Startup Ambassadors | Samarkand
前往频道在 Telegram
Samarqandda startup ekotizimini rivojlantirishga qaratilgan hamjamiyat. G‘oyadan amaliy startaplargacha Treninglar • Meetuplar • Tadbirlar Yoshlar Ventures ekotizimi Tashabbus: Yoshlar Ventures | Yoshlar ishlari agentligi
显示更多未指定国家未指定类别
329
订阅者
无数据24 小时
-37 天
-1630 天
帖子存档
Repost from UzCombinator
Startap qilayotganlar uchun foydali podkastlarni bitta joyga jamladik.
Qaysi mavzu sizga qiziq? 👇
Usmon Rahimjonov — Startup nima?
Startup — bu tayyor biznes emas. Bu ishlaydigan biznes modelni topish jarayoni.
🎥 To‘liq video: https://youtu.be/atttjLrCFeI?si=BH9z_AecUT_gUNMu
Muhammad Xalilov — G‘oya emas, ijro ajratadi
PMF, unit iqtisodiyoti, CAC/LTV — bular hissiyot emas, raqamlar o‘yini.
🎥 To‘liq video: https://youtu.be/zfjh71MJUkc?si=URZe8cI0CDqeoEsA
Shahzod Umirzoqov (TASSVISION) — Pivot, fokus va 7 davlat
Real muammoni topish, yechim yaratish, pivot qilish va global bozorga chiqish haqida.
🎥 To‘liq video: https://youtu.be/beCVpyuD8fc?si=4UMlFS6HiB9QkpuR
Muzaffar Karabayev — Valuation, cap table, exit
Valuation — shunchaki chiroyli raqam emas. Cap table’dagi xatolar keyinchalik juda qimmatga tushadi.
🎥 To‘liq video: https://youtu.be/FFXYBgVOLVo?si=Ne48HGCH9tX7W7YT
Alisher Tojiyev (Domo) — 10 kunda 100K, 140 kunda 1M foydalanuvchi
Growth — bu reklama emas. Growth — bu UX, distribution va fokus.
🎥 To‘liq video: https://youtu.be/1Q_6EBMC0po?si=hnagYycHudxUw5he
Abdulazal Toshxo‘jayev — VC, venture fond va Fund of Funds
Venture nima, fondlar fondi nima va ular ekotizimni qanday tezlashtiradi — shu haqida.
🎥 To‘liq video: https://youtu.be/GlUMcqjw54g?si=ZL9TkcaUNIId--Gx
Yagiz Karadeniz — Domino VC’dan qanday investitsiya olish mumkin
🎥 To‘liq video: https://youtu.be/yauLdsPqKW0?si=mVVa-CYRrLidLC8q
Sardor Rahmatulloev — YC’ga qabul qilingan ilk o‘zbek (sobiq Meta dasturchisi)
🎥 To‘liq video: https://youtu.be/9GezmoVlOsY?si=ZKI5acfsQba-nHHh
@uzcombinator
Repost from Startup Ambassadors
😊 Yoshlar Ventures jamoasi uchun qiz bola Brand face va SMM menejeri izlayapmiz.
❗️Talablar:
- Ssenariy yozishni biladigan, g‘oyaga to'la ijodkor;
- Nutqi ravon, kamerada o‘zini erkin tuta oladigan;
- Chiroyli xulq-atvorga ega, tashqi ko‘rinishiga e’tibor beradigan, xushmuomala;
- To‘liq stavkada ishlay oladigan, mas’uliyatli va vaqtni to‘g‘ri boshqaradigan;
- Kirishuvchan, fahm-farosatli, tez fikrlaydigan va jamoada ishlashni yoqtiradigan;
❗️Asosiy vazifalar:
- Yoshlar Ventures uchun kontent g‘oyalarini ishlab chiqish va ssenariylar yozish.
- Instagram, YouTube, Telegram va LinkedIn sahifalarimizni yuritish, post va storilar rejasini tuzish.
-Videolarda Brand Face sifatida ishtirok etish.
