Digital.edu IT Career
前往频道在 Telegram
Raqamli ta'limni rivojlantirish markazining IT mehnat bozoriga bag'ishlangan kanali [vakansiyalar, dolzarb yo'nalishlari, kompaniyalar talablari]
显示更多1 400
订阅者
+424 小时
+277 天
+11630 天
帖子存档
Farg‘ona shahrida dasturchilar uchun yangi imkoniyatlar!
📍 Joylashuv: Farg‘ona shahri
Ayni paytda jamoani kengaytirish maqsadida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar ishga taklif etilmoqda:
➡️Python Developer
📩 Ariza topshirish: havola
➡️Frontend Developer
📩 Ariza topshirish: havola
Agar Siz yangi loyihalarda ishlash, professional jamoa bilan tajriba almashish va karyerangizda yangi bosqichni boshlashni istasangiz, ushbu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang.
📄 Rezyumeingizni yuboring va jamoaning bir qismiga aylaning!
🚀 Telegram
Repost from KARYERIST_UZ
❗️Obyektivka, Rezyume va CV — bularni farqlay olmasangiz, ish topshirishdan oldin shu postni o’qing.
Ko’pchilik talabalar ishga hujjat topshirayotganda aynan qaysi hujjat kerakligini bilmaydi. Bu esa nomuvofiqlik va salbiy taassurotga olib kelishi mumkin.
🔍 Keling, uchtasining farqini tushunib olaylik:
📌 Obyektivka (Ma’lumotnoma) – Davlat tashkilotlariga kerak bo’ladigan hujjat. Unda ishlagan joylaringiz, oila-a’zolaringiz va faxriy unvonlaringiz haqida qisqacha faktlar bo’ladi. Emotsiyasiz, rasmiy shakl.
📌 Rezyume – Oddiy va zamonaviy ish beruvchilarga topshiriladigan hujjat. Unda qisqa, ammo lo‘nda tarzda tajriba, yutuq va natijalaringiz yoziladi. Minimalistik dizayn va samaradorlikni ko‘rsatadi.
📌 CV (Curriculum Vitae) – Ko‘proq akademik yoki xalqaro tashkilotlarda talab qilinadi. Sizning ilmiy maqolalaringiz, izlanishlaringiz, grantlaringiz, konferensiya ishtiroklari va boshqa ilmiy faoliyatingiz yoritiladi.
📥 Ishga hujjat topshirishdan oldin, aynan sizdan qaysi biri talab qilinayotganini bilib oling. Har birining o’z o’rni bor.
Flex Soft jamoasida IT mutaxassislari uchun yangi imkoniyatlar!
🏢 Tashkilot: Flex Soft
💼 Ish formati: Ofisdan, Toshkent shahri (Yashnobod tumani)
📱 Hozirda ochiq bo‘lgan vakansiyalar ro‘yxati:
➡️Middle/Senior C# Developer 💙 (havola)
➡️Biznes-analitik 💙 (havola)
➡️Data Engineer 💙 (havola)
➡️Data Scientist 💙 (havola)
➡️Senior Project Manager 💙 (havola)
➡️Senior QA Engineer (Manual + Automation) 💙 (havola)
➡️Texnik qo‘llab-quvvatlash mutaxassisi 💙 (havola)
➡️Moliyaviy analitik (MSFO) 💙 (havola)
👨💻 Kompaniya taklif etadi:
✔️Rasmiy ishga joylashish
✔️Ijtimoiy paket
✔️Kuchli mutaxassislardan iborat professional jamoa
✔️Zamonaviy muhandislik madaniyati
✔️Bepul avtoturargoh
✔️Yirik va muhim loyihalarda ishtirok etish imkoniyati
⌛ Shoshiling va Flex Soft jamoasi bilan karyerangizni bugunoq boshlang!
🚀 Telegram
Repost from EDU.DIGITAL.UZ
“Raqamlashtirish orqali farovonlik sari” loyihasi doirasida darslarning ikkinchi bosqichiga qabul boshlandi!
