Ismoiliyliklar
Closed channel
"Erkak boʻlib tugʻilma sharqda"
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
224
Subscribers
-324 hours
-27 days
-2230 days
Posts Archive
Ba’zida oʻz onang qachon odam boʻlasan deydi. Oʻsha payti bir savol keladi hayolga. Nahotki siz odam tugʻmaganmisiz? Nahotki meni Bulgakovning personaji Sharikovga oʻxshagan mavjudot tuqqanmidiki men odam boʻlishga intilsam degim keladi.
Layli yomonlarga duch kelaverdim
Ehtimol oʻzim ham yomonman Layli
Layli menga qaydan kuch kelaverdi
Nechun hali hamon omonman LayliNurmuhammadzoir
Chorsuda Nurmuhammadzoir bilan kvartirada turganimizda aka har kuni yangi yozgan she’rini oʻqib berardi. Asosan tunda she’r yozardi. Soat tungi ikkimi, uchmi ba’zida beshmi farqi yoʻq edi. Oʻqib beraymi derdi. Davay aka derdim. Keyin dard bilan she’rni oʻqishni boshlardi. Shu degandek mana shu she’riniyam birinchi menga oʻqib bergandi. Odam akani she’r oʻqib berishiniyam sogʻindi…
Ba’zida topganim ichib qoʻyaman
Sirni boy bermasdan ulfatlar ilaRauf Parfi ps: AI aytgan eng zoʻr qoʻshiq shu
Gunohkorman yolgʻiz men oʻzim
Yana meni oqlaysan onaRauf Parfi Har eshitganimda koʻzga yosh keladi. Abdukarim akayam shedevr oʻqiganda she’rni. Eshitinglar!
Mushuk boʻlib tugʻilmaymanmiyey? Yotardim Havasmi, Korzinkami bittasini eshigini tagida. Chiroyli-chiroyli qizlar kelib mani silab ovqat berishardi. Ex xudo erkak boʻlib tugʻilma Sharqda!
Nima uchun odamlarga koʻpchilik qanday yashashni oʻrgatishga ishtiyoqmand? Nahotki oʻzingni hayoting shu daraja zerikarli boʻlsa? Nahotki sen sodda haqiqatni tushunmasang. Yani odamlarga seni nima deyotganing qiziq emas. Ular bir daraxt kabi. Agar bir daraxt yigirma yil davomida qiyshiq oʻsgan boʻlsa uni eng zoʻr arqonlar bilan tortib ham toʻgʻirlay olmaysan. Chunki u shunaqa qotib ketgan yillar davomida. Shunday ekan oʻzingni hayotingda yasha. Nimadirlar oʻqisang yoki koʻrsang oʻsha haqida yoz. Nima qilasan odamlarga qanday yashashni oʻrgatib?
Jadidlarni kim sotgan? Daxshat haqattan ularni kim sotdi? Oybekmi, Hamid Olimjonmi yoki Gʻafur Gʻulommi? Ex xudoo ashnaqa u sotgan bu sotgan degichlarni hammasini oʻsha paytdagi zah podvalga olib tushib ayoli bilan bir ogʻiz shantaj qilinsa oʻzlariyam yozib berishlari aniqku. Nega urushdan keyin qahramon boʻlishadi?
Keling jadidlarniyam xatolari haqida gaplashamiz. Negadir jadidlarni juda ulugʻlab yuboryapmiz. Lekin oddiy Choʻlponning “Kecha va Kunduz” asariga qaraylik. Asarning kecha qismida qizning fojeasi bilan tugaydi. Lekin oʻsha vaqti qaysi davrga bogʻliq edi? Endi kunduz qismida esa qiz oʻqirkan karera qilarkan. Bu qaysi davrda boʻlyapti? Sovetlar davridamasmi? Demak sovetlar bizning kechamizni yoritganmi? Yani qorongʻu kunlarimiz yorugʻ kechalarga aylangan boʻlmayaptimi? Mantiqan oʻylaylikchi? Shunda Choʻlpon ham sovetlarga ishonganmasmi?
Usmon Nosir Stalinga yozgan xatida nima degan edi? Stalin va Lenin haqida she’riy doston yozmoqchi ekanligini uni boshlab qoʻyganligi haqidayam yozmaganmidi? Ha shu biznikilar lanatlaydigan Stalin va Leninga bagʻishlab she’riy doston yozmoqchiman degan inson Usmon Nosir edi!
Abdulla Qodiriy – yozuvchining tergovdagi koʻrsatmalariga qarasak u ham sovet davlatiga dushmanmasligini yoki muholif kayfiyatda emasligini aytgan.
Xullas biz judayam jadidlarni ulugʻlavoryapmiz va ularni salkam inson sifatida chiqarib ilohiylashtiryapmiz. Bu xato.
Kimgadir ovozli kitob kerakmasmi? Sigaret ham chekib kitob oʻqib bera olish qobilyatiga ega. Ishlaydi kamiga puliyam bor.
Shundoq ketyapsan yon tomoningda shu rasm turibdiyu birdan qandoq soʻkinganingni bilmay qolasan.
Xalq koʻcha ijodi turkumidan. Qoʻrqinchlimi?
Javlon Jovliyevdan yaxshi hikoya. Oʻqinglar-ey vaqt topib. Nihoyatda goʻzal yozilgan.
