en
Feedback
NASHRIYOD | OAK JURNALLARI

NASHRIYOD | OAK JURNALLARI

Open in Telegram

©️ NASHRIYOD — ilm, bilim va sifatli nashrlar maskani. Maqsadimiz — ilm-fan va ta'lim rivojiga hissa qo‘shish hamda yoshlarning ilmiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash. 📩 Hamkorlik va murojaatlar uchun: @Huquqv

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
1 589
Subscribers
-424 hours
-87 days
-830 days
Posts Archive
❤️❤️-ishtirokchi 📝Yozuvchi: O‘lmas Umarbekov 👩‍🎓Ishtrokchi: O‘zbekiston davlat Jahon tillari universiteti talabasi: Dilrabo Ibragimova 📘Asar nomi: "Odam bo‘lish qiyin" Asar uchun iqtibos: 📌“Odam bo‘lish oson emas. Chunki odamlik degan martaba insonning tashqi ko‘rinishida emas, uning yuragida, fe’l-atvorida, vazminligida, vijdonida yashaydi. Ba’zan odam deb yuradiganlar odamlikning asl mazmunini unutadi, o‘z nafsiga yengilib, qalbidagi eng muhim fazilatlarni yo‘qotib qo‘yadi. Aslida esa odam bo‘lish — har kuni o‘zini sinash, har kuni o‘zini tarbiyalash, har kuni yaxshilik yo‘lida kichik bo‘lsa ham bir qadam tashlash demakdir. Kishi shu yo’lda adashsa, qadridan ayriladi; o‘zini yenga olsa, insonlikning eng baland cho‘qqisiga chiqadi. Insonni ulug‘laydigan ham, yerga uradigan ham uning o‘zi. Shuning uchun odam bo‘lish qiyin, ammo odam bo‘lib qolish undan-da qiyin.” https://t.me/Oak_jurnallari1/5605

❤️❤️-ishtirokchi "O'zingga muloyim bo'l" kitobidan Iqtibos: "Bolalikda aloqalarni yo'qotish dunyoning oxiri kabi tuyuladi — Voyaga yetgan hayotda hurmat bilan qo'yib yuborishning ko'plab usullar bor." Sodikova Muslima https://t.me/Oak_jurnallari1/5604

❤️❤️-ishtirokchi Tanlangan kitob Binafsha shulasi Iqtibos;“Inson qalbida umid so‘nmas ekan, hatto eng qorong‘i tun ham binafsha shuʼlasi bilan yorishadi.” Umbetova Muslima Alisher qizi https://t.me/Oak_jurnallari1/5602

❤️❤️-ishtirokchi Saydullayeva Zeboxon Do‘stlaringni tanlashing mumkin, lekin oilangni tanlay olmaysan. Ularni tan olasanmi-yo‘qmi, baribir ular sening oilang bo‘lib qolaveradi. 📚"Taqlidchi qushni oʻldirish" https://t.me/Oak_jurnallari1/5601

❤️❤️-ishtirokchi Abdulla Qodiriy oʻz davrining ilgʻor bir ziyolisi sifatida Vatan va millat taqdiri xususida qaygʻurdi. “Oʻtkan kunlar” romani orqali xalqning milliy ongini uygʻotmoqchi, “tariximizning eng kir, qora kunlari” — yurtni mustamlaka balosiga yoʻliqtirgan keyingi noahil “xon zamonlari”dan soʻz ochib, bu ayanchli haqiqatdan xalqqa saboq bermoqchi boʻldi. Asardagi har bir qahramon o'zbek millatining xarakterini ochib beruvchi kalitlardir. Masalan, Yusufbek hoji haqida shunday fikrlar keltiriladi: "Yusufbek hojining qiziq bir tabiati bor: xotini bilangina emas, umuman, uy ichisi bilan har qanday masala ustida bo‘lsa-bo‘lsin uzoq so‘zlashib o‘tirmaydir… Hoji bir necha vaqt so‘zlaguchini o‘z og‘ziga tikiltirib o‘lturg‘andan so‘ng, agar ma’qul tushsa “xo‘b” deydir, gapga tushunmagan bo‘lsa “xo‘sh” deydir, noma’qul bo‘lsa “durust emas” deydir va juda ham o‘ziga noma’qul gap bo‘lsa bir iljayish bilan kifoyalanib, mundan bosh­qa so‘z ayt­maydir va aytsa ham uch-to‘rt kalimadan nariga oshmaydi" Asardagi har bir obraz, har bir detal alohida ahamiyatga ega. Shunga ko'ra, biz asarni ,,O'zbek xalqining mangu o'zligini aks ettirgan badiiyat namunasi" deb atashimiz mumkin. Xolmatova Tabassumxon Baxtiyor qizi https://t.me/Oak_jurnallari1/5600