🏷“Raqamlashtirishdan orqali farovonlik sari” dasturi doirasida itstudy.uz platformasi orqali axborot texnologiyalari, xorijiy tillar, elektron tijorat, marketing va SMM yo‘nalishlari bo‘yicha bepul onlayn kurslar tashkil etilgan edi.✅Dastur doirasida 49 ming nafar yoshlar orasidan 5 ming nafari saralab olinib, professional IT kasblari bo‘yicha 6 oylik intensiv o‘quv dasturlariga jalb etilishi rejalashtirilgan. ❗️Ushbu intensiv oʻquv dasturida tahsil olishni istagan yoshlar hududiy mas’ullarga boʻglanishlari soʻraladi. Hududiy mas’ullar roʻyxati bu yerda. 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Yangi raqamli bank jamoasining bir qismiga aylaning!
🏢 Tashkilot: Yangi raqamli bank loyihasi
📍 Joylashuv: Toshkent
💡O‘zbekistonda zamonaviy raqamli bankni yaratish ustida ishlayotgan jamoa o‘z safiga yangi mutaxassislarni taklif etadi. Nomzodlar bankning texnologik va mahsulot rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
📌Ochiq vakansiyalar:
⚫️Senior / Middle+ Java Backend Developer ➡️Mikroservislar va yuqori yuklamali tizimlarni ishlab chiqish ➡️Murakkab backend loyihalarida ishtirok etish
⚫️Business Analyst (BPM / Camunda) ➡️Bank jarayonlarini tahlil qilish ➡️Biznes talablarini raqamli xizmatlarga aylantirish ➡️Jarayonlarni avtomatlashtirish loyihalarida faol ishtirok etish va ularni joriy etishga hissa qo‘shish.
⚫️UI/UX Designer ➡️Mobil ilova va veb-platformalar uchun interfeyslar yaratish ➡️Foydalanuvchilar uchun qulay va zamonaviy dizayn yechimlarini ishlab chiqish
👨💻Taklif etiladi: ➡️Bankni noldan yaratish jarayonida ishtirok etish imkoniyati ➡️Muhim texnik va mahsulot qarorlariga ta’sir ko‘rsatish ➡️Kuchli mutaxassislar jamoasida ishlash ➡️Respublika miqyosidagi yirik loyihada qatnashish ➡️Toshkent shahridagi qulay ofis ➡️Uzoq muddatli karyera va rivojlanish imkoniyatlari📩 Ariza topshirish uchun: havola ⌛ Shoshiling, bunday qulay imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! 🚀 Telegram
Machine Learning yo‘nalishidagi mutaxassislar uchun mentorlik imkoniyati!
🏢 Tashkilot: Najot Ta’lim
📍 Manzil: Termiz shahri, Surxondaryo viloyati
⌛ Ish formati: Yarim stavkali ish
💰 Maosh: 6 000 000 – 12 000 000 so‘m
💡 Najot Ta’lim markazi Machine Learning yo‘nalishi bo‘yicha mentorlarni ishga taklif etadi.
✅ Vazifalar: ➡️Tayyor o‘quv reja asosida dars o‘tish ➡️O‘quvchilarga sun’iy intellekt va mashinaviy o‘rganish bo‘yicha amaliy bilim berish ➡️Amaliy loyihalar va topshiriqlar ustida ishlashda yo‘naltirish
📌Talablar: ✔️Machine Learning va Artificial Intelligence sohasida kamida 1 yillik amaliy tajriba ✔️Python va ML kutubxonalari bilan ishlash ko‘nikmasi ✔️Ma’lumotlar tahlili va klassik ML algoritmlarini o‘rgata olish ✔️Deep Learning asoslari: MLP, CNN, RNN va Transformerlar bo‘yicha bilim ✔️Zamonaviy AI yondashuvlari: NLP, Transformerlar, Reinforcement Learning (RL, RLHF) asoslari ✔️End-to-end ML loyihalarini ishlab chiqish, baholash va deployment jarayonlarini tushunish ✔️Statistika, ehtimollar nazariyasi va chiziqli algebra asoslarini ML kontekstida tushuntira olish ✔️Ingliz tilidagi texnik hujjatlarni o‘qish va tushunish qobiliyati
👨💻 Taklif etiladi: ➡️Rivojlanish uchun treninglar ➡️300 dan ortiq IT mutaxassislari bilan netvorking imkoniyati ➡️Yaqinlaringiz uchun IT kurslariga chegirmalar ➡️Natijalarga qarab maosh oshirib borilishi ➡️Do‘stona va professional jamoada ishlash imkoniyati📩 Ariza topshirish uchun: havola ⌛ Shoshiling, bunday qulay imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! 🚀 Telegram
Repost from UZINFOCOM
🖥 UZINFOCOM axborot texnologiyalari sohasida o‘z faoliyatini rivojlantirishdan qiziqish bildirgan xotin-qizlar uchun CODE GIRL ERA amaliyotiga (stajirovkaga) arizalar qabuli boshlanganini e’lon qiladi.