- Kontent natijalarini kuzatib borish, communityga javob berish va kontent natijalarini kuzatib borish.
💰 Maosh: 5-10 mln
⏰ Ish vaqti: 9:00-18:00, 6/1
Agar o‘zingizni shu rolda ko‘rsangiz formani to‘ldiring.
5 T
Investorlar startapga investitsiya qilishdan oldin beshta T harfi bilan boshlanadigan muhim jihatlarni baholasharkan:
1. Team - Jamoaning kuchi, shijoati va ekspertizasi (tajriba)
2. TAM - Total addressable market, ya’ni bozor hajmi qanchalik kattaligi va bu bozorda unicorn qilish imkoni bormi.
3. Traction - sotuvlar va o’sish surati
4. Time - nima uchun hozir qilish kerak, bu sohada keskin burilish (shift) bormi, vaqtidan oldin emasmi.
5. Tech - sizning tehnologiyangiz va produktingizning boshqa mahsulotlardan ustun tomoni.
Startup Ambassadors | Samarkand
Repost from Startup Ambassadors
Startup Ambassadorsda navbatdagi mehmon bilan jonli workshop!
🎙 Sardor Akhmedov — "SynergyLabs" asoschisi
Mavzu: Startupni boshlash va uni AQSH bozoriga olib chiqish
📅 21-mart | Shanba
⏰ 22:00
📍 Onlayn
Ushbu sessiyada siz startupni noldan boshlash, loyihani samarali boshqarish va uni xalqaro darajaga olib chiqish bo‘yicha real tajriba va foydali tavsiyalarni bilib olasiz.
Onlayn uchrashuv ushbu telegram kanalimizda bo'ladi.
🔹 Linkedin 🔹 Instagram 🔹 YouTube
Repost from Yoshlar Ventures
🌙Barchamizga Ramazon hayti muborak bo'lsin!
Qalbingizni xotirjamlik, uyingizni qut-baraka tark etmasin. Ezgu niyatlaringiz ro‘yobini ko‘rish nasib qilsin!
⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
Repost from StartupBase
+2
Prezident Samarqandda yosh startaperlarning loyihalari bilan tanishdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-mart kuni Samarqand shahridagi Yoshlar kreativ parki bilan tanishdi. Tashrif davomida davlat rahbariga yoshlar tomonidan ishlab chiqilgan bir qator startap loyihalari taqdim etildi.
Prezident yoshlarning taqdimotlarini tingladi va ularga o‘z takliflarini bildirdi. Mutasaddilarga startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarni jadallashtirish vazifasi qo‘yildi.
🖥 Batafsil saytimizda o‘qing
-
The President reviewed the projects of young startup founders in Samarkand.
On March 18, President of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev visited the Youth Creative Park in Samarkand. During the visit, several startup projects developed by youth were presented to the head of state.
The President listened to the presentations by the young innovators and shared his recommendations. Officials were instructed to accelerate efforts to support startup projects.
🖥 Read more on our website
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Repost from Yoshlar Ventures
+9
⚡️ Yoshlar Ventures UzCombinator startaplariga ~$1,000,000 soft commitment berdi.
UzCombinator akseleratsiya dasturini tugatgan startaplar keyingi bosqichga o‘tdi.
Va biz ularga ishonch berdik.
Soft commitment olganlar:
• Ravon Cloud — $35 000 • Between — $80 000 • The Cargo — $100 000 • TTLK — $100 000 • Aftanomhub — $35 000 • Mebelim — $30 000 • Flow — $80 000 • Diip.uz — $100 000 • Bozorly AI — $35 000 • Zehnly — $30 000 • FBA Flow — $50 000 • Business Robots AI — $150 000 • Oqim — $25 000 • Lumi — $30 000 • Kontent Coach — $35 000 • Moomkin — $30 000🔥🔥🔥🔥🔥 bu shunchaki akselerator emas. Bu startaplar fabrikasi. 😊 Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
Dylan Field’dan birinchi marta startup qilayotganlar uchun maslahatlar:
1. Ko‘chirma qilmang. O‘zingizda bor noyob insight va tushunchani toping.
2. O‘zingizni anglang. Moslasha olishga tayyor bo‘ling.
3. Kamtar bo‘ling. Yo‘lda qiyinchilik ko‘p bo‘ladi, kamtarliksiz o‘tib bo‘lmaydi.
4. Muammoni to‘g‘ri tanlang. 10–20 yil shu yo‘nalishda ishlay olmasangiz, boshlamang. Har kuni zavq bilan ishlaydigan sohangizni toping.
