Xayol chechaklari
Open in Telegram
Go'zal niyatlarning ro'yobi bo'lib, Kuzakda gullaydi mening bog'larim... Umida Abduhakimova
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
466
Subscribers
+6624 hours
+657 days
+23630 days
Posts Archive
#iqtibos
Yuksaklarda uchayotganlarga ko‘p ham havas qilavermang.
Balki ular qo‘nishga joy topolmay uchayotgandir...
Shuhrat ORIF
@xayol_chechaklari
Siz meni hech qachon sog‘inmaysiz, yo‘q,
Ortiq suratimni olib yurmaysiz.
Tobora uzoqlab ketgan soyamga,
Endi siz entikib qarab turmaysiz.
Xotirlar o‘g‘riqli biram, azizim,
Ular soʻngaklarni solar larzaga.
Meni unutsangiz, unuting, ammo,
Siz kuzni unutmang biror lahzaga...
Umida Abduhakimova
@xayol_chechaklari
Siz meni hech qachon sog‘inmaysiz, yo‘q,
Ortiq suratimni olib yurmaysiz.
Tobora uzoqlab ketgan soyamga,
Endi siz entikib qarab turmaysiz.
Xotirlar o‘g‘riqli, biram azizim,
Ular soʻngaklarni solar larzaga.
Meni unutsangiz, unuting, ammo,
Siz kuzni unutmang biror lahzaga...
Umida Abduhakimova
@xayol_chechaklari
O‘pkang to‘lib ketgan iztiroblarga,
Bilaman, tomoqda turibdi yig‘ing.
Ammo barcha kuchni bir joyga to‘plab,
So‘ngida oh tortib aytasan: “keting”.
Keting, sizsiz qalbim qolmaydi g‘arib,
Sizsiz ham osmonim ko‘radi quyosh.
Faqat o‘girilib ketayotganda,
So‘nggi dam, ne uchun to‘kasan ko‘z yosh?!
Umida Abduhakimova
@xayol_chechaklari
Eng yaxshi sovgʻa albatta kitob! https://t.me/kalibr_books siz izlagan manzil)
@xayol_chechaklari
...Falakning kengligi rost boʻlsa agar,
Qoʻrqma!
Toʻqnashmaydi yulduzlarimiz...
Shahlo Safarova
@xayol_chechaklari
Yana kuz kelmoqda azizim ,
Ko'zlaring ko'zimning o'ngida.
Armonning changali qo'ymaydi,
Seningsiz umrimning so'ngida.
Quyosh ham chiqadi olamga,
Negadir isimas yuragim.
Sen ko'z yosh to'kmagin umrbod,
Bu mening yagona tilagim.
Bir go'zal baxtlaring bor bo'lsin,
Yettinchi osmonda yashagin.
Faqat sen ho'v o'sha bog'larga
Mudom baxt gullarin to'shagin.
Abduhakimova Umida
@xayol_chechaklari
U ketdi. Bogʻlarim shumshaydi gʻarib,
Gʻunchalar tumtayib qaraydi menga.
Ketmang, deya oldim ayrilar chogʻi,
Xayr deb boʻlmasdi hech qachon unga.
U ketdi, ketdi-yu, endi shum oʻylar
Sanchilaveradi qalbga misli oʻq:
O, endi u hatto tushlarimga ham
Istasa kiradi, istamasa yoʻq...
A’zam Oʻktam
@xayol_chechaklari
U ketdi. Bogʻlarim shumshaydi gʻarib,
Gʻunchalar tumtayib qaraydi menga.
Ketmang, deya oldim ayrilar chogʻi,
Xayr deb boʻlmasdi hech qachon unga.
U ketdi, ketdi-yu, endi shum oʻylar
Sanchilaveradi qalbga misli oʻq:
Oʻ, endi u hatto tushlarimga ham
Istasa kiradi, istamasa yoʻq...
A’zam Oʻktam
@xayol_chechaklari
Ko‘l yuzida oppoq oqqushlar,
Bir qiz boqar ma’yus, parishon.
Go‘yo uning oq orzulari
Endi qayta ko‘rsatmas nishon.
Kimni kutar ko‘l bo‘yida u?
Zotan, ortga qaytmas endi vaqt.
Qulog‘iga shivirlar kimdir:
«Kechmayman», deb qilamizmi ahd?!
Umida Abduhakimova
@xayol_chechaklari
Yozmagaylar buncha batafsil,
Xayrlashmoq boʻlgan kimsalar...
Haynrix Hayne
@xayol_chechaklari
Repost from шабистон
Силарам уйдан чиқаётганда
мушукларингга қаерга кетаётганларингни, қачон қайтишларингни айтиб кетасларми;
Ёки силар нормальныймисилар;
