Али🧢
Open in Telegram
inson axloqi ila qalblarda qolur. -O’qigan kitoblarim haqida yozib boraman…📚
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
857
Subscribers
-324 hours
+147 days
-3230 days
Posts Archive
857
~Masjidda oyoq kiyim yo'qatish bu-kichik yo'qotishdir..
Oyoq kiyiming masjidda yo'qligi bu-katta yo'qotishdir...)
Qaytadan o'qing...
857
#tugadi 32/50 2026🕊️
•Insonlar sayyorasi
•Antuan De Sent Ekzyuperi
•206bet
•27/07/26➡️04/08/26
•
Bu kitob oddiygina sarguzashtlar bayoni emas, balki osmonu zamin, hayot va mamot orasidagi kurash orqali insoniylikning asl mohiyatini ochib beruvchi falsafiy mushohada mahsulidir. Shamol, qum, ummon hamda yulduzlar og‘ushida kitobxon qahramonlar bilan birgalikda chinakam do‘stlik, fidoyilik va insonning o‘zgalar oldidagi mas’uliyatini yangitdan kashf etadi.
Ushbu asar hayotning cheksiz go‘zalligini anglashga undovchi bebaho manba sifatida javoningizni bezabgina qolmay, qalbingizdan chuqur joy ham egallaydi.
857
~Keyin xech nima seni xafa qilmay go'yadi.
Hayoting yonishni boshlasa sen unga termulib choy ichishni boshlaysan))
857
So‘ng… yana yo‘lga tushiladi. Yer yuzi biz uchun ana shunday — ham kimsasiz sahro, ham xazinadir. U shunday yashirin va mo‘jaz bog‘larga boyki, garchi ularga yetishish qiyin bo‘lsa-da, kasbimiz bizni ertami-kech, baribir o‘sha go‘shalarga boshlab boradi.😘
Insonlar sayyorasi📚
857
Yurakni qayg‘ular egallab achchiq,
Qalbingga yetmasa havolar mudom
Vujuding hamdami bo‘lganda sanchiq,
Ulg‘ayib kamolga yetibsan tamom.
Ulug‘lik muborak bo‘lsin, azizim,
Ammo iztirobga hozir bo‘lgaysan.
Iztirob — daryoga aylangan ko‘zim,
Daryoga har kuni cho‘kib kulgaysan.
Akrom Malik
857
Siz bilan nima bo‘lgan va nima bo‘layotgan bo‘lsa, buni faqat siz bilasiz.
Hech kim hech qachon dunyoga sizning ko‘zingiz bilan qaray olmaydi, siz ko‘rgan narsani ko‘ra olmaydi va uni siz tushungandek tushuna olmaydi.