❤️❤️- ishtirokchi Abdulla Qodiriy " Daxshat" hikoyasi " Qorongʻu va sukut ichida odamning yuragini siquvchi qoʻrquv sekin - asta ongni egallab aqlni ojiz qoldiradi. Amirqulova Munira Hamza qizi https://t.me/Oak_jurnallari1/5599

❤️– Ishtirokchi 📘 Asar: Alisher Navoiy — “Mahbub ul-qulub” 📖 Iqtibos: “Ilm — so‘zda emas, siyratda namoyon bo‘lar, u insonni buyuk qilmas — insonlik qiladi. Ilm qalbga tushsa, kibr so‘nar, adolat uyg‘onar, nafs emas, vijdon hukmron bo‘la boshlaydi. Ilm bilan bezangan qalb — eng go‘zal ziynat, ilm bilan qilingan amal — eng oliy ibodat. Shunday ilm bor — u insonni mashhur qilmaydi, lekin Haqqa yaqinlashtiradi.” ✍️ Xamidova Muxtasarxon https://t.me/Oak_jurnallari1/5598

8⃣ -Ishtirokchi Mansurova Farangiz O‘lmasjon qizi Qo‘qon Davlat Universiteti talabasi 📕 Asar: “O‘tkan kunlar” (Abdulla Qodiriy) ✍️ Asarning bosh g‘oyasi haqida: “O‘tkan kunlar” asari orqali muallif jamiyatdagi ma’naviy inqiroz, eskicha qarashlar va noto‘g‘ri an’analarning inson taqdiriga salbiy ta’sirini ochib beradi. Asarda muhabbat, sadoqat, vijdon va erkin fikr uchun kurash g‘oyalari yetakchi o‘rinni egallaydi. Qahramonlar taqdiri orqali o‘quvchi o‘tmish xatolaridan saboq olish, adolat va ma’rifat yo‘lida harakat qilish zarurligini anglaydi. Ushbu asar insonni hayotga tanqidiy nazar bilan qarashga va ma’naviy uyg‘onishga chorlaydi. 🖋 Iqtibos: > “Ma’rifat bo‘lmagan joyda zulmat hukm suradi.” https://t.me/Oak_jurnallari1/5597

7⃣ -ishtirokchi “YURAKNI OGRITMASLIKNI O‘YLAB BA’ZIDA SUKUTNI TANLAYMAN. LEKIN SUKUT HAM BA’ZAN ENG OG‘IR SO‘Z BO‘LIB ESHTILADI… SO‘Z AYTISH UCHUN JASORAT KERAK, SUKUT SAQLASH UCHUN SABR KERAK…” Yusufova Nargizaxon https://t.me/Oak_jurnallari1/5595

6⃣ -Ishtirokchi "Inson bu dunyoda bir eshikdan kirib keladi, bir eshikdan chiqib ketadi, ammo shu ikki eshik orasida kimdir sevib, kimdir yoʻqotib, kulib va yigʻlab yashaydi. Aslida umrning butun mazmuni ham ana shu oraliqda yashiringan." Oʻtkir Hoshimov "Ikki eshik orasida" Xakimjonov Sarvarbek ism familyam https://t.me/Oak_jurnallari1/5594

