Startup Ambassadors | Samarkand
前往频道在 Telegram
Samarqandda startup ekotizimini rivojlantirishga qaratilgan hamjamiyat. G‘oyadan amaliy startaplargacha Treninglar • Meetuplar • Tadbirlar Yoshlar Ventures ekotizimi Tashabbus: Yoshlar Ventures | Yoshlar ishlari agentligi
显示更多未指定国家未指定类别
329
订阅者
无数据24 小时
-77 天
-1630 天
帖子存档
Repost from Yoshlar Ventures
😳 Cornell Universtetidan kelayotgan Professorlarimiz bilan tanishing!
1️⃣ Professor Wesley Sine
- Tadbirkorlik va innovatsiya bo’yicha dunyoning yetakchi tadqiqotchilaridan biri. Olti qit’ada minglab tadbirkorlarni o’rgangan, ularga maslahat bergan va dars bergan. Startaplardan tortib Fortune 500 kompaniyalargacha konsalting tajribasiga ega.
2️⃣ Professor W. Chad Carlos
- Cornell universitetidan PhD darajasiga ega. Tadbirkorlik bo’yicha tadqiqotchi, pedagog, konsultant va executive coach. Ilgari KPMG’da Silikon vodiysining yetakchi texnologiya kompaniyalari, jumladan Google bilan ishlagan katta konsultant bo’lgan.
3️⃣ Professor Mark Beck
- Harvard MBA. JELD-WEN kompaniyasining sobiq bosh direktori (CEO) bu davrda 8 ta kompaniyani sotib olish (acquisition) va muvaffaqiyatli IPO’ni amalga oshirgan. Danaherda $5 milliard qiymatidagi biznes portfelini boshqargan sobiq prezident. B-Square Precision Group kompaniyasining hammuassisi.
🚀 Ushbu professorlar 7–10-avgust kunlari Toshkentga tashrif buyuradilar.
⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
Repost from UzCombinator
🚀 UzCombinator tarixidagi eng katta hamkorlik!
Lyft, Wayfair kabi milliard dollarlik startaplarni dunyoga keltirgan universitet endi UzCombinatorda! 😳
🇺🇸 AQShning eng nufuzli universitetlaridan biri Cornell SC Johnson College of Business’dan 3 nafar professorlar aynan UzCombinator 2-mavsum ishtirokchilariga dars berish uchun Amerikadan kelmoqda!
Tasavvur qilyapsizmi? Endi siz Cornell Universitetida o'qish uchun yiliga $100,000 sarflashingiz kerak emas. Endi ushbu bilimlarni UzCombinator 2-mavsum ishtirokchilari bepulga o'rganishadi 🔥
📌 Dastur davomida asoschilarimiz quyidagilarga ega bo'lishadi:
• Xalqaro professorlar bilan yuzma-yuz uchrashuv • Startapingiz uchun 1 ga 1 shaxsiy feedback • Startapni global standartlarda qurish bilimlari • Global fikrlash va bozorni kengaytirish strategiyalari • Asoschi sifatida strategik qarorlar qabul qilish ko'nikmalari🇺🇿 Bu O'zbekiston startap ekotizimi uchun kamdan-kam uchraydigan imkoniyat! UzCombinator esa aynan shunday global darajadagi imkoniyatlarni yaratishda davom etadi 🚀 Professorlarimiz bilan esa tez orada yaqindan tanishamiz, shuning uchun kanalni doimiy kuzatib boring! ⚡️ @uzcombinator
Repost from Debocha
🚀 DEBOCHADA FROM ZERO KURSI Avgust oyidagi qabul boshlandi!
Startapingiz bormi yoki startupga qiziqasizmi? Unda bu imkoniyatni o‘tkazib yubormang! 🔥
📚 1 oy davomida Debochadagi maxsus darslar orqali o‘z g‘oyangizni bosqichma-bosqich rivojlantirib, uni real loyihaga aylantirasiz.
👥 Haftalik workshoplar Yoshlar Ventures loyiha menejerlari bilan amaliy bilimlar, tajriba va foydali tavsiyalar olasiz. 🎯 DemoDay - katta final! Inkubatsiya yakunida o‘z loyihangizni venchur fondlari va investorlar oldida pitch qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.📲 Qatnashish uchun yopiq Telegram guruhimizga qo‘shiling! https://t.me/+LSxgSXXMiEZmZDc6 ⏳ Deadline: 09.08.2026 Shoshiling! Balki sizning g‘oyangiz aynan shu 1 oyda real startupga aylanar. 🚀
Repost from Debocha
Hop, ko‘ndirdizlar! 😄
Eng yaxshi darslar — faqat sizlar uchun! 🚀
Darslarni ko‘rib, bilimlarni o‘zlashtirib bo‘lgach, sertifikatlaringizni kommentlarda ko‘rsatishni unutmang! 🏆
👉 Darsni boshlash
Qani, ketdik! 🔥
Kim birinchi bo‘lib sertifikat oladi? 👀
Repost from Yoshlar Ventures
Building the New Generation of Startup Founders
⚡️ Yoshlar Ventures xalqaro hamkorlik doirasida "Cornell University" delegatsiyasini O‘zbekistonda qabul qiladi.