Amaliyot yo‘nalishlari:
➡️ QA ➡️ Backend ➡️ Frontend ➡️ Data Analytics ➡️ IT huquqi📝 Dasturda 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan talaba qizlar, bitiruvchilar va barcha xohlovchilar ishtirok etishi mumkin. Ish tajribasi talab etilmaydi. 📅 Amaliyot 3 oy davomida IT Park hududidagi UZINFOCOM ofisida kompaniya mutaxassislari rahbarligida bo‘lib o‘tadi. 📌 Shakli: oflayn 📌 Manzil: IT Park, Toshkent sh. O‘rinlar soni cheklangan. 💙 Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish havolasi. ➿➿➿➿➿ 🖥 UZINFOCOM объявляет о старте приёма заявок на стажировку CODE GIRL ERA для девушек, заинтересованных в развитии карьеры в сфере информационных технологий. Направления стажировки:
➡️ QA ➡️ Backend ➡️ Frontend ➡️ Data Analytics ➡️ IT-юриспруденция📝 К участию приглашаются студентки, выпускницы и девушки в возрасте от 18 до 30 лет. Опыт работы не требуется. 📅 Стажировка будет проходить в течение 3 месяцев в офисе UZINFOCOM на территории IT Park под руководством специалистов компании. 📌 Формат: офлайн 📌 Локация: IT Park, Ташкент Количество мест ограничено. 💙 Подробная информация и регистрация по ссылке.
Ipoteka Bank OTP Group IT yo‘nalishidagi mutaxassislarni ishga taklif etmoqda!
🏢 Tashkilot: Ipoteka Bank OTP Group
📍 Joylashuv: Toshkent
💼 Yo‘nalish: IT va raqamli transformatsiya
⌛ Bankning xalqaro loyihalari uchun 18 ta ochiq vakansiya mavjud.
✅ Hozirda ochiq bo‘lgan vakansiyalar ro‘yxati: ➡️ABS jamoasi rahbari va rivojlantirish bo‘yicha mutaxassis (havola) ➡️Senior PL/SQL Developer (havola) ➡️Support PL/SQL Developer (havola) ➡️Frontend Team Lead (havola) ➡️Java Developer (havola) ➡️Senior QA mutaxassisi (havola) ➡️Biznes-analitik (ABS) (havola) ➡️Business Analyst (havola) ➡️BI Developer / Analyst (havola) ➡️System Analyst (havola) ➡️Project Manager (IT-CBS) (havola) ➡️Infrastructure Microsoft Administrator (havola) ➡️IT Support Specialist (havola) ➡️Process Analyst (IT jarayonlarini rivojlantirish va takomillashtirish menejeri) (havola) ➡️ABS Support Engineer (L2) (havola) ➡️Linux Administrator (havola) ➡️Jira / Confluence Administrator (havola) ➡️IT Risk Specialist (havola)👨💻 Kompaniya taklif etadi: ➡️Dinamik jamoada tezkor karyera o‘sishi ➡️Mazali tushlik va ofis hududidagi basseyn ➡️KPI natijalariga ko‘ra bonuslar ➡️Rasmiy ishga joylashish ➡️Ixtiyoriy tibbiy sug‘urta ⌛ Shoshiling, bunday qulay imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! 🚀 Telegram
Malakali o‘qituvchi va mentorlar diqqatiga!
🏷 "Raqamlashtirish orqali farovonlik sari" loyihasining 2-bosqichi doirasida yoshlarni zamonaviy va daromadli kasblarga o‘qitish uchun hududlarda faoliyat yuritayotgan o‘quv markazlari va mustaqil mentorlarni hamkorlikka taklif qilamiz.
O‘quv yo‘nalishlari:
➡️ Kompyuter savodxonligi ➡️ Ingliz tili ➡️ Frontend dasturlash ➡️ Python dasturlash ➡️ Grafik dizayn ➡️ SMM va raqamli marketing ➡️ Elektron tijorat ➡️ Kompyuter servisi va texnik xizmat ko‘rsatishNomzodlarga qo‘yiladigan talablar: ➡️ Tegishli yo‘nalish bo‘yicha amaliy tajriba ➡️ O‘quv mashg‘ulotlarini olib borish ko‘nikmasi ➡️ Yoshlar bilan ishlash tajribasi ➡️ Zamonaviy ta’lim metodlari va raqamli platformalardan foydalanish qobiliyati Biz taklif qilamiz: ➡️ Professional faoliyat olib borish imkoniyati ➡️ Moslashuvchan ish jadvali ➡️ Munosib va barqaror daromad ➡️ Tajriba almashish va rivojlanish muhiti Agar siz o‘z bilim va tajribangiz orqali yoshlarning kelajagini qurishga hissa qo‘shmoqchi bo‘lsangiz, hamkorlik uchun murojaat qilishingizni so‘raymiz. ➡Roʻyxatdan oʻtish havolasi: https://forms.gle/dhP5gqAdfcMxoPNT7 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
IMAN Holding jamoasining bir qismiga aylaning!
🏢 Tashkilot: IMAN Holding
📍 Joylashuv: Toshkent
💡O‘zbekistonda islomiy moliya texnologiyalari (Islamic FinTech) ekotizimini rivojlantirayotgan IMAN Holding turli yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislarni ishga taklif etmoqda.
📱 Texnologiyalar yo‘nalishi:
⚫️Senior Go Backend
⚫️Senior Fullstack
⚫️QA Tester (AI Division)
⚫️Data Analyst
💰 Moliya:
➡️Investitsiyalarni jalb qilish bo‘limiga rahbar
🏢 Operatsion faoliyat:
✔️Ofis menejeri
👨💻 Biznes rivojlantirish va savdo:
✔️Asosiy mijozlar bilan ishlash bo‘yicha menejer
✔️Hamkorlarni jalb qilish bo‘yicha menejer (muddatli to‘lov va to‘lov xizmatlari yo‘nalishi)
✔️Hamkorlar bilan ishlash bo‘yicha menejer (onlayn savdo platformalari va moliyaviy texnologiyalar yo‘nalishi)
⭐️Kompaniya taklif etadi:
➡️Tezkor karyera o‘sishi imkoniyati
➡️Islomiy moliya tamoyillari asosida yaratilayotgan innovatsion mahsulot ustida ishlash
➡️Rasmiy ishga joylashish
➡️Raqobatbardosh maosh
➡️Toshkent shahridagi zamonaviy ofis
⌛ Shoshiling va IMAN Holding jamoasi bilan karyerangizni bugunoq boshlang!
Repost from EDU.DIGITAL.UZ
🌙 Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!
✅Bu ulug‘ ayyom barchamizga mehr-oqibat, saxovat va bag‘rikenglik fazilatlarini yanada mustahkamlash, oila davrasida iliqlik va tinchlikda yashash uchun zamin bo‘lsin.
✅Yurtimizda osoyishtalik, texnologik taraqqiyot va raqamli yutuqlar bardavom bo‘lib, har bir xonadonda fayz-u baraka hukm sursin!
🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
SamAuto Future Drive 2026’da amaliyot o‘tash imkoniyati!
