206
Yugurma rizq uchun, ne yetsa Haqdin anglakim, komil
Ne kelturgil demish, ne g‘aybdin kelganni qaytarmish!
✍ Alisher Navoiy hazratlariBayt sharhi: Ey inson, rizq uchun, mol-u dunyo uchun yelib yugurma. Senga har neki berilsa, Xudodan. Komil kishi ber demaydi, g‘aybdan kelganini qaytarmaydi ham. Haq bermaganini tortib ololmaysan, berganini qaytarolmaysan, ya'ni voz kecholmaysan.
02 Jul, 20:26