5. Boshlang. G‘oya bor bo‘lsa — nima to‘sqinlik qilyapti?
Startup — bu qisqa sprint emas, uzoq masofali sayohat.
4 punkt juda muhim. Jamiyatda startup qurish tez boyish imkoni deb qaralmoqda.
Startup Ambassadors | Samarkand
G‘oya meniki edi, demak ulush ham meniki.
1. Startaplarda juda tanish obraz bor — idea guy.
U g‘oya bilan keladi. Ko‘p gapiradi. Katta tasavvurlari bor. Lekin kundalik ishlar boshlanganda ko‘rinmay qoladi. Aynan shu yondashuv ko‘plab jamoalarni boshidan barbod qiladi.
2. Y Combinator har yarim yilda taxminan 30 000 ta ariza ko‘rib chiqadi. Bu degani — ular deyarli barcha mumkin bo‘lgan g‘oyalarni allaqachon ko‘rgan va shuning uchun ular bir narsani juda yaxshi tushunadi: g‘oya qiymati 1 cent'ga teng.
3. Muammo shundaki, idea guy startapni tasavvur sifatida sevadi. Ammo startap bu tasavvur emas.
Bu rad javoblari, noaniqlik, kechikkan qarorlar va juda ko‘p noqulayliklardan iborat.
4. G‘oya muallifi startapda muhim bo‘lishi uchun u startap ichida bo'lishi, ma'suliyat olishi, stress ko'tarishi va har kuni startapi bilan mashg'ul bo'lishi kerak. Ulush esa sarflangan vaqt uchun, qilgan tavakkali uchun, kechalari uxlamagan tunlari uchun, mijoz yo‘q paytdagi umidsizliklari uchun va eng asosiysi realizatsiya uchun beriladi.
5. Agar kimdir faqat: “Men g‘oya berdim”, “Men konsept o‘ylab topdim”, “Men bo‘lmaganimda bu startap bo‘lmasdi” deyish bilan cheklansa u co-founder emas!
6. Agar startap haqiqatan uchsa uni g‘oya emas, odamlar uchiradi. Agar yiqilsa ham odamlar sabab muvaffaqiyatsizlikka yo'l tutadi.
7. Shuning uchun startapga eng to‘g‘ri savol bu:
"G'oya kimniki?" emas balki, “Kim nima vazifalar bajaryabdi?”
Muallif: Abdulaziz Yakubov — CEO, Yoshlar Ventures
Startup Ambassadors | Samarkand
Repost from Yoshlar Ventures
+5
🛑 Startapchilar uchun eng foydali 6 ta kitob ro‘yxati!
G‘oya bor, lekin uni qanday rivojlantirishni bilmaysizmi? Ushbu kitoblar startapingizni keyingi bosqichga olib chiqishda sizga yo‘l ko‘rsatadi.
⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
Urushda nima bo‘layotganini
bilish uchun, unda qatnashish kerak - Napoleon
1. Linkedinda erta bosqichdagi startaplarga investitsiya qiladigan bir biznes angelning yozgan posti meni o’ziga tortdi: Endi startap boshlayotgan asoschilarni mahsulotini ishga tushirishdan oldin emas, balki bir necha oy o‘tgach baholarkan. Gap metrikalar yoki o‘sish grafiklarida emas.
