en
Feedback
Ismoiliyliklar

Ismoiliyliklar

Closed channel

"Erkak boʻlib tugʻilma sharqda"

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
224
Subscribers
No data24 hours
-37 days
-1730 days
Posts Archive
Ochigʻi manga alam qilishni boshladi uje. Misol uchun hozir soat besh. Man bir soatdan beri videoyimni montaj qilish bilan bandman va u videoni joylayman hamki u video mingta ham layk olmaydi. Lekin anetta bemaza bitta vayn yoki oʻn kishiga ehson qilamiz keyingisi siz boʻlishiz mumkin degan bratni videosi kamida ellik ming layk oladi. Ochigʻi bu odamni depressiya tomon boshlarkan. Misol uchun bugun chiqazajak videoyim Maxtumquli va uning fojeali hayoti haqida. Shoirni xotinini oʻgʻirlab ketishgan. Bu haqida koʻpchilik bilmaydi misol uchun. Tepada Bahrom Nazarov aytgan qoʻshiqni she’rini ham shu ayoliga bagʻishlab yozgan. Maxtumquli keyin nima qilgan bu haqida batafsil tushuntirganman. Nu koʻnglim davay montajini tugatib joyla deyapti. Aqlim kerakmas hozir uxlavor ertalab 9da syomkang bor deyapti. Xullas bilmadim. Oxirgi 5ta videoyimni bittasigina mingta laykdan oʻtgan. Nu shuncha mehnatga shuncha harakatga ba’zida juda achinib ketaman. bu koʻrolmaslikdan emas. Shunchaki odam vaqtiga mehnatiga achinadiku. Shunaqa xolat mandayam hozir. Sizlarni yaqin olib yozyapmanda yana hasadchi ekan deb yurmanglar mani :)

Bugun Hazratov bilan koʻrishdik endi oʻrta meyona shoirlarga non qolmaydi dedi u kishi. Xullas bu kishim menga suniy intelekt tomonidan yozilgan she’rlarni oʻqib berishga tushdi. Bir qaraganda haqiqattan oʻrta meyona shoir yozgandek koʻrindi. Biroq u she’rlarni odam emas suniy ong yozgandi. Suhbat oxirida endi eng ta’sirli yoza oladigan shoirlar qolishi mumkin dedi. Suniy ong yozgan she’rlarni eshitganimdan soʻng bu gapni tasdiqlamasdan boshqa ilojim qolmagandi. Aslida Hazratov ayab gapiradigan odam. Lekin real koʻz bilan qarasak oʻrta meyona tugul undan yuqoriroq boʻlgan shoirlardan ham yaxshiroq yozishi mumkinligi aniq. Yani hozir mayli u darajada yoza olmaydi deb oʻylashimiz mumkin biroq vaqti kelib u deyarli hammadan zoʻrroq shoir boʻlishi mumkin. Kimdir shu gaplarni oʻqiyotib yagʻey gapni ja olasizda Ismoiliy. Baribir uni yozgani odamnikidek chiqmaydi uning uchun ilhom kerak. Talant kerak. Yana allambalo narsalar kerak deb oʻylayotgan boʻlishi mumkin. Mayli shunday oʻylasa ham. Lekin mana bu pastdagi she’rni bir oʻqib koʻringlar. Shunda men nima demoqchi ekanligimni tushunishlaringiz mumkin. Kel birga boʻlaylik, ayriliqqacha… Meni malomatga qoʻymasin bu vaqt. Chaqmoq ham yashaydi bir lahza faqat, Lekin shu lahzada porlar butun baxt. Xuddi qaysidir shoir yozyotgandek tuyildimi sizlarga ham? Birinchi qator Nurmuhammadzoirni she’ridan olingan.

Baxrom Nazarov ajoyib ijro qilgan shu qoʻshiqni. Oma she’rning yozilish tarixiga bogʻliq voqeani bilganida qoʻshiq klipini boshqacharoq qilib ishlagan boʻlishi mumkin edi. Shu haqida bugun tongda yangi video joylayman.

Chekmang deydi…

Video message01:00

Video message00:40

Hikoya yozmoqchiman. Katta xolam haqida. Prosta hikoyani oxirida xolamni oʻldirvoryapman miyamda. Oma hikoyani nomini zoʻr tanladim. Yoʻqolsin qishloqilar!

Gul berdinggiz Karamazov Ivanga Endi yuring divanga

Aslida xonim ham janob ham yomon odam emasdi. Shunchaki ularni yoʻqchilik shu koʻyga solib qoʻygandi deydi telba Mishkin

Ayt oʻlim bormidi oʻsha paytda ham?

Nurmuhammadzoir – oʻzbek alifbosidagi unli harflarning haqiqiy ajali. Shoir unli harflarning hammasini sihlagan yagona oʻzbek shoiri!

Doxxim eski sevgan qizini jalalabga chiqarmagan yagona oʻzbek repperi!

Tush koʻribman. Shu desanglar tushimda Iskandar Makedonskiy bilan pichoqlashmoqchi boʻlibmiz. Horamilarcha orqamdan pichoq urmoqchi boʻldi oma man sezib qoldim. Oma mani pichogʻim unikidan zoʻrroq edi.

Men axir na yoʻl na koʻcha Axir hammaniki boʻla olmayman Meni sevganlar deb oʻla-oʻlguncha Yigirma uch yoshimda qola olmayman

23 yoshimda meni sevganlar 33 yoshimda sevolmas endi

Kanalni oʻchirvorgim kelopti negadir)

Xullas Nasim kutub nashriyoti bilan hamkorligimiz davom etadi. Hali yana uchta kitobga video qilaman. Oma bunisiniyam borib qoʻlla-quvvatlab kelmasangizlar boʻlmaydiyov🥲 https://www.instagram.com/reel/DVBVITziNC3/?igsh=dXVmMm5xdGZkY2xj

Hamzayam qizlarni ajali boʻlganda. Rus xotinchasi boʻlgan bratimni. Keyin Namangonliklar vaydod kofirga uylandi deb janjal qilishgan. Tasavvur qil sani darajang shu daraja boʻlishi kerakki sani uylanganingni odamlar muhokama qila olishlari kerak. Xullas keyin Hamzani dadasi sekin hajga borib kelmaysizmu oʻgʻlim deydi. Hamza mayli deb hajga joʻnavoradi. Oma hajga ziyorat sifatida emas oddiy bir safar sifatida qaraganini aytgan. Undan tashqari Hamzaga qoraka deyishsa Hamza menga bunday demanglar degan ekan. Yoqmagan ekan. Keyin nima boʻlganini bilasizlar. Ashi davrda manam tugʻilib qolganimda maniyam toshboʻron qivorishardi oʻsha paytdagi johil olomon!

Hamzanikidaqa moʻylovim boʻlishini xohlayman

Chexovning “Chinovnikning oʻlimi” hikoyasini oʻqinglar keyin Choʻlponning “Qor qoʻynida lola” hikoyasini oʻqivoringlar. Syujetlari ikki xili oma dunyoda sendan mavqeyi baland insonning koʻngli uchun yashamaslik kerakligini oʻrgatadi ikkalasi ham. Ikkalasi ham kichkina hikoya biroq katta narsa bor ikkalasida ham.