221
Har doim samimiy boʻling.. Xatto zinadan yiqilib tushsangiz ham.. Mashaalloh buncha tez tushdim deng.😁😅
24 Nov 2025, 23:26
Maqsad bu qalbning o'tidir. Agar u yoqmasa demak, u sening maqsading emas. Manfaat vaʼda qilmayman!
Show moreHar doim samimiy boʻling.. Xatto zinadan yiqilib tushsangiz ham.. Mashaalloh buncha tez tushdim deng.😁😅
#fikr#yoshlarHozirgi zamonda iffat haqida gap ketganda, ko‘pchilik uni faqat kiyinish bilan bog‘laydi. Go‘yoki iffat – faqat qizlar uchun belgilangan tushuncha, avratni yopish bilan cheklanadigan qoidalar to‘plami. Lekin aslida iffat nafaqat tashqi, balki ichki poklik hamdir. O‘spirin yoshdayoq insonning iymoni shakllanadi. U nimani ko‘rsa, nimani eshitsa, kim bilan yurib, qanday hayot tarzi qabul qilsa, kelajakda shunga qarab yo‘l oladi. Shuning uchun iffatni faqat kiyim bilan cheklash noto‘g‘ri. Iffat – bu nigohning pokligi, fikrning tozaligi, gap-so‘zning halolligi, yurakning beg‘uborligidir. Ko‘pincha inson o‘z iymoniga ta’sir qilayotgan narsalarni sezmaydi. Kulgi aralash, memlar yoki hazil tariqasidagi gaplar bilan qanchadan-qancha yoshlar iffatidan uzoqlashib, gunohlarga befarq qaray boshlaydi. Kino va musiqalar, do‘stlar ortasidagi suhbatlar, ijtimoiy tarmoqlardagi “zamonaviy” trendlar asta-sekin insonning hayosini yo‘qotadi. Eng yomoni, inson buni his qilmaydi ham. Chunki shayton doim bu narsalarni chiroyli qilib ko‘rsatadi, normal holga aylantiradi. Rasululloh (s.a.v.) aytganlar: "Hayo – iymondandir." Demak, hayosi yo‘qolgan insonning iymoni ham zaiflashadi. Iffat nafaqat qizlar, balki yigitlar uchun ham shunchalik muhim. O‘zi insonning asl tarbiyasi va imoni hech qachon ochiq ko‘rinmaydi – u qanday xonada yolg‘iz o‘tirgani, kim bilan nimalarni gaplashayotgani va yuragida qanday niyat borligida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun, iffatni faqat kiyinish bilan o‘lchash yetarli emas, balki qalb va ong pokligini saqlashni ham umutmaslik kerak. Chunki haqiqiy poklik – bu faqat tanani emas, qalbni ham toza saqlashdir.
Rumiyning bir gapi bor. "Oʻlim bilan uygʻonursan. Shoshil sen oʻlmasdan avval uygʻon.🪶
Bir kun hozir yozayotgan,o’ylayotgan fikrlarim o’zimga noodatiy bòlib tuyular lekin kun kelib shuni anglashim hamon bir nuqtada qotib qolmayotganim,yoshimga nisbatan fikrlarim ham ulg’ayayotganini anglatadi.Shuni o’zi katta narsa men sizga aytsam;)Bismillah deb boshladik) Ichimdagi gaplar..🌟