2. Chunki mvp ishga tushirlgandan bir qancha muddat o’tgandan so’ng, mahsulot holati hali ham juda yomon bo‘lishi mumkin. Odatda shunday ham bo‘ladi. Asl savol boshqa: asoschi buni qanchalik tez tushunadi va nima qiladi?
3. Xulosa chiqaradimi?
Nimani va nega o‘zgartiradi? Yo‘nalishni almashtiradimi yoki auditoriyani boshqasiga o’zgartiradimi? Bularning barchasi qanchalik tez sodir bo‘ladi?
4. Qizig‘i shundaki, agar birinchi versiya kutilmaganda uchib ketsa ham — savollar o‘sha-o‘shalicha qoladi. Chunki agar startap shu joyda rivojlanishni to‘xtatsa, uni juda tez nusxalari va raqobatchilari bosib ketadi.
5. Lekin bunday tahlillarni faqat investor zimmasiga yuklash noto‘g‘ri. Asoschi o‘zi ham o‘zini baholay olishi kerak. Hatto investorlarning o‘zidan ham yaxshiroq.
6. O‘zingizga real baho berishni xohlaysizmi? Unda bor narsani tezroq ishga tushiring va keyin nima bo’layotganini va nima qilayotganingizni o‘zingiz kuzating.
7. MVP ishga tushguncha baribir siz to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini bilmaysiz. Barcha teshiklarni oldindan berkitib bo‘lmaydi. Shunaqa ekan, nima uchun cho‘zib yuribsiz?
8. Umuman olganda, to‘g‘ri asoschi — muvaffaqiyatli mahsulotni ishga tushira oladigan emas balki muvaffaqiyatsiz mahsulotni to‘g‘rilay oladigan inson 🚀
Muallif: Abdulaziz Yakubov — CEO, Yoshlar Ventures
Startup Ambassadors | Samarkand
Mukammal mahsulot uchun mukammal foydalanuvchilar kerak!
1. Qanday qilib ajoyib mahsulot yaratish mumkin?
Mahsulot darrov ideal bo‘lib qolmaydi. U foydalanuvchilarning fikri asosida bosqichma-bosqich rivojlanadi. Lekin bu yerda bitta katta tuzoq bor.
2. Agar siz mahsulotingizni unga ehtiyoji yo‘q, shunchaki yo‘ldan o‘tib ketayotgan foydalanuvchilarga pullashga harakat qilayotgan bo'lsangiz, ulardan oladigan fikringiz ham shunga yarasha bo‘ladi. Natijada siz hech kimga kerak bo‘lmagan funksiyalarga to‘la mahsulot yaratib qo‘yasiz.
3. Shuning uchun startapning boshlang‘ich bosqichidagi eng muhim vazifasi bu, mahsulotni chin dildan yaxshi ko‘radigan ideal foydalanuvchilarni topishni o‘rganishdir! Faqat haqiqiy ehtiyoji bor odamgina sizga mahsulotni mukammallashtirish uchun kerakli signalni bera oladi.
4. Shunday toifadagi foydalanuvchilar bor: bugun kelib, ertaga yo‘q bo‘lib ketadigan shovqini baland ishqibozlar yoki, "agar mana shu narsani qo‘shsangiz, balki ishlatib ko‘rarman" deydigan jiddiy amakilar. Ularning talablari bu, shunchaki shovqin. Ular sizni chalg‘itadi va asosiy yo‘nalishingizdan uzoqlashtiradi.
5. Investor sifatida biz retention'ga qaraymiz ya'ni: asoschi kimning gapiga quloq solyapti? Ommaga yoqishga harakat qilyaptimi yoki o‘zining sodiq auditoriyasini tushunyaptimi?
6. O‘zingizga savol bering: Mahsulotingizning ideal foydalanuvchisi kim? U qanday ko‘rinishga ega va aynan nima uchun sizdan foydalanyapti?
Hamma foydalanuvchining gapi ham oltin emas. To‘g‘ri odamlarni eshitish mahsulotning yarim muvaffaqiyati hisoblanadi.