📆 "Cornell SC Johnson College of Business"ning 3 nafar professori ishtirokida 7–10-avgust kunlari startap asoschilari uchun maxsus seminarlar va amaliy sessiyalar tashkil etiladi.
✅ Dastur davomida startup qurish, global fikrlash, innovatsiyalarni tijoratlashtirish va asoschilarning strategik qarorlar qabul qilishi kabi mavzular yoritiladi.
⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
Repost from UzCombinator
🚀 UzCombinator startaplar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochishda davom etadi!
Biz 2-mavsum ishtirokchilari maksimal darajada qulay va samarali muhitda ishlashini xohlaymiz.
Shu sababli, rasmiy hamkorlarimiz ro'yxatiga dunyoning yetakchi CRM va marketing platformasi, HubSpot ham qo'shildi! 🚀
⚡️2-mavsumda qatnashadigan startaplarimiz:
• HubSpot dasturiy ta'minotidan (CRM, Marketing, Sales va boshqa xizmatlar) 90% chegirma bilan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lishadi
• 500 dan ortiq dastur va xizmatlar bilan integratsiya imkoniyatiga ega bo'lishadi
• HubSpot ekspertlaridan maxsus ta'lim materiallari, masterclass va shablonlardan bepul foydalanishadi💰 Bu esa startapingiz uchun sezilarli darajada mablag' tejash bilan birga, mijozlar bazasi va sotuvlarni professional darajada boshqarish imkonini beradi! ⚡️ @uzcombinator
🚀 "From Zero" dasturining navbatdagi eksklyuziv mentorship sessiyasiga taklif qilamiz!
🎙 Bekzod Muxtorov — Yoshlar Ventures’da Project Manager.
📌 Mavzu: How to Talk to Investors
Ushbu sessiyada siz:
• Investorlar bilan qanday to‘g‘ri muloqot qilish;
• G‘oya va loyihani investorga qanday taqdim etish;
• Investor bilan suhbatda nimalarga e’tibor berish;
• Ishonchli va samarali pitch qilish bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘lasiz.
📅 31.07.2026
⏰ 16:00
📍 Onlayn (Debocha)
🔗 Google Meet havolasi :
https://meet.google.com/xrb-gjty-fcz
Barchangizni kutamiz! 🚀
Startup Ambassadors | Samarkand
Repost from UzCombinator
Suhbat bosqichiga kim o'tganini bilish payti keldi 👀
🎉 Necha kunlardan beri intiqlik bilan kutilgan suhbat bosqich natijalari nihoyat tayyor!
📌 Natijalarni qanday bilish mumkin?
• uzcombinator.uz saytimizga tashrif buyuring
• profilingizga login va parol orqali kiring
• va o'z natijangizni bilib oling!
🎥 Eslatma: Natijani ko‘rish jarayonini videoga olib, o‘z emotsiya va reaksiyalaringizni ijtimoiy tarmoqlarda #UzCombinator heshtegi bilan ulashishni unutmang!
🔥 Bu faqat boshlanishi, startapingiz ustida ishlashda davom eting!
Ha aytgancha, natijangizni izohlarda yozib qoldirishni unutmang :)
⚡️ @uzcombinator
Repost from UzCombinator
🎉 UzCombinator hamkorlar safi yana kengaydi!
Bu safar dasturchilar uchun juda muhim yangilik — dunyoning yetakchi development tool'lari ishlab chiqaruvchisi JetBrains ham rasmiy hamkorimizga aylandi.
JetBrains bu IntelliJ IDEA, PyCharm, WebStorm kabi millionlab dasturchilar foydalanadigan professional IDE'lar yaratuvchisi.
🎁 2-mavsumda ishtirok etadigan startaplarimiz 6 oy davomida barcha JetBrains vositalaridan mutlaqo bepul foydalanadi. Shundan so'ng, 50% chegirma asosida foydalanish imkoniyati davom etadi.
Bu jamoangizdagi har bir dasturchiga professional darajadagi ish muhitini ta'minlash imkonini beradi.
UzCombinator startaplarga eng yaxshi vositalarni taqdim etishda davom etadi.