🏢 Kompaniya: SamAuto
📍 Hudud: Samarqand viloyati
💼 Dastur turi: Pullik amaliyot (Internship)
🎓 Kimlar uchun: 2–3-kurs universitet talabalari, ingliz tilini biladigan nomzodlar uchun quyidagi yo‘nalishlarda imkoniyat mavjud: ➡️Engineering ➡️IT ➡️Finance & Economics ➡️Marketing ➡️HR ➡️Supply Chain / Procurement / Planning ➡️Production ➡️R&D ➡️HSE va boshqa tegishli yo‘nalishlar➕ Sizni nimalar kutadi: ✔️Pullik amaliyot ✔️Real biznes vazifalar bilan ishlash tajribasi ✔️Tajribali mentorlar bilan ishlash ✔️Individual rivojlanish rejasi ✔️Kompaniya loyihalarida ishtirok ✔️Kelajakda ishga joylashish imkoniyati ✅ Tanlov bosqichlari: ➡️Ariza topshirish (LinkedIn yoki Google Forma orqali) ➡️Test ➡️HR intervyu ➡️Bo‘lim menejerlari bilan suhbat ➡️Yakuniy tanlov 📩 Ariza topshirish uchun: havola ⌛ Shoshiling va SamAuto jamoasi bilan karyerangizni bugunoq boshlang!
Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi IT kompaniya uchun onsite (offisdan) ishlash uchun middle darajadagi xodimlar izlanmoqda!
🏢 Tashkilot: Raqamli taraqqiyot - Sun‘iy Intellekt MCHJ
💰 Oylik maosh: 8-15mln so‘m atrofida
⌛ Hozirda ochiq bo‘lgan vakansiyalar:
➡️Fullstack Python dasturchi
➡️Product Manager
➡️AI/ML Engineer
➡️Mobil Flutter dasturchi
➡️Product Designer (UX/UI)
Shoshiling, bunday qulay imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
🚀 Telegram
Bitiruvchilar uchun Ipak Yo‘li Bankida amaliyot o‘tash imkoniyati!
🎓 Siz bitiruvchi kurs talabasimisiz yoki yaqinda universitetni tamomlaganmisiz?
Unda Ipak Generation dasturi Siz uchun ajoyib imkoniyat bo‘lishi mumkin!
🏢 Tashkilot: Ipak Yo‘li Bank
💡Ipak Generation – bank sohasida karyera boshlash va amaliy tajriba orttirishni istagan yoshlar uchun mo‘ljallangan amaliyot dasturi.
⌛ Dastur davomida ishtirokchilarni:
➡️O‘quv kurslari
➡️Malaka oshirish imkoniyatlari
➡️Bank ichidagi real amaliy vazifalar kutmoqda
⚠️ Nomzodlar bank bo‘linmalarining joriy ehtiyojlaridan kelib chiqib saralab olinadi.
📩 Murojaat uchun elektron pochta manzili: jobs@ipakyulibank.uz
CV hamda Sizni qiziqtirgan yo‘nalish bo‘yicha qisqacha motivatsion xatni yuqoridagi elektron pochta manziliga yuboring
Shoshiling, bunday qulay imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
🚀 Telegram
Repost from Al-Xorazmiy vorislari
“Al-Xorazmiy vorislari” loyihasi uchun mentorlikka qabul ochildi
📖Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi Xorazm viloyatidagi "Al-Xorazmiy vorislari loyihasi" ning 13 ta hududda olib borilayotgan mashg'ulotlari uchun sunʼiy intellekt, maʼlumotlar tahlili, kiberxavfsizlik, oʻyin yaratish yo‘nalishlari bo‘yicha mentorlarni izlamoqda.