Muallif: Abdulaziz Yakubov — CEO, Yoshlar Ventures
Startup Ambassadors | Samarkand
Startapingiz yurmayapti, hammasi chatoq. Yopish kerakmi?
1. Ushbu savolga Y Combinator asosichilaridan biri Dalton Caldwell ajoyib javob bergan:
Y Combinatorga kelgan judayam ko‘p startaplar bu yerga kelgunga qadar startaplarini bir necha bor yopishni va hammasini tashlab sokin hayot kechirishni o‘ylashishgan.
2. Maslaan, Airbnb. Ular YC’ga kirishdan oldin 3-4 marta startapni yopish haqida o’ylashishgan. Albatta buning asosiy sabablari mijozlar yo’qiligi, ular endi qanday yo’l tutamiz degan savolga javob topa olmagani, atrofidagi do’stlari hatto ota-onalari ham bu ishdan najot yo’qligi haqida aytishlarida edi. Bunday qiyin paytda startapni davom ettirish asoschilar uchun judayam g’ayri oddiy hodisa.
3. Lekin Airbnb asoschilariga butun dunyo “bu ishlamaydi” deyishsa ham davom ettirish uchun o’zlarida kuch topishdi. Agar siz startap qurayotgan bo’lsangiz bunday o’lim ko’prigidan o’tishga mahkumsiz!
4. Omad kulib boqqanda esa, odamlar sizni bir zumda muvaffaqiyatga erishgan deb ko’rishadi. Lekin rostini aytganda o’lim ko’prigidan yiqilishi ya’ni vaqtida to’xtashi kerak bo’lgan startaplar ham bor…
5. Buni hamma startap uchun bir xil javob bilan hal qilib bo’lmaydi.
Lekin aniq javobni olish uchun asoschilar o’ziga berishi kerak bo’lgan savollar bor. Ular:
– Hali ham bu loyiha ustida ishlashdan zavqlanasizmi?
– Siz qilayotgan ish o’zingizga yoqadimi?
– Asoschingiz bilan vaqt o‘tkazish sizga maroqlimi?
– Siz hal qilayotgan muammo hanuz aktualmi?
Agar bu savollarga javobingiz “ha” bo‘lsa — men davom etgan bo‘lardim.
Startup Ambassadors | Samarkand
Repost from Yoshlar Ventures
🚀Startaplar kuni!
Xabar berganimizdek, ayni vaqtda startap ekotizimda yirik o‘zgarishlar va yoshlar bilan ochiq muloqot boshlandi.
Jarayonlarni YouTube sahifamiz orqali jonli efirda kuzatishingiz va takliflaringizni izohlarda qoldirishingiz mumkin!
📹https://www.youtube.com/watch?v=LcQIXDLEBiU
Repost from Yoshlar Ventures
🏆Ochiq tanlov: United Ventures bilan hamkorlikda — Startup Booster Batch 2026
O‘z innovatsiyangizni sarmoya uchun tayyor biznesga aylantirmoqchimisiz? United Ventures tomonidan taqdim etilgan O‘zbekistonning yetakchi akselerator dasturi — Startup Booster’ning 2026-yilgi ilk koxortiga arizalar qabuli boshlandi.
Biz shunchaki “akselerator” emasmiz, balki o‘z biznesini kengaytirishga jiddiy bel bog‘lagan startap asoschilari uchun o‘sish mexanizmimiz.