⚡️ @uzcombinator
Repost from UzCombinator
🔥 Vanihoyat! Barcha Kutgan Kun Keldi!
🥳 Uzoq kutilgan va hayajonli jarayondan so‘ng, UzCombinator 2-mavsum "Suhbat" natijalari e’lon qilinadigan sana va vaqt aniq bo‘ldi! 🚀
📅 Sana: 29-iyul
⏰ Vaqt: 20:00
📌 Natijani qanday bilish mumkin?
• uzcombinator.uz saytimizga tashrif buyuring
• Profilingizga kiring
• O'z natijangizni bilib oling!
🎥 Eslatma: Natijani ko‘rish jarayonini videoga olib, o‘z emotsiya va reaksiyalaringizni ijtimoiy tarmoqlarda #UzCombinator heshtegi bilan ulashishni unutmang!
Eng zo'r reaksiyalarni sahifamizda ulashamiz!
Barchaga omad tilaymiz! ⚡️
⚡️ @uzcombinator
Repost from Yoshlar Ventures
🤔 Investorlardan sarmoya jalb qilish uchun faqatgina zo'r g'oya yetarlimi?
❌ Ko'pchilik startap asoschilari o'z loyihalarini "bozorimiz juda katta", "kuchli texnologiyamiz bor" yoki "foydalanuvchilarimiz ko'p" deb maqtashga e'tibor qaratishadi. Ammo, bu investorlarni unchalik qiziqtirmaydi. Siz qanchalik baland parvoz qilmang, investorlar doim uchta asosiy savolni berishadi: "Birinchi 100 ta mijozingiz qayerda?", "Nega mijoz aynan sizni tanlaydi?" va "Ular sizga yana qaytib kelyaptimi?".👇Sizningcha, investor uchun eng muhimi nima: g'oya, trekshen yoki jamoa? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring! ⚡ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz
Repost from UzCombinator
🚀 UzCombinator 2-mavsum ishtirokchilari uchun yana bir maxsus mehmon!
Bu safar UzCombinator 2-mavsum startaperlari Janubiy Koreyaning eng tajribali HR va tashkiliy rivojlanish mutaxassislaridan biri bilan uchrashadi 🇰🇷
👤 Sunghyun Hwang 33 yildan ortiq vaqt davomida global miqyosda HR va korporativ rivojlanish (Organizational Development) sohasida faoliyat yuritib kelayotgan mutaxassis.
U Google, Yahoo, Kakao Corp va shunga o'xshash yirik xalqaro kompaniyalarda uzoq yillar davomida yuqori rahbar lavozimlarida ishlagan.
Hozirda u Gachon University (Gachon Cocone School)da professor sifatida talabalarga dars beradi, shuningdek turli kompaniyalarda maslahatchi sifatida ham faoliyat yuritadi.
Yillar davomida u dunyoning yetakchi texnologik kompaniyalarida jamoalar va liderlarni rivojlantirish bo'yicha ulkan tajriba orttirgan.
Endi esa shu tajribalarini 19-avgust kuni UzCombinator 2-mavsum ishtrokchilari bilan bo'lishadi!
⚡️ @uzcombinator
Repost from Debocha
⚡️ Investitsiyasiz o‘sish yetarlimi?
Startapchilarga doim bitta savolni beraman: “Bootstrap usulida topayotgan daromadingiz keyingi o‘sishga yetadimi yoki yo‘q?”
Agar javobingiz “Yo‘q, tezroq kengayish uchun investitsiya kerak” bo‘lsa, demak bu video aynan siz uchun.
👉 Batafsil: Debocha
@debochadur ⚡️
Repost from Yoshlar Ventures
🔥 Yoshlar Ventures sahifalarida yangi rubrika!
🚀 Ko'plab iqtidorli yoshlarimizda MVP bosqichdagi startaplar bor, biroq ularni ommaga tanitish va ilk auditoriyani yig'ish doim ham oson kechmaydi.
✅ Yoshlar Ventures sizga bu borada yordam beradi!
Ijtimoiy tarmoqlarimizda yangi yo'nalishni ishga tushirmoqchimiz: Startapingizning MVP prototipi bo'lsa, o'z loyihangizni kameraga 1 daqiqa ichida "pitch" qilib berishingiz mumkin.
📈 Biz esa startaplarni saralab olib, ularni o'zimizning rasmiy ijtimoiy tarmoqlarimizga joylashtiramiz.
Bu loyihangizni butun O'zbekistonga tanitish va o'zingizning birinchi mijozlaringiz yoki investorlaringizni jalb qilish uchun ajoyib imkoniyati!
Ariza to'ldirish
⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz
