Dino Edge
Open in Telegram
Institutional trading concept Admin: @Kenseitrade 📟 Discord: https://discord.gg/AWVNG2QcXq
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
535
Subscribers
-124 hours
+17 days
-130 days
Posts Archive
534
Discord ilovas ohirgi updatedan so'ng umuman ishlamayapti, to'girlash ustida ishlyapdi adminlar, barcha darslar vaqtincha to'xtatiladi bugun-erta to'grilansa discordda davom ettiramiz ertagacha to'girlanmasa barcha darslar telegramga ko'chiriladi.
534
I see a lot of these “super traders” dropping different terminologies in the Lobby that I’ve never even heard of myself. And that’s completely fine.
Don’t fall into the classic psychological trap of thinking that a concept is the entire trading system. A concept is only one part of it. Having a clear trading plan, proper risk management, discipline, emotional control, and consistent execution are just as important.
At the same time, don’t go too deep down the knowledge rabbit hole — there is no end to it. There will always be another concept, another terminology, and another “super trader” explaining something you’ve never heard of.
You don’t need to know everything to trade profitably. Focus on what you already have, understand it deeply, and use it to build your own trading system and routine.
Don’t focus on collecting more and more knowledge. Focus on mastering what you already know and executing it consistently.
534
ENGLISH COMMUNITY
For all English-speaking members — we’ve finally created our English Community Group on Telegram.
This is a place where we’ll work together, learn the concept, communicate, and grow as a community.
Our Sensei will also be there to guide the community and help us move forward together.
No more waiting — it’s time to work.
Welcome to the Dojo 🥋🔥
https://t.me/tradersdojolobby
534
📢 Dino Edge yopiq guruhiga qabul qoidalari
Ko’pchilik “Qanday qo’shilaman?” deb so’rayapti. Shuning uchun hammasini bir postda tushuntiraman.
🔹 1. Discord obunasi bo’lishi shart.
Yopiq guruhga faqat Discord’dagi istalgan tarifga ega ishtirokchilar nomzod bo’la oladi.
❗️Lekin obuna guruhga kirish kafolati emas.
🔹 2. Birinchi oqimga kimlar qabul qilinadi?
Birinchi navbatda shu vaqtgacha Dino Edge hamjamiyatida faol bo’lgan treyderlar qabul qilinadi.
Ya’ni:
✅ Telegram’dagi Lobby chatida faol bo’lganlar;
✅ Discord Club‘da bozorni muhokama qilganlar;
✅ o’z analizlari va trading g’oyalarini ulashganlar;
✅ jamoaga foyda qo’shib kelayotgan ishtirokchilar.
🔹 3. Agar hozirgacha faol bo’lmagan bo’lsangiz-chi?
Bu sizga rad javobi emas.
Bugundan boshlab sizning faolligingiz kuzatiladi.
Analizlaringizni ulashing, bozordagi fikringizni yozing, muhokamalarda qatnashing va jamoaga hissa qo’shing.
Yangi joylar ochilganda, birinchi bo’lib aynan faol ishtirokchilar taklif qilinadi.
🔹 4. Yopiq guruh ichidagi qoida.
Bu signal kutib o’tiradigan chat emas.
Har bir ishtirokchi:
• bozor analizlarini ulashishi;
• o’z savdolarini muhokama qilishi;
• jamoaga foyda berishi kerak.
Agar ishtirokchi uzoq vaqt davomida faollik ko’rsatmasa va faqat kuzatuvchi bo’lib qolsa, uning o’rni navbatdagi faol treyderga beriladi.
Birinchi nomzodlarga bugun admin @Kenseitrade chat linkini tashlab beradi
🎯 Bizning maqsadimiz katta guruh qurish emas. Maqsadimiz — bir-birini rivojlantiradigan, kuchli treyderlar jamoasini shakllantirish.
🦖 Dino Edge’da joy pul bilan emas, faollik, intizom va jamoaga qo’shgan hissa bilan qo’lga kiritiladi.
534
Kech kirganda muhim yangilik.
🔥 Dino Edge yopiq guruhini ochyapmiz.