Kimlar ariza topshirishi mumkin? ✔️ Dastlabki bosqichdagi MVP mualliflari: Startap g‘oyangiz yoki MVP mahsulotingiz bor, ammo uni rivojlantirish uchun professional “yo‘l xaritasi” ehtiyoji borlar. ✔️ O‘sishga intiluvchilar: Muvaffaqiyatli tadbirkorlar va soha mutaxassislari hamjamiyatiga qo‘shilishni istayotganlar. ✔️ Texnologik jamoalar: Biz barcha raqamli sohalardagi startaplarni qabul qilamiz va bunda loyihaning kengayish salohiyati hamda bozorga mosligiga alohida e’tibor qaratamiz. Siz bundan nima yutasiz? ✔️ 6 haftalik intensiv dastur: MVPni tasdiqlashdan sarmoyaga tayyor bo‘lishgacha bo‘lgan tizimli yo‘l. ✔️ Xalqaro darajadagi mentor va trekerlar: Siz bosib o‘tgan yo‘ldan o‘tgan muvaffaqiyatli asoschilar va soha mutaxassislari — 6 tadan ziyod tajribali mentor va trekerlar bilan haftalik ma’ruzalar va 1-ga-1 maslahatlar. ✔️ Amaliy mahorat darslari: Pitch deck, moliyaviy model va bozorga chiqish (GTM) strategiyasini yaratish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar. ✔️ Investorlar uchun Demo Day: Venchur fondlar (VC), angel investorlar va yetakchi texnologik hamkorlar oldida o‘z biznesingizni taqdim etadigan yakuniy tadbir. ✔️ United Ventures tarmog‘i: O‘zbekiston venchur kapitali sohasining yetakchi kuchlaridan biri bo‘lgan United Ventures ekotizimiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri a’zo bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiriting. ✔️ Sarmoya jalb etish: Startapingizga $25K'dan $1M'gacha sarmoya olish imkoniyati.Yo‘l xaritasi: ● Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2026-yil, 20-mart ● Dastur davomiyligi: 6 hafta (Onlayn) ● Yakuniy maqsad: Demo kun va sarmoyalarni jalb qilish 👉 Hoziroq ariza topshiring! ⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
Startup qilishdagi eng katta xato nima deb o'ylaysiz?
Repost from Yoshlar Ventures
📚Bu kitobimiz bilan hali tanishmagan bo'lsangiz, startap boshladim deyishga shoshilmang!
Audio shakli to'liq YouTube kanalimizda.
Mutolaa bilan esa onlayn o'qing!
⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
Repost from Yoshlar Ventures
+9
Samarqandda bugun haqiqiy startap energiyasi sezildi. 🚀
School 21, Raqamli texnologiyalar maktabida yoshlar bilan ochiq va samimiy uchrashuv o‘tkazdik. Shunchaki motivatsiya emas, real jarayonlar haqida gaplashdik, investitsiya qanday ishlaydi, loyiha qanday tanlanadi, qaysi mezonlar asosiy rol o‘ynaydi. Yangi qaror bilan ochilayotgan imkoniyatlar, startaplar uchun yaratilayotgan sharoitlar, tizimli yondashuv, barchasini sodda va tushunarli qilib muhokama qildik. Pitch qanday bo‘lishi kerak, biznes-model qachon jiddiy ko‘rinadi, g‘oyani qanday qilib investor ko‘radigan formatga keltirish mumkin — shu mavzularda amaliy tavsiyalar berdik.Eng yoqqan jihat esa yoshlarning savollari bo‘ldi. O‘tkir, konkret va natijaga qaratilgan. Bu shuni ko‘rsatadiki, ular shunchaki eshitishga emas, startap qurishga tayyor. Samarqand yoshlari ambitsiyasini ko‘rsatdi. Endi navbat kuchli loyihalarga. ⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
Repost from Yoshlar Ventures
Samarqand, tayyor turing, biz siz tomon kelyapmiz! 🚀
27-fevral kuni soat 10:00–11:30 da Yoshlar Ventures jamoasi School 21 Raqamli texnologiyalar maktabida bo‘ladi.
Tashrifimiz Samarqand yoshlariga faoliyatimiz va imkoniyatlarimizni tanishtirish bilan birgalikda bo'lajak startapchilarni ham kashf qilishdan iborat bo'ladi.
Agar siz startaplarga, innovatsiyalarga va texnologiyalarga qiziquvchilardan bo'lsangiz bu tadbirimizni o'tkazib yubormang!
📍 School 21 Raqamli texnologiyalar maktabi, Samarqand viloyati
🕙 27-fevral, 10:00–11:30
⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