5⃣ -ishtirokchi Yangiboyeva Gulmira Umid qizi Shahrisabz davlat pedagogika instituti Filologiya fakulteti 2- kurs talabasi. Iqtibos: "To'g'ri taqsimlangan vaqt —bu to'g'ri  shakllangan aqlning aniq belgisidir". Kitob nomi: O'z "Ferrari"sini sotgan rohib https://t.me/Oak_jurnallari1/5593

❤️-ishtirokchi 📜 Asar: "Dunyoning ishlari" ✍ Muallif: O'tkir Hoshimov. Iqtibos: "Dunyoning ishlari shunaqa - eng katta haqiqatlar ham oddiy yuraklarda yashirin boʻladi" Fargʻona Davlat Universiteti 1-kurs talabasi Zulumbekov Behzodbek https://t.me/NASHRIYOD/134

3⃣-ISHTIROKCHI Baxtiyor oila qurush uchun asosiy qo'llanma bo'la oladigan kitob. Har bir insonning oiladagi o'rni, turmushdag
3⃣-ISHTIROKCHI Baxtiyor oila qurush uchun asosiy qo'llanma bo'la oladigan kitob. Har bir insonning oiladagi o'rni, turmushdagi vazifalar, shariat ko'rsatmalariga ko'ra islomiy hayot barcha barchasi go'zal va aniq talqin qilingan. Har bir oila qurush arafasidagi yoshlarga, nafaqat oila qurush arafasidagi, va yoki turmush qurib hozir yashayotgan insonlar ham oilalarni mustahkamlovchi kitobni o'qishlari kerak deb hisoblayman. Atrofingizda bo'layotgan urf-odatlar, insonlarning qilayotgan xatolarini Qur'ondan keltirilgan suralar orqali go'zal sharhlab berilgan. Ota-onaning farzand oldidagi burchlari, farzandning ota-ona oldidagi burchalari hammasi aniq va ravshan holatda tushuntirilgan. Qarindoshlik aloqalarining mustahkamligining inson hayotidagi o'rni barcha barchasi mujassam ushbu kitobda. Alloh o'qiganlarimizga amal qilib, go'zal va baxtli oila qurib yashashni nasib qilsin! O'qigan va uqqan bo'laylik ilohim. In shaa Alloh! Rahmanova Iroda Abdusaid qizi https://t.me/NASHRIYOD/129

❤️-ISHTIROKCHI Kitob nomi: Odam bo'lish qiyin. Muallif: O'lmas Umarbekov Menga yoqadigan sabablar: Hayotiy voqealar yoritilgan. Insoniylik va halollik ulug'langan. Tarbiyaviy ahamiyatga ega. O'qishga qiziqarli va tushunarli. Qiziqarli joylari: Qahramonlarning hayot sinovlari. To'g'ri va noto'g'ri yo'l tanlovi. Insoniy fazilatlarning qadrlanishi. Voqealar ta'sirli va hayotiy tasvirlangan. Qisqacha izoh: "Odam bo'lish qiyin" asari insonning hayotdagi sinovlari, halollik, vijdon, mehr-oqibat va mas'uliyat haqida hikoya qiladi. Asar kitobxonni yaxshi inson bo'lishga undaydi. Kitobdan iqtibos: "Odam bo'lish qiyin, ammo odam bo'lib qolish undan ham qiyin." F.I.Sh: Urunbayev Behruz Bekzod o'g'li https://t.me/NASHRIYOD/128

1⃣-ISHTIROKCHI Biz hammamiz prollarmiz! Oruellning mashhur "1984" asarida "Og‘ir jismoniy mehnat, qo‘shnilar bilan urush janjal, kino, futbol, pivo va asosiysi tadbirbozlik. Mana nimalar ularning dunyoqarashini shakllantiradi. Ularni boshqarish judayam oson." Xayitboyeva Dildoraxon G'ulomjonovna https://t.me/NASHRIYOD/127