Bu oddiy chat emas. Bu – har kuni o’z ustida ishlaydigan va natija qilishni istaydigan treyderlar jamoasi.
Guruhga faqat Discord’dagi istalgan tarifni sotib olgan ishtirokchilar ariza topshirishi mumkin.
Lekin bitta muhim narsani tushunib oling:
Discord tarifini sotib olganingiz guruhga qabul qilinasiz degani emas.
Agar siz savdo qilmasangiz, bozordagi fikrlaringizni ulashmasangiz, tahlil qilmasangiz va faqat kuzatuvchi bo’lsangiz — bizga bunday ishtirokchi kerak emas.
Biz sonni emas, sifatni tanlaymiz.
Bu guruhda faqat:
• faol savdo qiladigan;
• o’z analizlari va g’oyalarini ulashadigan;
• bozorni birgalikda muhokama qiladigan;
• o’z ustida ishlab, kuchli treyder bo’lishni istaydigan insonlar bo’ladi.
Biz birga savdo qilamiz, bir-birimizga yordam beramiz, tajriba almashamiz va Dino Edge jamoasini yanada kuchli qilamiz. 🦖📈
Agar siz haqiqatan ham jamoaning bir qismi bo’lishni istasangiz, keyingi postlarni kuzatib boring. Tez orada guruhga qanday qo’shilish mumkinligini e’lon qilaman.
534
Boylik maqsad emas. U natijadir.
Ko’pchilik boylik ortidan yuguradi.
Lekin pul hech qachon uni quvayotgan odamni yaxshi ko’rmaydi.
Boylik — bu to’g’ri qarorlar, sabr va intizomning soyasi. Soyani quvgan odam esa quyoshni yo’qotadi.
Treyder ham foydani quvishni bas qilgan kunidan boshlab o’sishni boshlaydi. U pul haqida kamroq, tizimi haqida ko’proq o’ylaydi.
Hayot ham xuddi shunday.
Kim faqat natijani o’ylasa, jarayondan charchaydi. Kim jarayonni sevsa, natija uning ortidan keladi.
Boylik ortidan yugurmang. Shunday insonga aylaningki, boylikning o’zi sizni izlasin.
534
Bozordan xafa bo’lmang. Uni hurmat qiling.
Ko’pchilik treyder stop-lossni shaxsiy mag’lubiyat darajasida qabul qiladi.
Huddi bozor aynan uning pulini olish uchun harakat qilayotgandek)
Lekin bozor sizni tanimaydi. U sizga qarshi ham emas.
Stop — bu jazo emas. Bu bozorning: “Bugun seni navbating emas,” degan javobi, xolos.
Haqiqiy treyder har bir natijani emas, statistikani hurmat qiladi. Chunki u biladi: bozor bilan kurashib bo’lmaydi, unga faqat moslashish mumkin.
Bozordan xafa bo’lgan inson hissiyotlariga bo’ysunadi. Statistikani hurmat qilgan treyder esa uzoq muddatda qoidalar hissiyotlardan kuchliroq ekanini biladi
Bozor hech qachon sizga qarshi bo’lmaydi. Siz faqat o’z hissiyotlaringizga qarshi kurashasiz.
534
Professional trader foydani faqat grafikdan qidirmaydi.
U xarajatlarini ham optimallashtiradi.
Men prop firmani tanlashda uchta narsaga qarayman: narx, qoidalar va ishlash qulayligi.
O’zim aynan shu firmadan foydalanayapman. Challenge narxlari raqobatchilarga qaraganda qulayroq, instant account’lari esa mening tajribamda qolgan proplardan kompaniyalardan ko’ra ancha yaxshi.
Shu sababli, challenge olishni rejalashtirayotganlar uchun mendan sovg’a 30% chegirma.)
Wemastertrade
534
Assalomu alaykum, hammaga.
Ha, oxirgi bir oy davomida kanalda, lobbyda va discordda sukunat bo’ldi.
Ko’pchilikda: “Nima bo’ldi?” degan savol tug’ilgan bo’lsa kerak. Javobi oddiy — biz ham odammiz. Ba’zida dam olish, fikrlarni tartibga solish va keyingi qadamlarni aniq belgilab olish kerak bo’ladi.