Bu hikoyani akani tilidan eshitganimdan beri qayta-qayta oʻqib turardim. Mana endi mehrim joʻshib sizlarga ham ilinyapman. Shunday ekan oʻqinglar!
Axir Ismoiliy janoblari, oʻqing a’lo, boʻling dono demaganmidi?
https://yoshlikjurnali.uz/nasr/meni-sevib/
Birodarlik hissi
Bilasizlarmi oldinlari bizda birodarlik hissi boʻlgan. Yani bizda emas bizdan oldingi avlod vakillarida. Misol uchun eski uylarning koʻpi hashar bilan qurilgan. Yoki ikkinchi jahon urushi davrini eslaylik. Oʻzbeklar (seni, meni buvimlarimiz) front ortida ham katta mehnat qilishgan. Hattoki soʻngi chaqasi tugul yeydigan narsasigacha uyidan olib chiqib bergan. Seningcha bu hozirgi kunda soddadillik yoki oʻsha paytdagi makkor tuzum odamlarning omiligidan foydalangandek tuyilishi mumkin aslida bu birodarlik hissi oʻsha paytdagilarda yuqori boʻlganligidan dalolat.
Oxirgi yillar negadir biz juda koʻp narsani oʻzimiz bilar-bilmasdan supurib tashlashni boshladik. Bu eskilik bu kommunizmdan qolib ketgan sarqit dedikda koʻp narsani oʻzgartirdik. Aslida kommunizm qolgan yaxshi narsalar ham bor edi. Ha gapni yana birodarlik hissiga olib bormoqchiman. Ana shu narsa kommunizm jamiyatida yashaganlarda ancha rivojlangan edi. Biroq biz uni ham supurib tashladik. Balki hozir ham bu narsa bir qancha insonda saqlanib qolgandur. Lekin ularni ham ongida bu vijdoni oldida oʻzini oqlashga urunishdan boshqa narsa emas. Biz oʻzimiz anglar-anglamas hayotimizni ham oʻzgalar qoʻliga topshirdik. Oʻzgalar bizga media orqali qanaqa yashash kerak ekanligini singdirishni. Avvalambor oʻzingni sev va oʻzingni komforting uchun yasha deyishdi. Biz esa faqat shunisida cheklandik. Sababi oʻsha mediada chiqib olib qanday yashash kerakligini oʻrgatayotganlar ham shundan boshqasini bilmasdida. Ey xullas biz juda oʻzimizni sevishga oʻzimizni komfortimizni oʻylashga berilib ketganmizki tashqi atrofdan yaxshigina uzilganmiz. Oʻzimizga-oʻzimiz mahliyomiz. Xuddi Dorian Greydek. Bu mahliyolikni oʻzini komfortini sevishni biz shaxsiy chegara deb olganmiz va bu chegarani boshqalar buzishini istamaymiz. Aslida bu shunchaki narsisizmdan boshqa narsa emas. Bu narsa oxir-oqibatda bizni jarlik tomon eltadi. Yani insoniylik tomondan. Aslida bu jarlik tomongan ancha yaqinlashib ham boʻlganmiz…
Qolganini yozgim kelmadi. Kechirasizlar. Bir kuni qayerda koʻrib qolsanglar shu mavzuni ochsangizlar nolib gapirib beraman mayli.
Agar inson do‘stlikni nom uchun ishlatsa, u aslida o‘z tilini ham, munosabatini ham arzonlashtiradi. Natijada jamiyatda “do‘st” degan so‘z qoladi, lekin do‘stlikning o‘zi yo‘qoladi. Shu ma’noda, Seneka Lusiliyni ayblamaydi, balki uni fikrlashga majbur qiladi: sen bu odamni chindan do‘st deb bildingmi yoki shunchaki odob yuzasidan shunday atadingmi? Agar ikkinchi holat bo‘lsa, bu ayb emas. Lekin birinchi holat bo‘lsa, unda hadiksirashni to‘xtatish lozim. Chunki haqiqiy do‘stlik yarim ishonchni ko‘tarmaydi. Seneka do‘stlikni hissiy yaqinlik emas, axloqiy qaror sifatida ko‘radi. Do‘stlik – kimnidir “do‘st” deb atashmas, balki u bilan o‘zingni yashirmasdan tutishdir. Agar kishi bunga tayyor bo‘lmasa, u hali do‘st orttirmagan, faqat so‘z ishlatgan bo‘ladi.
do‘st davrasi insonning niqobsiz qola biladigan makoni. Agar do‘st huzurida ham inson o‘zini nazorat qilib, gapini o‘lchab, qalbini berkitib o‘tirsa, u munosabat do‘stlik emas, ijtimoiy rol o‘ynashdir. Seneka uch bosqichli axloqiy talab qo‘yadi: o‘z oldingda rost bo‘l – ayb bilan yashama; do‘st oldida ochiq bo‘l – tashvishni yolg‘iz ko‘tarma; ishonchni himoya qil – shubha bilan munosabatni yemirma. Shu ma’noda, Seneka uchun do‘stlik – insonning vijdoni tekshiriladigan joy. Kim do‘st huzurida ham o‘zini yolg‘iz qolgandek his qila olmasa, u hali na do‘st orttirgan, na o‘zi bilan rost bo‘lishni o‘rgangan bo‘ladi.