✅Mentorlikka talablar:
➡Game Development - o‘yinni ishlab chiqish bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan Unity, Unreal Engine da ishlash tajribasi. C#, C++, Python va algoritmlarni ishlab chiqish tajribasi; ➡Artificial Intelligence & Machine Learning - sun'iy intellekt va mashinaviy o‘rganish bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan TensorFlow, PyTorch, Scikit-learn va OpenCV bilan ishlash tajribasi. Python, R va algoritmlarni ishlab chiqish, neyron tarmoqlar, tabiiy tilni qayta ishlash (NLP), kompyuter ko‘rish (Computer Vision) va ma'lumotlar tahlili bo‘yicha amaliy tajriba; ➡Data Analytics – ma'lumotlarni tahlil qilish bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan SQL, Pandas, NumPy, Power BI va Tableau bilan ishlash tajribasi. Python, R va statistik tahlil, ma'lumotlarni vizualizatsiya qilish, biznes tahlili, mashinaviy o‘rganish asoslari hamda katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha amaliy tajriba; ➡Cyber Security – kiberxavfsizlik bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan tarmoq xavfsizligi, xavfsiz kod yozish, penetration testing va ethical hacking bo‘yicha tajriba. Kali Linux, Metasploit, Wireshark, Burp Suite kabi vositalar bilan ishlash, xavfsizlik auditlari, zaifliklarni tahlil qilish, tarmoq va web-ilovalarning himoyasini ta’minlash, shuningdek, shifrlash va autentifikatsiya tizimlari bilan ishlash bo‘yicha amaliy tajriba; ➡ Frontend Development – Veb-interfeyslarni yaratish bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan HTML, CSS, JavaScript, shuningdek, React, Angular yoki Vue.js kabi freymvorklar bilan ishlash tajribasi. Git, Webpack, Babel va turli brauzerlarda ishlash amaliyoti. UI/UX dizayn prinsiplari, responsiv dizayn va web-sayt performansini optimallashtirish bo‘yicha amaliy tajriba. ➡Backend Development – Server-tomonini ishlab chiqish bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan, Python (Django, Flask), Node.js (Express), Java (Spring) yoki PHP (Laravel) kabi texnologiyalar bilan ishlash tajribasi. API yaratish, ma'lumotlar bazalari (SQL, NoSQL), serverlar (Apache, Nginx) va bulutli platformalar (AWS, Google Cloud, Azure) bilan ishlash. Shuningdek, xavfsizlik va server arxitekturasi bo‘yicha amaliy tajriba. ➡Android Development – Android ilovalarini ishlab chiqish bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan Java yoki Kotlin dasturlash tillari, Android Studio va Gradle bilan ishlash tajribasi. UI/UX dizayn, Material Design, ma'lumotlar bazasi (SQLite) va mobil ilovalarning performansi bo‘yicha amaliy tajriba. Firebase va turli APIlar bilan integratsiya qilish. ➡iOS Development – iOS ilovalarini ishlab chiqish bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan Swift yoki Objective-C dasturlash tillari, Xcode va Cocoa Touch freymvorki bilan ishlash tajribasi. SwiftUI yoki UIKit, ma'lumotlar bazasi, RESTful APIlar va ilovalarni Apple App Store'ga joylash amaliyoti. ➡Cross-platform Mobile Development – Bir nechta platforma (iOS va Android) uchun ilova yaratish bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan Flutter (Dart) yoki React Native (JavaScript) kabi freymvorklar bilan ishlash tajribasi. State management, native funksiyalarga murojaat qilish va Firebase bilan ishlash amaliyoti.✅Kerakli malaka va ko‘nikmalar: ➡O‘quvchilar va hamkasblar bilan muloqotga kirishuvchanlik; ➡Talabalar o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va kelishmovchiliklarni hal qilishda yordam berish qobiliyati; ➡Yuqori darajadagi professionallik va mas’uliyatga ega bo‘lishi kerak; ➡Tahliliy ko‘nikmalar. 🔥Ish haqi suhbat asosida belgilanadi. ➡Ariza qoldirish uchun havola: https://forms.gle/iiCDpGRfYvpkScLs6 ❗Mentorlikka ishga taklif etilayotgan tumanlar ro‘yxati bu yerda. 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Repost from Laziz Hamidov
Garvard, Oksford, Massachusets texnologiya instituti (MIT) kabi oliygohlarda ta'lim narxi yiliga $50 000 dan oshadi. Biroq bu universitetlar o'quv materiallarining bir qismini hamma uchun ochiq manbalarga joylashtiradi.
Bu dasturlash, sun'iy idrok, analitika, moliya yoki biznes yo'nalishlarini chuqurroq o'rganmoqchi bo'lganlar uchun juda foydali.