Shu vaqt ichida jamoamiz bilan Balida yig’ildik. Kelajakdagi loyihalarimizni, rivojlanish yo’nalishlarini va oldimizga qo’ygan maqsadlarni uzoq muhokama qildik. Qayerga ketayotganimizni va bunga qanday yetib borishimizni yana bir bor aniqlab oldik.
Bu tanaffus shunchaki dam olish emas, balki keyingi bosqich uchun tayyorgarlik bo’ldi.
Shu o’rinda mentorlikdagi o’quvchilarimga ham alohida murojaat qilmoqchiman. Ha, bu vaqt ichida darslar ham tanaffusda edi. Buni e’tiborsiz qoldirmayman. Qolib ketgan barcha darslar va rejalar o’z o’rnida davom ettiriladi. Hech kimning vaqti yoki mehnati behuda ketmaydi.
Endi esa ishga qaytdik.
Shu vaqt davomida biz bilan qolgan va sabr qilgan barchaga rahmat.
Oldinda qiladigan ishlarimiz ko’p. Birgalikda davom etamiz
534
Trader sifatida degradatsiya qilishdan to‘xtang!
Xatolaringiz ustida ishlang. Bugun qilingan xatoni ertaga takrorlash — bu shunchaki ahmoqlik va professional treyder karyerasiga jiddiy qarashdan umuman yiroq holat.
Bozor sizning bahonalaringizni sotib olmaydi. U faqat natijani hisoblaydi. Har safar bir xil xatoni takrorlayotgan bo‘lsangiz, muammo strategiyada emas — intizomda.
Tushuning bozor sizga qarshi emas. U sizning sabrsizligingiz, ochko‘zligingiz va egoingizni har kuni sinovdan o‘tkazadi. Va eng kulgilisi shundaki, ko‘pchilik treyderlar depozit yo‘qotganidan keyin ham xato qayerdaligini bozordan, grafikdagi modellardan qidiradi.
Har bir zararli bitim — bu dars. Ammo bir xil dars uchun qayta-qayta pul to‘lash — bu allaqachon qimmatga tushadigan ahmoqlik.
Professional treyderlar foyda ortidan quvmaydi — ular riskni boshqaradi. Havaskorlar esa har safar “bu safar aniq ketadi” degan ertak bilan bozorga kiradi.
Agar siz trading jurnal yuritmayotgan bo‘lsangiz, statistikangizni tahlil qilmayotgan bo‘lsangiz va hissiyotlaringizni nazorat qilmayotgan bo‘lsangiz, unda siz treyding bilan shug’ullanayotganingiz yo‘q — shunchaki bozorda qimor o‘ynayapsiz.
O‘zingizga savol bering, siz haqiqatan ham treydermisiz yoki faqat grafik qarshisida tugmalarni bosayotgan odammisiz?
Natijalar tasodifan kelmaydi. Intizom tasodif emas. Barqaror foyda esa umuman mo‘jiza emas. Bularning barchasi har kuni o‘zingiz ustida ishlashning natijasidir.
Bozor sabrli. U ertaga ham shu yerda bo‘ladi. Savol bitta, siz ham professional sifatida shu yerda qolasizmi yoki navbatdagi hissiyot qurboniga aylanasizmi?
534
Time frames for TPTSwing: HTF 1D / LTF 1H-30M Intraday: HTF 4H / LTF 30-15M Scalping: HTF 15M / LTF 1-3-5M
534
Tizimsiz savdo bu qimor!
E'tibor qiling treyderning win rate ko'rsatkichi 38% 😅 treyder har 10 ta ochgan bitimini 3,5 tasi TP bilan yopiladi. Losing streak ham bor)
Ana endi nega bu treyder hisobini sliv qivormayapti? Bir nechta ketma - ket SL dan keyin risklarni kattalashtirmayapti? Full marja bosvormayapti?
Chunki treyderda mustahkam shakillangan tizim va shu tizimga amal qilgani intizom bor.
Treyder ketma - ket 5-6 ta SL olsa ham uni hissiyotlari miyyadagi fikrlar va hatti harakatlarini boshqaruvga olmaydi.
