiklab bermaydi. Uni o‘zimiz — bir safda, bir yurak bo‘lib qayta tiklaymiz! Kimda kuch bo‘lsa — kuchi bilan, kimda g‘oya bo‘lsa — g‘oyasi bilan, kimda imkon bo‘lsa — imkoniyati bilan safimizga qo‘shilsin! LEGION MFC — bir kishining emas, butun Dashtobodning loyihasi! Bugun birlashsak, ertaga Dashtobod nomi katta maydonlarda jaranglaydi! O‘zligimiz uchun! Kelajagimiz uchun! Dashtobod uchun! Shiorimiz: BIR SAF. BIR KUCH. BIR MAQSAD. MAYDON BIZNIKI! ✈️ @LEGIONMFCUZ

🔄Bir g‘oya. Bir jamoa. Bir maqsad. ⚽️ LEGION MFC asoschilari bilan jamoaning tashkil topishi haqida videoreportaj.🎤 ✈️ @LEGION_MFC

Orzular bir kun haqiqatga aylanadi. ⚽️ LEGION MFC Taniganlar bormi?? ✈️ @LEGIONMFCUZ
Orzular bir kun haqiqatga aylanadi. ⚽️ LEGION MFC Taniganlar bormi?? ✈️ @LEGIONMFCUZ

⚽️ LEGION MEDIA FOOTBAL CLUB 🎼 🏆 Bizni kuzatib boring: Telegram kanal: @HL_8x8 🌐 Instagram: havaskorlarligasi ✍️ Admin: @Botirov_DP

LEGION MFC logotipining rasmiy tavsifi LEGION MFC logotipi — Dashtobodning qadimiy tarixi, milliy g‘ururi va zamonaviy futbol
LEGION MFC logotipining rasmiy tavsifi LEGION MFC logotipi — Dashtobodning qadimiy tarixi, milliy g‘ururi va zamonaviy futbol ruhining yagona timsolidir. Dashtobod shahri qadimda Qoratepa nomi bilan tanilgan. Shahardagi Qoratepa balandligi xalq orasida Qorovultepa deb ham ataladi. Mahalliy rivoyatlarga ko‘ra, bu balandlik Amir Temur davrida atrofni kuzatish, xavf-xatarni oldindan aniqlash va uzoq masofalarga xabar yetkazish uchun xizmat qilgan. Shu sababli Qorovultepa — hushyorlik, himoya, uzoqni ko‘ra bilish va ona yurtga sadoqat ramzi sifatida logotip g‘oyasining tarixiy asosini tashkil etadi. Logotip markazidagi sarkarda siymosi millatimizning buyuk bobosi, markazlashgan davlatchilik va yengilmas harbiy iroda timsoli — Sohibqiron Amir Temur obraziga bog‘langan. U klubning jasorat, qat’iy intizom, kuchli yetakchilik, mukammal strategiya va faqat g‘alabaga intilish kabi asosiy qadriyatlarini ifodalaydi. Sarkarda ortidagi quyosh nurlari Dashtobod futbolida boshlanayotgan yangi davr va yangi uyg‘onishni anglatadi. Moviy gumbazlar, minoralar va milliy naqshlar xalqimizning boy tarixi, o‘zbekona ruh va Temuriylar davri bunyodkorlik merosini aks ettiradi. Qalqonsimon tashqi shakl esa Qorovultepaning tarixiy vazifasiga uyg‘un holda himoya, hushyorlik, birdamlik va mustahkam saf ramzidir. Logotipning pastki qismida oddiy futbol to‘pi o‘rniga aynan Dashtobod shahrida asos solingan Havaskorlar ligasi logotipining ramzi joylashtirilgan. Bu belgi LEGION MFCning Dashtobod futbol muhiti va Havaskorlar ligasi bag‘ridan yetishib chiqqanini, klub ushbu liganing sha’ni va salohiyatini viloyat hamda respublika maydonlarida himoya qilishini anglatadi. Ochiq manbalarda ham D-Liga faoliyati 2019-yildan qayd etilgan va havaskorlar chempionati loyihasi dastlab Dashtobodda boshlanganligi ko‘rsatilgan. Qora rang — kuch va salobatni, oltin rang — zafar, sharaf va ulug‘vorlikni, feruza rang esa milliy ruh, sadoqat va yangilanishni ifodalaydi. “DASHTOBOD” yozuvi klubning o‘z yurti, tarixi va ildizlariga bo‘lgan sadoqatini mustahkamlaydi. Bu shunchaki futbol klubi logotipi emas — bu Qoratepadan Dashtobodgacha davom etgan tarix, Amir Temurdan meros iroda va Havaskorlar ligasi atrofida birlashgan yangi futbol avlodining ramzidir. 🏆 Bizni kuzatib boring: Telegram kanal: @HL_8x8 🌐 Instagram: havaskorlarligasi ✍️ Admin: @Botirov_DP

✅✅✅✅✅ LEGION MEDIA FOOTBALL CLUB TASHKIL ETILDI! Dashtobod futbolini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida Legion Media Football Club jamoasini tashkil etdik! Ushbu klub shahrimiz Havaskorlar ligasining eng kuchli o‘yinchilarini yagona safga jamlaydi hamda viloyat va respublika miqyosidagi rasmiy chempionatlarda Dashtobod shahri nomi va sha’nini munosib himoya qiladi. Maqsadimiz — media va professional futbolni uyg‘unlashtirish, futbolchilarimizga o‘z iste’dodini katta maydonlarda namoyish etishi uchun imkoniyat yaratish va shahrimizda har qachongidan ham kuchli futbol muhitini shakllantirish. Eng katta maqsadimiz — Dashtobod ahli va yosh avlodimiz uchun zamonaviy stadion qurish! Bu jamoa iqtidorli yoshlarni kashf etish, ularni professional futbol sari yo‘naltirish va kelajak chempionlarini o‘z shahrimizda tarbiyalashga xizmat qiladi. Inshaalloh, Legion MFC shunchaki futbol klubi emas, balki Dashtobod futbolining kelajagi uchun boshlangan katta harakatga aylanadi! Sizlarni ushbu ezgu loyihamizni qo‘llab-quvvatlashga chaqiramiz. Ishonamizki, yordamingizni ayamaysiz va Dashtobod futbolining yangi tarixini birgalikda yozamiz! LEGION MEDIA FOOTBALL CLUB DASHTOBOD FUTBOLIDA YANGI DAVR! 🏆 Bizni kuzatib boring: Telegram kanal: @HL_8x8 🌐 Instagram: havaskorlarligasi ✍️ Admin: @Botirov_DP

🔥🔥🔥🔥🔥 BATAFSIL MAʼLUMOT TEZ ORADA!!!
🔥🔥🔥🔥🔥 BATAFSIL MAʼLUMOT TEZ ORADA!!!

Dashtobod futbolida yangi davr boshlanmoqda. TEZ KUNDA... ⚔️🚩 🏆 Bizni kuzatib boring: ✅ Telegram kanal: @HL_8x8 🌐 Instagra
Dashtobod futbolida yangi davr boshlanmoqda. TEZ KUNDA... ⚔️🚩 🏆 Bizni kuzatib boring: Telegram kanal: @HL_8x8 🌐 Instagram: havaskorlarligasi ✍️ Admin: @Botirov_DP