Bunday darslar jamlangan 4 ta platforma:
• Harvard Online – Garvard universitetining sun'iy idrok, analitika va biznes bo'yicha rasmiy ochiq ma'ruzalari.
• Coursera – Bu yerda Google, IBM va dunyoning yetakchi universitetlari dars beradi. Yo'nalishlar dasturlashdan tortib marketinggacha qamrab olingan.
• edX – MIT va Garvard tomonidan asos solingan platforma. Dasturlash, data science va iqtisodiyot bo'yicha sifatli kurslar mavjud.
• Khan Academy – Noldan boshlovchilar uchun ideal tanlov. Matematika, statistika va iqtisodiyot kabi fundamental fanlar juda sodda va tushunarli tilda tushuntirilgan.
@lazizhamidov
Repost from School 21 Uzbekistan
🪐 Koinot tobora yaqinlashmoqda: bolalarni School 21dagi missiyaga taklif etamiz!
Joriy yilning 23-may kuni, 11:00 da School 21 ning Toshkent kampusi 7 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan eng yosh tadqiqotchilarni o‘z bag‘riga chorlaydi.
Shu kuni Step to the Moon ta’lim platformasi doirasida vorkshop tashkil etiladi. Bu ishtirokchilarimiz tomonidan Uzbekkosmos agentligi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan o‘ziga xos loyiha bo‘lib, u ilm-fan va koinot sirlarini o‘rganishni haqiqiy sarguzashtga aylantirishga mo‘ljallangan.
Ishtirokchilarni nimalar kutmoqda?
“Fijital” formatidagi (onlayn + oflayn) interfaol muhitga “sho‘ng‘ish”:
🔹 Platformadagi missiyalar: tog‘ridan-to‘g‘ri smartfon orqali qiziqarli o‘yinlar va testlar.
🔹 Amaliyot bekatlari: nazariyani amalda mustahkamlash mumkin bo‘lgan kampusdagi faol mashg‘ulotlar va topshiriqlar.
Farzandlaringiz bilan birga keling va birgalikda “Oyga ilk qadam”ni qo‘ying!
📅 23-may, 11:00
📍 School 21, Toshkent, Ziyolilar, 13
👉 Ro‘yxatdan o‘tish bot orqali
⚠️Joylar soni chegaralangan
_____
🪐 Космос становится ближе: приглашаем детей на миссию в School 21
23 мая в 11:00 наш кампус в Ташкенте откроет двери для самых юных исследователей и исследовательниц — детей в возрасте от 7 до 10 лет.
Мы проведем воркшоп на образовательной платформе Step to the Moon. Это уникальный проект, который наши участники разработали совместно с UzCosmos, чтобы превратить изучение науки и космоса в настоящее приключение.
Что ждет участников и участниц?
Интерактивное погружение в формате «фиджитал» (онлайн + офлайн):
🔹 Миссии на платформе: увлекательные игры и тесты прямо в смартфоне.
🔹 Практические станции: живые активности и задания в кампусе, где теорию можно закрепить делом.
Приходите вместе с детьми, чтобы вместе сделать первый «шаг на Луну»!
📅 23 мая, 11:00
📍 School 21, Ташкент, ул. Зиёлилар, 13
👉 Регистрация в боте
⚠️ Количество мест ограничено
#events
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube 🔹LinkedIn
Texnik yozuvchilar (Technical Writers) uchun FinTech loyihalarda ishlash imkoniyati!
📍 Joylashuv: Toshkent
💼 Ish formati: To‘liq, ofisda
💰 Maosh: Suhbat asosida kelishiladi
📝 Vazifalar:
✔️Texnik hujjatlarni ishlab chiqish — texnik topshiriqlar (TT), yo‘riqnomalar, reglamentlar
✔️Biznes jarayonlarini tavsiflash va xaritalash
✔️Tizimlar o‘zgarganda hujjatlarni yangilab borish
✔️Dasturchilar va analitiklar bilan hamkorlikda ishlash
✔️Qabul qilish va topshirish sinovlari uchun hujjatlarni tayyorlash
✅Talablar:
➡️Kamida 1 yillik tajriba
➡️Rus va o‘zbek tillarini mukammal bilish (majburiy)
➡️MS Word, Visio, Confluence bilan ishlash ko‘nikmasi
➡️Tizimli fikrlash va detallarga e’tibor qaratish
⭐️Afzallik beriladi:
➡️Davlat tuzilmalari yoki IT sohasida tajriba
➡️GOST 34/19, BPMN, UML standartlarini bilish
💼 Sharoitlar:
➡️O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi asosida rasmiy ishga joylashish
➡️Davlat sektorini raqamlashtirish loyihalarida rivojlanish imkoniyati
➡️Kuchli mentorlar jamoasida ishlash
📩 Murojaat uchun: havola
Shoshiling, bunday qulay imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
🚀 Telegram
UI/UX dizayn yo‘nalishidagi mutaxassislar uchun FinTech loyihalarda ishlash imkoniyati!
📍 Joylashuv: Toshkent
💼 Ish formati: To‘liq, ofisda
💰 Maosh: 15 000 000 so‘mdan boshlab
📝 Vazifalar: ➡️Dizayn tizimi va UI kitni yaratish va qo‘llab-quvvatlash. ➡️UX research: foydalanuvchi ssenariylarini tahlil qilish, prototiplash va test qilish ➡️Dasturchilar, analitiklar va buyurtmachi bilan yaqin hamkorlikda ishlash ➡️Dizayn spetsifikatsiyalarini tayyorlash va development jarayonida dizaynni kuzatib borish ➡️Bank tizimlari uchun interfeyslarni loyihalashda ishtirok etish
✅Talablar ✔️UI/UX dizayn bo‘yicha kamida 2 yillik tajriba ✔️Figma dasturini mukammal bilish ✔️Real loyihalar mavjud bo‘lgan portfolio ✔️UX prinsiplari: usability, accessibility va user flow’larni tushunish ✔️Dizayn tizimini yaratish va uni yuritish bo‘yicha tajriba. ✔️Rus va o‘zbek tillarini bilish
🎁Taklif etiladi: ✔️O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi asosida rasmiy ishga joylashish ✔️FinTech mahsulot ustida ishlash imkoniyati ✔️Dizayn jarayonlarini noldan shakllantirish imkoniyati ✔️Kuchli mentorlar jamoasi bilan ishlash muhiti
💼Ustunlik beriladi: ➡️Davlat yoki korporativ mahsulotlar bilan ishlash tajribasi ➡️HTML/CSS asoslarini bilish ➡️UX research va A/B testing tajribasi📩 Ariza topshirish uchun: havola Shoshiling, bunday qulay imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! 🚀 Telegram
Uzum E-com jamoasida loyiha menejmenti yo‘nalishida amaliyot o‘tash imkoniyati!
🍇 Tashkilot: Uzum E-com
🍇 Yo‘nalish: Ijtimoiy loyihalar bo‘yicha loyiha menejeri (amaliyot)
🍇 Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
💜4-bosqich talabalari yoki bitiruvchilar
🍇 Hard Skills:
💜 Excel dasturini professional darajada bilish (formulalar, pivot jadvallar, grafiklar)
💜 Analitika bo‘yicha bazaviy bilimlar ustunlik beradi
🍇 Soft Skills:
💜 Tafsilotlarga e’tiborli bo‘lish
💜 Vaqtni boshqarish ko‘nikmalariga ega bo‘lish
💜 Kuchli muloqot ko‘nikmalari
💜 Rus va o‘zbek tillarida erkin suhbat qila olish
💜 Jamoa va kross-funksional hamkorlikda ishlay olish
🍇Taklif etiladi:
💜Haftasiga kamida 20 soatlik bandlik bilan rasmiy ishga qabul qilish
💜Moslashuvchan ish jadvali
💜Raqobatbardosh ish haqi
💜Professional mentor ko‘magi
💜Rivojlanishga yo‘naltirilgan qiziqarli vazifalar
📩 Ariza topshirish uchun: havola
⌛ Shoshiling, bunday qulay imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
🚀 Telegram
